Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 30.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3410
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining banklardagi hisobvaraqlaridan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida naqd milliy va chet el valyutasini olish, ulardan foydalanish, saqlash hamda qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3410]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Markaziy banki qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ichki ishlar organlarining banklardagi hisobvaraqlaridan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida naqd milliy va chet el valyutasini olish, ulardan foydalanish, saqlash hamda qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 22-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-qq-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 11-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
362-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 22-noyabrdagi 63-qq-son va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 11-noyabrdagi 362-V-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining banklardagi hisobvaraqlaridan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida naqd milliy va chet el valyutasini olish, ulardan foydalanish, saqlash hamda qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom ichki ishlar organlarining banklardagi hisobvaraqlaridan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun naqd milliy va chet el valyutasini (bundan buyon matnda naqd pullar deb yuritiladi) olish, ulardan foydalanish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlari — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolat berilgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pullar — banknot koʻrinishidagi milliy hamda chet el valyutasidagi pullar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ichki ishlar organlariga ularning banklardagi hisobvaraqlaridan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun naqd pullar banklar tomonidan mazkur hisobvaraqlarda mavjud mablagʻlar doirasida beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlari uchun banklardan naqd pullarni olish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan ularning hisobvaraqlari ochilgan bankka belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naqd pul cheki (bundan buyon matnda naqd pul cheki deb yuritiladi) taqdim etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Naqd pullarni bank kassasidan olish uchun moliya-iqtisod boʻlinmalarining masʼul xodimi tomonidan xizmat guvohnomasi koʻrsatilgan holda naqd pul cheki bilan birgalikda masʼul xodimning pul mablagʻlarini olish vakolatini tasdiqlovchi hujjatning asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan nusxasi bankka taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pullar uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun ichki ishlar organlarining banklardagi hisobvaraqlarida mavjud mablagʻlar doirasida naqd pul chekida qayd etilgan summa miqdorida beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlari uchun bankdan olinadigan yoki bankka qaytarib topshiriladigan naqd pullar boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, chet el valyutasidagi banknotlar boʻyicha dalolatnomaga chet el valyutasidagi banknotlarning nominal qiymati, seriyasi va raqamlari toʻliq koʻrsatiladigan roʻyxat ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki ishlar organlarining banklardagi hisobvaraqlarida chet el valyutasidagi mablagʻlari mavjud boʻlmaganda, ichki ishlar organlari hamda banklar oʻrtasida ixtiyoriy asosda tuziladigan shartnomaga muvofiq banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun naqd chet el valyutasida mablagʻlar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, banklar tomonidan ixtiyoriy ravishda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish uchun ajratilgan chet el valyutasidagi mablagʻlardan foydalanish va ularni qaytarish tartibi ushbu shartnomada belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun olingan naqd pullarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Olingan naqd pullar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining moliya-iqtisod boʻlinmalarida alohida seyflarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Naqd pullarni saqlash, foydalanishga topshirish, maqsadli ishlatish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlari yakunida ularni qabul qilib olish hamda mazkur naqd pullarni bankka toʻliq va oʻz vaqtida qaytarib topshirishga tezkor-qidiruv xizmatining boshliqlari va ichki ishlar organlari rahbarlari javobgardirlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Olingan naqd pullarni saqlash boʻyicha ichki ishlar organlari rahbari tomonidan belgilangan tartibda tegishli ichki hujjat qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarida foydalanish uchun naqd pullar tezkor-qidiruv xizmati boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan imzolangan soʻrovda koʻrsatilgan tezkor-qidiruv xizmatining masʼul xodimiga tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarida foydalanish uchun qabul qilingan naqd pullarni ishlatish, ularni but va yaroqli holda saqlash hamda qaytarishga naqd pullarni qabul qilib olgan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarida ishtirok etuvchi masʼul xodim javobgardir.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarida foydalanilgan naqd pullar sud hukmi (ajrim) qonuniy kuchga kirgunga qadar ashyoviy dalil sifatida tezkor-qidiruv xizmatida alohida, yaʼni mazkur tadbirda foydalanilmagan boshqa naqd pullardan ajratilgan holda saqlanishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Naqd pullarni banklarga qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlari uchun olingan naqd pullar ichki ishlar organlari tomonidan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlari yakunlanganidan soʻng banklarga qaytariladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, naqd pullar kriminalistik ishlovdan tozalangan holda bank kassasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarida foydalanilgan naqd pullar jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilganda, mazkur pullarni bankka qaytarish masalasi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi (ajrimi) yoxud surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorlariga asosan hal etiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, naqd pullar yuqorida qayd etilgan qarorlar qonuniy kuchga kirgan hamda ichki ishlar organlarining moliya-iqtisod boʻlinmalariga taqdim etilgan vaqtdan boshlab besh ish kuni ichida bank kassasiga qaytarib topshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida bank kassasidan olingan naqd pullar muayyan sabablarga koʻra toʻlovga yaroqsiz holga keltirilgan yoki yoʻqotilgan taqdirda, ushbu naqd pullarni aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undirish masalasini qonuniy hal etish uchun tezkor-qidiruv xizmatining boshliqlari va ichki ishlar organlari rahbarlari masʼul hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ichki ishlar organlari moliya-iqtisod boʻlinmalarining masʼul xodimi tomonidan naqd pullar bank kassasiga qaytarib topshirilganda, mazkur pullar olingan vaqtda rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida bankning masʼul shaxslari ishtirokida qabul qilinadi hamda qabul qilib olingan naqd pullar toʻliq qaytarilganligi haqida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, chet el valyutasidagi banknotlar boʻyicha dalolatnomaga chet el valyutasidagi banknotlarning nominal qiymati, seriyasi va raqamlari toʻliq koʻrsatiladigan roʻyxat ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomaning birinchi nusxasi bankda saqlanadi hamda kirim kassa orderi bilan birga kirim kassa hujjatlariga tikiladi. Kirim kassa orderining va tuzilgan dalolatnomaning ikkinchi nusxasi ichki ishlar organlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida bankdan naqd pullarni olish va qaytarib topshirish mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq yuritiladigan jurnalda qayd etib boriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining banklardagi hisobvaraqlaridan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida naqd milliy va chet el valyutasini olish, ulardan foydalanish, saqlash hamda qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlari uchun bankdan olinadigan yoki bankka qaytarib topshiriladigan naqd pullar boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DALOLATNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tasdiqlayman”
Ichki ishlar organ rahbari (tezkor-qidiruv xizmati rahbari)
Imzo, muhr
“Tasdiqlayman”
Bank filiali rahbari
Imzo, muhr
Ushbu dalolatnoma tuzildi shu haqdakim, __________________________________________dan
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida _______________________________ miqdorda naqd milliy/chet el valyutalari olindi/qaytarib topshirildi.
Olingan/qaytarilgan chet el valyutasidagi banknotlar nominal qiymati, seriyasi va raqamlari dalolatnomaga ilova qilinadi.
Naqd milliy/chet el valyutalarining haqqoniyligi bank mutaxassislari ishtirokida tekshirildi va tasdiqlandi.
Naqd milliy/chet el valyutalarini topshirishda/qabul qilishda quyidagi shaxslar ishtirok etdi.
Bank xodimlari:
(F.I.O.)
______________
(F.I.O.)
______________
(F.I.O.)
______________
Ichki ishlar organ xodimlari:
(F.I.O.)
______________
(F.I.O.)
______________
(F.I.O.)
______________
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining banklardagi hisobvaraqlaridan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida naqd milliy va chet el valyutasini olish, ulardan foydalanish, saqlash hamda qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish maqsadida bankdan naqd pullarni olish va qaytarib topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JURNALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Ichki ishlar nomi va joyi
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish haqidagi qarorning sanasi, raqami hamda uni tasdiqlagan rahbar
Naqd pullarni qabul qilib olgan xodimning lavozimi, maxsus unvoni, xizmat guvohnomasi va shaxsiy jeton raqami
Bank kassasidan olinayotgan pullarning
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlaridan soʻng qaytarib topshirilgan naqd pullar summasi (raqam va soʻz bilan)
Naqd pullarni qaytarib topshirgan ichki ishlar organi nomi va joyi
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv tadbirlaridan soʻng naqd pullarni qabul qilgan bank masʼul xodimi/rahbari
Umumiy summasi (raqami va soʻz bilan)
Sana, vaqti va masʼul xodimning imzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 27-iyundagi 415-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi 17/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3410-1, 21.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3410/1143-son; 22.07.2026-y., 10/26/3410-1/0768-son)