22.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3101-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 22.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3101-2
Kuchga kirish sanasi
23.03.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3101-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi va “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 14-noyabrdagi 145, 45-son qarori (roʻyxat raqami 3101, 2018-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 51-son, 980-modda) bilan tasdiqlangan Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri T. IShMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2022-yil 15-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-son

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima, 1-band va 23-bandning birinchi xatboshisidagi “professional” degan soʻz “turdosh” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi “uning tomonidan taqdim etilgan hujjatlar” degan soʻzlardan keyin “, ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshidagi “professional” degan soʻz “turdosh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy, sud yoki harbiy organda yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari, shu jumladan sobiq yuqori mansabdor shaxslar;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn toʻqqizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirmanchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilma (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 4-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish va operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkning kelib chiqishini aniqlash boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlar qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ichki va tashqi vaziyatlar oʻzgarishini inobatga olgan holda ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qiladi va baholab boradi, shuningdek ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi nazoratini amalga oshiradi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“auditorlik tashkiloti faoliyatida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik, qoidabuzarliklarni bartaraf etish, shuningdek ichki nazorat tizimi samaradorligini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlash yuzasidan auditorlik tashkilotining rahbariga koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 14-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning oila aʼzolari hamda yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish hamda ular tomonidan oʻtkaziladigan operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “professional” degan soʻz “turdosh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “amalga oshirilayotganda” degan soʻzlar “aniqlaganda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tegishli hujjatlar asosida mijozni tekshirish va identifikatsiyalashni, shuningdek uning vakilining shaxsini va vakolatlarini tekshirishni;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish imkonini berish kerak. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganda, mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor boʻlishi mumkin boʻlgan hollarda, ushbu mijozga nisbatan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “va ularning yaqin qarindoshlariga” degan soʻzlar “, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi “oʻrnatish” degan soʻzdan keyin “(yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“211. Auditorlik tashkilotlari mazkur Qoidalarning 20 va 21-bandlarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning (Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar) lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik auditorlik tashkilotlarining zimmasida qoladi. Bunda auditorlik tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni elektron tizimlar orqali, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini soʻrov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotlari mazkur bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 24-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, auditorlik tashkilotlari yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaxslarni identifikatsiya qilishi va ularning shaxsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“27. Ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun oʻrnatilgan talablar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 28-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “professional” degan soʻz “turdosh” degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Auditorlik tashkilotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxslarga hamda ularning topshirigʻiga koʻra harakat qilayotgan shaxslarga, shuningdek Roʻyxatga kiritilgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatishi taqiqlanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi “ishlab chiqishi va” degan soʻzlardan keyin “tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidan “(yuqori yoki quyi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aniqlangan tavakkalchiliklar nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qoʻllash hamda resurslarni samarali taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish imkonini berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotlari har yili tavakkalchiliklarni baholash natijalarini “Audit” dasturiy majmuining axborot tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xaraktyerga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida tavakkalchilik darajasini aniqlashi va baholashi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik banddagi “chet el korxonalarining vakolatxonalari” degan soʻzlar “yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j” kichik banddagi “va ularning yaqin qarindoshlariga” degan soʻzlar “, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“341. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yiliga kamida bir marta jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan auditorlik tashkilotlari faoliyatida tavakkalchilik darajasini oʻrganishni, tahlil qilishni va baholashni hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻradi hamda bu toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 39-banddagi “chiqgan” degan soʻz “chiqqan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41. Shubhali operatsiya haqidagi xabar auditorlik tashkiloti tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “professional” degan soʻz “turdosh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi “shuningdek” degan soʻzdan keyin “uch soat ichida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“45. Operatsiyani toʻxtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. 48-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“48. Auditorlik tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning ular bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari hamda materiallarini, shu jumladan ish yozishmalarini va oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan ish munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatda saqlashlari shart.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. 57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“57. Auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlanganligi yoki sudlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) mijozning tavakkalchilik darajasi, shuningdek uni pasaytirish va ichki nazoratni samaradorligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan choralar.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishni rad etilgan mijozlar soni (rad etish sababi).”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mijoz va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toʻliq, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar (sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi va boshqa maʼlumotlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Joylashgan joyi (pochta manzili, filiallar va vakolatxonalar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mijoz va benefitsiar mulkdorni amaliy ish munosabatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mijoz vakili shaxsining identifikatsiyasi (pasport, ID-karta yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar asosida) hamda vakolatlarini tekshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari, benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash (shaxsini va yashash joyini aniqlash, yuqori mansabdor shaxs, uning oila aʼzosi yoki unga yaqin shaxs ekanligi toʻgʻrisida belgi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mijozning boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bogʻlanish maʼlumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta, veb-sayt (agar mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ichki qoidalar bilan aniqlanadigan boshqa maʼlumotlar.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son)