1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 19-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3403]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor A. ORTIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 29-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
326-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 31-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori F. PULATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 29-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 29-noyabrdagi 326-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan, uch oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 7-iyuldagi 01/7-11/41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3403-3, 17.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 10/25/3403-3/0637-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchi — boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini balansida saqlovchi vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari (bundan buyon matnda obyekt deb yuritiladi) — vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan, tugallanmagan qurilish obyektlari, boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, shu jumladan umumiy maydonining 50 foizidan koʻprogʻidan (bir noturar joy doirasida) tovarlar ishlab chiqarishda (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) foydalanilmayotgan obyektlar (bundan mavsumiy ishlar amalga oshiriladigan obyektlar mustasno);
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 7-iyuldagi 01/7-11/41-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3403-3, 17.07.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 10/25/3403-3/0637-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining hududiy boshqarmalari;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 27-iyundagi 221-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3403-1, 09.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2024-y., 10/24/3403-1/0485-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimi boʻsh turgan obyektlar moduli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-auksion” elektron savdo platformasi (bundan buyon matnda elektron onlayn-auksion deb yuritiladi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirishi hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Obyektlarni vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish mazkur Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Obyektni ijaraga berish yoki savdoga chiqarish uchun tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijaraga beruvchi tomonidan obyektlarni aniqlash maqsadida doimiy ravishda joylarga chiqqan holda xatlov oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xatlov davomida aniqlangan obyektning nomi, maydoni, manzili, balansda saqlovchisi, geolokatsiyasi, holati va fotosuratlari obyekt aniqlangan kundan boshlab bir ish kuni ichida axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijaraga beruvchi obyekt haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritgan kundan boshlab uch ish kuni ichida obyektning balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogohlantirish xatida balansda saqlovchi tomonidan obyektdan uch oy muddat ichida samarali foydalanilishi hamda bu haqda ijaraga beruvchiga maʼlumot taqdim etilishi, shuningdek ushbu talabga rioya qilinmagan taqdirda, obyekt belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Obyekt axborot tizimiga kiritilgan kundan boshlab uch oy muddat ichida balansda saqlovchi tomonidan undan samarali foydalanilayotganligi haqida maʼlumot taqdim etilmagan boʻlsa, mazkur muddat oʻtgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida ijaraga beruvchi va sotuvchining masʼul xodimlari tomonidan obyekt joyiga chiqqan holda koʻzdan kechiriladi hamda quyidagilar oʻrganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning joylashgan joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisosligi (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
holati (foydalanishga yaroqliligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchisi (mulkdori);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning kadastr hujjatlariga muvofiq umumiy yer maydoni hamda bino-inshootlar egallagan maydoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning boʻsh turgan muddati (obyektning boʻsh turganligi birinchi marta aniqlangan kundan boshlab hisoblanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektdan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori mavjudligi, shuningdek obyektni qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga, shu jumladan tarmoq jadvaliga kiritilganligi;

obyektning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektga nisbatan taqiqning (cheklovning) mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyekt boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma idoralararo elektron hamkorlik qilish vositasida axborot tizimi orqali olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Obyektni oʻrganish jarayonida balansda saqlovchi obyektdan kelgusida foydalanishga ehtiyoji mavjudligi, shu jumladan kamida 5 yillik demografik oʻsish darajasini inobatga olgan holda aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarini ijaraga beruvchi va sotuvchining masʼul xodimlariga taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Obyektni oʻrganish natijasiga koʻra, ijaraga beruvchi va sotuvchining masʼul xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada obyekt haqidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan holda uning ixtisosligidan kelib chiqib obyektni ijaraga berish yoki sotish zarurligi toʻgʻrisida xulosa nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Obyektni ijaraga berish zarurligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektdan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori mavjudligi, shuningdek obyektni qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga, shu jumladan tarmoq jadvaliga kiritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansda saqlovchi tomonidan obyektdan kelgusida foydalanishga ehtiyoji mavjudligi, shu jumladan kamida 5 yillik demografik oʻsish darajasini inobatga olgan holda aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflar taqdim etilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan obyektni ijaraga berish toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun asos boʻladigan holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, obyektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisida xulosa qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ijaraga beruvchi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida oʻrganish natijalarini, shu jumladan obyektni sotish yoki ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda bu haqda shu kunning oʻzida balansda saqlovchiga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Obyektni ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ijaraga beruvchi obyektni ijaraga berish uchun axborot tizimiga kiritilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida obyektning foydalanish sohasi, boshlangʻich narxi hamda ijaraga berish muddatini belgilagan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ijaraga beruvchi tomonidan obyektni ijaraga berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 27-iyundagi 221-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3403-1, 09.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2024-y., 10/24/3403-1/0485-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Obyekt sotish uchun axborot tizimiga kiritilganda, sotuvchi tomonidan uni sotishdan oldin tayyorlash va savdoga chiqarish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Obyektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi qaror quyidagilar tomonidan qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
munitsipal mulk boʻlgan obyektlar boʻyicha — tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mulki boʻlgan obyektlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 7-iyuldagi 01/7-11/41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3403-3, 17.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 10/25/3403-3/0637-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Obyektni elektron onlayn-auksion savdolarida ijaraga berish va sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Ijaraga beruvchi
Obyektlarni aniqlash maqsadida joylarga chiqqan holda xatlov oʻtkazadi.
Doimiy
2-bosqich
Ijaraga beruvchi
Xatlov davomida aniqlangan obyektning nomi, maydoni, manzili, balansda saqlovchisi, geolokatsiyasi, holati va fotosuratlarini axborot tizimiga kiritadi.
1 ish kuni
3-bosqich
Ijaraga beruvchi
Obyektning balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi.
3 ish kuni
4-bosqich
Ijaraga beruvchi va sotuvchi
Obyekt axborot tizimiga kiritilgan kundan boshlab uch oy muddat ichida balansda saqlovchi tomonidan undan samarali foydalanilayotganligi haqida maʼlumot taqdim etilmagan boʻlsa, obyektni joyiga chiqqan holda koʻzdan kechiradi, u haqidagi maʼlumotlar oʻrganadi hamda natijasiga koʻra dalolatnoma rasmiylashtiradi.
2 ish kuni
5-bosqich
Balansda saqlovchi
Obyektdan kelgusida foydalanishga ehtiyoji mavjudligi, shu jumladan kamida 5 yillik demografik oʻsish darajasini inobatga olgan holda aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarini ijaraga beruvchi va sotuvchining masʼul xodimlariga taqdim etadi.
zaruratga koʻra
6-bosqich
Ijaraga beruvchi
Oʻrganish natijalarini, shu jumladan obyektni sotish yoki ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda bu haqda balansda saqlovchiga xabarnoma yuboradi.
1 ish kuni
7-bosqich
Ijaraga beruvchi
Obyektning foydalanish sohasi, boshlangʻich narxi hamda ijaraga berish muddatini belgilagan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.
2 ish kuni
8-bosqich
Sotuvchi
Obyekt sotish uchun axborot tizimiga kiritilganda, uni sotishdan oldin tayyorlash va savdoga chiqarishni Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi.