07.12.2022 yildagi 695-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, isteʼdodli xotin-qizlarni tanlash va ularning iqtidorini turli yoʻnalishlarda namoyon qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi (Z. Maxkamova)ga iqtidorli qizlarning imkoniyatlarini namoyon qilish, ularning bilim va salohiyatini hayotga keng tatbiq etish borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish, ushbu yoʻnalishda hududiy komissiyalarga amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
695-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 695-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Z. Mahkamova

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi

2.

O. Saliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)

3.

G. Marufova

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzosi (kelishuv asosida)

4.

X. Dosmuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (kelishuv asosida)

5.

O. Abdullayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (kelishuv asosida)

6.

A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori (kelishuv asosida)

7.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri

8.

A. Ikramov

sportni rivojlantirish vaziri

9.

U. Sharifxodjayev

xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

O. Pekos

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

R. Xakimov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

12.

E. Basitxanova

sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari

13.

Sh. Turdiqulova

innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari

14.

D. Gʻulomova

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari

15.

D. Kattaxanova

Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori

16.

A. Xaitov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

17.

D. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi (kelishuv asosida)

18.

A. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

19.

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri

20.

M. Xodjimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

21.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

22.

O. Usarov

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi

23.

G. Maxmudova

“Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi

24.

A. Nuriddinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston xalq rassomi

25.

Sh. Ayupov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik

26.

Sh. Egamberdiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik

27.

K. Irisbekova

“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi

28.

F. Abduxalikov

Kinematografiya agentligi bosh direktori

29.

Lavozimi boʻyicha

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori

30.

N. Rahimova

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

31.

F. Ibragimov

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ direktori

32.

G. Rixsiyeva

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori

33.

G. Xoliqulova

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori

34.

M. Yoʻlchiyeva

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi anʼanaviy ijrochilik kafedrasi mudiri

35.

N. Mirjalolova

Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

36.

D. Umarova

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

37.

J. Shermuhammedova

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi ekspert kengashi aʼzosi

38.

M. Ulugʻova

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira

39.

Z. Madraximova

Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli badiiy rahbari

40.

X. Komilova

“Osiyo ramzi” Oʻzbekiston dizaynerlar uyushmasi raisi

41.

M. Usmonova

“Saodat” jurnali bosh muharriri, Komissiya masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 695-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 13-avgustdagi 650-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 102-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/695/1071-son)