Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.07.1992 yildagi 632-XII-son
Kuchga kirish sanasi
28.07.1992
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 28.07.1992 sanasi holatiga | Hujjat 24.09.2016 sanasi holatiga |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TOʻGʻRISIDA | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TOʻGʻRISIDA |
I. UMUMIY QOIDALAR | I. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik | 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik |
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning oʻzaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. | Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning oʻzaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro boʻlish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni oʻzgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. | Oʻzbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro boʻlish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni oʻzgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. |
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz idoralari va mansabdor shaxslari orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oldida masʼuldir, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida masʼuldir. | Oʻzbekiston Respublikasi oʻz idoralari va mansabdor shaxslari orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oldida masʼuldir, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida masʼuldir. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida oʻz fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida oʻz fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qiladi. |
2-modda. Teng fuqarolik | 2-modda. Teng fuqarolik |
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi fuqarolikni olish asoslaridan qatʼi nazar barcha uchun tengdir. | Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi fuqarolikni olish asoslaridan qatʼi nazar barcha uchun tengdir. |
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa eʼtiqodlaridan, mashgʻulotining turi va sajiyasi hamda boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar. | Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa eʼtiqodlaridan, mashgʻulotining turi va sajiyasi hamda boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining teng huquqliligi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy turmushning barcha sohalarida taʼminlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining teng huquqliligi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy turmushning barcha sohalarida taʼminlanadi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining ham fuqarosidir. | Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining ham fuqarosidir. |
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunlari | 3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunlari |
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul etilgan ushbu Qonundan va Oʻzbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. | Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul etilgan ushbu Qonundan va Oʻzbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. |
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik | 4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik |
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻladilar: | Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻladilar: |
1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy eʼtiqodi, mashgʻulotining turi va sajiyasidan qatʼi nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaxslar; | 1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy eʼtiqodi, mashgʻulotining turi va sajiyasidan qatʼi nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaxslar; |
2) davlat yoʻllanmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy xizmatni oʻtayotgan yoki oʻqiyotgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining hududida tugʻilgan boʻlsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan boʻlsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmasalar va ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan boʻlsalar; | 2) davlat yoʻllanmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy xizmatni oʻtayotgan yoki oʻqiyotgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining hududida tugʻilgan boʻlsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan boʻlsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari boʻlmasalar va ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan boʻlsalar; |
3) Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar. | 3) Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar. |
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar | 5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, pasport olingunga qadar esa — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki shaxsning fuqaroligiga doir maʼlumotlar boʻlgan oʻzga hujjat — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, pasport olingunga qadar esa — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki shaxsning fuqaroligiga doir maʼlumotlar boʻlgan oʻzga hujjat — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb hisoblanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining namunalarini, ularni berish tartibi va shartlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining namunalarini, ularni berish tartibi va shartlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. |
6-modda. Nikohdan oʻtishda va uni bekor qilishda fuqarolikning saqlanib qolishi | 6-modda. Nikohdan oʻtishda va uni bekor qilishda fuqarolikning saqlanib qolishi |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan erkak yoki ayolning chet el fuqarosi bilan yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan nikohdan oʻtishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan erkak yoki ayolning chet el fuqarosi bilan yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan nikohdan oʻtishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi. |
Er-xotindan birining fuqaroligi oʻzgarishi ikkinchisining fuqaroligi oʻzgarishiga olib kelmaydi. | Er-xotindan birining fuqaroligi oʻzgarishi ikkinchisining fuqaroligi oʻzgarishiga olib kelmaydi. |
7-modda. Chet elda yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi | 7-modda. Chet elda yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet elda yashashi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtatilishiga olib kelmaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet elda yashashi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtatilishiga olib kelmaydi. |
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda davlat tomonidan himoya qilinishi | 8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda davlat tomonidan himoya qilinishi |
Chet elda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligidan foydalanadilar. | Chet elda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligidan foydalanadilar. |
Oʻzbekiston Respublikasi, uning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻzlari borgan mamlakat qonunlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi va uning fuqarosi borgan davlat qatnashayotgan shartnomalar hamda xalqaro odatlar bilan berib qoʻyilgan hamma huquqlardan toʻla foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun choralar koʻrishlari, ularning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qonunlarda belgilangan tartibda himoya qilishlari, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining buzilgan huquqlarini tiklash choralarini koʻrishlari shart. | Oʻzbekiston Respublikasi, uning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻzlari borgan mamlakat qonunlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi va uning fuqarosi borgan davlat qatnashayotgan shartnomalar hamda xalqaro odatlar bilan berib qoʻyilgan hamma huquqlardan toʻla foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun choralar koʻrishlari, ularning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qonunlarda belgilangan tartibda himoya qilishlari, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining buzilgan huquqlarini tiklash choralarini koʻrishlari shart. |
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini chet davlatga topshirishga yoʻl qoʻyilmasligi | 9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini chet davlatga topshirishga yoʻl qoʻyilmasligi |
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumkin emas. | Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumkin emas. |
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligini tan olmaslik | 10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligini tan olmaslik |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan shaxsning chet davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan shaxsning chet davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi. |
Alohida hollarda, xorijiy davlat fuqarolari boʻlmish vatandoshlar, agar ular yoki ularning ota-onalari, buvalari yoki buvilari bir vaqtlar mavjud tuzum tufayli vatanni tashlab ketishga majbur boʻlgan boʻlsalar, oʻz iltimoslariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi maxsus komissiyasining xulosasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ham qabul qilinishlari mumkin. | |
11-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar | 11-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boʻlmagan shaxslar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar deb hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari boʻlmagan shaxslar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar deb hisoblanadi. |
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINI OLISh | II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINI OLISh |
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish asoslari | 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish asoslari |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi: | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi: |
1) tugʻilganda; | 1) tugʻilganda; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida; |
3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha; | 3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha; |
4) ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha. | 4) ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha. |
13-modda. Ota-onasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan bolalarning fuqaroligi | 13-modda. Ota-onasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan bolalarning fuqaroligi |
Tugʻilgan paytida ota-onasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bola, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoxud Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. | Tugʻilgan paytida ota-onasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bola, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoxud Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. |
14-modda. Onasi yoki otasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolalarning fuqaroligi | 14-modda. Onasi yoki otasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolalarning fuqaroligi |
Ota-onasining fuqaroligi har xil boʻlib, ulardan biri bola tugʻilgan paytida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan quyidagi hollarda bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi: | Ota-onasining fuqaroligi har xil boʻlib, ulardan biri bola tugʻilgan paytida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan quyidagi hollarda bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi: |
1) agar u Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan boʻlsa; | 1) agar u Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan boʻlsa; |
2) agar u Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tugʻilgan boʻlsayu, ota-onasi yoki ularning biri shu vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlsa. | 2) agar u Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tugʻilgan boʻlsayu, ota-onasi yoki ularning biri shu vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlsa. |
Ota-onasining fuqaroligi har xil boʻlib, ulardan biri bola tugʻilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan boʻlsa, agar bu vaqtda ota-ona Oʻzbekistondan tashqarida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tugʻilgan bolaning fuqaroligi ota-onaning yozma tarzda ifodalangan kelishuvi bilan belgilanadi. | Ota-onasining fuqaroligi har xil boʻlib, ulardan biri bola tugʻilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan boʻlsa, agar bu vaqtda ota-ona Oʻzbekistondan tashqarida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tugʻilgan bolaning fuqaroligi ota-onaning yozma tarzda ifodalangan kelishuvi bilan belgilanadi. |
Ota-onasidan biri bola tugʻilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi esa fuqaroligi yoʻq shaxs boʻlgan yoxud nomaʼlum boʻlgan taqdirda, bola qayerda tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar u Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. | Ota-onasidan biri bola tugʻilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi esa fuqaroligi yoʻq shaxs boʻlgan yoxud nomaʼlum boʻlgan taqdirda, bola qayerda tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar u Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. |
Onasining fuqaroligi boʻlmagan bolaning otasi belgilanib, u Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlsa, 14 yoshga yetmagan bola, qayerda tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. | Onasining fuqaroligi boʻlmagan bolaning otasi belgilanib, u Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlsa, 14 yoshga yetmagan bola, qayerda tugʻilgan boʻlishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. |
15-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bolalarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi | 15-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bolalarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi |
Fuqaroligi boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan bolasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. | Fuqaroligi boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan bolasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. |
16-modda. Ota-onasi nomaʼlum boʻlgan bolalarning fuqaroligi | 16-modda. Ota-onasi nomaʼlum boʻlgan bolalarning fuqaroligi |
Ota-onasi nomaʼlum boʻlgan va Oʻzbekiston hududida yashayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. | Ota-onasi nomaʼlum boʻlgan va Oʻzbekiston hududida yashayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. |
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish | 17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish |
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz iltimosnomalariga koʻra ushbu Qonunga binoan kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa eʼtiqodlaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin. | Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz iltimosnomalariga koʻra ushbu Qonunga binoan kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa eʼtiqodlaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat: | Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat: |
1) chet el fuqaroligidan voz kechish; | 1) chet el fuqaroligidan voz kechish; |
2) soʻnggi besh yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik. | 2) soʻnggi besh yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik. |
Ushbu qoida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaxslarga, basharti ular shu yerda tugʻilgan va hech boʻlmasa ota-onasidan biri, buvasi yoki buvisi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taalluqli boʻlmaydi; | Ushbu qoida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlish istagini bildirgan shaxslarga, basharti ular shu yerda tugʻilgan va hech boʻlmasa ota-onasidan biri, buvasi yoki buvisi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taalluqli boʻlmaydi; |
3) qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi; | 3) qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi; |
4) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olish va bajarish. | 4) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olish va bajarish. |
Ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlarida qayd etib oʻtilgan talablar alohida hollardagina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlari yoki fan, texnika va madaniyat sohasida katta yutuqlari boʻlgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini qiziqtiradigan kasb yoxud malakaga ega boʻlgan ayrim shaxslarga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin. | Ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlarida qayd etib oʻtilgan talablar alohida hollardagina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlari yoki fan, texnika va madaniyat sohasida katta yutuqlari boʻlgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini qiziqtiradigan kasb yoxud malakaga ega boʻlgan ayrim shaxslarga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin. |
Agar shaxs: | Agar shaxs: |
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik ishlatib oʻzgartirishni yoqlab chiqayotgan boʻlsa; | Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik ishlatib oʻzgartirishni yoqlab chiqayotgan boʻlsa; |
faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy prinsiplariga zid boʻlgan partiyalar va oʻzga tashkilotlarga aʼzo boʻlsa; | faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy prinsiplariga zid boʻlgan partiyalar va oʻzga tashkilotlarga aʼzo boʻlsa; |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq jazolanadigan xatti-harakatlar uchun ozodlikdan mahrum etilgan va jazoni oʻtayotgan boʻlsa, uni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi rad etiladi. | Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq jazolanadigan xatti-harakatlar uchun ozodlikdan mahrum etilgan va jazoni oʻtayotgan boʻlsa, uni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi rad etiladi. |
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash | 18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash |
Ilgari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan shaxs oʻz iltimosnomasiga binoan ushbu Qonun talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklanishi mumkin. | Ilgari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan shaxs oʻz iltimosnomasiga binoan ushbu Qonun talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklanishi mumkin. |
III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINING TOʻXTATILIShI | III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINING TOʻXTATILIShI |
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishi asoslari | 19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishi asoslari |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda toʻxtatiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda toʻxtatiladi: |
1) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida; | 1) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish oqibatida; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish oqibatida; |
3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga binoan; | 3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga binoan; |
4) ushbu Qonunda koʻzda tutilgan boshqa asoslarga binoan. | 4) ushbu Qonunda koʻzda tutilgan boshqa asoslarga binoan. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtatilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtalishiga sabab boʻladi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtatilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtalishiga sabab boʻladi. |
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish | 20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish |
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat etiladi. | Ushbu Qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat etiladi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bogʻliq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi rad etilishi mumkin. | Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bogʻliq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi rad etilishi mumkin. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur boʻlgan sud hukmi boʻlsa yoki shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga zid boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur boʻlgan sud hukmi boʻlsa yoki shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga zid boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish | 21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish |
Quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotiladi: 1) shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida; 2) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan boʻlsa; 3) agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yolgʻonligi shak-shubhasiz maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan boʻlsa. | Quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotilishi mumkin: 1) shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida; 2) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan boʻlsa; 3) agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yolgʻonligi shak-shubhasiz maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan boʻlsa; 4) agar shaxs chet davlat foydasini koʻzlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa; 5) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan boʻlsa. Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxs ushbu fakt haqida oʻttiz kun ichida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar idoralariga yoki chet eldagi konsullik muassasalariga xabar berishi shart. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi yoʻqotiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi yoʻqotiladi. |
IV. OTA-ONALARINING FUQAROLIGI OʻZGARGANDA VA FARZANDLIKKA OLINGANDA BOLALARNING FUQAROLIGI | IV. OTA-ONALARINING FUQAROLIGI OʻZGARGANDA VA FARZANDLIKKA OLINGANDA BOLALARNING FUQAROLIGI |
22-modda. Ota-onalarining fuqaroligi oʻzgargan taqdirda bolalar fuqaroligining oʻzgarishi | 22-modda. Ota-onalarining fuqaroligi oʻzgargan taqdirda bolalar fuqaroligining oʻzgarishi |
Ota-onalarining fuqaroligi oʻzgarganligi natijasida ularning har ikkalasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oʻtganida yoki har ikkalasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanida, oʻz navbatida ularning 14 yoshga toʻlmagan bolalarining fuqaroligi ham oʻzgaradi. | Ota-onalarining fuqaroligi oʻzgarganligi natijasida ularning har ikkalasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oʻtganida yoki har ikkalasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanida, oʻz navbatida ularning 14 yoshga toʻlmagan bolalarining fuqaroligi ham oʻzgaradi. |
Agar bolaning ota-onasidan biri maʼlum boʻlsa, ana shu ota yoki onaning fuqaroligi oʻzgarganida 14 yoshga toʻlmagan bolaning fuqaroligi ham tegishli suratda oʻzgaradi. | Agar bolaning ota-onasidan biri maʼlum boʻlsa, ana shu ota yoki onaning fuqaroligi oʻzgarganida 14 yoshga toʻlmagan bolaning fuqaroligi ham tegishli suratda oʻzgaradi. |
23-modda. Vasiylik yoki homiylikka olingan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi | 23-modda. Vasiylik yoki homiylikka olingan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi bolaning ota-onasi yoki yolgʻiz otasi yo boʻlmasa onasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsalar va ayni vaqtda ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari vasiylikka yoki homiylikka olgan bolaning tarbiyasida ishtirok etmasalar, ota-ona, vasiy yoki homiyning iltimosiga koʻra bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi bolaning ota-onasi yoki yolgʻiz otasi yo boʻlmasa onasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsalar va ayni vaqtda ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari vasiylikka yoki homiylikka olgan bolaning tarbiyasida ishtirok etmasalar, ota-ona, vasiy yoki homiyning iltimosiga koʻra bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. |
24-modda. Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan taqdirda bolalarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi | 24-modda. Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan taqdirda bolalarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi |
Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa chet el fuqarosi boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga koʻra bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin. | Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa chet el fuqarosi boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga koʻra bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin. |
Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. | Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. |
Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin. | Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin. |
25-modda. Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi | 25-modda. Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi |
Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa, boshqasi esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib qolaversa, bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. | Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa, boshqasi esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib qolaversa, bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga koʻra bunday bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga ruxsat etilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga koʻra bunday bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga ruxsat etilishi mumkin. |
26-modda. Bola farzandlikka olingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi | 26-modda. Bola farzandlikka olingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi |
Chet el fuqarosi yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. | Chet el fuqarosi yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. |
Chet el fuqarosi boʻlib, biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. | Chet el fuqarosi boʻlib, biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. |
Fuqaroligi boʻlmagan, biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. | Fuqaroligi boʻlmagan, biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. |
Chet el fuqarosi boʻlib, biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi chet el fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola farzandlikka oluvchilarning kelishuviga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. | Chet el fuqarosi boʻlib, biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi chet el fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola farzandlikka oluvchilarning kelishuviga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. |
Chet el fuqarosi boʻlgan, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotgan bola boshqa davlat fuqaroligidan chiqqan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi. | |
27-modda. Farzandlikka olingan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi | 27-modda. Farzandlikka olingan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, chet el fuqarolari tomonidan farzandlikka olingan yoki biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi chet el fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. Farzandlikka oluvchilarning iltimosnomasiga koʻra bunday bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga ruxsat berilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, chet el fuqarolari tomonidan farzandlikka olingan yoki biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi chet el fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. Farzandlikka oluvchilarning iltimosnomasiga koʻra bunday bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga ruxsat berilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, bolani fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olingan yoki biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, bolani fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olingan yoki biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, boshqasi fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. |
28-modda. Bolalarning fuqaroligini oʻzgartirish chogʻida ular rozilik berishining zarurligi | 28-modda. Bolalarning fuqaroligini oʻzgartirish chogʻida ular rozilik berishining zarurligi |
Ota-onalarining fuqaroligi oʻzgargan taqdirda, shuningdek bolalar farzandlikka olingan taqdirda 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning fuqaroligi ushbu Qonunning 34-moddasida koʻzda tutilgan tartibda faqat bolalarning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin. | Ota-onalarining fuqaroligi oʻzgargan taqdirda, shuningdek bolalar farzandlikka olingan taqdirda 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning fuqaroligi ushbu Qonunning 34-moddasida koʻzda tutilgan tartibda faqat bolalarning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin. |
V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI YuRITUVChI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT IDORALARI VA ULARNING VAKOLATLARI | V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI YuRITUVChI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT IDORALARI VA ULARNING VAKOLATLARI |
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi ishlarni yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari | 29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi ishlarni yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi ishlarni yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari quyidagilardan iborat: | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi ishlarni yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari quyidagilardan iborat: |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti; | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti; |
Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi; | Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi; |
Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari. | Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari. |
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari | 30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti: | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti: |
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida; | 1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida; |
2) chet elda yashayotgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishli iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda ularni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida; | 2) chet elda yashayotgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishli iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda ularni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida; |
3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash toʻgʻrisida; | 3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash toʻgʻrisida; |
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida; | 4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida; |
5) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. | 5) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlari | 31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va tegishli vakolatlar berilgan unga boʻysunuvchi idoralar: | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va tegishli vakolatlar berilgan unga boʻysunuvchi idoralar: |
1) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi; | 1) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi; |
3) fuqarolik masalalariga doir arizani zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yoʻllaydi; | 3) fuqarolik masalalariga doir arizani zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yoʻllaydi; |
4) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi; | 4) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi; |
5) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan hollarni qayd etadi. | 5) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan hollarni qayd etadi. |
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining vakolatlari | 32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari: | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari: |
1) chet ellarda doimiy yashab turgan shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi; | 1) chet ellarda doimiy yashab turgan shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi; |
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yoʻllaydi; | 3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yoʻllaydi; |
4) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi; | 4) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi; |
5) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligini qayd etadi; | 5) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligini qayd etadi; |
6) Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashab turgan fuqarolarini hisobga oladi. | 6) Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashab turgan fuqarolarini hisobga oladi. |
VI. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI MASALALARIGA OID ARIZALAR VA TAQDIMNOMALARNI KOʻRIB ChIQISh | VI. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI MASALALARIGA OID ARIZALAR VA TAQDIMNOMALARNI KOʻRIB ChIQISh |
33-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalar topshirish tartibi | 33-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalar topshirish tartibi |
Fuqarolik masalalariga oid arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchilarning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari orqali, chet elda doimiy yashovchi shaxslar tomonidan esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali topshiriladi. | Fuqarolik masalalariga oid arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchilarning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari orqali, chet elda doimiy yashovchi shaxslar tomonidan esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali topshiriladi. |
Chet davlat fuqarosi boʻlgan shaxs oʻz fuqaroligini oʻzgartirish niyatiga mazkur davlatning munosabatini koʻrsatuvchi hujjatni taqdim etishi shart. | Chet davlat fuqarosi boʻlgan shaxs oʻz fuqaroligini oʻzgartirish niyatiga mazkur davlatning munosabatini koʻrsatuvchi hujjatni taqdim etishi shart. |
34-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalarning shakli | 34-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalarning shakli |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga olish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklash yoki undan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar arizachining yozma iltimosiga binoan koʻrib chiqiladi. 18 yoshga toʻlmagan shaxslar xususidagi iltimosnomalar ular vakillarining notarial idoralar tomonidan, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan qonuniy vakillarining iltimosiga binoan koʻrib chiqiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga olish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklash yoki undan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar arizachining yozma iltimosiga binoan koʻrib chiqiladi. 18 yoshga toʻlmagan shaxslar xususidagi iltimosnomalar ular vakillarining notarial idoralar tomonidan, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan qonuniy vakillarining iltimosiga binoan koʻrib chiqiladi. |
14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga olish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklash va undan chiqarish toʻgʻrisida ariza topshirish chogʻida ularning roziligi boʻlishi shart. Bunday rozilik yozma bayon etilishi va notarial idoralar tomonidan, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. | 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga olish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklash va undan chiqarish toʻgʻrisida ariza topshirish chogʻida ularning roziligi boʻlishi shart. Bunday rozilik yozma bayon etilishi va notarial idoralar tomonidan, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. |
Voyaga yetmagan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi toʻgʻrisida iltimosnoma topshirganda, basharti uning ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib qoladigan boʻlsa, uning oʻz bolasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga munosabati bildirilgan arizasi ham taqdim etilishi kerak. Bunday ariza notarius tomonidan, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart. | Voyaga yetmagan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi toʻgʻrisida iltimosnoma topshirganda, basharti uning ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib qoladigan boʻlsa, uning oʻz bolasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga munosabati bildirilgan arizasi ham taqdim etilishi kerak. Bunday ariza notarius tomonidan, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart. |
Basharti ariza beruvchi savodsizligi yoki jismoniy kamchiliklari sababli arizani imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan boshqa kishi arizani imzolaydi, bu haqda ichki ishlar idorasi, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasi tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan arizaga yozib qoʻyiladi. | Basharti ariza beruvchi savodsizligi yoki jismoniy kamchiliklari sababli arizani imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan boshqa kishi arizani imzolaydi, bu haqda ichki ishlar idorasi, chet elda esa Oʻzbekiston Respublikasi tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan arizaga yozib qoʻyiladi. |
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlash | 35-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlash |
Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisidagi ariza uning doimiy istiqomat joyida ichki ishlar idorasiga, chet elda doimiy yashaydigan shaxs tomonidan esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga beriladi. | Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisidagi ariza uning doimiy istiqomat joyida ichki ishlar idorasiga, chet elda doimiy yashaydigan shaxs tomonidan esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga beriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlashda shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi bilan bogʻlanayotgan vaziyat boshlangan paytda amal qilib turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalarning qoidalari qoʻllaniladi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlashda shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi bilan bogʻlanayotgan vaziyat boshlangan paytda amal qilib turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalarning qoidalari qoʻllaniladi. |
36-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalarni rasmiylashtirish tartibi | 36-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalarni rasmiylashtirish tartibi |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar ariza beruvchi shaxsan murojaat etgan taqdirda uning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari, chet elda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar ariza beruvchi shaxsan murojaat etgan taqdirda uning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari, chet elda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi. |
Uzrli sabablar boʻlgan taqdirda ichki ishlar idoralari, tegishli diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari fuqarolik toʻgʻrisidagi hujjatlarni boshqa shaxslar yoki pochta orqali yuborilgan arizalarga muvofiq rasmiylashtirishlari shart. | Uzrli sabablar boʻlgan taqdirda ichki ishlar idoralari, tegishli diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari fuqarolik toʻgʻrisidagi hujjatlarni boshqa shaxslar yoki pochta orqali yuborilgan arizalarga muvofiq rasmiylashtirishlari shart. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar berilganda davlat boji toʻlanadi, uning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar berilganda davlat boji toʻlanadi, uning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. |
37-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalar yuzasidan xulosalar | 37-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalar yuzasidan xulosalar |
Fuqarolik masalalariga oid arizani rasmiylashtirayotgan ichki ishlar idorasi yoki tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasi mazkur ariza yuzasidan asoslangan xulosasini chiqaradi. | Fuqarolik masalalariga oid arizani rasmiylashtirayotgan ichki ishlar idorasi yoki tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasi mazkur ariza yuzasidan asoslangan xulosasini chiqaradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalar yuzasidan oʻz xulosalarini hamda boshqa zarur hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari komissiyasi nomiga yuboradilar. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalar yuzasidan oʻz xulosalarini hamda boshqa zarur hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari komissiyasi nomiga yuboradilar. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalarga oid xulosalarda ariza beruvchining davlat oldida bajarilmay qolgan majburiyatlari yoki uning fuqarolar yoxud davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari muhim manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy majburiyatlari xususidagi, uni ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi, yoxud unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan, ijro etilishi lozim boʻlgan hukmi mavjudligi haqidagi yo boʻlmasa mazkur shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham xabar qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalarga oid xulosalarda ariza beruvchining davlat oldida bajarilmay qolgan majburiyatlari yoki uning fuqarolar yoxud davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari muhim manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy majburiyatlari xususidagi, uni ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi, yoxud unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan, ijro etilishi lozim boʻlgan hukmi mavjudligi haqidagi yo boʻlmasa mazkur shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham xabar qilinadi. |
38-modda. Arizalar va taqdimnomalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari Komissiyasida dastlabki tarzda koʻrib chiqilishi | 38-modda. Arizalar va taqdimnomalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari Komissiyasida dastlabki tarzda koʻrib chiqilishi |
Ushbu Qonunning 30-moddasida koʻrsatilgan fuqarolikka oid masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Fuqarolik masalalari Komissiyasini tuzadi. | Ushbu Qonunning 30-moddasida koʻrsatilgan fuqarolikka oid masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Fuqarolik masalalari Komissiyasini tuzadi. |
Fuqarolik masalalariga oid arizalar va taqdimnomalarni koʻrib chiqish paytida Komissiya ariza beruvchining dalillarini, taqdimnomaning mazmunini, davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining xulosalarini, boshqa hujjatlarni hamda tegishli tarzda rasmiylashtirilgan guvohlar koʻrsatmalarini atroflicha baholaydi. | Fuqarolik masalalariga oid arizalar va taqdimnomalarni koʻrib chiqish paytida Komissiya ariza beruvchining dalillarini, taqdimnomaning mazmunini, davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining xulosalarini, boshqa hujjatlarni hamda tegishli tarzda rasmiylashtirilgan guvohlar koʻrsatmalarini atroflicha baholaydi. |
Basharti, shaxs Qoraqalpogʻiston Respublikasiga borib yashamoqchi boʻlsa, Komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining uni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul etish yoki uning fuqaroligini tiklash maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi, shu jumladan respublikada unga ish, turar-joy va boshqa qulayliklar berish imkoniyati bor-yoʻqligi haqidagi fikrini eʼtiborga oladi. | Basharti, shaxs Qoraqalpogʻiston Respublikasiga borib yashamoqchi boʻlsa, Komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining uni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul etish yoki uning fuqaroligini tiklash maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi, shu jumladan respublikada unga ish, turar-joy va boshqa qulayliklar berish imkoniyati bor-yoʻqligi haqidagi fikrini eʼtiborga oladi. |
Komissiya oʻz ixtiyoridagi ish yuzasidan materiallar va hujjatlarni tegishli davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridan talab qilib olishga haqlidir, bu davlat idoralari va jamoat tashkilotlari esa komissiya belgilagan muddatda zarur maʼlumotni taqdim etadilar. | Komissiya oʻz ixtiyoridagi ish yuzasidan materiallar va hujjatlarni tegishli davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridan talab qilib olishga haqlidir, bu davlat idoralari va jamoat tashkilotlari esa komissiya belgilagan muddatda zarur maʼlumotni taqdim etadilar. |
Komissiya har bir ariza yoki taqdimnoma yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi. | Komissiya har bir ariza yoki taqdimnoma yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi. |
Komissiyaning qarori bayon bilan rasmiylashtiriladi, uni komissiyaning majlisda qatnashgan barcha aʼzolari imzolaydilar. | Komissiyaning qarori bayon bilan rasmiylashtiriladi, uni komissiyaning majlisda qatnashgan barcha aʼzolari imzolaydilar. |
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning qabul etilishi | 39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning qabul etilishi |
Fuqarolik masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti farmonlar chiqaradi. | Fuqarolik masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti farmonlar chiqaradi. |
Agar farmonda boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, fuqarolikdagi oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqarilgan kundan boshlanadi. | Agar farmonda boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, fuqarolikdagi oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqarilgan kundan boshlanadi. |
Fuqarolik masalasiga oid takroriy ariza, qoida tariqasida, shu masalaga oid avvalgi qarordan keyin bir yil oʻtgach koʻrib chiqiladi. Ish uchun muhim boʻlgan hamda ariza beruvchiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda takroriy ariza ilgariroq ham koʻrib chiqilishi mumkin. | Fuqarolik masalasiga oid takroriy ariza, qoida tariqasida, shu masalaga oid avvalgi qarordan keyin bir yil oʻtgach koʻrib chiqiladi. Ish uchun muhim boʻlgan hamda ariza beruvchiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda takroriy ariza ilgariroq ham koʻrib chiqilishi mumkin. |
40-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalarni koʻrib chiqish muddati | 40-modda. Fuqarolik masalalariga oid arizalarni koʻrib chiqish muddati |
Fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalarni koʻrib chiqish muddati bir yildan oshmasligi kerak. | Fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalarni koʻrib chiqish muddati bir yildan oshmasligi kerak. |
VII. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI MASALALARIGA OID QARORLARNING IJROSI | VII. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI MASALALARIGA OID QARORLARNING IJROSI |
41-modda. Fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi idoralar | 41-modda. Fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi idoralar |
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli idoralari, fuqarolik holatini qayd etish boʻlimlari, chet elda yashovchi shaxslarga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi. | Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli idoralari, fuqarolik holatini qayd etish boʻlimlari, chet elda yashovchi shaxslarga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi. |
42-modda. Pasportlar va istiqomat uchun guvohnomalar berish | 42-modda. Pasportlar va istiqomat uchun guvohnomalar berish |
Qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar idoralari, yoki diplomatiya vakolatxonalari yoxud konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi pasporti topshiriladi. 16 yoshga yetmagan bolalarning hujjatlariga ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yozib qoʻyiladi. | Qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar idoralari, yoki diplomatiya vakolatxonalari yoxud konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi pasporti topshiriladi. 16 yoshga yetmagan bolalarning hujjatlariga ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yozib qoʻyiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasida yashab turgan lekin Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻxtatilgan, boshqa davlat fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga moʻljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi. | Oʻzbekiston Respublikasida yashab turgan lekin Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻxtatilgan, boshqa davlat fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga moʻljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi. |
43-modda. Fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijrosini nazorat qilish | 43-modda. Fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijrosini nazorat qilish |
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlar ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari Komissiyasi tomonidan, shuningdek boshqa vakolatli idoralar tomonidan oʻz huquqlari doirasida nazorat etiladi. | Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlar ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari Komissiyasi tomonidan, shuningdek boshqa vakolatli idoralar tomonidan oʻz huquqlari doirasida nazorat etiladi. |
VIII. MANSABDOR ShAXSLARNING FUQAROLIK MASALALARIGA OID NOHAQ XATTI-HARAKATLARI USTIDAN ShIKOYAT QILISh | VIII. MANSABDOR ShAXSLARNING FUQAROLIK MASALALARIGA OID NOHAQ XATTI-HARAKATLARI USTIDAN ShIKOYAT QILISh |
44-modda. Mansabdor shaxslarning fuqarolik masalalariga oid nohaq xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish | 44-modda. Mansabdor shaxslarning fuqarolik masalalariga oid nohaq xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish |
Fuqarolik masalalariga oid arizalarni qabul qilishdan asossiz bosh tortganlik, arizani koʻrib chiqish muddatlari buzilganlik, shuningdek mansabdor shaxslarning fuqarolik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibini va fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish tartibini buzadigan boshqa nohaq xatti-harakatlari xususida ular boʻysunadigan yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | Fuqarolik masalalariga oid arizalarni qabul qilishdan asossiz bosh tortganlik, arizani koʻrib chiqish muddatlari buzilganlik, shuningdek mansabdor shaxslarning fuqarolik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibini va fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish tartibini buzadigan boshqa nohaq xatti-harakatlari xususida ular boʻysunadigan yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. |
IX. XALQARO ShARTNOMALAR | IX. XALQARO ShARTNOMALAR |
45-modda. Xalqaro shartnomalarning qoʻllanilishi | 45-modda. Xalqaro shartnomalarning qoʻllanilishi |
Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda bayon etilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda bayon etilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1992-yil 2-iyul, | 1992-yil 2-iyul, |
632-XII-son | 632-XII-son |