Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 29.11.2022 yildagi 679-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 29.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini oluvchi shaxslarni oʻquv kurslarida oʻqitish, malaka attestatini olish boʻyicha davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish uchun suhbatga kirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestatining amal qilish muddatini belgilash uni qayta rasmiylashtirish va uni talabgorga davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuborish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmati YIDXP orqali amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimlarning davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda toʻlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 26-apreldagi 236-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 29-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
679-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament talabgorlarga korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korporativ boshqaruvchi malaka attestati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi) tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bundan mustasno, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud boʻlganda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi aʼzoligiga davlat ulushi boʻyicha saylanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchining malaka attestatiga ega boʻlish toʻgʻrisidagi talab kuzatuv kengashining davlat ulushi boʻyicha mustaqil aʼzosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega boʻlgan, shu jumladan xorijlik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruvchi malaka attestati (keyingi oʻrinlarda — malaka attestati) — Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsiga ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining hamda davlat unitar korxonalarining kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha uning nomzodini koʻrsatish huquqini beruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat — korporativ boshqaruv sohasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan qisqa muddatli (bir haftadan kam boʻlmagan muddatda) oʻquv kurslarini, shu jumladan, onlayn, oʻzlashtirganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — malaka attestatini olish uchun sertifikatga va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari va Biznes maktablarida tahsil olgan va ilmiy darajalarga ega boʻlgan hamda korporativ boshqaruv fani boʻyicha eng yuqori baho yoki ball olgan tinglovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining maxsus suhbat komissiyasi — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ushbu sohadagi yetuk mutaxassislari va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining shu yoʻnalishdagi professor-oʻqituvchilaridan iborat komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat xizmatlari markazlari va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Malaka attestatini berish tartibi ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qonuniylik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgor quyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari” boʻyicha oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari va Biznes maktablarida tahsil olgan va ilmiy darajalarga ega boʻlgan hamda korporativ boshqaruv fani boʻyicha eng yuqori baho yoki ball olgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish istagida boʻlgan talabgorlarni sertifikat olish uchun oʻqitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgorlarning korporativ boshqaruv sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan mazkur sohadagi soʻnggi zamonaviy bilimlar mujassamlashtirilgan qisqa muddatli (bir haftadan kam boʻlmagan muddatda), shu jumladan, onlayn, maxsus oʻquv dasturi shakllantirilib, doimiy ravishda takomillashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur dastur “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanida ham oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka attestatini olish uchun nomzodlarni oʻqitish va oʻqish natijalari boʻyicha sertifikat berish Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Nomzodlar oʻquv kursining yakuni boʻyicha test topshirib, umumiy savollarning 55 foiziga javob berganda, tegishli tartibda sertifikatga ega boʻladi. Mazkur sertifikat malaka attestatini olishga daʼvogarlik qilish huquqini beradi. Nomzod testdan oʻta olmagan taqdirda, yakuniy testni bepul qoʻshimcha toʻlovsiz yana ikki marta takroran topshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Malaka attestatini olish uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar va Oliy maktabning “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan tinglovchilari daʼvogarlik qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ushbu oʻquv kurslari va magistratura tinglovchilari tomonidan mazkur fan oʻqitilgandan keyin bir yil mobaynida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Talabgor oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tegishli soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soʻrovnomaga talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgandan soʻng talabgor uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnoma YIDXP orqali taqdim etilganda, murojaatchidan Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi (yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus hisob raqamiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Talabgor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi 10 daqiqa mobaynida soʻrovnomani qabul qiladi, soʻrovnoma raqami va sanasini talabgorga taqdim etadi yoki davlat xizmati koʻrsatishni rad etadi, shuningdek soʻrovnoma qabul qilinganda uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan soʻrovnomada haqiqiy boʻlmagan, soxta va notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik (bundan murojaat qilingan vaqtda maʼlumotlar qayta toʻgʻrilangan holatlar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabgor YIDXP orqali murojaat qilganda soʻrovnoma avtomatik tarzda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarning murojaati Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan uch ish kunida koʻrib chiqiladi va murojaatlar soni 20 ta va undan ortiq boʻlganda suhbat oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlar tegishli tartibda talabgorga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olishga nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Suhbat komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya kamida 9 nafar aʼzodan iborat boʻladi. Komissiyaga Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori yoki shu sohadagi professor-oʻqituvchilardan biri raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning tarkibi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya korporativ boshqaruv kodeksini muntazam ravishda takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh vazifasini ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Suhbat savollari roʻyxati maxsus dastur asosida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ishlab chiqiladi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi veb-saytiga joylashtiriladi. Suhbat savollari roʻyxati sohaga oid qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlardan va rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib muntazam takomillashtirilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya tomonidan suhbat murojaatlar soni 20 va undan ortiq boʻlgan hollarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida ikki kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana va joy haqidagi maʼlumotni oʻz veb-saytida eʼlon qiladi va komissiya aʼzolarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiya yigʻilishi aʼzolarning kamida 75 foizi ishtirok etganida vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Suhbat har bir talabgor bilan 20 daqiqagacha davomida yakka tartibda talabgorning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruv mazmun-mohiyati, uning tamoyillari, korporativ boshqaruvni baholash va diagnostika qilish qobiliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv kengashining vakolatlari, vazifalari, majburiyatlari, qarorlar qabul qilishdagi tashabbuskorligi va bu boradagi jahon tajribasi, qonunchilik normalarining talablarini bilishligi darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Komissiya aʼzolari yakka tartibdagi suhbatga kirgan har bir talabgorga savollar beradi. Bunda savollar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida oʻtkazilgan oʻquv kursi dasturi yoʻnalishlaridan kelib chiqib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Suhbat natijalari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savolning mazmun-mohiyatini toʻliq ochib beruvchi dalillarga asoslangan javob berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollar yuzasidan chuqur va tizimli bilim borligi namoyon etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ boshqaruv tushunchasi va atamalaridan erkin foydalana olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Suhbat davlat tilida oʻtkaziladi. Suhbat talabgorning soʻroviga asosan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining imkoniyatlaridan kelib chiqib boshqa tillarda ham oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Komissiya qarorlari yigʻilishda ishtirok etayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha komissiya tomonidan malaka attestatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Talabgor suhbatga kelmaganda yoki undan oʻtmaganda komissiya keyinchalik talabgorni xabardor qilgan holda malaka attestatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Suhbatdan oʻtmagan yoki suhbatga kelmagan talabgor korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlagan kundan boshlab bir yil mobaynida, shuningdek “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi boʻyicha ikki yil (kunduzgi va sirtqi) oʻqishni tamomlab magistr diplomini olgan kundan boshlab bir yil mobaynida umumiy tartibda komissiyaga uch martadan koʻp boʻlmagan takroriy arizalar berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Suhbat natijalari boʻyicha talabgorlarning shikoyatlari ular natijasi eʼlon qilingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasi raisiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni koʻrib chiqadigan apellyatsiya komissiyasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy maktab va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillaridan (Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining maxsus suhbat komissiyasida qatnashmagan ushbu sohadagi oʻqituvchi va mutaxassislar) iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Shikoyatni koʻrib chiqish muddati talabgor tomonidan shikoyat berilgan sanadan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Suhbatdan oʻtgan talabgor komissiyaning malaka attestatini berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng uch oy muddatda ushbu malaka attestati uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hisobvaragʻiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida attestat uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Toʻlov hujjatining nusxasi taqdim etilgandan soʻng Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi uch ish kuni belgilangan tartibda seriya raqamiga ega boʻladi, QR-kod qoʻyilgan malaka attestatini rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davlat xizmatlari markazi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabidan malaka attestati elektron shaklda kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markaziga talabgor oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, talabgorning soʻroviga koʻra unga malaka attestatini elektron yoki qogʻoz shaklda beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar malaka attestati Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan talabgorga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda talabgorning elektron kabinetida namoyon boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Malaka attestatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi hamda uzaytirilmaydi. Muddat tugaganidan soʻng yangi attestat olish ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Malaka attestatini qayta rasmiylashtirish unda koʻrsatilgan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta maʼlumotlarining oʻzgarishi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning uchun malaka attestatining egasi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali quyidagilarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan malaka attestatining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Malaka attestatini qayta rasmiylashtirish mazkur Reglamentning 40-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida oldin berilgan malaka attestatining qolgan amal qilish muddatiga yangi malaka attestatini bepul berish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi malaka attestatiga ega boʻlgan shaxslar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka attestatiga ega boʻlgan shaxslar reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestati berilgan sana va uning raqami va seriyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatiga ega boʻlgan shaxslarning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, aloqa qilish maʼlumotlari va ish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta rasmiylashtirilgan malaka attestatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Davlat xizmatlari markazi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Daʼvogar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor*

Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini (keyingi oʻrinlarda — malaka attestati) olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki elektron tarzda YIDXP orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP

Talabgor Davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgorning ERIsi bilan tasdiqlangandan soʻng yoki YIDXP orqali murojaat qilganda — soʻrovnoma talabgor tomonidan mustaqil ravishda toʻldirilib, soʻng Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga elektron shaklda yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqtda, YIDXP orqali esa avtomatik tarzda

3-bosqich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Talabgorlarni malaka attestatini olishga suhbatdan oʻtkazish uchun roʻyxat shakllantiradi.

Murojaat elektron koʻrinishda kelib tushgan kundan boshl?b guruh shakllanishiga koʻra

4-bosqich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Shakllangan talabgorlar roʻyxatiga asosan suhbat oʻtkaziladigan sana va joy haqidagi maʼlumotni oʻz veb-saytida eʼlon qiladi, talabgorlarni va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining maxsus suhbat komissiyasi aʼzolarini xabardor qiladi.

Suhbat oʻtkazilishidan kamida ikki kun oldin

5-bosqich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining maxsus suhbat komissiyasi

Komissiya aʼzolari yakka tartibdagi har bir talabgor bilan suhbat oʻtkazadi.

Har bir talabgor bilan 20 daqiqagacha davomida

6-bosqich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining maxsus suhbat komissiyasi

Oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha komissiya tomonidan malaka attestatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.

Bayonnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va rais tomonidan tasdiqlanadi.

Bir kun davomida

7-bosqich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

QR-kod qoʻyilgan malaka attestati rasmiylashtiradi va uni ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki daʼvogarga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining maxsus suhbat komissiyasining bayonnomalari qabul qilib olingandan soʻng keyingi uch ish kuni mobaynida

8-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

1. Malaka attestatini elektron shaklda talabgorning elektron manziliga yuboradi va daʼvogarni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Malaka attestati elektron shaklda kelib tushgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida

2. Davlat xizmatlari markaziga talabgor oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, talabgorning soʻroviga koʻra unga malaka attestatini elektron yoki qogʻoz shaklda beradi.

Talabgor talab qilgan paytda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari” boʻyicha oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari va Biznes maktablarida tahsil olgan va ilmiy darajalarga ega boʻlgan hamda korporativ boshqaruv fani boʻyicha eng yuqori baho yoki ball olgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktoriga

_______________________‎‎
___________________dan‎‎

SOʻROVNOMA

Menga Korporativ boshqaruvchi boʻyicha tashkil etiladigan suhbatga kirishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.
___________________________________________________________________

(ish joyi va lavozimi)

_________________________________________________________________
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
Aloqa qilish uchun telefon:
Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):
___________________________________________________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI HUZURIDAGI BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI

GRADUATE SCNOOL OF BUSINESS AND ENTREPRENEURSNIP UNDER TNE MINISTRY OF ECONOMIC DEVELOPMENT AND POVERTY REDUCTION OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Tartib raqami ______________

______________-son

KORPORATIV BOSHQARUVCHINING MALAKA ATTESTATI

_________________________________________________________________________________________

(malaka attestati berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)

pasport yoki ID-karta maʼlumotlari:
_________________________________________________________________________________________
20___ yil “____” ___________dan 20 yil “___” _____________gacha amal qiladi.
_____________________________
QR-kod
(F.I.O.)
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qarorning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oliy maktab direktorining oʻrinbosarlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatining departamenti direktoriga, kafedra mudirlari markaziy apparatining departamenti direktori oʻrinbosarlariga tenglashtirilgan tibbiy xizmat amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, kirish imtihonlari oʻquv yilida ikki marta — avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “pasport” soʻzi “pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son; 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 03.01.2025-y., 09/25/904/0005-son)