1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Sug‘urta]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibini takomillashtirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, eksport faoliyatini sug‘urta qilish, sug‘urta xizmatlaridan foydalanishning davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti sug‘urta kompaniyalarining eksport qiluvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faolligini oshirish bilan bir qatorda asosiy e’tiborini sug‘urta mukofoti uchun to‘lov summalarini oshirishga qaratayotganligini ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, amaldagi tartibda eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha sug‘urta shartnomalarining aniq turlari ko‘rsatilmaganligi tadbirkorlik subyektlariga ushbu xizmatlardan foydalanishda noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchilarni sug‘urta mexanizmlaridan foydalanishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini qonunchilik hujjatlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-avgustdagi 512-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomgailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadigan sug‘urta mukofotining miqdorini sug‘urta pulining 1 foizidan 0,5 foizigacha kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish mexanizmini haqiqatda foydalanilgan sug‘urta xizmatlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri faqat sug‘urta qildiruvchiga to‘lash tartibini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
673-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 673-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-avgustdagi 512-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“garov sifatida sug‘urta xizmati — tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyati kafolati sifatida sug‘urta shartnomalari asosida sug‘urta himoyasi taqdim etilishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sug‘urta shartnomasi — O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) eksport qilish bilan bog‘liq faoliyatni siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha yozma kelishuv”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Eksport qiluvchilar quyidagi sug‘urta shartnomalariga asosan garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urtalovchilarga to‘lab berilgan sug‘urta mukofotining 100 foizi, lekin sug‘urta pulining 0,5 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi Agentlik tomonidan kompensatsiya qilib beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmasligini sug‘urta qilish shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sug‘urta qilish shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport faktoringini sug‘urta qilish shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish krediti o‘z vaqtida qaytarilmasligidan sug‘urta qilish shartnomasi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urtalovchiga sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘langan bo‘lishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sug‘urtalovchi tomonidan eksport qiluvchiga sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin sug‘urta polisi taqdim qilinishi va sug‘urta polisi taqdim qilingan sanada xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgan bo‘lishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sug‘urta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisining nusxasi, to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, xizmat ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 7-banddagi “Sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urtalovchilardan” so‘zlari “Sug‘urta qildiruvchidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 23-bandning uchinchi xatboshidagi “Sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urtalovchining” so‘zlari “Sug‘urta qildiruvchining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanilganda, Agentlik tomonidan sug‘urta mukofotini kompensatsiya qilish bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Mas’ul ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Sug‘urta qildiruvchi
Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etish:
ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza;
eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
sug‘urta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisining nusxasi, to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, xizmat ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi.
Sug‘urta qildiruvchining ixtiyoriga ko‘ra
2-bosqich
Eksportni rag‘batlantirish agentligi
Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va xulosa berish:
hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda, ularni eksport qiluvchilarga javob xati bilan yozma yoki elektron shaklda qaytarish;
3 ish kuni mobaynida
to‘liq taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha tegishli xulosa tayyorlash va eksport qiluvchilarni xabardor qilish.
7 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Eksportni rag‘batlantirish agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mablag‘ ajratish bo‘yicha buyurtmanoma berish.
Har hafta yakuni bo‘yicha keyingi haftaning birinchi ish kunida
Sug‘urta qildiruvchilarning hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni o‘tkazib berish.
Mablag‘lar tushgan kundan boshlab 1 ish kuni davomida
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori ___________ga __________________ dan
Ariza
________________________________________ (sug‘urta qildiruvchi nomi) foydalanilgan sug‘urta xizmatlari uchun to‘langan sug‘urta mukofotini kompensatsiya qilib berish masalasini ko‘rib chiqishingizni va tegishli kompensatsiya to‘lovini __________________________ bankidagi ____________________ hisobvarag‘iga o‘tkazib berishingizni so‘rayman.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:
1. Eksport shartnomasi (invoys) yoki eksportoldi shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi nusxasi;
2. Sug‘urta mukofoti xarajatini tasdiqlovchi hujjatlar — sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisining nusxasi, to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, xizmat ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura nusxasi
______________ rahbari
_______________________
(F.I.O.)
Bog‘lanish uchun tel.:+998 (___)____________
”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/673/1040-son)