23.11.2022 yildagi PQ-429-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kosmik tarmoqni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar bilan taʼminlash, shuningdek, kosmik texnologiyalarni qoʻllash orqali ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinda — “Oʻzbekkosmos” agentligi) Oʻzbekistonning kosmik faoliyatini tartibga solish, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni belgilash hamda kosmik monitoring, shu jumladan davlat kosmik monitoringini amalga oshirish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat kosmik monitoringini amalga oshirish doirasida “Oʻzbekkosmos” agentligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat kosmik monitoringini amalga oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan monitoring jarayonlarida kosmik texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohalarda vazirlik va idoralar tomonidan kosmik texnologiyalarni qoʻllash darajasini monitoring qilish va ularning joriy etilishini jadallashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat kosmik monitoringini amalga oshirish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekkosmos” agentligi 2024-yil 1-dekabrga qadar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, mazkur qarorda belgilangan vazifalar boʻyicha erishilgan natijalar va maqsadli koʻrsatkichlar, shuningdek, tegishli davr uchun kosmik texnologiyalar taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib 2025-2026-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi 2-ilovadagi chora-tadbirlarni 2023-2024-yillarda amalga oshirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlar Davlat budjetidan “Oʻzbekkosmos” agentligiga ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qarori doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik, idora va tashkilotlar “Oʻzbekkosmos” agentligining soʻrovnomasiga asosan zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida va sifatli taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli sohalarda masʼul boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlarning rahbarlari tasdiqlangan yoʻnalishlar doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekkosmos” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan davlat kosmik monitoringi oʻtkaziladigan sohalarga oid davlat kadastrlari maʼlumotlari (vektor va atributiv parametrlariga oʻzgartirishlarsiz) asl holida oʻrnatilgan tartibda “Oʻzbekkosmos” agentligiga muntazam ravishda taqdim etib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat kosmik monitoring tizimi orqali yer osti boyliklarini qazib olish, suv resurslarini muhofaza etish, oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish, maishiy chiqindilarni yigʻish va realizatsiya qilish yoʻnalishlarida (davlat yer va kadastr nazorati sohasidagi huquqbuzarliklar bundan mustasno) aniqlangan huquqbuzarliklar uchun undiriladigan maʼmuriy jarimalarning 10 foizini Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar har yili 20-iyulga qadar kelgusi yil uchun kosmik xizmatlarga boʻlgan yillik ehtiyoj hajmi, davriyligi va ularni yetkazib berish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Oʻzbekkosmos” agentligiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarning talabiga koʻra “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshiriladigan kelgusi yil uchun kosmik xizmatlar hajmi va turlari har yili 1-oktabrga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kosmik xizmatlar xarajatlarining bir qismi “Oʻzbekkosmos” agentligi xarajatlar smetasida ajratilgan budjet mablagʻlari, qolgan qismi Moliya vazirligi mablagʻlari tarkibida nazarda tutiladi hamda ushbu mablagʻ keyinchalik Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida qayta taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekkosmos” agentligiga unga yuklatilgan qoʻshimcha vazifalarni inobatga olgan holda uning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va xodimlarining mehnatini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Bosh prokuratura tomonidan berilgan buyurtma asosida shakllangan suratga olish materiallari va ularning hosilalari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi nazorat koʻrigidan oʻtkazish uchun taqdim etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aero va kosmik suratlar hamda ularning hosilalaridan ochiq foydalanish yoki cheklovchi grif qoʻyilishini ushbu materiallarni buyurtma asosida qabul qilib olgan organlar tomonidan belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-155-sonli Farmoniga asosan oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 06/24/155/0811-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekkosmos” agentligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kosmik texnologiyalarni joriy etish tizimini moliyalashtirish uchun xarajatlar boʻyicha takliflarni shakllantirish hamda zaruratga koʻra xorijiy qarz, grantlar va boshqa mablagʻlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hamda ularni taqsimlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kadastr agentligi va “Oʻzbekkosmos” agentligi bilan birgalikda 2023-yil 1-fevralga qadar davlat kosmik monitoringi oʻtkaziladigan sohalarga oid davlat kadastrlari maʼlumotlarini “Elektron hukumat”ning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali taqdim etish boʻyicha oʻzaro integratsiya qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekkosmos” agentligi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tijoriy kosmik faoliyatni rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Global sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlari operatorlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) aʼzo boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar, kompaniyalar va banklar bilan kosmik sohaga xorijiy sarmoya va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda sunʼiy yoʻldosh apparatlari orqali yerni masofadan zondlash maʼlumotlarini tezkor qabul qilish maqsadida xorijiy sunʼiy yoʻldosh operatorlari bilan kelishuv, memorandum, bitim va shartnomalar tuzish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Innovatsion rivojlanish agentligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar qishloq va suv xoʻjaligi, ekologiya, telekommunikatsiya, geologiya-qidiruv, kartografiya, gidrometeorologiya, seysmologiya va shaharsozlik sohalarining samaradorligini oshirishda yerni masofadan turib zondlash, yoʻldosh aloqa, navigatsiya tizimlarini qoʻllash masalalarining ilmiy va innovatsion yechimiga qaratilgan amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarish faoliyatiga samarali joriy etish maqsadida tanlov eʼlon qilish uchun taqdim etiladigan loyiha mavzulari va ulardan kutilayotgan natijalar “Oʻzbekkosmos” agentligi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarordan koʻzlangan maqsad va vazifalar, shuningdek, Dastur va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish jarayonini yoritish boʻyicha maqola va mavzuli teledasturlarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekkosmos” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib “Oʻzbekkosmos” agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchisi Sh.M. Kadirov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 23-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-429-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-noyabrdagi PQ-429-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritasi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish

1.

Kosmik monitoring, shu jumladan davlat kosmik monitoringini yuritish va uning natijalarini taqdim etish tartibini belgilovchi nizomni ishlab chiqish.

1. Kosmik monitoring, shu jumladan davlat kosmik monitoringini amalga oshirish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

2022-yil dekabr

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

3. Hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil fevral

4. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil aprel

2.

Oʻzbekiston Respublikasining kosmik soha faoliyatini tartibga soluvchi Yerni masofadan zondlash tartibini ishlab chiqish.

1. Yerni masofadan zondlash boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

2022-yil dekabr

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov)

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

3. Hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil fevral

4. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil aprel

3.

“Kosmik faoliyat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlardan iborat boʻlgan tarkibda ishchi guruh tuzish.

2023-yil yanvar

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev)

2. Davlat boshqaruvi organlari vakolatlari takrorlanishining oldini olish maqsadida qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilish.

2023-yil mart

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil avgust

4. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

4.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan sunʼiy yoʻldosh orqali ishlovchi mobil qurilmalar va terminallarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2023-yil iyul

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Davlat bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil dekabr

3. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil yanvar

II. Yer usti kosmik infratuzilmani yaratish va rivojlantirish

5.

Vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida ularning kosmik suratlar va kosmik suratlarni qayta ishlash natijalariga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish va ushbu ehtiyojlarga muvofiq kosmik maʼlumotlar bilan taʼminlash.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralarga ulardagi kosmik suratlar va kosmik suratlarni qayta ishlash natijalariga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish boʻyicha soʻrovnoma yuborish.

Har yili may oyiga qadar

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kosmik suratlar va kosmik suratlarni qayta ishlash natijalariga boʻlgan ehtiyojni “Oʻzbekkosmos” agentligiga taqdim etish.

Har yili iyul oyiga qadar

3. Vazirlik va idoralarni ulardagi ehtiyojlarga asosan kosmik suratlar va ularni qayta ishlash natijalari bilan taʼminlash.

Kelishilgan muddatlarda

6.

Kosmik apparatlarni loyihalash va ularning ayrim qismlarini ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2023-yil mart

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari kreditlari

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Kosmik apparatlarni loyihalash va ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish masalasi yuzasidan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

2023-yil iyul

3. Kosmik apparatlarni loyihalash va ishlab chiqarish kompleksini moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil dekabr

7.

Oʻzbekiston Respublikasi kosmik tarmogʻini rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy faoliyatni amalga oshirish uchun “Oʻzbekkosmos” agentligi tizimida Amaliy kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar ilmiy-ishlab chiqarish milliy markazini tashkil etish.

1. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

2024-yil yanvar

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari kreditlari

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

2. Amaliy kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar ilmiy-ishlab chiqarish milliy markazini tashkil etish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

2024-yil iyun

3. Amaliy kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar ilmiy-ishlab chiqarish milliy markazini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil iyul

III. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tijoriy kosmik faoliyatni rivojlantirish

8.

“Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarining malakasini oshirish maqsadida ularni kosmik sohaga oid xalqaro konferensiya va koʻrgazmalarga yuborish.

1. Jahon kosmik sanoatining dolzarb tendensiyalarini doimiy ravishda oʻrganish, dunyoda oʻtkazilayotgan konferensiya va tadbirlar roʻyxatini shakllantirish.

Har yili dekabr oyida

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarining malakasini oshirish maqsadida ularni xalqaro konferensiya va tadbirlarga yuborish masalasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish.

Har yili yanvar oyida

3. Xodimlarni kosmik sohadagi xorijiy ekspertlar ishtirokidagi seminarlar, maslahat uchrashuvlariga yuborish yuzasidan tashkiliy masalalarni oʻrnatilgan tartibda kelishish va tashkillashtirish.

Alohida grafik asosida

9.

Oʻzbekiston Respublikasida kosmik sohadagi xorijiy ekspertlar, kompaniyalar, agentliklar hamda tegishli davlat organ va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari ishtirokida kosmik texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga taʼsiriga bagʻishlangan xalqaro konferensiya tashkillashtirish.

1. Konferensiyani oʻtkazish masalasini ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar,

xorijiy tashkilotlarning begʻaraz koʻmak mablagʻlari

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Konferensiyani oʻtkazish yuzasidan puxta ishlangan tashkiliy masalalar boʻyicha taklif tayyorlash va kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil may

10.

Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, sunʼiy yoʻldosh apparatlari orqali yerni masofadan zondlash maʼlumotlarini tezkor qabul qilish maqsadida yerni masofadan zondlash sunʼiy yoʻldosh xorijiy operatorlari bilan kelishuv, memorandum, bitim va shartnomalar tuzish.

1. Masofadan zondlash yordamida favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha muvaffaqiyatli xorijiy tajribani oʻrganish.

2023-yil yanvar

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev)

2. Yerni masofadan zondlash sunʼiy yoʻldosh operatorlari bilan aloqa oʻrnatish.

2023-yil iyun

3. Yerni masofadan zondlash sunʼiy yoʻldosh operatorlari bilan kelishuv, memorandum, bitim, shartnomalar tuzish.

2023-yil dekabr

11.

Xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar, kompaniyalar va banklar bilan kosmik sohaga xorijiy sarmoya va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish.

1. Xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar, kompaniyalar va banklar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlar, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2023-yil dekabr

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Doimiy ravishda muzokaralar oʻtkazish va ishchi aloqalarni rivojlantirish.

Doimiy

12.

BMT Bosh Assambleyasining 1966-yil 19-dekabrdagi 22- (XXII) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan Kosmosni, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlarning faoliyati tamoyillari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish.

1. Shartnomani oʻrganib chiqish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

2023-yil yanvar

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Shartnomani ratifikatsiya qilish boʻyicha Qonun loyihasini tegishli vazirliklar, idoralar va yuqori turuvchi organlar bilan kelishish.

2023-yil avgust

3. Qonun loyihasini Vazirlik Mahkamasiga kiritish.

2023-yil noyabr

4. Shartnoma ratifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisida BMTga nota kiritish.

2024-yil iyul

13.

Global sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlari operatorlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

1. Global sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlarini oʻrganib chiqish.

2024-yil yanvar

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Global sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlari operatorlari bilan aloqalar oʻrnatish.

2024-yil avgust

3. Global sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlari operatorlari bilan hamkorlik yoʻnalishlarni aniqlash va ular bilan kelishuv, memorandum, bitim, shartnomalarini tuzish.

2024-yil dekabr

14.

Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) aʼzo boʻlish.

1. Xalqaro astronavtika federatsiyasi bilan aloqa oʻrnatish.

2024-yil iyun

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. “Oʻzbekkosmos” agentligining Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) aʼzo boʻlish imkoniyatlari va shartlarini oʻrganib chiqish.

2024-yil noyabr

3. Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) aʼzo boʻlish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil dekabr

15.

Tabiiy ofatlar va kosmos xalqaro xartiyasi (International Charter “Space and Major Disasters”) bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda Xartiyaga Oʻzbekiston Respublikasi hududi uchun vakolatli foydalanuvchi sifatida qoʻshilish.

1. Tabiiy ofatlar va kosmos xalqaro xartiyasi (International Charter “Space and Major Disasters”) bilan aloqa oʻrnatish.

2024-yil may

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Xartiyaga Oʻzbekiston Respublikasi hududi uchun vakolatli foydalanuvchi sifatida qoʻshilish imkoniyati va shartlarini oʻrganib chiqish.

2024-yil iyul

3. Tabiiy ofatlar va kosmos xalqaro xartiyasiga (International Charter “Space and Major Disasters”) vakolatli foydalanuvchi sifatida qoʻshilish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil noyabr

IV. Kosmik faoliyat sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash

16.

“Oʻzbekkosmos” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning xodimlarini ilgʻor xorijiy mamlakatlardagi taʼlim tashkilotlari, oʻquv markazlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlarining malakali mutaxassislarini jalb etgan holda kosmik tarmoqning turli yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari, oʻquv markazlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatish.

2023-yil iyun

“Oʻzbekkosmos” agentligiga davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari kreditlari

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov)

2. Yerni masofadan zondlash maʼlumotlarini qoʻllash hamda ishlov berish boʻyicha “Oʻzbekkosmos” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar hamda tegishli davlat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari va oʻquv-seminarlarni tashkil etish.

2023-yil noyabrdan boshlab

3. Yerni masofadan zondlash va davlat kosmik monitoringi texnologiyalarini qoʻllashni qamrab oluvchi tarmoq mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻquv markazlarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil may

17.

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash boʻyicha “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha xorijda kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkani tashkil etish.

1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlarining faoliyati, oʻquv dasturlari, taʼlim jarayonlarini oʻrganish.

2022-yil dekabr

“Oʻzbekkosmos” agentligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(A. Bekmurodov)

2. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari, oʻquv markazlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatish.

2023-yil iyun

3. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, amaliyot ishlarini tashkil etish va tajriba orttirish boʻyicha hamkorlik bitimlarini imzolash.

2023-yil avgust

4. Imzolangan bitimlarga muvofiq, xodimlarning malakasini oshirish, amaliyot va tajriba orttirish boʻyicha ishlarni tashkil etish va stajirovkalarga yuborish.

2024-yil yanvar

18.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish.

1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlarining faoliyati, oʻquv dasturlari, taʼlim jarayonlarini oʻrganish.

2024-yil fevral

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari kreditlari

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov)

2. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi yetakchi xorijiy taʼlim va ishlab chiqarish tashkilotlari hamda oʻquv markazlari bilan aloqalar oʻrnatish.

2024-yil aprel

3. Olib borilgan oʻrganish va tahlil natijalariga koʻra, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xorijiy taʼlim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning filiallarini ochish masalasini oʻrganib chiqish.

2024-yil sentabr

4. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xorijiy taʼlim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasida filiallarini tashkil etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil dekabr

V. Milliy sunʼiy yoʻldoshlar guruhini yaratish

19.

Oʻzbekiston Respublikasida yerni masofadan zondlash sunʼiy yoʻldoshlar milliy guruhini yaratish.

1. Kosmosdan yerni masofadan zondlash maʼlumotlariga boʻlgan ichki va xalqaro bozor talabini oʻrganish va baholash.

2023-yil mart

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov)

2. Ichki talabni qondirish va tashqi bozorlarga eksportni amalga oshirish uchun yerni masofadan zondlash sunʼiy yoʻldoshlar va yer usti kompleksining asosiy texnik parametrlari va xususiyatlarini aniqlash.

2023-yil dekabr

3. Tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

2024-yil avgust

4. Oʻzbekiston Respublikasi yerni masofadan zondlash sunʼiy yoʻldoshlar milliy guruhini tashkil etish yoki mavjud sunʼiy yoʻldosh guruhlariga qoʻshilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil dekabr

20.

Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya yoʻldoshlari milliy guruhiniyaratish.

1. Telekommunikatsiya yoʻldoshlari xizmatlariga boʻlgan ichki va xalqaro bozor talabini oʻrganish va baholash.

2024-yil yanvar

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov)

2. Ichki talabni qondirish va tashqi bozorlarga eksportni amalga oshirish uchun telekommunikatsiya yoʻldoshlari milliy guruhining asosiy texnik parametrlari va xususiyatlarini aniqlash.

2024-yil avgust

3. Tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

2024-yil sentabr

4. Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya yoʻldoshlari milliy guruhini tashkil etish yoki mavjud sunʼiy telekommunikatsiya yoʻldosh guruhlariga qoʻshilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2024-yil dekabr

21.

Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-texnologik sunʼiy yoʻldoshlari milliy guruhini yaratish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-texnologik sunʼiy yoʻldoshlari xizmatlariga boʻlgan ichki va xalqaro bozor talabini oʻrganish va baholash.

2024-yil fevral

-

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov)

2. Ichki talabni qondirish va tashqi bozorlarga eksportni amalga oshirish uchun ilmiy-texnologik sunʼiy yoʻldoshlar milliy guruhlarining asosiy texnik parametrlari va xususiyatlarini aniqlash.

2024-yil avgust

3. Tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

2024-yil sentabr

4. Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-texnologik sunʼiy yoʻldoshlari milliy guruhini tashkil etish yoki mavjud sunʼiy yoʻldoshlar guruhlariga qoʻshilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil dekabr

VI. Innovatsion startap loyihalar va akseleratorlarni hamda ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash

22.

“SpaceBuzz” texnologik taʼlim loyihasi misolida STEM va VRga asoslangan kosmik taʼlim loyihasini amalga oshirish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2023-yil yanvar

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

“Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” DUK

(B. Aberkulov)

2. Loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil mart

3. Kelishilgan hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil aprel

23.

Aerokosmik startap inkubatorlar yaratish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2023-yil iyun

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar,

xalqaro grantlar

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2. Aerokosmik startap inkubatorlar konsepsiyasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil noyabr

4. Kelishilgan hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil yanvar

24.

NASA Space Camp” kosmik lageri misolida interaktiv oʻquv majmuasinitashkil etish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2024-yil yanvar

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar,

xalqaro grantlar

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2024-yil mart

3. Interaktiv oʻquv majmuasini yaratish uchun texnik hujjatlarni tayyorlash.

2024-yil iyun

4. Loyihani amalga oshirish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil iyul

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-noyabrdagi PQ-429-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat kosmik monitoringini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Oʻlchov birligi

Yillar

Moliyalashtirish manbai

Isteʼmolchi tashkilotlar

2023

2024

1.

Qishloq xoʻjaligi yerlarini oʻzboshimchalik bilan egallash holatlarini hamda noqonuniy qurilgan bino va inshootlarni aniqlash.

Hududlar soni

6

13

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi

2.

Qishloq xoʻjaligi sohasida yerlardan foydalanishning joriy holati (boshqa maqsadlarda), ekinlarning turlari (asosan paxta, bugʻdoy, shuningdek, sunʼiy intellekt imkoniyatlariga koʻra boshqa ekin turlari) hamda haqiqatda ekilgan ekin maydonlarini aniqlash.

Hududlar soni

2

8

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

3.

Yer munosabatlari sohasida yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishini aniqlash.

Hududlar soni

6

14

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Kadastr agentligi

4.

Oʻrmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash.

Hududlar soni

4

8

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

5.

Oʻrmon fondi yerlarida yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash.

Hududlar soni

4

8

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

6.

Geologiya va mineral resurslar sohasida yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash.

Hududlar soni

13

13

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

7.

Mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash.

Hududlar soni

6

12

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

8.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash.

Hududlar soni

6

12

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

9.

Oʻrmon yongʻinlari oqibatlarida zarar yetkazilgan maydonlarni aniqlash.

Hududlar soni

14

14

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10.

Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash.

Suv omborlari soni

25

35

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Suv xoʻjaligi vazirligi

11.

Suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan toʻlib borish dinamikasini monitoring qilish.

Suv omborlari soni

25

35

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Suv xoʻjaligi vazirligi

12.

Suv omborlarining suv sathi rejimini monitoring qilish.

Suv omborlari soni

25

35

“Oʻzbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 07/22/429/1034-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 14.10.2024-y., 06/24/155/0811-son)