15.11.2022 yildagi 657-son
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-maydagi PF-136-son Farmoniga muvofiq Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazining Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan 10 foiz etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Obyekt qurilishi hamda tugallanmagan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4592-son qarori bilan tashkil etilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilsin.
2. Ilovaning 5-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: