08.11.2022 yildagi 656-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq bojxona organlarining umumiy cheklangan shtatlaridan tashqari namunaviy shtatlar doirasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Muassasa) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.