25.10.2022 yildagi 2577-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 25.10.2022 yildagi 2577-IV-son
Kuchga kirish sanasi
25.10.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil toʻqqiz oyi boʻyicha bajarilishi yakunlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda davlat dasturi deb yuritiladi) 2022-yil toʻqqiz oyi boʻyicha bajarilishi yakunlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, davlat dasturida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va samarali ijro etish borasida hukumat tomonidan qator tashkiliy-amaliy choralar koʻrilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining ustuvor yoʻnalishlarida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli ishchi guruhlar tuzilgan, nazorat rejalari tasdiqlangan, haftalik monitoring yuritilgan, har oyda muhokama qilib borish tizimi yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda davlat dasturida belgilangan vazifalar doirasida jami 219 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 7 ta qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 64 ta farmoni va qarori, Oliy Majlis palatalarining 4 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori va 104 ta boshqa hujjat qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish borasida belgilangan ustuvor maqsadlar doirasida qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash, uning faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida mahallalarda Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida har bir hudud uchun alohida “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilib, ular asosida 1,9 mln. nafar fuqaroning daromadli mehnat bilan bandligi taʼminlangan, 267 mingta loyihaga 6,4 trln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit va 35 mingdan ortiq ishsiz fuqarolarga 112 mlrd. soʻm miqdorida subsidiyalar ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy hamda zarur shartiga aylantirish borasidagi maqsadlarga erishish boʻyicha qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-sonli Farmoni qabul qilingan. Unga koʻra joriy yilning 1-sentabridan boshlab xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini toʻliq joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi tartiblar, talablar va cheklovlar bekor qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtagan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish tizimini takomillashtirish, mazkur jarayonning ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish boʻyicha modul yaratilib, unga tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari toʻliq integratsiya qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida oʻtgan davrda yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,8 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilgi davlat budjetidan 83,3 trln. soʻm mablagʻ ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ushbu xarajatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 24,7 foizga oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir tuman budjetining kamida 5 foizini aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni samarali tashkil etish maqsadida “Ochiq budjet” axborot portali orqali “Mening yoʻlim” dasturi ishga tushirilgan. Ushbu dastur doirasida 1 418 ta loyiha gʻolib deb topilib, ularni amalga oshirish uchun tuman va shaharlarning Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga 1 trln. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar bajarilgan. Jumladan, ishsiz fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish, mazkur jarayonda nodavlat taʼlim muassasalarining ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida 463 ta mahallada aholini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida 81 ta oilaviy shifokor punkti, 25 ta oilaviy poliklinika va 1 002 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilib, 3,5 mln. nafar fuqaroga birlamchi tibbiy xizmat yanada yaqinlashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda 19,5 mingta kunduzgi shifo oʻrinlari tashkil etilib, ularda 740 ming nafar bemor “bir qadam” prinsipi asosida oʻz yashash joyida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar doirasida aholining sogʻligʻiga jiddiy ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi daromadlarini oshirish orqali kambagʻallikni qisqartirish borasida tizimli ishlar olib borilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash va prognoz qilish orqali ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga taʼsiri monitoring qilingan hamda natijalari Yagona geoaxborot elektron bazasiga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodiga atmosfera havosiga chiqariladigan oltingugurt ikki oksidini va mayda zarrachalarni tahlil qiluvchi avtomatik stansiya oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz xavfsizligini va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish sohasida belgilangan ustuvor maqsadlardan kelib chiqib, joriy yilning 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti yuqori saviyada tashkil etilgan. Ushbu sammit doirasida jami 40 dan ziyod bitim va qarorlar qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan 50 dan ortiq oliy va 800 ga yaqin yuqori darajadagi uchrashuv va muzokaralar amalga oshirilib, savdo-iqtisodiy, transport hamda madaniy-gumanitar va boshqa sohalarga oid 218 ta hujjat imzolangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha parlament va hukumat oʻrtasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yigʻilishlarida davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi doimiy tarzda tahlil qilib borilgan, belgilangan vazifalarning joylarda ijro etilishi holati Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan oʻz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, muntazam ravishda nazorat-tahlil tartibida oʻrganilgan. Oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni va mavjud dolzarb masalalarni hukumat bilan birgalikda hal etishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga davlat dasturidagi bajarilishi belgilangan jami 337 ta banddan 233 tasining ijrosi toʻliq bajarilgan, 16 tasining ijro muddati uzaytirilgan va 88 tasining ijrosini taʼminlashga doir ishlar yakunlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, transport va logistika xizmatlari bozorini hamda infratuzilmasini yanada rivojlantirish, bu borada alohida konsepsiya ishlab chiqishga doir vazifalar ijrosi oʻz muddatida bajarilmagan (195-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada rivojlantirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish bilan bogʻliq ishlar kechiktirilmoqda (264-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida tirbandlik yuqori boʻlgan koʻchalarda Yoʻl oʻtkazgichlarni qurish Konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosi taʼminlanmagan (194.2-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek davlat dasturidagi ayrim bandlarning ijro muddati amalga oshirilishi belgilangan vazifalar koʻlamidan kelib chiqib, uzaytirilgan boʻlsa-da, qayta belgilangan davrda ham mazkur bandlar doirasida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar yakuniga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, hududlarda yoʻlovchi tashish transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan qaror shu kunga qadar qabul qilinmagan (193.1-band), suv zaxiralaridan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlarning ijrosi kechiktirilgan (166-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, davlat dasturidagi ijro muddati 2022-yildan boshlab reja asosida bajarilishi koʻrsatilgan ayrim bandlarga doir maʼlumotlar hisobotda yetarlicha aks ettirilmagan. Xususan, 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etish, ularni tibbiy texnika va buyumlar bilan taʼminlash, yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yetarlicha maʼlumot taqdim etilmagan (232 va 233-bandlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan davlat dasturining ayrim bandlari tegishli qaror, chora-tadbirlar dasturi, tarmoq jadvalini tasdiqlash orqali bajarilgan deb koʻrsatilgan boʻlsa-da, biroq ushbu bandlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi, ularning natijadorligi haqida yetarlicha maʼlumot taqdim etilmaganligiga eʼtibor qaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni koʻpaytirish, taʼlim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dastur tasdiqlangan boʻlsa-da, hisobot davrida dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar taqdim etilmagan (204-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, kuz-qish mavsumida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish va ularning narxi oshib ketmasligiga erishish choralarini kuchaytirish lozimligi alohida qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek davlat dasturida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan budjet mablagʻlarining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli sarflanishini taʼminlash masalasiga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil toʻqqiz oyi boʻyicha bajarilishi yakunlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturining ijro muddati uzaytirilgan va bajarilishi yakunlanmagan bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini yakuniga yetkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini, ayniqsa, xalqaro moliya institutlari mablagʻlarining maqsadli va oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilangan qonun loyihalarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish bilan birga bu boradagi ishlar natijadorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida mahalliy hokimliklar zimmasiga yuklatilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha tizimli ravishda monitoringni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46 ta tumanlararo perinatal markazni tashkil etish hamda ularni shtat birliklari bilan taʼminlash, zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlashga doir ishlar yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida hukumatning tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish jarayonida mahalliy hokimliklarning ham ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuz-qish mavsumida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlarining oshib ketmasligini taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal qilish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyatiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarning har oyning oxirgi haftasida oʻz saylov okruglaridagi faoliyati davomida oʻz partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, davlat dasturida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarning samarali ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, davlat dasturining ijrosi toʻliq taʼminlanmagan bandlarining bajarilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 25-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2577-IV-son