08.11.2022 yildagi PF-243-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini taʼminlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat boʻlgan Bosh qomusimizni bugungi davr talablariga mos holda, eng muhimi, fuqarolarimiz xohish-irodasi va fikri hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi boʻlgan “Inson — jamiyat — davlat” tamoyili asosida haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo doʻstlik va totuvlikni asrash, Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulugʻlanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonining nizomi va tavsifi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari va ularning guvohnomalari belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni toʻplash va umumlashtirish ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari va boshqa respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan joylarda oʻtkaziladigan tadbirlarda tantanali vaziyatda topshirilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar bilan bogʻliq sarf-xarajatlar uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlashga bagʻishlangan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-243-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PF-243-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo doʻstlik va totuvlikni asrash, Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulugʻlanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oliy Majlis Senatining Raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, Bosh vazir, vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari va boshqa respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, shu ishga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga uning guvohnomasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni koʻkrakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PF-243-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikda oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Esdalik nishonining umumiy balandligi 54 millimetrni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Esdalik nishonining qalinligi — 2,2 millimetr, old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Esdalik nishonining old tomoni markazida milliy naqshlar fonida qonuniylik va adolat timsoli boʻlgan tarozi va ochiq holatdagi kitob — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ramziy maʼnoda aks ettirilgan. Kitob tasvirining ichida balandligi 8,6 millimetr boʻlgan “30”, pastki qismida esa balandligi 2,5 millimetrli “YILLIGI” yozuvi joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kitob tasviri ortida davlatimiz suvereniteti hamda chegaralarimiz daxlsizligini ifoda etuvchi milliy naqshdagi mustahkam darvoza aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Esdalik nishoni aylanasi milliy naqshlar bilan bezatilgan boʻlib, uning yuqori qismida “OʻZBEKISTON”, pastki qismida “KONSTITUTSIYASINING” soʻzlari yozilgan. Yozuvlar va tasvirlar zarhal rangda boʻlib, harflarning balandligi 1,8 millimetrni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Esdalik nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Esdalik nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta bilan qoplangan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ilgakchalar va halqacha yordamida ulangan. Qadagʻichning boʻyi — 16 millimetr, eni — 25 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 06/22/243/1017-son)