04.11.2022 yildagi 647-son
Vazirlar Mahkamasining “2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 29-martdagi 166-son qarori ijrosini ta’minlash, davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 29-martdagi 166-son qarorida kuzatuv kengashi tarkibi a’zoligiga nomzodlarni tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar kabi mezonlar asosida tanlab olish amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish hamda ularga to‘lanadigan haq miqdori korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari asosida aniqlanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
8. Ushbu qarorga 1-ilova 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
22. Komissiya tomonidan nomzodlarni izlash jarayonlari yakunlanganidan so‘ng 5 kun ichida nomzodlar tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq mezonlar asosida maxsus veb-portalga joylashtirilgan ma’lumotlar (hujjatlar) jamlanadi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat ishtirokidagi korxona, vakolatli davlat organi, nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Kuzatuv kengashida mavjud bo‘lgan, shuningdek amaldagi tarkibni qayta ko‘rib chiqish natijasida belgilanadigan bo‘sh a’zolik o‘rinlari ro‘yxatini shakllantirish va nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablarini hamda nomzodlarni izlash usullarini belgilagan holda tasdiqlash

Bo‘sh a’zolik o‘rni vujudga kelgan holatda 10 ish kuni ichida

Amaldagi tarkibni o‘zgartirish zarurati vujudga kelganda — 10 ish kunida va/yoki har yili 1-sentabrga qadar

2-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Tasdiqlangan bo‘sh a’zolik o‘rinlari ro‘yxatini ushbu bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha belgilangan talablar va mezonlar bilan birga maxsus veb-portalda chop etish

Ro‘yxat tasdiqlanganidan so‘ng — 2 ish kuni ichida

3-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

ro‘yxat bo‘yicha bo‘sh a’zolik o‘rinlariga nomzodlarni izlash, bunda izlash quyidagi usullardan birini qo‘llagan holda amalga oshiriladi:

Ro‘yxat maxsus veb-portalda chop etilganidan so‘ng — 30 kun davomida

maxsus veb-portal orqali e’lonlar berish;

nomzodlarni izlab topishga ixtisoslashgan konsalting va (yoki) “xedxanter” tashkilotlarini jalb etish orqali

Tegishli “xedxanter” tashkiloti bilan tuziladigan shartnomada ko‘rsatilgan muddatda

4-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Talabgor nomzodlar ro‘yxatini tuzish va ularni belgilangan mezonlar asosida maxsus veb-portalga joylashtirilgan ma’lumotlar (hujjatlar)ni jamlash

Nomzodlarni izlash jarayonlari yakunlanganidan so‘ng 5 ish kuni ichida

5-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Har bir a’zolik o‘rni uchun 3 kishidan oshmaydigan eng yuqori ball to‘plagan nomzodlarning qisqa ro‘yxati (short list)ni tuzish

Baholash yakunlanganidan so‘ng 5 ish kuni ichida

6-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Zaruratga ko‘ra nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish, bunda suhbat tomonlar kelishuviga ko‘ra axborot texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn videokonferensiya rejimida o‘tkazilishi mumkin

Eng yuqori ball to‘plagan nomzodlarning qisqa ro‘yxati (short list) tuzilganidan so‘ng 3 ish kuni ichida

7-bosqich

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi

Eng yuqori ball to‘plagan nomzodlarning qisqa ro‘yxati (short list)dan kuzatuv kengashining har bir a’zolik o‘rniga eng munosib bitta nomzodni tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish va vakolatli davlat organiga kiritish

Eng yuqori ball to‘plagan nomzodlarning qisqa ro‘yxati (short list) tuzilganidan so‘ng 5 ish kuni ichida

8-bosqich

Vakolatli davlat organi

Nomzodlar bo‘yicha takliflarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saylash (tasdiqlash) to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun korxonalarga yuborish

Nomzodlarni tanlab olish komissiyasi qarori qabul qilinganidan so‘ng 2 ish kuni ichida

9-bosqich

Davlat ishtirokidagi korxonalar

Korxona vakolatli davlat organidan nomzodlar bo‘yicha takliflarni qabul qilganidan so‘ng, korxona ustavida belgilangan muddatda ushbu nomzodlarni kuzatuv kengashi tarkibiga saylash (tayinlash) bo‘yicha korporativ qarorlar qabul qilinishini tashkil etish

Nomzod taqdim etilgandan so‘ng — qonunchilikda yoki davlat ishtirokidagi korxona ustavida belgilangan muddatda

10-bosqich

Davlat ishtirokidagi korxonalar

Kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan nomzodlar ro‘yxatini va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus veb-portalda e’lon qilish

Qaror qabul qilinganidan so‘ng 2 ish kuni ichida

(davlat ishtirokidagi korxona nomi ko‘rsatiladi)

(nomzodning FISh)

T/r

Baholash mezonlari

Mezonga muvofiqlik ballari

Nomzodning muvofiqlik ballari*

I. KASBIY BILIM-KO‘NIKMALARI

1.

Quyidagi sohalardan biri bo‘yicha bakalavr darajasiga egaligi: moliya, iqtisodiyot va huquq yoki boshqa yo‘nalishlar

10

2.

Oliy ta’lim muassasalarining, shu jumladan Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Soliq akademiyasining magistrlik darajasiga egaligi

10

3.

Quyidagi sohalardan biri bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistrlik darajasiga egaligi: moliya, iqtisodiyot va huquq yoki boshqa sohalar

10

II. ISh TAJRIBASI

4.

Korporativ boshqaruv, qimmatli qog‘ozlar bozori, strategik rejalashtirish, xodimlarni boshqarish sohalari bilan bog‘liq ma’muriy va boshqaruv kadrlari lavozimlarida davlat tashkilotlari, davlat ishtirokidagi korxonalar (5-bandda ko‘rsatilgan lavozimni egallagan davri bundan mustasno) ish tajribasi

bir yilgacha (shu jumladan bir yil to‘liq)

4

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil to‘liq)

5

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil to‘liq)

7

5 (besh) yildan ortiq

8

5.

Rahbarlik lavozimlarida (rahbar, rahbar o‘rinbosari, menejer, supervayzer) kamida bir yil xorijiy davlatlarda ish tajribasi yoki korp�rativ boshqaruv, qimmatli qog‘ozlar bozori, strategik rejalashtirish, kadrlar menejmenti, audit, soliqqa tortish, moliya va investitsiyalar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va innovatsion rivojlantirish, inqirozga qarshi boshqaruv ?ohalarida xorijiy yuristiksiyalardagi masalalarni hal qilish bo‘yicha amaliy tajribaga egaligi

bir yilgacha (shu jumladan bir yil to‘liq)

3

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil to‘liq)

4

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil to‘liq)

6

5 (besh) yildan ortiq

7

6.

Boshqa tashkilotlardagi va xususiy kompaniyalardagi rahbarlik lavozimlarida (tashkilot rahbari, rahbar o‘rinbosari, bosh hisobchi, yuridik xizmat boshlig‘i, korporativ boshqaruv sohasida faoliyat yuritadigan boshqarma boshlig‘i, vakolatxona yoki filial rahbari) ish tajribasi

bir yilgacha (shu jumladan bir yil to‘liq)

2

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil to‘liq)

3

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil to‘liq)

4

5 (besh) yildan ortiq

5

7.

Tegishli soha tashkilotlarida ma’muriy va boshqaruv lavozimlarida ish tajribasi

2 (ikki) yil to‘liq

2

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil to‘liq)

3

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil to‘liq)

4

5 (besh) yildan ortiq

5

8.

Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida ish tajribasi

bir yilgacha (shu jumladan bir yil to‘liq)

5

3 (uch) yilgacha (shu jumladan 3 yil to‘liq)

8

3 (uch) yildan 5 (besh) yilgacha (shu jumladan 5 yil to‘liq)

10

5 (besh) yildan ortiq

15

III. QO‘ShIMChA MALAKALARNING MAVJUDLIGI

9.

Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi, auditor, sug‘urtalovchi, baholovchi, sud boshqaruvchisi malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi amal qilish muddatiga ega hujjatning mavjudligi

5

10.

Iqtisodiyot, moliya, huquqshunoslik, korporativ boshqaruv sohasida kamida 2 ta xorijiy davlatlarda stajirovkadan o‘tganligi bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi

5

11.

Kuyidagi xalqaro sertifikatlardan birining mavjudligi (CFA, SRA, ASSA, ASA, CIMA, IMC, FRM)

10

12.

Amal qilish muddatiga ega korporativ boshqaruvchi malaka attestatining mavjudligi

10

IV. KUZATUV KENGAShI IShIDA IShTIROK ETISh IMKONIYATI

13.

Boshqa korxonalarning kuzatuv kengashidagi a’zoligi

1 ta korxonada kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lganda

5

2 ta korxonada kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lganda

10

3 ta korxonada kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lganda

15

4 ta korxonada kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lganda

20