26.10.2022 yildagi 617-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilish tartibining joriy etilganligi yoshlar o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishning yanada oshishiga olib keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, kompyuter xaridi uchun iste’mol krediti olish istagidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning aksariyati kafillik taqdim eta olmayotganligi, bu imkoniyatdan foydalanishda dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim va kasb-hunar egallayotgan yoshlarga zarur sharoitlar yaratish, ularning o‘z kompyuteriga ega bo‘lish imkoniyatini kengaytirish, bu borada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 12-avgustdagi PQ-350-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-noyabrdan boshlab IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga kompyuter xaridi uchun ajratiladigan iste’mol krediti bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kafilligini berish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuter xaridi uchun ajratiladigan iste’mol krediti bo‘yicha kreditning muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismini Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bosqichma-bosqich ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 26-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
617-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 617-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 13-apreldagi 209-son qarori quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”ning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmatini AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotganligi haqida ishtirokchi sertifikatini olgan yoki so‘nggi 6 oyda ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratilgan iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilaning farzandi yoki “Yoshlar daftari”ga kirgan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotganligi haqida ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga 2023-yil 1-avgustga qadar kompyuterni (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) iste’mol krediti asosida xarid qilish uchun kafillik berish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi — o‘ttizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan texnik hujjatlarga muvofiq quyidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining milliy sertifikatlar bo‘yicha elektron bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT Parkning “Sertifikatlar reyestri”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning tegishli axborot tizimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar daftari” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali o‘zaro hamda “Yoshlar xizmatlari reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPdagi “Iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun yoshlarga kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish va kafillik berish” davlat xizmatini ushbu qarorga 6-ilovada keltirilgan ma’muriy reglament talablariga muvofiqlashtirsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan iste’mol kreditlari ajratish tavsiya etilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“71. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorga 6-ilovada nazarda tutilgan davlat xizmatlari AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Ma’muriy Reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan hamda kompyuter xaridi uchun iste’mol krediti bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arma) hisobidan jamg‘arma kafilligini berishni va/yoki ushbu kreditning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishni so‘rab mazkur Reglamentga muvofiq murojaat qilgan o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank — sertifikat va ma’lumotnoma olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratadigan AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATB;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Yeshlar ishlari agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
verifikatsiya — ariza beruvchining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi ekanligini yoki “Yoshlar daftari”ga kirganligini, shuningdek, u tomonidan taqdim etilgan sertifikatni haqiqiyligini tegishli elektron tizimlar orqali tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’mol krediti — ariza beruvchiga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bank tomonidan beriladigan krediti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik — iste’mol krediti bo‘yicha kelgusida yuzaga keladigan majburiyatni ta’minlash bo‘yicha jamg‘arma tomonidan beriladigan kafolat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya — iste’mol kreditining muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblanadigan foizlarning Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismini jamg‘arma hisobidan qoplash uchun vakolatli organ yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan har oyda bankka o‘tkaziladigan, bank tomonidan esa ariza beruvchining nomiga ochilgan tegishli bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotnoma — vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga kompyuter xarid qilish uchun ajratiladigan iste’mol krediti bo‘yicha jamg‘arma kafilligi berilishi va/yoki mazkur kreditning foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinishi to‘g‘risida taqdim etiladigan hamda 90 kalendar kun mobaynida amal qiladigan elektron hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat — “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar, shuningdek, IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda tamomlagan yoshlar bo‘yicha tegishli axborot tizimlari orqali beriladigan elektron hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlar reyestri — IT-park tomonidan yuritiladigan, uning rezidenti bo‘lgan tashkilotlarda axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchilarga yoki ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga beriladigan sertifikatlarning yagona elektron reyestri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kompyuter xarid qilish uchun banklar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmagan miqdorda iste’mol krediti ajratiladi hamda kompyuterning qiymati ajratilgan kredit summasidan oshganda, ortiqcha qismi ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ariza beruvchilarga iste’mol kreditining muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz to‘lovlari jamg‘arma hisobidan to‘lanadi, shuningdek, ushbu iste’mol kreditini olishda ularning xohishiga ko‘ra jamg‘arma kafilligi beriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar tomonidan olingan iste’mol kreditining foiz to‘lovlari ushbu kreditning muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz to‘lovlari bo‘yicha kompensatsiya jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik sertifikat olgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi bo‘lgan yoki “Yoshlar daftari”ga kirgan shaxslarning xohishiga ko‘ra 2023-yil 1-avgustga qadar jamg‘arma tomonidan beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinadigan shaxslarga iste’mol krediti bo‘yicha kafillik ham berilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining faqat bitta iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya va/yoki kafillik beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarning qonuniy vakillariga iste’mol kreditining foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinadi, murojaatga ko‘ra ushbu kredit bo‘yicha jamg‘arma kafilligi ham beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organ va banklar o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish va jamg‘arma kafilligini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun yoshlarga kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya to‘lashni va/yoki kafillik berishni so‘rab istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchining murojaatiga asosan uning nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani (keyingi o‘rinlarda — so‘rovnoma) elektron tarzda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan so‘rovnomada ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘zining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. So‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID tizimi va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sertifikat olgan yoshlarga iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya to‘lash va/yoki kafillik berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan so‘rovnomani to‘ldirib vakolatli organga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) vakolatli organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tushgan murojaatlarni 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya to‘lash bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sertifikatni, jamg‘arma kafilligini berishda esa qo‘shimcha ravishda ariza beruvchining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi ekanligini yoki “Yoshlar daftari”ga kirganligini verifikatsiyadan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining ma’lumotlari to‘g‘ri deb topilganda ariza beruvchiga iste’mol krediti bo‘yicha jamg‘arma kafilligi berilishi va/yoki kompensatsiya to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
verifikatsiyadan o‘tgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni bankka avtomatik ravishda taqdim etib boradi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamg‘arma kafilligini berish yuzasidan tegishli bank bilan bitim tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’mol krediti foiz to‘lovlarining kompensatsiya mablag‘larini tegishli banklar hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bank:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchiga iste’mol krediti ajratish masalasini ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchiga berilgan ma’lumotnoma asosida vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi bilan kafillik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’mol krediti ajratish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtiradi, uning summasini kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi hamda vakolatli organni xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ tomonidan o‘tkazilgan kompensatsiya mablag‘larini iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatdagi ma’lumotlar ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarga mos kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat qilingan sanada sertifikat berilganiga 6 oy o‘tganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchiga iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinayotganligi (qilinganligi) yoki ilgari kafillik berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan iste’mol krediti bo‘yicha kafillik berilishini ham so‘rab murojaat qilganda uning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi ekanligi yoki “Yoshlar daftari”ga kirganligining tasdiqlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafillik berishni so‘rab 2023-yil 1-avgustdan so‘ng murojaat qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining avvalgi murojaati asosida vakolatli organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaning amal qilish muddati tugamaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat qonuniy vakil tomonidan berilganda uning qonuniy vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini ko‘rsatish rad etilganda bu haqida ariza beruvchiga avtomatik ravishda SMS xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organning iste’mol krediti bo‘yicha jamg‘arma kafilligini berish va/yoki foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi olingandan so‘ng banklarning tegishli filiallari o‘zlarining ichki tartib qoidalarida belgilangan tartibda iste’mol krediti ajratish masalasini ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iste’mol krediti ajratish to‘g‘risida tegishli hujjat qabul qilingan va kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazib berilgandan so‘ng bank har oyning 15-kuniga qadar bu haqda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari har oyning 25-kuniga qadar vakolatli organ va/yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan banklarning tegishli hisobvarag‘iga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda o‘tkazib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablag‘larni iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga ikki ish kuni ichida o‘tkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vakolatli organning iste’mol krediti bo‘yicha kafillik berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi asosida vakolatli organning hududiy bo‘linmasi tegishli bank filiallari bilan belgilangan tartibda kredit bo‘yicha kafillik bitimini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kredit bo‘yicha asosiy qarz ariza beruvchi tomonidan to‘lanmaganda bank asosiy qarzni undirishga qaratilgan barcha zarur choralarni ko‘radi (shu jumladan, undiruvni ariza beruvchining ish haqi va boshqa daromadlariga qaratadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rilgan choralarga qaramasdan ariza beruvchidan kamida uch oylik asosiy qarzni va/yoki foiz to‘lovini undirish imkoni bo‘lmaganda bank asosiy qarzni undirish uchun ko‘rilgan choralar, qarzdorlik summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda vakolatli organning bitimni imzolagan hududiy bo‘linmasiga talabnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organning hududiy bo‘linmasi talabnoma tushganidan so‘ng 5 ish kunida jamg‘arma kafilligi berilgan iste’mol krediti bo‘yicha asosiy qarzni va/yoki foiz (shu jumladan, kreditning muddati o‘tgan asosiy qarzi uchun hisoblangan) to‘lovini bankka to‘lash choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank ushbu mablag‘larni kredit bo‘yicha asosiy qarzni qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Iste’mol krediti bo‘yicha shartnoma shartlarida belgilangan asosiy qarz o‘z muddatida va/yoki foiz to‘lovi ariza beruvchi tomonidan to‘lanmaganligi natijasida yuzaga kelgan penya va boshqa turdagi zarar bank tomonidan umumiy belgilangan tartibda ariza beruvchidan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ariza beruvchiga ajratilgan iste’mol krediti bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan haqiqatda kompyuter xarid qilinganligi banklar tomonidan monitoring qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ajratilgan iste’mol krediti mablag‘lari boshqa maqsadlarga sarflangan bo‘lsa, banklar tomonidan belgilangan tartibda iste’mol kreditini va foizlarni ariza beruvchidan undirish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holat to‘g‘risida vakolatli organ va uning tegishli hududiy bo‘linmasi banklar tomonidan 3 ish kunida xabardor qilinadi hamda iste’mol krediti bo‘yicha vakolatli organ tomonidan foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza beruvchi tomonidan iste’mol krediti asosida xarid qilingan kompyuterdan maqsadli foydalanilishi u yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan har chorakda kamida bir marta monitoring qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu monitoring jarayonida iste’mol krediti ajratilgan sanadan boshlab ikki yil ichida ariza beruvchi kompyuterdan maqsadli foydalanmayotganligi (shu jumladan, sotganligi yoki uchinchi shaxslarga berganligi) aniqlanganda mahalladagi yoshlar yetakchisi bu haqda dalolatnoma tuzib, uch kun muddatda vakolatli organning tegishli hududiy bo‘linmasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xabarnomani olgan vakolatli organning hududiy bo‘linmasi uch kun muddatda bu haqda tegishli bankni xabardor qiladi va ariza beruvchiga ajratilgan iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishni to‘xtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun yoshlarga kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxs nomidan uning vakili) istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali sertifikatni ilova qilgan xolda murojaat qiladi.

Sertifikat berilgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar YIDXP orqali avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.

10 daqiqa mobaynida

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

Ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab taqdim etilgan sertifikatni, jamg‘arma kafilligini berishda esa ariza beruvchining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi ekanligini yoki “Yoshlar daftari”ga kirganligini verifikatsiyadan o‘tkazadi.

Ariza beruvchining ma’lumotlari to‘g‘ri deb topilganda ariza beruvchiga iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya to‘lanishi (jamg‘arma kafilligi berilishi) to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi, aks holda ariza beruvchiga rad javobini beradi.

Verifikatsiyadan o‘tgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni bankka avtomatik ravishda taqdim etadi.

5 ish kuni mobaynida

4-bosqich

AT “Xalq banki”,

AT “Aloqa bank” va

“Mikrokredit-bank” ATB

Ariza beruvchiga iste’mol krediti ajratish masalasini ko‘rib chiqadi;

Jamg‘arma kafilligini berish bo‘yicha berilgan ma’lumotnoma asosida vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi bilan kafillik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolaydi;

Iste’mol krediti ajratish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtiradi, uning summasini kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning tegishli banklardagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Bankning ichki hujjatlarida belgilangan muddatlarda

Bu haqida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.

Har oyning 15-kuniga qadar

5-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari

Ma’lumotnomada belgilangan hollarda jamg‘arma kafilligini berish yuzasidan tegishli bank bilan bitim tuzadi.

Iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini banklarning tegishli hisobvarag‘iga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda o‘tkazadi.

Banklar bilan kelishilgan muddatlarda Har oyning 25-kuniga qadar

6-bosqich

AT “Xalq banki”,

AT “Aloqa bank” va

“Mikrokredit-bank” ATB

Taqdim etilgan reyestrga muvofiq mablag‘larni iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

2 ish kunida

Iste’mol krediti bo‘yicha asosiy qarz ariza beruvchi tomonidan to‘lanmaganda bank asosiy qarzni undirishga qaratilgan barcha zarur choralarni ko‘radi (shu jumladan, undiruvni ariza beruvchining ish haqi va boshqa daromadlariga qaratadi).

Zaruratga ko‘ra

Ariza beruvchidan kamida uch oylik asosiy qarzni va/yoki foiz to‘lovini undirish imkoni bo‘lmaganda bank asosiy qarzni undirish uchun ko‘rilgan choralar, qarzdorlik summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda vakolatli organning bitimni imzolagan hududiy bo‘linmasiga talabnoma yuboradi.

Har oyning 10-kuniga qadar

7-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari

Jamg‘arma kafilligi berilgan iste’mol krediti bo‘yicha asosiy qarzni va/yoki foiz (shu jumladan, kreditning muddati o‘tgan asosiy qarzi uchun hisoblangan) to‘lovini bankka to‘lash choralarini ko‘radi.

5 ish kuni mobaynida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iste’mol kreditining foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinishi va/yoki ushbu kreditni olishda jamg‘arma kafilligini berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO‘ROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qabul qilish sanasi

Qabul qilgan shaxs

I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida ma’lumot:

1.1. F.I.O.:

-

1.2. Tug‘ilgan sanasi:

kun/oy/yil

1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

1.4. Telefon raqami:

-

1.5. Yashash joyi:

Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika

1.6. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi to‘g‘risidagi yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatining yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatning (nusxasi ilova qilinadi) havolasi:

-

II. Sertifikat olgan o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi ma’lumot:

2.1.1. O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxsning F.I.O.:

-

2.2. Tug‘ilgan sanasi:

kun/oy/yil

2.3. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma raqami yoki shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

2.4. Qonuniy vakil (tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi) F.I.O.:

-

2.5. Shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

2.6. Qonuniy vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjat:

2.7. Telefon raqami:

-

2.8. Yashash joyi:

Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika

2.9. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi to‘g‘risidagi yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatining yoki ushbu o‘quv kurslarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatning (nusxasi ilova qilinadi) havolasi:

-

2.10. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandining yoki “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarning Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kafilligini olishga bo‘lgan xohishi:

bor/yo‘q

2.10.1. Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kafilligini olish bo‘yicha xohishi bo‘lgan ariza beruvchi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi / “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxs

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iste’mol kreditining foiz to‘lovlari kompensatsiya qilib borilayotgan ariza beruvchilarning ro‘yxati (reyestr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

F.I.O.

Pasport ma’lumoti JSHSHIR

Ma’lumotnomadagi ariza raqami

Kredit miqdori

_____ oyi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori

Bank rekvizitlari

Bank boshqaruvchisi

(Imzo) F.I.O.

”.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son)