Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish, ularning faoliyatida iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash hamda mikromoliyalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarini mazkur qonunga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Qonunchilik hujjatlarini yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan hujjatlarga muvofiqlashtirish va qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati tushunchalari joriy qilinganligi munosabati bilan qonunosti hujjatlarini muvofiqlashtirish;
nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga oid qonunosti hujjatlarini zaruriyati va ahamiyatiga koʻra tizimlashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-oktabr,
615-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 1072-bandidagi “mikrokredit” soʻzi “mikromoliya” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida:
a) 501 — 506-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
501. |
Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestri |
Markaziy bank |
|
502. |
Kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri | |
|
503. |
Valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri | |
|
504. |
Toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri | |
|
505. |
Toʻlov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri | |
|
506. |
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestri | |
|
”; |
b) quyidagi mazmundagi 507 va 508-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
|
“ |
||
|
507. |
Lombardlar reyestri |
|
|
508. |
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestri | |
|
”. |
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-son qarori bilan tasdiqlangan Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-bandining yettinchi xatboshisidagi “mikrokredit” soʻzi “mikromoliya” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-avgustdagi 512-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-bandining uchinchi xatboshisidagi “mikrokredit” soʻzi “mikromoliya” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1 va 14-bandlarning birinchi xatboshilaridagi, 12-banddagi hamda 13-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “mikrokredit” soʻzi “mikromoliya” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) nizomga ilovaning “7-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “mikrokredit” soʻzi “mikromoliya” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 445-son qarori bilan tasdiqlangan Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhini shakllantirish boʻyicha statistik hisobotlarni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “mikrokredit” soʻzi “mikromoliya” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 1-ilova “1a-bosqich” pozitsiyasining “Subyektlar” ustunidagi “mikrokredit” soʻzi “mikromoliya” soʻzi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Mikromoliyaviy xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-fevraldagi 37-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 86-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 69-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 16-iyundagi 384-son qaroriga ilovaning 16-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 169-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)