Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 17-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3392]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
23-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 11-martdagi 33-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1937, 2009-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 193-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalarida:
1) 2-banddagi “Intellektual mulk agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-banddagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 12-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ________ E-mail:__________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3778, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2633, 2014-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3778, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3778, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3778, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3778, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 15-maydagi 19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2889, 2017-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 510-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish qoidalarida:
1) 3-banddagi “Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 16-banddagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 1-ilova matnidagi “Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59-uy” degan soʻzlar “Adliya vazirligi (pochta manzili)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 2-ilovada:
nomi va matnidagi “AGENCY ON INTELLECTUAL PROPERTY” degan soʻzlar “MINISTRY OF JUSTICE” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matndan “100000, Mustakillik avenue 59, Tashkent web-site: www.ima.uz, e-mail: info@ima.uz” va “Phone.: (871) 232-50-60, (871) 232-50-30 Fax: (871) 232-50-05” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori (roʻyxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi oltinchi xatboshisidan “huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 26-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2950, 2017-yil 23-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2950/0306-son) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalarida:
1) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar topshirilishi mumkin.”;
2) 4-bandning birinchi xatboshisi, 7 va 8-bandlardagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 11-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) ilova matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59-uy” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta manzili)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3034/1474-son) bilan tasdiqlangan Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Intellektual mulk agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda 7, 12-bandlardagi “Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3190, 2019-yil 30-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3190/3984-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalarida:
1) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligida (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikda” degan soʻz “Vazirlikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 7-bandning “v” kichik bandi oʻn uchinchi xatboshisi va 39-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 12-banddagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 18-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlariga talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiyalar;”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Agentlikning” degan soʻz “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi “Agentlikning” degan soʻz “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Vazirlik va Agentlikning” degan soʻzlar “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3778, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250, 2020-yil 26-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 10/20/3250/1012-son) bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 2-banddagi “Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi” degan soʻzlar “Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boʻlimining” degan soʻzlar “Huquqiy xizmatlar boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 18-banddagi “Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasiga” degan soʻzlar “Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 1-iyundagi 2020-22-son qarori (roʻyxat raqami 3256, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3256/1046-son) bilan tasdiqlangan Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi birinchi xatboshisidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3470, 31.10.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 10/23/3470/0816-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 2-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3347, 2022-yil 2-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 10/22/3347/0094-son) bilan tasdiqlangan Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi” degan soʻzlar “Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 01.11.2023-y., 10/23/3470/0816-son; 20.02.2026-y., 10/26/3778/0155-son)