1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi ijrosini taʼminlash hamda iqtidorli yoshlarning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, ular uchun zamonaviy shart-sharoitlarga ega oʻquv-ishlab chiqarish kompleksini yaratish va oliy taʼlim muassasalarida ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkent shahrida barpo etilgan “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki (keyingi oʻrinlarda — texnopark) shaklidagi texnoparklarni 2023 — 2026-yillarda bosqichma-bosqich zamonaviy infratuzilmaga ega holatda barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur texnoparklarda 8 ta startap akselerator, 4 ta biznes inkubator, 4 ta ishlab chiqarish maydoni, 12 ta kovorking markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy budjet mablagʻlarini, Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlarini moliyalashtirish manbai etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Toshkent shahrida “Ilgʻor loyihalar va injiniring markazi”ni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Surxondaryo viloyatida respublika darajasidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega “Investorlarga koʻmak markazi”ni tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkda iqtidorli yoshlarni, shu jumladan, barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari, ilmiy xodimlari, professor-oʻqituvchilari tahliliy fikrlashi, ularni innovatsion faoliyatga keng jalb etish, tashabbuskor yoshlarning oʻz intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida texnoparkda biznes-inkubatorlar va tajriba maydonchalari ishini tashkil etish, ularning innovatsion loyihalarini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlash, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, akseleratsiya dasturlari va turli xizmatlar koʻrsatish orqali koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni rivojlantirish va ularni ishlab chiqarishda amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, ularni toʻliq yoki qisman moliyalashtirish asosida qoʻllab-quvvatlash va muassislar tarkibiga kirish, ratsionalizatorlik va boshqa innovatsion tashkilotlarga prototiplarni yaratishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlarning loyihalari rivojlanishiga koʻmaklashish, shuningdek, ularda ishbilarmonlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimiz va yetakchi chet el kompaniyalari vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari, oʻquv kurslarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni oʻz ichiga olgan tadbirlarni amalga oshirish bosqichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark boshqaruv kompaniyasining huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkda istiqbolli startap loyihalarni koʻrib chiqish va tanlab olish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihalarning inkubatsiya va akselleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarni texnopark rezidentlari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2023 — 2026-yillarda Jizzax, Buxoro, Namangan va Nukus shaharlarida “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish va joylashtirish reja-jadvali (keyingi oʻrinlarda — reja-jadval) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, 2-ilovaga muvofiq viloyatlarda tashkil etilayotgan hududiy texnoparklar direksiyalari va ularning rezidentlariga “Inno” innovatsion texnoparkka berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yildan boshlab 2027-yilgacha har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda Jizzax, Buxoro, Namangan va Nukus shaharlarida innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparklarini bosqichma-bosqich qurish va jihozlash uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida asoslangan hisob-kitoblariga koʻra ajratilishini koʻzda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Namangan va Jizzax viloyatlari hokimliklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparklarni tashkil etish ishlarini reja-jadvalga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori talablariga asosan amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning bosh rejasi asosida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida yangidan qurilishi belgilangan obyektlar uchun reja-jadvalda koʻrsatilgan manzillardan yer uchastkalari belgilangan tartibga qatʼiy amal qilgan holda davlat zaxirasiga oʻtkazilgandan soʻng Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarini Dasturda nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha buyurtmachi etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparklar bino va inshootlari oʻziga xos xususiyatga ega ekanligini inobatga olib, loyiha ishlarini ushbu sohada tajribaga ega chet ellik soha mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tegishlicha texnoparklar bino va inshootlarini qurish, zarur moddiy-texnik baza, asbob-uskuna va mebellar bilan jihozlash, loyiha ishlarini amalga oshirish hamda reja-jadvalga muvofiq texnoparklarni toʻliq foydalanishga topshirish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reja-jadvalda koʻrsatilgan manzillarda texnoparklarni tashkil etish uchun yer uchastkalari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan texnoparklarga ijara huquqi asosida ajratilishi taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidentlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori bilan berilgan imtiyoz va preferensiyalar faqat rezidentlikka olish haqidagi arizada koʻrsatilgan faoliyat boʻyicha qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparklar Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparklar rezidenti maqomini berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida komissiya tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Texnoparklar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh boʻlgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihalari markazi) tuzilmasida Investitsiya loyihalari markazining mavjud shtatlari doirasida 4 nafar shtat birligi ajratilgan holda Ilgʻor loyihalar va injiniring markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiya loyihalari markazining ilgʻor loyihalarni ishlab chiqish va injiniring sohasidagi qoʻshimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy va innovatsion ishlanmalar hamda ishlab chiqarishning yanada keng integratsiyasi orqali ilgʻor innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xalqaro loyiha institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni koʻzda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari malakali xodimlari bilan birgalikda sanoat investitsiya loyihalarini ishlab chiqishdan boshlab investorlarni aniqlab, amalga oshirilgunga qadar hamrohlik qilish va kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan iqtisodiyot tarmoqlarining korxonalarini qurish va modernizatsiyalash boʻyicha taqdim etilgan investitsiya loyihalarini tanlab olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalari markazining yangi tahrirdagi nizomini, yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin va Ilgʻor loyihalar va injiniring markazi xodimlarining funksional majburiyatlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalari markazining shtat birligiga yangidan kiritilgan lavozimlarni yuqori malakali kadrlar va istiqbolli yosh mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining innovatsion yondashuv asosida barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega, investorlar va tadbirkorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida koʻmaklashib boradigan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “Investorlarga koʻmak markazi”ni (keyingi oʻrinlarda — Koʻmak markazi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, Koʻmak markazi viloyat hokimligi balansida turgan Termiz shahar, Yu. Rajabiy koʻchasi, 16v-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yuqori malakali xodimlaridan iborat, tarkibi har oyda yangilanib boriladigan Ishchi guruh tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) bir hafta muddatda Ishchi guruh tarkibini tasdiqlasin. Ishchi guruh Koʻmak markazida faoliyat yuritishi belgilab oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kuyidagilar Koʻmak markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarning faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni va byurokratik toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar, jumladan, yer uchastkalari, bino, kreditlar ajratish kabi masalalarni hal qilish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarga davlat xizmatlari, ruxsat beruvchi hujjatlar, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, qurilish ishlarini amalga oshirishga doir hujjatlarni olishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlarga loyihalarni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini va eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari hisobidan olinadigan imtiyozlardan foydalanishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarga davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan samarali oʻzaro hamkorlik qilishda yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarga huquqiy masalalar boʻyicha malakali yordam olish, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning texnologik salohiyatini hisobga olgan holda marketing tadqiqotlarini oʻtkazib, “tadbirkordan — eksportchigacha” tamoyili asosida eksport salohiyatini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Koʻmak markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom loyihasi hamda tuzilmasini ishlab chiqib tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq yoʻnalishlar boʻyicha Koʻmak markazining funksiyalari, huquq va majburiyatlarini amalga oshirish mexanizmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona davlat xizmatlari portali” bilan integratsiyalashgan holda investorlar uchun inklyuziv davlat xizmatlarini “onlayn” va “oflayn” shaklda koʻrsatish hamda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi “Sall-markazi”ni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarni va boshqa manbalarni jalb qilgan holda uning faoliyatini moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻmak markazi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini shakllantirish va uning vazifalarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Koʻmak markazi faoliyatini tashkil etish uchun zarur mebel va texnik jihozlar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda Ishchi guruh tarkibini shakllantirsin hamda belgilangan tartibda Termiz shahriga xizmat safariga yuborilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Koʻmak markazini belgilangan tartibda zarur boʻlgan aloqa turlari va vositalari bilan taʼminlasin, shuningdek, keng qamrovli internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev, innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
606-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 606-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkining (keyingi oʻrinlarda — texnopark) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, uning faoliyatini tashkil etish tartibini, yuridik shaxslarni rezident sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni, rezidentlar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan soliq imtiyozlarining qoʻllanilishini, shuningdek, startap loyihalarni tanlab olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Texnopark Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik texnopark faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi, xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Texnopark oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnopark masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan milliy va xorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion faoliyat bilan shugʻullanadigan tashkilotlarga laboratoriya asbob-uskunalarini, ishlab chiqarish, ofis xonalarini va boshqa xonalarni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq texnoparkda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Texnopark innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi, davlat hokimiyati organlari, oliy taʼlim muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qiluvchi, tadbirkorlik, investitsiya faoliyatini va ilmiy faoliyatni yuritish maqsadida zamonaviy texnologik va tashkiliy muhitni shakllantiruvchi ilm-fan va taʼlimning tijorat va notijorat tashkilotlari, moliya institutlari va tadbirkorlarning integratsiyalashuvi shakli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari (keyingi oʻrinlarda — R&D) — ilm-fan va texnologiyani rivojlantirishga imkon beradigan yangi bilimlarni olish yoki mavjud maʼlumotlardan foydalangan holda yangi asbob-uskunalar, mahsulotlar va vositalarni yaratish, yangi tizimlar, jarayonlar va xizmatlarni yaratish, shu jumladan, dasturiy taʼminot ishlab chiqarish yoki ularni takomillashtirish maqsadida muntazam ravishda amalga oshiriladigan tadbirlarni nazarda tutadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotchi — kamida bakalavr darajasiga ega boʻlgan, yangi maʼlumotlar, mahsulotlar, jarayonlar, usullar va tizimlarni loyihalash yoki yaratishda, shuningdek tegishli loyihalarni boshqarishda ishtirok etadigan, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarda ishtirok etuvchi mutaxassislar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik xodim — kamida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat koʻrsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni taʼminlash ishlarini bajaruvchi mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari xodimlari (R&D Personnel) — oʻz mutaxassisligi boʻyicha kamida bakalavr darajasiga ega boʻlgan tajribali xodimlar va ilmiy-tadqiqot ishlarida ishlaydigan malakali yordamchi xodimlar, shuningdek, rejalashtirish va boshqarish, monitoring va baholash va ilmiy-texnikaviy jihatlarni qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadigan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion loyiha — yangi ishlanmalar yaratish uchun bajarish muddatlarini, ijrochilarni, moliyalashtirish manbalarini va tegishli infratuzilmani shakllantirishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inkubatsiya markazi (inkubator) — tadbirkorlarga ofis xizmatlarini koʻrsatuvchi, asbob-uskunalarni qoʻllab-quvvatlash, boshqaruvni qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy resurslardan foydalanish, muhim biznes va texnik yordam xizmatlarini koʻrsatadigan va ayniqsa yangi biznesni rivojlantirishga qaratilgan tuzilmalarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — texnoparkning ofis, majlislar zali, ishlab chiqarish maydoni, akseleratsiya dasturi, inkubatsiya markazi kabi xizmatlaridan foydalanishga va rezident maqomini olishga talabgorlik qiluvchi texnoparkka murojaat qilgan startap, kichik biznes korxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidenti — belgilangan tartibda texnoparkda roʻyxatdan oʻtkazilgan va rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mentor — startap loyihani rivojlantirish maqsadida uni oʻz bilimi va tajribasi bilan qoʻllab-quvvatlaydigan maslahatchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyiha — amalga oshishi xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya — fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qoʻllanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlaydigan yangi ishlanma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchli boshqaruv — masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) shaklida tashkil etilgan va shartnoma asosida muayyan muddatga texnopark faoliyatni boshqarish, monitoring qilish uchun masʼul boʻlgan kompaniya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert komissiyasi — rezident maqomini olish uchun ariza bergan yuridik shaxslar va rezidentlarning biznes-rejalarini tahlil qilish maqsadida malakali mutaxassislardan tashkil etiladigan organ. Ekspert komissiyasi ish tartibi ishonchli boshqaruv kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — boshqaruv kompaniyasi) tomonidan belgilanadi, tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiyalar transferi ofisi (keyingi oʻrinlarda — ofis) — intellektual mulk huquqlarini rivojlantirish, himoya qilish, sotish va intellektual mulk obyektlarini sotishdan tushgan daromadlarni boshqarish, shuningdek, axborotlashtirish, muvofiqlashtirish, tadqiqotlarni yoʻnaltirish, yangi obyektlar tashkil etilishini ragʻbatlantirish faoliyatini amalga oshiradigan, texnologiyalar transferi boʻyicha tegishli korxonalar bilan hamkorlikni taʼminlashni amalga oshiradigan tuzilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akseleratsiya dasturi — mentorlar va bozor ekspertlarini tashkiliy va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlagan holda test sinovidan oʻtkazish va biznes-modelini ishlab chiqish yoʻli bilan startap loyihalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dastur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion mahsulot — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va turmush darajasini oshirish uchun ilmiy va texnologik tadqiqotlardan foydalangan holda malakali ishchi kuchi tomonidan yaratilgan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega va raqobatbardosh mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlarning yagona reyestri — ushbu Nizomga muvofiq texnoparkda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar roʻyxati mavjud boʻlgan ochiq va umumfoydalaniladigan axborot resursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-portal — texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan hujjatlar qabul qilish, boshqaruv kompaniyasi va uning rezidentlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan, ulardan hisobotlar, xulosalar, biznes-rejalar va boshqalarni qabul qilish uchun moʻljallangan texnoparkning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytidagi boʻlimi. Veb-portalning ishlash tartibi boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Texnoparkning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Texnoparkning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli yoshlar, tashabbuskor fuqarolarning oʻz intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor fuqarolarning startap loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlarning rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari oʻtkazish, shuningdek, yoshlarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, oʻquv kurslari va treninglar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlar va tashabbuskor fuqarolar tomonidan taklif etilgan dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni saralash hamda vazirlik tomonidan mavzuga oid ilmiy grantlar berish yuzasidan eʼlon qilib boriladigan tanlovlarga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik, innovatsion hamda startap loyihalarni amaliyotga joriy etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlarini jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Texnopark oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan tushadigan arizalar qabul qilinishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlikning qaroriga asosan rezidentlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularni rezidentlar reyestriga kiritish, texnopark rezidenti maqomi berilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda rezidentlar reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Namangan, va Jizzax viloyatlari hokimliklari tomonidan texnoparkka berilgan bino va inshootlarni berilgan vakolatlar doirasida operativ boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar mahsulotlarini koʻrgazmalarda namoyish etishda koʻmaklashish, shuningdek, vazirlik qarorlari asosida taʼlim dasturlari va treninglar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlar va ishlanmalarni tijoratlashtirishga moʻljallangan kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish va rivojlantirishga, shuningdek, boshlovchi tadbirkorlarga innovatsion loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlar va tashabbuskor fuqarolar tomonidan taklif etilgan dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha saralangan loyihalarni tegishli tanlovlarda ishtirok etishida koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalarini, ilmiy tashkilotlar xodimlarini, alohida olimlar va mutaxassislarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish, ularning gʻoya va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidentlariga keng koʻlamli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek texnopark rezidentlariga ilmiy-texnik tadqiqotlar, ishlanmalar va ixtirolar natijalarini ilgari surishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion menejment va innovatsiyalar marketingi sohasida tadbirkorlar va mutaxassislarni oʻqitishni va tayyorlashni tashkil etish, ularning kasbiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv bilimlari darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihalarni rivojlantirish va amalga oshirish uchun moʻljallangan yagona maydonni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmtalab texnologiyalar va raqobatbardosh mahsulotlar yaratishga yoʻnaltirilgan ilmiy-texnik loyihalar va dasturlar ishlab chiqilishiga va ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq nufuzli ilmiy markazlar, universitetlar, texnoparklar va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidentlariga tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish uchun laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish maydonlarini, asbob-uskunalarni jamoaviy foydalanishga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va funksiyalariga, shuningdek, vazirlik qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Texnopark faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Boshqaruv kompaniyasiga “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kompaniyasi direktori vakolatlari va muddati texnopark ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor texnoparkka yuklangan funksiyalar va vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi va vazirlikning soʻrovi boʻyicha texnopark va boshqaruv kompaniyasi faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Boshqaruv kompaniyasi quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkda iqtidorli yoshlarni, shu jumladan, barcha oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalari, ilmiy xodimlarini tahliliy fikrlash hamda darsdan boʻsh vaqtlarida innovatsion va ratsionalizatorlik faoliyati bilan keng shugʻullanishlari, tashabbuskor yoshlar, innovatorlar hamda ratsionalizatorlar oʻz intellektual salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes-inkubator va akselerator faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda tanlovlar tashkil qilish, startaplarni tijoratlashtirishga yetkazish, texnologiyalar transferi loyihalarini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlash, moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa xizmatlar koʻrsatish hamda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar va loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan biznes-rejalar ekspertlarni (ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni) jalb qilish orqali ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap, texnologiyalar transferi, tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni rivojlantirish va ularni ishlab chiqarishda amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari ishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap, texnologiyalar transferi, tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qoʻllab-quvvatlash, ratsionalizatorlik va kichik korxonalarga prototiplarni yaratishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlar, innovatorlar hamda ratsionalizatorlarda ishbilarmonlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida chet elning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining innovatsion menejment taʼlim dasturlariga muvofiq malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari, oʻquv kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlanmalarni innovatsiyalarga aylantirish yoki innovatsion mahsulot ishlab chiqarish loyihalarini samarali amalga oshirish va tijoratlashtirishga tayyorlash maqsadida innovatsiyalar joriy etilishiga xizmat koʻrsatuvchi innovatsion korxonalar tashkil etilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkka yuridik shaxslarni tanlov asosida rezidentlikka qabul qilish va ularni texnopark hududida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion ishlanmalarni patentlash va litsenziyalashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidentlariga innovatsiya jarayoni barcha bosqichlarida moliyalashtirishni, shu jumladan, tijorat banklarining, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning, venchur fondlarning moliyaviy resurslarini va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb etishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili startap loyihalar tanlovini eʼlon qilish, ekspert guruhi tashkil qilgan holda koʻrib chiqish, tanlab olish va tanlangan loyihalarni “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida ajratiladigan mablagʻlarning 20 foizidan kam boʻlmagan miqdori doirasida moliyalashtirish uchun vazirlik hayʼatiga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlarning ish faoliyatini baholash mezonlarini (KPI) ishlab chiqish va xar chorakda ularning reytingini ishlab chiqib, natijalarga koʻra yuqori koʻrsatkichga ega rezidentlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish yoki past koʻrsatkichga ega rezidentlarni texnoparkdan chetlashtirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar mahsulotlarini xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etish hamda tarmoq korxonalariga tatbiq etishda, shuningdek xorijiy bozorlarda targʻib etishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Boshqaruv kompaniyasi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark nomidan investorlar, jamgʻarmalar va boshqa xorijiy/mahalliy tashkilotlar bilan investitsion bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, konsalting, muhandislik, taʼlim, servis, yuridik, marketing, savdo-maishiy, moliyaviy va qonunchilikda taqiqlanmagan xizmatlarning boshqa turlarini, shuningdek, loyihalarni huquqiy muhofaza qilish, intellektual mulkni himoya qilish hamda ulardan foydalanish sohasida xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, innovatsion tijoratlashtirishda, startap loyihalarni amalga oshirishda hamda texnologiyalarni transfer qilishda sherik sifatida sheriklik shartnomasida belgilangan shartlar asosida qatnashish, yuridik shaxs tashkil etish yoki boshqa yuridik shaxsning ustav fondida muassis sifatida belgilangan shartlar asosida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidentlari va boshqa xoʻjalik subyektlariga innovatsiya mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, xorijiy va mahalliy texnologiyalarning transfer qilinish orqali yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark operativ boshqaruvidagi berilgan asbob-uskunalarni, laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish maydonlarini, ofis, omborxona, oʻquv binolarini, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa xonalarni shartnoma asosida ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
virtual ofis, uchrashuv xonalari, kovorking, tadbir xonalarini oylik, kunlik yoki soatlik ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidentlaridan kommunal va qoʻshimcha xizmatlar uchun xizmatlar (elektr energiyasi, suv, gaz, umumiy foydalanish maydoni, chiqindi suv, isitish va ventilyatsiya, internet xizmati va h.k.) uchun toʻlovlarni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlar tomonidan ijaraga olingan barcha binolarni yongʻin, tabiiy ofatlar va boshqa xavflardan sugʻurta qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion loyihalarni amalga oshirish va texnopark rezidentlari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning toʻgʻri bajarilishini monitoring qilish, natijalarini vazirlikka kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkda rezidentlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar aniqlanganda, ularga ogohlantirish berish yoki ularni rezidentlik maqomidan mahrum qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar yoki rezidentlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, texnopark rezidentlari bilan tuzilgan innovatsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizalari bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotchilar, dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchilar, ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha xodimlarning loyihalardagi lavozim tavsiflari, xodimlarning malakasi, texnoparkining, rezidentlari maʼlumotlarini arxivlash va soʻralganda tegishli davlat boʻlinmalariga/shaxslarga hisobot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnoparkda rezidentlarning ehtiyojlariga koʻra oʻzlari sotib olishi yoki amalga oshirishi moliyaviy va texnologik jihatdan imkonsiz boʻlgan ishlab chiqarish moslamalari, sinov va nazorat asboblari, mashina va uskunalarni sotib olish yoki ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatiladigan xizmatlarning turini oshirish maqsadida infratuzilmaga tegishli oʻzgartirish kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tomonidan moliyalashtiriladigan (pre-seed funding, funding) loyihalarning akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik maʼlumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiyalar transferini yaxshilash va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish hamda texnopark vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda qonunchilikka muvofiq xalqaro shartnomalarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, innovatsion va startap loyihalarni tijoratlashtirishda hamda ilgʻor texnologiyalarni transfer qilishda sherik sifatida sheriklik shartnomasida belgilangan shartlar asosida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash borasida qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, oʻquv-taʼlim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlari mualliflari bilan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan shartnomalarni tayyorlash, tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib ularning hisobidan mavjud infratuzilmaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tomonidan birlamchi moliyalashtirilgan (pre-seed, seed funding) loyihalarni akseleratsiya dasturidan oʻtkazish va birlamchi moliyalashtirish uchun loyihalarni taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Startap loyihalarni koʻrib chiqish va tanlab olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Startap loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish jarayoni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Saralashda ishtirok etish uchun ariza beruvchi — startap-loyiha tashabbuskori arizani texnoparkka (shaxsan oʻzi kelib, pochta aloqasi orqali, elektron pochta orqali yoki texnoparkning rasmiy veb-sayti orqali) tashkilot guvohnomasini (jismoniy shaxs boʻlgan taqdirda loyiha tashabbuskori pasporti/ID karta nusxasi), loyiha biznes-rejasi, loyiha pasporti, loyiha annotatsiyasi va taqdimot materiallarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes-reja, loyiha pasporti, loyiha annotatsiyasi va taqdimot materiallarida keltirilgan maʼlumotlar aniq hisob-kitoblarga asoslanganligi va toʻgʻriligini tekshirish maqsadida loyiha doirasida boshqaruv kompaniyasi ariza beruvchidan qoʻshimcha maʼlumot talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi taqdim qilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqish va oʻrganish maqsadida texnoparkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun startap-loyihalarni koʻrib chiqish va baholash boʻyicha Ekspert komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Startap-loyihalar boʻyicha qabul qilingan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish 10 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish boʻyicha qaror Ekspert komissiyasi xulosasiga asosan boshqaruv kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Boshqaruv kompaniyasi startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida uzil-kesil qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini oʻz startap-loyihasi taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Boshqaruv kompaniyasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan zarur hujjatlarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va tahlil qiladi hamda ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi boʻyicha tanlab olish va baholashni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ekspert komissiyasi oʻrganib chiqish natijalariga koʻra startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoxud rad etish haqida kollegial qarorni qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ekspert komissiyasi xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Startap loyihani qabul qilish rad etilgan taqdirda, boshqaruv kompaniyasi rad etish asoslari keltirilgan yozma xabarni ariza beruvchiga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Startap loyihani qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, boshqaruv kompaniyasi bilan startap loyiha tashabbuskori oʻrtasida startap-loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etish boʻyicha bitim tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kompaniyasi startap loyiha tashabbuskorining prototipi mavjud, investitsiya jalb etishga tayyor loyihalarini akseleratsiya yoki inkubatsiya dasturida ishtirok etmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri tashkilot tashkil etib texnopark rezidenti sifatida qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Boshqaruv kompaniyasi akseleratsiya dasturlari yakuniga koʻra keyinchalik moliyalashtirish uchun mahsulotlar (xizmatlar) namoyishini (namoyish kunini) tashkil qiladi. Namoyish yakunlariga koʻra moliyalashtirish uchun ariza tayyorlanadi va vazirlikka yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Taqdim etilgan loyihalar vazirlikning hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi va ijobiy baho berilgan taqdirda, “Boʻlajak olim” va boshqa tanlovlar doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Startap loyihalarni tanlab olish va baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ekspert komissiyasi hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi va startap-loyihalarni quyidagi mezonlar asosida tanlab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qilinayotgan startap-loyihaning dolzarbligi — loyihada yoritilgan gʻoyaning zamonaviy muammo va masalalarni hal etishdagi ahamiyati baholanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihaning innovatsion yoʻnaltirilganligi va gʻoyasining yangiligi — loyiha yangi, takomillashtirilgan, ilgari respublikada qoʻllanilmagan texnologiyalar va (yoki) prinsiplarni qoʻllash, shuningdek, yangi, respublikada ilgari ishlab chiqarilmagan mahsulotni ishlab chiqarish hamda yangi xizmat joriy etilishi moʻljallanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihaning natijalarga erishish imkoniyatlarini baholash — loyihada bayon qilingan natijalarga erishishga qaratilgan masalalarni hal etish uchun taklif etilayotgan usullar va yoʻllarning mavjudligi, asoslanganligi hamda yetarli ekanligi baholanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorda mahsulot yoki xizmatga boʻlgan talabning mavjudligini baholash — mahsulot yoki xizmatning bozor talabi hamla tijorat istiqbollari baholanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap loyihaning tijoratlashtirilishi istiqbollari — kelajakdagi mahsulot tatbiq etilish va bozorga chiqish istiqboliga ega boʻlishi, muayyan isteʼmolchiga nisbatan qoʻllanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning salohiyatli raqobat afzalliklarini baholash — isteʼmolchi uchun mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analoglariga nisbatan ustunliklari mavjudligi kabi muhim xususiyatlari baholanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning investitsion jozibadorligi — qoʻshimcha foyda keltiradigan va investitsiyalarni qoplamaslik xavfini kamaytiradigan qulay investitsiya va innovatsion shartlar hamda afzalliklar jamlanmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha mavzusining mamlakat fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzod tomonidan taqdim etilgan loyihani amalga oshirish kalendar ish rejasining puxta ishlab chiqilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlarning asoslanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda atrof muhitga salbiy taʼsir mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda jamoa aʼzolarining soni hamda ularning salohiyati yetarliligi va talab etilgan mablagʻlar asoslanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning iqtisodiy samaradorligi — loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalarini bevosita ishtirokchilar uchun hisobga holda iqtisodiy samaradorlik, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy oqibatlarini aks ettiruvchi budjet samaradorligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Startap loyihalarning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Startap loyihaning prototipi mavjudligi, investitsiya jalb etishga tayyorligiga qarab inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishi tartibi boshqaruv kompaniyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Boshqaruv kompaniyasi bilan startap loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuzilgan startap loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi boʻyicha bitimga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablar bajarilmaganda boshqaruv kompaniyasi Ekspert komissiyasining qarori asosida startap loyihani amalga oshirishni rad qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Alohida startap loyiha uchun mentorlar startap loyiha taqdim etilgan soha boʻyicha ish tajribasiga va maslahat bera olish tajribasiga ega malakali mutaxassislardan tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mentorlar startap loyiha tashabbuskori va mentorlar oʻrtasidagi shartnoma shartlariga asosan startap-loyihani amalga oshirishdan moliyaviy manfaatdor boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Startap loyihalarni moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Startap loyihalarni moliyalashtirish “Boʻlajak olim” tanlovi mezon va tartibi asosida, ushbu tanlovga ajratiladigan mablagʻlar doirasida texnopark tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Startap loyihani amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish boshqaruv kompaniyasi va startap loyiha tashabbuskori tomonidan imzolangan shartnomaga asosan ishlash uchun xonalar va uskunalar ajratish, yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlash va boshqalar, konsalting xizmatlari koʻrsatish yoki yuridik shaxs — startap loyiha tashabbuskori hisob raqamiga maqsadli pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Startap loyihani moliyalashtirish venchur moliyalashtirishni oʻz ichiga oladi, bunda boshqaruv kompaniyasi startap loyiha muassislari tarkibiga kiradi. Boshqaruv kompaniyasi hissasi, ulushlarni taqsimlash tartibi boshqaruv kompaniyasi va startap loyiha tashabbuskori oʻrtasida startap loyihani moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash shartlari toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kompaniyasi va startap loyiha tashabbuskori oʻzaro hamkorlikning keyingi bosqichlarini, oʻzaro hisob-kitob shartlarini hamda boshqaruv kompaniyasining startap-loyiha tashabbuskori tomonidan taʼsis etilgan yuridik shaxsning muassislari tarkibidan chiqishi tartibini qonunchilik hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vazirlik hayʼatining ijobiy xulosasi startap loyihani moliyalashtirish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yuridik shaxslarni texnopark rezidentlari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Texnopark boshqaruv kompaniyasining rezidentlarni roʻyxatga olish boʻyicha ishlarini tashkil etish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (jismoniy shaxslar), respublika hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan, kichik tadbirkorlik subyektiga mansub yuridik shaxslar texnopark rezidenti maqomini olishga talabgor boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark rezidentlari soni cheklanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnoparkning eksterritorialligi respublika doirasida nazarda tutiladi, bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, uning rezidentlari respublikaning barcha hududlarida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark rezidenti maqomi talabgorlarni tanlab olish natijalariga koʻra boshqaruv kompaniyasi qaroriga binoan yillik hisobot natijalariga koʻra uch yil muddatgacha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kompaniyasi texnopark rezidentini roʻyxatdan oʻtkazadi, rezidentlar reyestriga kiritadi va guvohnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark rezidentlari boshqaruv kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark rezidenti oʻz huquqlari va majburiyatlarini boshqa shaxsga berishga haqli emas, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yuridik shaxslar texnopark rezidenti maqomini olish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishlari kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi hamda kichik tadbirkorlik subyektiga mansubligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) innovatsion loyihalarni amalga oshirishda alohida bank hisobvaragʻi mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) iqtisodiy asoslangan biznes-rejalarga ega boʻlish. Biznes-rejada innovatsion loyihani amalga oshirish boʻyicha aniq tadbirlar, xizmatlarni sotish uchun moʻljallangan xizmat turlari va ularning hajmi, ularni amalga oshirish zarurligi asoslanishi, taklif etilayotgan loyihaning monetizatsiya modeli, rejalashtirilayotgan moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalari koʻrsatiladi. Biznes-rejaning shakli, unga boʻlgan talablar hamda loyihalarni baholash uchun toʻlov qiymati boshqaruv kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza beruvchi veb-portal orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri qogʻoz shaklida texnoparkning rezidenti sifatida amalga oshirish taklif etilayotgan biznes-rejani ilova qilgan holda ariza beradi. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun javobgardir. Zarur hollarda loyiha doirasida boshqaruv kompaniyasi ariza beruvchidan qoʻshimcha maʼlumot talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchining taqdim etgan hujjatlarida ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarining talablariga nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda ariza beruvchi besh ish kunida undagi kamchiliklarni bartaraf etib, qayta taqdim qilishi mumkin. Mazkur muddatda ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa, boshqaruv kompaniyasi arizani qabul qilishni rad etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning barcha zarur shakllarni veb-portalda toʻldirganidan soʻng ariza berishi, texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tuzilishiga rozilik berishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Biznes-rejalarning texnik va ilmiy ekspertizasini, loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, tarmoq tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda texnopark rezidenti sifatida yuridik shaxs tomonidan joriy qilinishi taklif etilayotgan loyihaning innovatsion va ommabopligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish maqsadida topshirilgan ariza va hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi talab qilinayotgan hujjatlarning mavjudligi va tanlab olish mezonlariga muvofiqligi tekshirilgan va barcha talablar bajarilgandan soʻng biznes-reja taqdimotini oʻtkazish uchun ariza beruvchini taklif qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi biznes-reja ekspertizasini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi ekspertiza natijalariga koʻra taqdim etilgan biznes-rejaning talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Boshqaruv kompaniyasi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ariza beruvchini texnoparkning rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Quyidagilar ariza beruvchini texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi xulosasiga koʻra ariza beruvchi faoliyati maʼnaviy eskirgan, istiqboli yoʻq yoki ahamiyati katta boʻlmagan deb topilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishi taklif etilgan biznes-rejaning texnopark faoliyati yoʻnalishlariga mos kelmasligi yoki uni joriy qilish belgilangan faoliyat yoʻnalishlari tashqarisiga chiqib ketishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs yoki uning boshqaruv organi bilan bogʻliq shaxslarning texnopark oldida texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha bajarilmagan majburiyatlarining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rad etishning asosi boshqaruv kompaniyasining ariza beruvchini texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatiladi, ariza beruvchiga ushbu qarordan koʻchirma taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Yuridik shaxsni texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ariza va boshqa hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ushbu Nizomning 35 va 36-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yuridik shaxsni texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi yuridik shaxsning texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga roziligini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaning shakli boshqaruv kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi, texnoparkning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda ommaviy oferta shakliga muvofiq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rezident oʻz qaroridan voz kechgan taqdirda, boshqaruv kompaniyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Texnopark rezidenti maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin boshqaruv kompaniyasi uch ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, faoliyati turi, pochta va elektron manzillari koʻrsatilgan holda rezidentlarning yagona reyestriga yuridik shaxs roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi tegishli yozuvni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsga texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga, yuridik shaxsga xizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga yuridik shaxs texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida rasmiy bildirishnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Texnopark rezidenti maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin boshqaruv kompaniyasi qaroriga koʻra texnopark xarajatlarini qoplash maqsadida texnopark rezidentlarining faoliyatidan tushadigan sof tushumning 2 foizigacha miqdoridagi har choraklik ajratmalar texnoparkka ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Yuridik shaxs oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilganda texnopark rezidenti maqomi davlat roʻyxatiga olingan sanadan boshlab barcha huquqlar va oldin qabul qilingan majburiyatlar saqlangan holda oʻzgartirilgan yuridik shaxsga oʻtadi. Bunda davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kun muddatda yuridik shaxs rezidentlarning yagona reyestriga va boshqa hujjatlarga oʻzgartirish kiritish uchun yozma ravishda boshqaruv kompaniyasiga murojaat qiladi. Bunday tartib yuridik shaxsning nomi oʻzgarganda ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki nomi oʻzgarishi toʻgʻrisidagi xabarnomasi asosida boshqaruv kompaniyasi rezidentlarning yagona reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi va Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga, yuridik shaxsga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga yuridik shaxsning texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yuridik shaxsni texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilishning asoslari va tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Quyidagilar texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilishning asosi hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentning amaldagi faoliyati texnopark faoliyati turlariga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv kompaniyasi bilan tuzilgan texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidentining nochor (bankrot) deb eʼtirof etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark rezidenti rezident maqomidan oʻz xohishi bilan voz kechishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati, soliq va statistika hisobotlari, biznes-reja, shuningdek, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi yoki ularda ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsoin loyihaning muddati tugab, dastlabki uch oy davomida boshqaruv kompaniyasiga amalga oshirish rejalashtirilayotgan innovatsion loyiha taqdim etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq boshqa asoslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror boshqaruv kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. Qaror qabul qilingandan keyin yuridik shaxsga bu haqda xabar yuboriladi hamda Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark rezidenti, boshqaruv kompaniyasi tomonidan rezident maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng rezident 10 ish kunidan kam boʻlmagan vaqtda oʻz eʼtirozlari bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Sud qarori chiqquniga qadar boshqaruv kompaniyasi qarori toʻxtatilib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Boshqaruv kompaniyasi yuridik shaxsning texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilingani toʻgʻrisidagi yozuvni Rezidentlarning yagona reyestriga kiritgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va yuridik shaxsga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Texnopark rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Texnopark va uning rezidentlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-son Farmonining 5-bandi bilan IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar (ijtimoiy soliqdan tashqari) va preferensiyalar 2022-yil 1-avgustdan boshlab tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha — yuridik shaxs rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari boʻyicha — bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyxatining kompleks ekspertizasi yakunlari boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasi olingan kundan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha imtiyozlar — yuridik shaxsning faoliyat turi bir nechta yoʻnalishda boʻlgan taqdirda, aynan unga rezidentlik maqomi berilgan ishlab chiqariladigan/chiqarilayotgan mahsulot yoki koʻrsatadigan (koʻrsatayotgan) xizmati uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yuridik shaxs texnoparkning rezidenti maqomidan mahrum etilganda, quyidagi imtiyozlardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha — rezident maqomi bekor qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari boʻyicha — rezident maqomi bekor qilingan kundan boshlab foydalanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning texnopark rezidenti maqomidan oʻz xohishi bilan voz kechishi sanasi yuridik shaxsning arizasi boshqaruv kompaniyasiga kelib tushgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Texnopark rezidenti tomonidan bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan tovarlardan erkin muomalaga chiqarilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida oʻz ehtiyojlaridan tashqari foydalanganligi holatlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari ushbu rezident — soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvini oʻtkazish chogʻida aniqlangan holatlar toʻgʻrisida tegishli hujjatlar tuzadi va ularni uch ish kuni ichida davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz ehtiyojlaridan tashqari foydalanilgan olib kirilgan tovarlar ulushiga toʻgʻri keladigan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Texnopark faoliyatini qayta tashkil etish va toʻxtatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkining startap loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Startap loyiha tashabbuskori (jismoniy yoki yuridik shaxs)
Startap loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda boshqaruv kompaniyasiga ariza beradi.
Boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilangan muddatlarda
2-bosqich
“Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki boshqaruv kompaniyasi (boshqaruv kompaniyasi)
1. Ariza va hujjatlarni qabul qiladi, texnik ekspertizadan oʻtkazadi hamda Ekspert komissiyasiga taqdim etadi.
2. Zarur boʻlganda hujjatlar kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qaytarilishi mumkin.
10 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ekspert komissiyasi
1. Biznes-rejani ekspertizadan oʻtkazadi, ekspertiza natijalariga koʻra Boshqaruv kompaniyasiga tegishli xulosa beradi.
2. Zarur boʻlganda yakuniy qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini biznes-loyiha taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qiladi.
Boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Boshqaruv kompaniyasi, startap loyiha tashabbuskori (jismoniy yoki yuridik shaxs)
1. Qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda startap-loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi boʻyicha bitim tuzadi.
2. Startap loyiha tashabbuskori (jismoniy yoki yuridik shaxs) loyihani amalga oshirish uchun oʻz mablagʻlari mavjud boʻlsa, inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida qatnashmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri Texnoparkda rezident sifatida qabul qilinishi mumkin.
Boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilangan muddatlarda
5-bosqich
“Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki direksiyasi, startap loyiha tashabbuskori
Kelgusida moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun startap loyiha mahsulotlari (xizmatlari) namoyishini oʻtkazadi.
Akseleratsiya dasturidan oʻtish yakunlari boʻyicha
6-bosqich
Boshqaruv kompaniyasi
Buyurtmanomani moliyalashtirish uchun buyurtmanomani startap loyihalarni baholash va tanlash mezonlariga muvofiq Ekspert komissiyasiga yuboradi.
Startap loyiha namoyishi yakunlariga koʻra
7-bosqich
Innovatsion rivojlanish vazirligi hayʼati
1. Loyihalarni koʻrib chiqadi va baholaydi.
7 ish kuni ichida
2. Ijobiy baho berilgan taqdirda, loyihani moliyalashtirish uchun tavsiya etadi.
3 ish kuni ichida
8-bosqich
Innovatsion rivojlanish vazirligi, boshqaruv kompaniyasi, startap-loyiha tashabbuskori
Startap loyihani moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash shartlari toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
5 ish kuni ichida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkining rezidentlarni roʻyxatga olish ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olish uchun tasdiqlangan shakl boʻyicha zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Boshqaruv kompaniyaga ariza beradi.
Doimiy
2-bosqich
Boshqaruv kompaniyasi
1. Ariza va hujjatlarni qabul qiladi, texnik ekspertizadan oʻtkazadi hamda Ekspert komissiyasiga taqdim etadi.
2. Zarur boʻlganda hujjatlar kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qaytarilishi mumkin.
10 ish kuni ichida
3-bosqich
Ekspert komissiyasi
1. Biznes-rejani ekspertizadan oʻtkazadi, ekspertiza natijalariga koʻra Boshqaruv kompaniyasiga tegishli xulosa beradi.
2. Zarur boʻlganda yakuniy qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini biznes-loyiha taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qiladi.
Belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Ariza beruvchi
Roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda, Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablarni bartaraf etadi hamda arizaga Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda koʻrib chiqish uchun hujjatlarni qaytadan kiritadi.
Zaruratga koʻra
5-bosqich
Boshqaruv kompaniyasi
1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va rezident sifatida roʻyxatga olish (yoki roʻyxatga olishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Roʻyxatga olish rad etilganda Boshqaruv kompaniyasining qarorida rad etishning asosini koʻrsatadi va ariza beruvchiga ushbu qarordan koʻchirma taqdim etadi.
Ariza tushgan kundan keyin 5 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda
6-bosqich
Boshqaruv kompaniyasi
1. Roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi va yuridik shaxsning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
2. Davlat soliq qoʻmitasiga, Davlat bojxona qoʻmitasiga va yuridik shaxsga xizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga rasmiy bildirishnoma yuboradi.
Qaror qabul qilingan kundan keyin 5 ish kuni ichida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 606-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda Jizzax, Buxoro, Namangan va Nukus shaharlarida “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish va joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJA-JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Hudud nomi
Joylashish manzili
Amalga oshirish muddati
1.
Jizzax viloyati
Jizzax shahri, H. Nosirov koʻchasi 3-a uy manzilidagi 0,7 ga yer maydonida
2023-yil
2.
Buxoro viloyati
Buxoro shahri, “Bukhara City” zamonaviy turar joy va biznes markazi majmuasi hududidagi 1,8 ga maydondan iborat 49-lotning 1,0 ga yer maydonida
2024-yil
3.
Namangan viloyati
Namangan shahri, Davlatobod tumani, Oʻrzu MFY “Yangi Namangan shaharchasi” hududidan 1,0 ga yer maydonida
2025-yil
4.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Nukus shahri, “Jana bazar” MFY hududidan 1,5 ga boʻsh yer maydonida
2026-yil
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/606/0933-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son))