ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar faoliyatini takomillashtirish | |||
|
1. |
Xotin-qizlar va harbiylarning oilalari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning (keyingi o‘rinlarda — yetakchi mutaxassislar) funksional vazifalarini yangi talablarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil 20-noyabr |
Mudofaa vazirligi |
|
2. |
Yetakchi mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish maqsadida ular bilan o‘quv-uslubiy yig‘inlar o‘tkazish. |
2023-yil 1-yanvardan boshlab o‘quv yili rejasiga asosan |
Mudofaa vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti |
|
3. |
Harbiylar oilasini “xonadonbay” o‘rganishlar natijasida oilalarda sog‘lom muhitni barqarorlashtirish, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2023-yil 1-yanvardan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
4. |
Yetakchi mutaxassislarni boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, xotin-qizlar va oilalar bilan ishlay oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlardan jamlash. |
2023-yil 1-fevral |
Mudofaa vazirligi |
|
5. |
Harbiylarning oilalarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish: oiladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat; oila a’zolarining bandlik darajasi; farzandlar ta’lim-tarbiyasi; nogironligi bo‘lgan oila a’zolarining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi. |
har yili iyun va dekabr oylarida |
Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
6. |
Xizmat faoliyatida alohida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali xizmati bilan harbiylar oilasining shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik, otalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan yetakchi mutaxassislarni munosib rag‘batlantirib borish. |
2023-yildan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
II. Mudofaa vazirligi qo‘shinlari xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish | |||
|
7. |
Harbiy xizmatchilarning mehnatga layoqatli va ishsiz bo‘lgan oila a’zolarini o‘zini o‘zi band qilish hamda bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga ishga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish. |
2022-yil 1-noyabrdan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
8. |
Harbiy xizmatchilarning ishsiz oila a’zolarini kasbga tayyorlash maqsadida “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qitish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda o‘qitishni tashkil etish. |
2022-yil 1-noyabrdan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
9. |
Harbiy xizmatchilarning ishsiz oila a’zolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etib borish. Bunda, respublikaning tadbirkor ayollari ishtirokida xotin-qizlar va harbiylarning oilalariga kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish. |
Har chorakda bir marta |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
10. |
Harbiy xizmatchilarning tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan oila a’zolari ish faoliyatini targ‘ib qilish orqali band bo‘lmagan xotin-qizlarni ushbu faoliyatga jalb etish maqsadida “Mahorat darslari”ni o‘tkazish. |
Har chorakda bir marta |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
11. |
Xotin-qizlar va harbiylarning oilalarini kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida harbiy shaharchalarda turli yo‘nalishdagi to‘garaklarni tashkil etish, ushbu to‘garaklarga oilalarni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish. |
2023-yildan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
III. Harbiy xizmatchilarning oilalaridagi muhitni yaxshilash | |||
|
12. |
Harbiy xizmatchilarning oilalarida sog‘lom muhitni qaror toptirish, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning oiladagi o‘rinlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida “Qaynona-kelin maktabi” mavzusida uchrashuv va jonli muloqotlarni tashkil etish. |
2022-yil 1-noyabrdan boshlab doimiy |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari, harbiy qism va muassasalar rahbarlari |
|
13. |
Yosh harbiy oilalar o‘rtasida sodir etilayotgan ajrimlarni oldini olish maqsadida “Oila-muqaddas qo‘rg‘on”, “Oilalarda nizoli holatlarning oldini olish usullari” mavzularida malakali huquqshunoslar, tibbiyot xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish. |
2022-yil 1-noyabrdan boshlab har yili |
Mudofaa vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
14. |
Soha mutaxassislari bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar oilalarining reproduktiv salomatligiga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish: “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi mutaxassislari ishtirokida zamonaviy diagnostika va davolash-tibbiyot uskunalaridan foydalanish; harbiy xizmatchi �yollar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. |
2022-yil 15-noyabrdan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
15. |
Mamlakatda yuz berayotgan demokratik islohotlarga muvofiq, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ishlarining ahvolini tanqidiy o‘rganib chiqish, baholash va ularni takomillashtirish choralari ko‘rish. |
2023-yil 1-yanvarga qadar |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
16. |
Xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashishda “Oqila ayollar harakati” va mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” bilan hamkorlikni amalga oshirish. |
doimiy |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
17. |
Harbiy xizmatchilar oila a’zolarining ijodiy salohiyatini rivojlantirish, harbiy oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsadida “Ibratli harbiylar oilasi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish. |
har yili mart-may oylarida |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
18. |
Xotin-qizlarning gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va faolligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni olib borish. |
har yili alohida reja asosida |
Mudofaa vazirligi, Oila va xot�n-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
19. |
Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi xotin-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari”, harbiy xizmatchilarning rafiqalari o‘rtasida bekalik san’atini rivojlantirishga qaratilgan “Balli ayollar” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish. |
har yili alohida reja asosida |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
20. |
Din vakillarini jalb etgan holda xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari o‘rtasida oila-nikoh munosabatlarini huquqiy tartibga solish, nikoh bo‘yicha diniy marosimlarni faqat nikoh rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshirish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil etish. |
2023-yildan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi |
|
21. |
Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash, sog‘lom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish. |
2023-yildan boshlab har chorakda |
Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
|
22. |
Harbiy qism va muassasalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga bag‘ishlangan “Mustahkam oilani shakllantirishda ota-onaning mas’uliyati”, “Farzandning ota-ona oldidagi burchi”, “Oilaviy hayot saboqlari” mavzularida uchrashuv, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish. |
har yili alohida rejaga muvofiq |
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi |
|
23. |
Xotin-qizlar va harbiylarning oila a’zolarini ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirib borish, ularning mazmunli dam olishlarini tashkil etish maqsadida teatr, madaniyat va ma’rifat maskanlariga tashrif uyushtirish. |
har yili alohida rejaga muvofiq |
Mudofaa vazirligi, Respublika Ma’naviyat ma’rifat markazi |