O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Qarori
“Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalari va serjantlarni tayyorlash maktablarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini davlatga undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 12-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2024-2]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 398-son “Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-oktabr,
30-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-oktabr,
44qq-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-sentabr,
22-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-sentabr,
51-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-oktabr,
19-son
Davlat Bojxona qo‘mitasi raisi A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-sentabr,
13/02-22-33-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-oktabr,
234-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 7-oktabrdagi 30-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 4-oktabrdagi 44qq-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022-yil 28-sentabrdagi 22-son, Moliya vazirligining 2022-yil 26-sentabrdagi 51-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 7-oktabrdagi 19-son, Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 30-sentabrdagi 13/02-22-33-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 4-oktabrdagi 234-mh-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2009-yil 16-oktabrdagi 10, 12, 281, 100, 90, 01-02/5-27 va 325-son “Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalari va serjantlarni tayyorlash maktablarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini davlatga undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 473-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 16-maydagi 5, 11, 4, 50, 33, 01-02/5-5, 22-mx-son “Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalari va serjantlarni tayyorlash maktablarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini davlatga undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2024-1, 2013-yil 15-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 323-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2022-y., 10/22/2024-2/0913-son)