Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 12.10.2022 yildagi 588-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda respublikada o‘rmon bilan qoplangan maydonlarni kengaytirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, shuningdek, shamol eroziyasining qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida ihota daraxtzorlarini barpo etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, sug‘oriladigan yerlar va suv xo‘jaligi obyektlarini himoya qilishda ihota daraxtzorlarini barpo etish, ekilgan daraxtlarni parvarish qilish uchun ajratilgan mablag‘larini to‘lab berish, shuningdek, buyurtmachi hamda pudrat tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma majburiyatlari to‘liq bajarilishini ta’minlash muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish bo‘yicha ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarorida 2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi 2500 gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etilishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil bahor mavsumida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi obyektlarining qum bosishiga qarshi 2130 gektar maydonda (85 foiz) ihota daraxtzorlari barpo etilganligi hamda 370 gektar maydon (15 foiz) kuz mavsumida daraxt ekish rejalashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi 422-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish tartibi to‘g‘risida nizom 28-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“har oyda joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar hajmining 95 foizi miqdorida, berilgan avansga proporsional ravishda chegirib qolgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymatining qolgan 5 foizini to‘lash shartnomada ko‘rsatilgan kafolat muddati tugagandan so‘ng amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 12-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
588-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 09/22/588/0912-son)