1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli “ Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoniga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarga Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan respublikada ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini (keyingi o‘rinlarida — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari) 3 yil mobaynida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish imkoniyati yaratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid qilish xarajatlarining bir qismi Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar, mahalliy chakana savdo obyektlaridan, shu jumladan elektron tijorat vositalari orqali sotib olinganda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi yoki yakuniy chakana narxdan kompensatsiya miqdori chegirib tashlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil yakuniga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga uning asoslangan talabnomalariga muvofiq Davlat budjeti hisobidan 100 milliard so‘m ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 3 yil mobaynida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan jismoniy shaxslarga xarid qilish xarajatlarining bir qismini Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarga quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun, agar ularning quvvati 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining 7 barobari miqdorida, 1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo‘lsa — BHMning 10 barobari, 1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo‘lsa — BHMning 15 barobari, 2 kVt va undan yuqori bo‘lsa — BHMning 20 barobari miqdorida kompensatsiya to‘lanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi yerlar o‘zlashtirilganda va tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli 5 kVt va undan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlanganda BHMning 50 barobari miqdorida kompensatsiya berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isitish hajmi 100 litr va 200 litr bo‘lgan quyosh suv isitish qurilmalari uchun tegishlicha BHMning 5 va 7 barobari miqdorida kompensatsiya berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilmalarni sotishda tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida aholi tomonidan tanlashda va uni erkin sotib olishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armaning yagona elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — Platforma) yordamida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron kooperatsiya portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘z mahsulot va xizmatlarini sotish bo‘yicha takliflari Platformaga erkin joylashtiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki uning qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladigan arizalar barcha bosqichlarda Platforma orqali onlayn tarzda ko‘rib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” MCHJ, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazi tomonidan Platformada ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy korxonalarga xizmatlar to‘lov undirmasdan ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensansiya qilish yoki uning qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha hujjatlar Platforma orqali elektron ko‘rinishda shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron kooperatsiya portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish va yetkazib berishda elektron hisob-fakturalar Platforma orqali rasmiylashtiriladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformaga xizmat ko‘rsatish, uning faoliyatini takomillashtirib borish va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlari kompensatsiya qilishni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan Jamg‘armaga qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Energetika vazirligi hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar hamda ularni amalga oshirish hisobiga erishilgan samaradorlik to‘g‘risida har chorak yakunida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Energetika vazirligi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 5-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
568-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 568-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini (keyingi o‘rinlarda — qurilma) yagona elektron platforma orqali ehtiyojlari uchun o‘z mablag‘i yoki tijorat banklari kreditlari hisobidan sotib olish va o‘rnatish uchun xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish yoki foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan xarid qilingan qurilmalar xarajatlarini Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lari hisobidan Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tomonidan qoplash, shuningdek, foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilingan qurilmalar uchun qoplab berilgan mablag‘larni Jamg‘armaga qaytarish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari — atrof muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, o‘zgartirish, to‘plash va (yoki) uzatish, shuningdek, hisobga olish bo‘yicha texnologik asbob-uskunalar majmuasi, texnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona elektron platforma — qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona elektron platforma (keyingi o‘rinlarda — Platforma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — qurilmani O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rnatish uchun ariza taqdim etgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafil — ariza beruvchi tomonidan foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilinganda, yozma shaklda tuziladigan kafillik shartnomasi asosida ariza beruvchining o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishi uchun kafillik bergan shaxs mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri oldida ariza beruvchi bilan baravar hajmda solidar tartibda javobgar shaxs;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birgalikda to‘lovchi — tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida va tomon sifatida ishtirok etadigan hamda ariza beruvchining foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilinadigan qurilma to‘lovlarini to‘lashda yetmagan qismi bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri oldidagi majburiyatlari bo‘yicha javobgar shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozni identifikatsiyalash — mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentlari/dilerlari tomonidan ariza beruvchi, birgalikda to‘lovchi va kafil ma’lumotlarini tekshirish maqsadida ular taqdim etgan hujjatlar, ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlar asosida aniqlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
skoring tizimi — “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi hamda boshqa tashqi tizimlarga integratsiya qilingan holda avtomatik ma’lumot almashish orqali ariza beruvchi, birgalikda to‘lovchi va kafilning daromadlari, kredit yuklamasi, kredit tarixi va boshqa shu kabi omillarga taalluqli ma’lumotlarni onlayn olish imkonini beruvchi tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiya — qurilmani sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Jamg‘arma orqali to‘lab berish;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash — qurilma qiymatini 36 oygacha muddat davomida foizsiz teng miqdorda to‘lash sharti bilan to‘lovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QR-kodli chek — sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi fiskal belgili chek;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchilar — O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va Elektron kooperatsiya portalida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs;
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo agenti/diler — mahalliy ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini chakana yo‘l bilan yoki kichik partiyalarda sotish, o‘rnatish va servis xizmati ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti;
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilmani yetkazib beruvchi — marketpleys tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, ariza beruvchi tomonidan tanlangan qurilmalarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish va o‘rnatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentlari/dilerlari;
(2-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketpleys tizimi — Platformada qurilmalarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qilish hamda ariza beruvchi tomonidan qurilmalar yetkazib beruvchilarini mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nohalol ta’minotchilar reyestri — ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan talablar asosida Platformaning marketpleys tizimidan chetlatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy ma’lumotlar bazalari va identifikatsiyalash tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan axborot tizimlarini integratsiya qilish mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agent/dilerlarining axborot tizimlari bilan tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ariza beruvchi, mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dilerlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari va Platforma foydalanuvchilari hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi uning yoki o‘zi yashayotgan uy-joyda ro‘yxatda turgan oila a’zolarining nomida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi uy-joylari yoki boshqa bino-inshootlari uchun qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha murojaat etishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-iyuldagi 294-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi uy-joy, bino-inshoot yoki yer uchastkasiga qurilmalarni o‘z ehtiyojidan kelib chiqib o‘rnatishi mumkin. Bunda o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi bo‘yicha kompensatsiyalar mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerlarga ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan shartlar asosida Jamg‘arma tomonidan qoplanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi tomonidan qurilma xarajatlari uchun to‘lovlar kompensatsiya qilinadigan qismi chegirib tashlangan holda amalga oshiriladi. Qurilmalar xarajatlarining kompensatsiya qilinadigan qismi Jamg‘arma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerlarga to‘lab beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning savdo agentlari/dilerlari arizasiga asosan Jamg‘arma tomonidan Elektron kooperatsiya portalida ro‘yxatdan o‘tganligiga qarab Platformaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning savdo agentlari/dilerlari bilan Jamg‘arma o‘rtasida jismoniy shaxslar tomonidan to‘liq qiymatda xarid qilingan qurilma xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan xarid qilingan qurilma xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun mablag‘lar ajratish bo‘yicha shartnomalar imzolanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qurilmani sotib olish tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Platformaning marketpleys tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning savdo agentlari/dilerlarining o‘z mahsulot va xizmatlarini sotish bo‘yicha takliflari ular tomondan Platformaning marketpleys tizimida erkin joylashtiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agent/dilerlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar ariza beruvchilar tomonidan baholanadi va ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari/dilerlari o‘z majburiyatlarini vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan Jamg‘arma tomonidan Platforma orqali monitoring amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga ko‘ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning savdo agentlari/dilerlari tomonidan Platformaning marketpleys tizimidagi o‘z xizmatlarini taklif etish imkoniyati har chorakda o‘rganib boriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qurilma xarajatlarining bir qismiga kompensatsiya ajratish, shuningdek, foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun xarid qilingan qurilma xarajatlari mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerlarga Jamg‘arma tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida to‘lab beriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qurilmani sotib olish va uni o‘rnatish xarajatlarini kompensatsiya qilish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qurilmani sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki ushbu xarajatlarni foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Jamg‘arma orqali quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilma muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qurilmadan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qurilmani o‘rnatish Platforma orqali rasmiylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sotib olingan va o‘rnatilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) kelib chiqib quyidagi miqdorda kompensatsiya belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* faqat yangi yerlarni o‘zlashtirishdagi tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlaganda kompensatsiya beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sotib olingan va o‘rnatilgan quyosh suv isitish qurilmalari uchun bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) kelib chiqib quyidagi miqdorda kompensatsiya belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isitish hajmi 100 litr
5 barobar;
suv isitish hajmi 200 litr
7 barobar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar tomonidan qancha miqdorda qurilmalar xarid qilinishidan qat’iy nazar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun kompensatsiyalarning maksimal miqdori BHMning 50 barobaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isitish qurilmalari uchun kompensatsiyalarning maksimal miqdori BHMning 7 barobaridan oshib ketmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash 20 kVtgacha bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari hamda 200 litr va undan past bo‘lgan hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari uchun amalga oshiriladi.
(14-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri hamda ariza beruvchi va birgalikda to‘lovchi hamda kafilning muvofiqlik mezonlari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning savdo agentlari/dilerlari quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi moliyaviy yil yakuniga ko‘ra faoliyatini zarar bilan yakunlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti oldida (soliqlar, bojlar, yig‘imlar va boshqalar) qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qurilmar xarajatlarini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha ariza beruvchilar, shuningdek, kafil va birgalikda to‘lovchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sotib olinadigan qurilma qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan (ayollar 55 yosh) oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, sotib olingan qurilma qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan yuqori bo‘lmasligi (qarz yuki yuklamasi mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin). Qarz yuki ko‘rsatkichi hisob-kitoblarida ariza beruvchi va birgalikda to‘lovchining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi;
(16-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sotib olingan qurilma qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lashni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha 30 kun muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ariza beruvchilarning murojaatini ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamg‘arma qurilmani xarid qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish yoki foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan qurilmani xarid qilish uchun Platforma orqali ariza beruvchining tomonidan murojaatini onlayn tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ariza beruvchi barcha bosqichlarda Platformada onlayn ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida unga Platforma orqali (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) ma’lumot berib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ariza beruvchi Platforma va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazi operatori ko‘magida Platformada joylashtirilgan qurilmalar bilan tanishib, o‘ziga ma’qul bo‘lgan qurilmani tanlaydi va murojaat arizasini qoldiradi. Ariza beruvchi Platforma orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri ko‘magida arizani qoldirishi mumkin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ariza beruvchi, birgalikda to‘lovchi va kafil Platforma orqali belgilangan mezonlar asosida skoring baholash ma’lumotlariga ko‘ra bir kun muddatda avtomatlashtirilgan holda arizasi Jamg‘arma tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bunda fuqarolarni skoring baholash (ariza beruvchini identifikatsiya qilish, budjet, soliq, kommunal, kredit va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek, kredit tarixi va boshqalar) belgilangan muvofiqlik mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformada mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning savdo agentlari/dilerlari foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qurilmalarni sotish va o‘rnatilgan qurilmalar uchun to‘lov jadvaliga muvofiq undirish bo‘yicha ishlarni uch tomonlama (Jamg‘arma, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va tijorat banki) tuziladigan shartnoma asosida tijorat banklari bilan birgalikda tashkil etishlari yoki tijorat banklari mustaqil ravishda o‘zlari amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan qurilmalar bo‘yicha muddatli to‘lov qaytarilishining ta’minoti sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchi va ularning savdo agentlarining/dilerlarining ixtiyoriga ko‘ra mulk garovi, sug‘urta kompaniyasining muddatli to‘lovni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisini taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchi tomonidan qurilmani xarid qilishdan oldin ushbu bandning birinchi xatboshisidagi talablar asosida tijorat banki ariza beruvchi, birgalikda to‘lovchi va kafilni skoring baholaydi hamda skoring natijalariga asosan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qurilmani o‘rnatish yoki o‘rnatishni rad etish to‘g‘risida mahalliy ishlab chiqaruvchiga yoki uning savdo agentiga/dileriga ma’lumot taqdim etadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagi hollarda ariza beruvchining arizasi Platforma tomonidan skoring baholash ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining Platformada ko‘rib chiqish jarayonida arizasi mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 yoshga to‘lmagan yoki 60 yoshdan (ayollar 55 yosh) oshgan fuqaro nomidan ariza berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining bank kreditlari bo‘yicha 30 kun muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjud bo‘lganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ariza beruvchi foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilinadigan qurilmalar to‘lovlari uchun boshqa jismoniy shaxsni kafil va birgalikda to‘lovchi sifatida qabul qilishi mumkin. Bunda ushbu jismoniy shaxs Nizomning 20-bandi talablariga muvofiq skoring baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘rnatilgan qurilma xarajatlari to‘lovini to‘liq amalga oshiradigan jismoniy shaxslarga ushbu Nizom 21-bandining 4 — 6-xatboshlari talablari tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Skoring baholash natijasi mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga elektron ma’lumot sifatida kelib tushadi, shuningdek, bu haqda ariza beruvchining telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ariza beruvchi (qurilma xarajatlarini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha) tomonidan tijorat bankida doimiy pul mablag‘lari kirim bo‘ladigan to‘lov kartasi rekvizitlari Platformaga kiritadi. Shuningdek, ariza beruvchining majburiyatlari bo‘yicha birgalikda to‘lovchi yoki kafil zarur bo‘lganda, ularga tegishli bo‘lgan to‘lov kartasi rekvizitlari xam Platformaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining mas’ul xodimi ariza beruvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, sotib olinadigan qurilmani o‘rnatish bo‘yicha shart-sharoitlari va qancha quvvatdagi qurilmani o‘rnatish imkoniyati mavjudligini o‘rganib, natijasi bo‘yicha video va foto hisobot ilova qilgan holda, tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘n ish kuni mobaynida Platformaga joylashtiradi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining mas’ul xodimi tavsiyanoma berishdan avval qurilmani o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarni inobatga olgan holda, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda sohaga mas’ul tashkilotlarning xulosasini (texnik shartlari) olish vakolatiga ega bo‘lib, olingan ma’lumotlarga muvofiq qurilmani o‘rnatilishi to‘g‘risida tavsiyanoma rasmiylashtiradi yoki tavsiyanoma berishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining Platforma orqali yuborgan so‘roviga ushbu bandda ko‘rsatilgan tashkilotlar tomonidan besh ish kuni mobaynida xulosasi berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanoma berish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining mas’ul xodimi tomonidan tegishli tashkilotlarning xulosasini olish zarur bo‘lganda, qaror qabul qilish tegishli muddatga uzaytiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilmani o‘rnatish uchun shart-sharoit mavjud bo‘lmaganda;
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-iyuldagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka zid bo‘lgan boshqa holatlar aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining mas’ul xodimi tomonidan qurilmani o‘rnatish bo‘yicha tavsiyanoma beriladi yoki qurilma o‘rnatish rad etilganda uning sabablari ko‘rsatilishi zarur, shuningdek, ariza beruvchiga SMS-xabar orqali bu haqda ma’lum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan qurilmaning o‘rnatilishi yuzasidan berilgan tavsiyanoma mas’ul xodim tomonidan Platformaga joylashtiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va ariza beruvchi o‘rtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi Platformada rasmiylashtiriladi, SMS-xabar orqali yuborilgan kod yordamida tuziladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Elektron shartnoma imzolangan sanadan boshlab o‘n ish kunida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan qurilma ariza beruvchiga o‘rnatib, ishga tushirib berilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi o‘rnatilgan qurilma ishga tushganligini qabul qilib, qoniqish hosil qilgandan so‘ng Platformada avtomatik tarzda shakllantirilgan elektron hisobvaraq-fakturani imzolaydi va mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri ariza beruvchi bilan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtiradi hamda o‘rnatilgan qurilmaning seriya raqamlari bo‘yicha foto va video hisobot mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan tayyorlanib, Platforma orqali Jamg‘armaga yuboriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Platformada joylashtirilgan hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, foto va video hisobotga asosan uning bahosi, miqdori, quvvati, sifati va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha marketpleysda ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi yoki kelmasligi, ya’ni Jamg‘arma tomonidan qurilma qiymati to‘lovini amalga oshirishi yoki to‘lovni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risida uch ish kunida rasmiylashtirilgan elektron ma’lumotnomani Platformaga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri o‘n ish kuni ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etgan holda, Jamg‘armaga qaytadan taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos bo‘lgan kamchiliklar mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, Jamg‘armaga taqdim qilinganda, hujjatlarni ko‘rib chiqish ariza beruvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Platforma orqali tuzilgan shartnoma asosida qurilma ariza beruvchi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining murojaati kelib tushgan sanadan e’tiboran besh ish kunidan oshmagan muddatda Jamg‘arma tomonidan qurilma uchun to‘lovlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 20-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan talablar asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tijorat banki bilan belgilangan ishlarni tashkil etsa, foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan jismoniy shaxslarga o‘rnatilgan qurilmalar summasini tijorat banki o‘z mablag‘lari hisobidan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga qoplab beradi. Mazkur qoplab berilgan pul mablag‘larini tijorat banki ushbu Nizomning 43-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq tomonlar o‘rtasida imzolanadigan kelishuv shartlarida yillik 5 foizgacha vositachilik haqi (marja) bilan birga Jamg‘arma tomonidan besh ish kuni ichida tijorat bankining tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Platforma marketpleys tizimining ishlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Platformaning marketpleys tizimida tovar va xizmatlarni sotish istagi bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki ularning savdo agentlari/dilerlari uchun ochiq elektron savdo maydoni hisoblanadi. Bunda mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki ularning savdo agentlari/dilerlari Platforma orqali marketpleys tizimiga kirib, o‘z qurilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda joylashtirishi hamda tizimning imkoniyatlaridan erkin foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ehtiyot qismlarini, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi romlar va qurilish izolyatsiya materiallari hamda ko‘mir, torf va daraxt xom ashyosidan tayyorlangan briket va pelletlar xarid qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining Energetika ekspertizasi va energetik servis xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlariga marketpleys tizimiga tovar va xizmatlarni pulli shartnoma asosida kiritilishiga ruxsat etiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Platformaning marketpleys tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilari va uning savdo agentlari/dilerlari undan foydalanish tartibi va shartlari bilan tanishganligi hamda ushbu shartlarga rozi ekanligi to‘g‘risida elektron shakldagi ommaviy ofertani (shartnoma tuzish haqida taklif) akseptlash (taklifni qabul qilishi) orqali ishtirok etadi va shunga asosan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentida/dilerida Platforma marketpleys tizimidan foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentidan/dileridan o‘z tovar va xizmatlarini marketpleys tizimiga joylashtirganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan ariza beruvchiga marketpleys tizimida tanlagan qurilmalar shartnoma tuzilgan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yetkazib berilishi va o‘rnatilishi lozim.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dilerini Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish tartibi
(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Jamg‘arma quyidagi hollarda mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentini/dilerini Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatadi va Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritadi:
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va ariza beruvchi o‘zaro kelishgan holda mablag‘ni maqsadsiz ishlatganligi aniqlanganda;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan o‘n va undan ortiq shartnoma bo‘yicha qurilmalar yetkazib berilmaganligi va o‘rnatilmaganligi aniqlangan taqdirda;
(38-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil yakuni bilan moliyaviy hisobotlar asosida o‘tkazilgan tahlillar natijasiga ko‘ra iqtisodiy ko‘rsatkichlarning salbiy o‘zgarishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilgan bo‘lsa;
(38-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri orqali taklif etilayotgan qurilmalar malakaviy, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
(38-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan bo‘lib-bo‘lib to‘lash va (yoki) qurilmani tanlash (yetkazib berish va o‘rnatish) jarayonida ariza beruvchilar tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-tamoyilining qo‘llanilishiga ta’sir o‘tkazish maqsadida:
(38-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileri yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to‘g‘risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
(38-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarsa.
(38-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Jamg‘arma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatilganda, avtomatik ravishda Platformaning marketpleys tizimidagi Nohalol ta’minotchilar reyestriga jamoatchilik uchun e’lon joylashtiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritilgan ta’minotchining bir yil davomida marketpleys tizimida ishtirok etishi mumkin emas, ushbu muddat tugagandan keyin ta’minotchi Nohalol ta’minotchilar reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Bo‘lib-bo‘lib amalga oshiriladigan to‘lovlar monitoringini olib borish va mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan Jamg‘armaga mablag‘larni qaytarish tartibi
(7-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ariza beruvchining qurilma uchun foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobini yuritish va Jamg‘armaga qaytarilishini ta’minlash maqsadida Jamg‘arma va mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri talabi bilan tijorat banki filiali tomonidan alohida maxsus hisobraqam ochiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. To‘lovlarni qaytarish tartibi mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va/yoki tijorat banki bilan ariza beruvchi o‘rtasidagi bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida tuzilgan elektron shartnomasi va qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri bir oy davomida ariza beruvchiga o‘rnatilgan qurilma bo‘yicha ro‘yxatni tuzib, ushbu ro‘yxatga muvofiq mablag‘larni qaytarish jadvalini tomonlar o‘rtasida imzolanishi uchun Jamg‘armaga keyingi oyda taqdim etadi. Tomonlar o‘rtasida imzolanadigan to‘lovlarni qaytarish jadvalida Jamg‘armaga to‘lovlarni qaytarishning aniq sanasi belgilab qo‘yilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchiga o‘rnatilgan qurilma to‘lovlari tijorat banki orqali Jamg‘armaga qaytarilsa, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri o‘rnatilgan qurilma bo‘yicha ro‘yxatni tijorat bankiga takdim etadi. O‘z navbatida, tijorat banki ushbu ro‘yxatga muvofiq mablag‘larni qaytarish jadvalini tomonlar o‘rtasida imzolanishi uchun Jamg‘armaga takdim etadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ariza beruvchi tomonidan 36 oy davomida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri yoki tijorat banki va ariza beruvchi o‘rtasida imzolangan shartnomada belgilanadi. Bunda har oylik to‘lovlar shartnomaga ilova qilingan to‘lovlarni qaytarish jadvalida belgilangan muddatlarda undiriladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ariza beruvchi tomonidan hisobot oyida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining maxsus hisobraqamiga yoki tijorat bankining tegishli hisobraqamiga to‘langan har oylik to‘lovlar tomonlar o‘rtasida imzolangan to‘lovlarni qaytarish jadvallarida belgilangan sanadan kechiktirmasdan Jamg‘arma hisobraqamiga o‘tkazib berilishi shart.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Har chorak yakunida ariza beruvchi tomonidan to‘langan to‘lovlar mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri yoki tijorat banki tomonidan Jamg‘armaga o‘tkazib borilganligi to‘g‘risida tomonlar o‘rtasida solishtirma dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaga asosan o‘z vaqtida o‘tkazilmagan to‘lovlar bo‘yicha Jamg‘arma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerining asosiy hisobraqamiga yoki tijorat bankining korrespondentlik hisobvarag‘iga qo‘yilgan to‘lov talabnomasi asosida undiriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri bo‘lib-bo‘lib to‘lashdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri mas’ul xodimi har oylik to‘lovlarning to‘lanishi hamda qurilmaning but saqlanishini nazorat qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 20-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan talablar asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tijorat banki bilan ishlarni tashkil etsa, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri qurilmaning but saqlanishini, tijorat banki esa har oylik to‘lovlarning to‘lanishini nazorat qilib boradi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Qurilmani belgilangan maqsadda foydalanmaganlik va but saqlanmaganligi uchun ariza beruvchiga nisbatan mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan qo‘llaniladigan choralar shartnomada belgilangan bo‘lishi kerak.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ariza beruvchi tomonidan to‘lovlar belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va/yoki tijorat banki mas’ul xodimi ariza beruvchi bilan shaxsan uchrashib, majburiyati bajarilmayotgani sababini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan to‘lovlarning qaytarilishini ta’minlash chorasini ko‘rishni talab qiladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ariza beruvchi tomonidan to‘lovlarni shartnoma va unga ilova qilingan to‘lovlarni qaytarish jadvali bo‘yicha majburiyatlarni muntazam ravishda ketma-ket uch oy davomida buzgan taqdirda shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileri belgilangan tartibda undiruvni amaldagi qonunchilik doirasida ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri va/yoki tijorat banki ariza beruvchi tomonidan bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan mablag‘ qaytarilishini ta’minlashi, aks holda qaytarilmagan to‘lovlar bo‘yicha o‘zining pul mablag‘lari va mol-mulklari bilan Jamg‘arma oldida javobgar bo‘ladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Platformaning marketpleys tizimidagi savdo maydoni orqali ma’lum bir davr mobaynida katta miqdorda tovar aylanmasini amalga oshirgan mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dilerida haqiqatda tovarlarning mavjudligi doimiy tahlil qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda har oyda ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileri bo‘yicha Markaziy bank va Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Jamg‘arma Platformasi marketpleys tizimida ishtirok etadigan mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileriga qo‘yiladigan talablarni belgilash hamda ularga o‘zgartirish kiritish vakolatiga ega.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Jamg‘arma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileriga ajratilgan mablag‘lar maqsadli ishlatilishini o‘rganish maqsadida ariza beruvchiga o‘rnatilgan qurilma mahalliy ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti/dileri bilan birgalikda joyiga chiqqan holda monitoring qilinishi mumkin.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ariza beruvchi o‘rnatilgan qurilmadan texnik talablarga rioya etgan holda foydalanishi, yongin xavfsizligi va texnogen holatlarga yo‘l qo‘ymasligi bo‘yicha belgilangan yo‘riqnomalarga rioya etilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmasini xarid qilish xarajatlarini bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari xarajatlarining bir qismiga kompensatsiya ajratish, shuningdek, bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun xarid qilingan qurilmalar xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
I bosqich
Ariza beruvchi
1. Qurilmani o‘rnatish uchun arizalar onlayn tarzda Yagona elektron platforma orqali ariza beruvchi mustaqil ravishda yoki mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dilerilar ko‘magi bilan va/yoki Yagona davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazi orqali taqdim etiladi.
2. Muvofiqlik mezonlari asosida skoring baholash avtomatlashtirilgan holda bir kun muddatda amalga oshiriladi.
3. Skoring baholash ma’lumotlariga ko‘ra muvofiqlik mezonlariga to‘g‘ri kelganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida ariza beruvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.
4. Shuningdek, arizani ko‘rib chiqish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga elektron ma’lumot kelib tushadi.
Zarurat bo‘lganda
II bosqich
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri
1. Joyiga chiqqan holda qurilmani o‘rnatish mumkinligi o‘rganiladi.
5 ish kunida
2. O‘rganish natijasiga ko‘ra tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xulosa tayyorlanib, Platformaga joylashtiriladi.
3. Zaruratdan kelib chiqib, tegishli organ yoki tashkilotlarning texnik shartlar bo‘yicha xulosalari olinishi mumkin.
Texnik shartlar bo‘yicha xulosalar olinishini hisobiga muddat uzaytirilishi mumkin
III bosqich
Ariza beruvchi, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri
Tavsiyanomaga asosan ariza mazmunidan kelib chiqqan holda, tomonlar o‘rtasidagi o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartnomasi Platformada avtomatik tarzda tayyorlanadi va tasdiqlash uchun ariza beruvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.
Onlayn
IV bosqich
Ariza beruvchi
1. Marketpleysdan qurilmalar tanlanadi.
2. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri o‘rtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi avtomatik tarzda rasmiylashtirilib, SMS-xabar orqali yuborilgan kod yordamida imzolanadi.
Onlayn
V bosqich
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri
1. Elektron shartnomaga muvofiq qurilmalar ariza beruvchiga yetkazilib, o‘rnatib beriladi.
2. O‘rnatilgan qurilmalar bo‘yicha Platforma orqali hujjatlar Jamg‘armaga taqdim etiladi.
10 ish kunida
VI bosqich
Jamg‘arma
1. Platformada joylashtirilgan hujjatlarga asosan o‘rnatilgan qurilmalar bo‘yicha marketpleysda ko‘rsatilgan talablarga mosligi tekshirilib, elektron ma’lumotnoma rasmiylashtiradi va Platformaga joylashtiradi.
2. Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda, o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha xarajatlari mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri to‘liq qoplab berilishi rad etiladi va mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri Platforma orqali xabardor qilinadi.
3 ish kunida
VII bosqich
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri
Hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, Jamg‘armaga qaytadan taqdim etishi mumkin.
10 ish kunida
VIII bosqich
Jamg‘arma
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileriga o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlari to‘liq qoplash bo‘yicha murojaati ijobiy xulosa berilgan elektron ma’lumotga asosan uning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti/dileri tijorat banki bilan ishlarni birgalikda tashkil qilgan holatda, o‘rnatilgan qurilmalar xarajatlarini to‘liq qoplash bo‘yicha murojaatiga asosan tijorat bankining tegishli hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.
10 ish kunida
5 ish kunida
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2022-y., 09/22/568/0898-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)