Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2025 04.10.2022 yildagi 564-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 838-sonli “Baholovchi va rieltorlar malaka sertifikatini, baholovchi toifa guvohnomasini hamda sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish tartiblarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi tubdan isloh qilinib, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmatlarni qamrab olish darajasining pastligi, xususan, baholash sohasida faoliyat yurituvchilarga davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻliq joriy etilmaganligi dolzarb muammo boʻlib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatish milliy tizimini yanada rivojlantirish, jumladan, baholash sohasiga qoʻshimcha ravishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishni soddalashtirish hamda baholovchilarga toifa berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toifa guvohnomalarini olish uchun talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan arizalar (hujjatlar toʻplami) joylardagi davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilishini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ tomonidan talabgorlarga oid maʼlumotlarni elektron ravishda, tegishli vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilingan holda soʻrab olish tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchilarga toifa berishda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va qogʻoz ishini qisqartirish hamda toifa guvohnomalarini QR-kod orqali rasmiylashtirish va davlat xizmatlari markazlari tomonidan berilishini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
564-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 24-sentabrdagi 799-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglament talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va kamida ellikta baholovchi tashkilotning aʼzoligiga asoslangan jamoat birlashmasi;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholovchilarga toifa berish boʻyicha davlat xizmatlari mazkur Maʼmuriy reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Talabgor baholovchi toifasini olish uchun quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim:*”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “soni koʻrsatilgan holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalarining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“*Birinchi marta baholovchi toifasini olish maqsadida hujjatlarni topshirgan talabgorlar uchun baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalarining mavjudligi talabi qoʻllanilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Toifa berish uchun davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — markaz) orqali talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, markaz xodimi talabgor nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilinganda — talabgor mustaqil ravishda mazkur Maʼmuriy reglamentning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar reyestri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalari reyestri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash faoliyati sohasidagi baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan talabgorga tavsifnomani va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan elektron mehnat daftarchasining koʻchirmasini mustaqil ravishda soʻrab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchining malaka sertifikati haqidagi maʼlumotlar sertifikatni berish uchun vakolatli organ sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maʼlumotlar bazasidan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 51 va 52-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“51. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, tegishli preyskurantga asosan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻimlar mazkur Maʼmuriy reglamentning 53-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) markaz orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Baholovchining toifasi markaz yoki YIDXP orqali vakolatli organ tomonidan mazkur Maʼmuriy reglamentga muvofiq beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 81 va 82-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81. Markazlar va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi identifikatsiya qilish vositalarini majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Talabgor markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng ushbu Maʼmuriy reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda, oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Talabgor tomonidan taqdim etilgan soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng vakolatli organ bir ish kunida talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Vakolatli organ talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqib, hujjatlar qabul qilganligi yoki rad etganligi toʻgʻrisida aniq sabablarni koʻrsatgan holda, bir ish kuni ichida talabgorga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan mazkur Reglamentning 5-bandida belgilangan hujjatlar toʻplami toʻliq taqdim etilmagan holat aniqlansa, vakolatli organ oʻn ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni qayta taqdim etish imkoniyatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan yuqorida nazarda tutilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki yetishmayotgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ soʻrovnomani qabul qilishni rad etadi va oʻsha kuni bu haqda talabgorni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. Hujjatlari qaytarilgan talabgor besh ish kuni ichida rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, markazga qayta murojaat qilganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanadi hamda kamchiliklar ilova qilingan holda oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda qayta murojaat qilinganda, talabgordan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Belgilangan muddat tugagandan keyin talabgor markaz yoki YIDXP orqali takroran murojaat qilgan taqdirda, ariza yangidan taqdim qilingan hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, yigʻim summasi esa qaytarib berilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“16. Komissiya tarkibiga vakolatli organning uchta vakili hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan ikkitadan vakil kiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-banddagi “, ammo bir oyda kamida bir marotaba” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“171. Komissiya faoliyatining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida toifa berish boʻyicha komissiya yigʻilishini oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videotasvirga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda uch yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toifa berish boʻyicha komissiya yigʻilishini oʻtkazish jarayonini uzluksiz ravishda videotasvirga (ovozli) tushirish uchun vakolatli organ tomonidan alohida xona ajratiladi hamda zamonaviy texnik asbob-uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha tegishli shart-sharoitlar yaratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Talabgorga tegishli baholovchi toifasini berish haqida qaror qabul qilinganda, unga bir ish kuni mobaynida mazkur Maʼmuriy reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklda toifa berilganligi haqidagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchilarga toifa berish haqidagi guvohnomaga vakolatli organ hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalarining QR-kodlari (matrik shtrixli kod) qoʻyiladi va identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlanadi hamda ikki kun muddatda markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. Komissiya tomonidan rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya vakolatli organ nomidan talabgorga markaz yoki YIDXP orqali elektron koʻrinishda soʻralgan toifani berish rad etilganligi sabablarini koʻrsatgan holda xabar beradi. Bunda komissiya talabgorga mazkur Maʼmuriy reglamentning 4-bandi talablariga muvofiq boʻlishi sharti bilan pastroq toifa berishni taklif qilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-banddagi “Komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Komissiya talabgorga soʻralgan toifani berishni rad etgan taqdirda, talabgor mazkur Maʼmuriy reglamentga muvofiq hujjatlarni markaz yoki YIDXP orqali qayta taqdim etishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 301-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“301. Hujjatlar mazkur Maʼmuriy reglamentda belgilangan umumiy tartibda qayta topshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“32. Baholovchi toifasini pasaytirish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholovchining hisoboti yoki ekspert xulosasi haqqoniy emas deb tan olinganligi asos boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“35. Baholovchi toifasini pasaytirish haqidagi masalani koʻrib chiqish jarayonida vakolatli organdan, baholash tashkilotlaridan, baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan baholovchi ishining natijalari va sifati boʻyicha axborot toʻplanishi va tahlil qilinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“42. Vakolatli organ tomonidan toifani tasdiqlash haqida qaror qabul qilinganda, ilgari berilgan baholovchi toifasini berish haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati qaror qabul qilingan kundan boshlab keyingi besh yilga uzaytiriladi, vakolatli organ hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalarining QR-kodlari (matrik shtrixli kod) qoʻyiladi va identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlanadi hamda shu vaqtning oʻzida markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 431 va 432-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“431. Pasportda koʻrsatilgan talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilgan yoki pasporti oʻzgartirilgan taqdirda baholovchi ikki oy davomida vakolatli organga baholovchi toifasi berilganligi haqidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ushbu maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, markaz yoki YIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
432. Baholovchining toifa guvohnomasini qayta rasmiylashtirish baholovchi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda tegishli oʻzgartirishlar reyestrga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchining toifa guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda baholovchidan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻimlar mazkur Reglamentning 52-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 471 va 472-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“471. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
472. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Maʼmuriy reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy reglamentga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholovchilarga toifa berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizmi

Muddatlar

1-bosqich

Vakolatli organ

Baholovchilarga toifa berish komissiyasining shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi.

Maʼmuriy reglament qabul qilingandan keyin

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.

2. Aniq vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

Soʻrovnoma tushgandan soʻng talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1 ish kun muddatda

4-bosqich

Vakolatli organ

Talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida aniq sabablarni koʻrsatgan xolda bildirishnoma yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etib, soʻrovnomani qayta vakolatli organga yuboradi.

Hujjatlar qaytarilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida

2. YIDXP

2. Rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.

6-bosqich

Baxolovchilarga toifa berish komissiyasi

Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish va talabgorlarga toifani belgilash yeki toifa berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Baholovchilarga toifa berish komissiyasi

Toifa guvohnomasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng toifa guvohnomasini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi, markaz (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Vakolatli organ

Toifa berish toʻgʻrisidagi guvohnomani olgan baholovchining maʼlumotlarini baholovchilar reyestriga kiritadi.

Toifa berish haqida qaror qabul qilingan kunda

9-bosqich

Baholovchilarga toifalar berish komissiyasi

Talabgorga talab etilgan toifani berishni rad etish va bu toʻgʻrisida rad etish sabablari va talab etilgan toifadan pastroq toifa berish taklifi bildirilgan xabarnomani yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

10-bosqich

Vakolatli organ

Ilgari berilgan baholovchi toifasini pasaytirish yoki baholovchiga toifa berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishini bekor qilish tartibotining tashabbusini bildiradi va mazkur masalalarni baholovchilarga toifa berish komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

Tegishli dalillar kelib tushgandan soʻng 3 ish kuni ichida

11-bosqich

Baholovchilarga toifalar berish komissiyasi

Hujjatlarni koʻrib chiqish, baholovchining toifasini qayta koʻrib chiqish yoki baholovchi toifasi berilgani haqidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish, bekor qilish va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida baholovchiga xabarnoma yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

12-bosqich

Vakolatli organ

Toifasi pasaytirilgan yoki guvohnomaning amal qilish muddati tugatilgan yoki bekor qilingan baholovchi boʻyicha maʼlumotlarni toifaga ega boʻlgan baholovchilar reyestriga kiritadi.

Qaror qabul qilingan kunda

13-bosqich

Talabgor

Baholovchi toifasini qayta tiklash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

Baholovchi toifasini pasaytirish yoki toifa berish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish haqida qaror qabul qilingan kundan 1 yildan kam boʻlmagan muddatda

14-bosqich

Talabgor

Baholovchi toifasini qaytadan tayinlash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

Baholovchi toifasi tayinlangan guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan 3 yildan kam boʻlmagan muddatda

15-bosqich

Talabgor

Komissiyaning baholovchi toifasini berishni rad etish, toifani pasaytirish, baholovchi toifasini berish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qiladi.

Zarurat boʻlgan holatlarda

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy reglamentga 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎“NAMUNA

BANOLOVCNINING TOIFA GUVOHNOMASI

Fotosurat
‎oʻrni‎‎

________-son‎‎‎

Toshkent sh.‎‎

20 ___y. “___” _________‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
‎Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati va Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi tomonidan ‎‎

_______________________________________________________________________________‎‎

(kimga — baholovchining F.I.O.)

_______________________________________________________________________________‎‎

(pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomondan berilgan)

‎‎_______________________________________________________________________________

(amal qilish muddati)‎‎

‎‎__________________________ toifasi berildi.

‎‎Mazkur guvohnoma baholovchining malaka sertifikati bilan haqiqiy hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ‎‎ ‎‎_______________________
‎‎(Vakolatli shaxs) (QR-kod) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari rahbarlari ‎‎ ‎‎ ‎‎_______________________
(QR-kod) ‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎

‎‎_______________________
(QR-kod) ‎‎‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎

Baholovchining toifa guvohnomasining amal qilish muddati:‎‎
‎‎20 __ y. “___” _________ dan 20 __ y. “___” __________ gacha uzaytirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ‎‎ ‎‎_______________________
(Vakolatli shaxs) ‎‎ (QR-kod) ‎‎‎‎‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari rahbarlari ‎‎_______________________
(QR-kod) ‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎_______________________
(QR-kod) ‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

”.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy reglamentga quyidagi mazmundagi 6-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish

SOʻROVNOMASI

_________________

_________________

(sanasi)

(raqami)

1. F.I.O.:

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (agar mavjud boʻlsa):

3. Manzili:

4. Mobil telefoni, elektron pochta manzili (e-mail):

5. Talabgor ishlaydigan baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar reyestri

6. Talabgor ishlaydigan baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan, mazkur Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻyicha ekspert xulosalari reyestri

7. Talabgorning oʻz xohishiga koʻra oʻzining professional faoliyati haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish Maʼmuriy reglamentining 7-bandiga asosan)

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Baholovchilar va rieltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 23-dekabrdagi 805-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-banddagi “ikki kun” soʻzlari “bir kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;

Maʼmuriy reglamentga 1-ilovaning 4-pozitsiyasi “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;

Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaning 3 — 3.2, 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-banddagi “ikki kun” soʻzlari “bir kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy reglamentga 1-ilovaning 4-pozitsiyasi “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaning 3 — 3.2, 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)