Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2026 05.10.2022 yildagi PQ-386-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan toʻqimachilik sanoati institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikada toʻqimachilik sanoatidagi malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Namangan shahrida Namangan toʻqimachilik sanoati instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Institutda oʻquv jarayoni 2023/2024 oʻquv yilidan boshlanadi va kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy maʼlumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek, mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim dasturlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda, jumladan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim bilan ishlab chiqarishning integratsiyasini kuchaytirish, soha tashkilotlarida talabalarning malakaviy amaliyotini yoʻlga qoʻyish, kafedra filiallarini hamda professor-oʻqituvchilarning stajirovkasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonini talabalarda mustaqil bilim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribani, jumladan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini tatbiq etish, ochiq axborot-taʼlim muhitini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirib borish, jumladan professor-oʻqituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Institutda taʼlim jarayoni nufuzli xorijiy davlatlar oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda, jumladan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Prezident taʼlim muassasalari agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023/2024 oʻquv yiliga qadar toʻqimachilik sanoati rivojlangan xorijiy davlatlar oliy taʼlim tashkilotlarini hamkor sifatida belgilab, Institut taʼlim jarayonini zamonaviy oʻquv dasturlari asosida tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va magistrantlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotini xorijiy va mahalliy yirik toʻqimachilik korxonalarida oʻtash tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini va professor-oʻqituvchilarning ish samarasini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2024/2025 oʻquv yiliga qadar Institut huzurida toʻqimachilik texnoparki faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Texnopark:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati hokimligi tomonidan jalb etiladigan xalqaro tashkilotlarning grantlari va salohiyatli investorlar mablagʻlari hisobiga, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut taʼsischiligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi hamda unga texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va tijoratlashtirish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar, grantlar, homiylik xayriyalari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2026/2027 oʻquv yiliga qadar Institutning kamida 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Institut tarkibida quyidagilar yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻqimachilik matolari texnologiyalari va ularni tadqiq qilish hamda Boʻyash-pardozlash jarayonlari texnologiyalari va ularni tadqiq qilish laboratoriyalaridan iborat toʻqimachilik sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanuvchi Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonida va undan tashqari vaqtlarda talabalarga zamonaviy libos koʻrinishlarini yaratish imkonini beruvchi Dizayn studiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot yutuqlarini tijoratlashtirish hamda yangi ishlanma va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bilan shugʻullanuvchi Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilar talablari asosida oʻquv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushini qisqartirish va amaliy mashgʻulotlar hajmini oshirish, yuqori kurs talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlarini “4+2” tartibida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlar koʻrsatish hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maosh hamda boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilarni oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha bajargan ishlarining natijasi boʻyicha ragʻbatlantirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda Namangan toʻqimachilik sanoati institutini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan toʻqimachilik sanoati institutini 2026-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan toʻqimachilik sanoati institutida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga talabalarni davlat granti asosida qabul qilish parametrlari har yili tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi doirasida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Namangan muhandislik-texnologiya institutiga toʻqimachilik sanoati boʻyicha bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha ajratiladigan davlat buyurtmasi kvotasi Institutga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan muhandislik-texnologiya institutining toʻqimachilik sanoati taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olayotgan talabalar oʻqishi Institutga koʻchiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan muhandislik-texnologiya institutining toʻqimachilik oʻquv laboratoriyasi jihozlari Institut balansiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023/2024 oʻquv yiliga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni tanlov asosida ishlab chiqarish tashkilotlari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida katta ilmiy va (yoki) amaliy tajriba orttirgan mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish chorasini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xalqaro nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik va (yoki) xorijda yashovchi vatandosh professor-oʻqituvchilarni shartnoma asosida oʻquv va Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabining ilmiy-tadqiqot jarayonlariga jalb etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Institut ixtisoslashgan fakultet va kafedralarining mos yoʻnalishlari boʻyicha davlat ulushiga ega yirik toʻqimachilik korxonalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Institut uchun kadrlarni maqsadli tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Institut tayanch doktoranturasiga tegishli ixtisosliklar boʻyicha qabul kvotalarini belgilash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institut uchun yangi oʻquv binolari va talabalar turar joyini qurish hamda ularni jihozlash, Institutning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish loyihalari 2023-yil va kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Institutga Namangan shahar, “Gulobod” MFY, Janubiy aylanma yoʻli koʻchasi, 17-uy manzilida joylashgan Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 5-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-386-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-oktabrdagi PQ-386-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda Namangan toʻqimachilik sanoati institutini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Namangan toʻqimachilik sanoati instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uning oʻquv jarayonini tashkil etish

1.

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash.

1. Institut ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

-

2022-yil oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Institut

2. Institut tuzilmasi, shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2022-yil oktabr

2.

Institutni Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumi binosiga joylashtirish.

1. Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumiga qabul jarayonini toʻxtatish.

2. Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻqishni yakunlaguniga qadar davom ettirishi uchun sharoit yaratish.

-

2023-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

3. Oʻquvchilar oʻqishi yakunlangandan soʻng Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumi faoliyatini tugatish hamda texnikum faoliyati tugatilishi munosabati bilan xodimlarni ish bilan taʼminlash chorasini koʻrish.

2023-2024-yillar

3.

Institutni zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar bilan toʻldirish.

1. Institutni pedagog va ilmiy xodimlar bilan toʻldirish uchun tanlov eʼlon qilish.

2. Tanlovda nomzodning ilmiy tadqiqotlari natijadorligi, pedagogik mahorati va xorijiy tilni bilish darajasiga asosiy eʼtiborni qaratish.

-

2023/2024 oʻquv yiliga qadar

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

3. Saralab olingan nomzodlar bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzish va professor-oʻqituvchilarning ish samarasini xalqaro standartlar asosida baholab borish.

Doimiy

4.

Institut oʻquv-metodik hujjatlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkiloti takliflari va xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talik roʻyxatiga kirgan universitetlarningtaʼlim dasturlari asosida ishlab chiqish.

1. Taʼlim dasturlarini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish.

2. Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklaridan kelib chiqib, Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga hamda, zarur hollarda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirish kiritish.

3. Oʻquv rejasidagi tanlov fanlarini kadr buyurtmachilari takliflari asosida shakllantirish.

-

2023/2024 oʻquv yiliga qadar

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkiloti

(kelishuv asosida)

4. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari salmogʻini oshirish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

5.

Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodlarini joriy etish hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor taʼlim metodika va texnologiyalarini joriy etish.

2. Taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga xorijiy mutaxassislar va (yoki) xorijiy ish tajribasiga ega vatandoshlarni jalb etish.

-

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Institut

6.

Institutga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.

1. Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini aniqlash va qabulni tashkil etish.

-

Har yili iyun — avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Institut

2. Namangan muhandislik-texnologiya institutining toʻqimachilik sanoati taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olayotgan talabalar oʻqishini Institutga koʻchirish. Bunda talabalar oʻqishni yakunlaguniga qadar Namangan muhandislik-texnologiya institutining bino va inshootlarida davom ettiradi.

2023-yil avgust

3. Institutga qabul jarayonini takomillashtirish yuzasidan ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

2023-yil aprel

7.

Institutning kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan boyitish.

1. Taʼlim jarayoni va ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan, xarid qilinadigan va yangidan yaratiladigan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish boʻyicha mualliflar tarkibini shakllantirish.

3. Xorijiy tajriba va toʻqimachilik sanoatidagi texnik taraqqiyotga tayangan holda yangi avlod oʻquv adabiyotlarini reja asosida yaratish va nashr etish.

4. Institutning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.

Davlat budjetidan mazkur maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, grantlar

2023 — 2026-yillar

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi

8.

Institutning taʼlim jarayoniga “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimini joriy etish.

1. Institutning akademik faoliyati, xususan, talabaning davomat hisoboti, oʻzlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallarini raqamlashtirish.

2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari, ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

3. Boshqaruv kadrlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritish hamda tegishli hisobotlarni tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish.

4. Toʻlov-shartnomalarni hamda stipendiya toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda tizim orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish.

5. Institut koʻrsatkichlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini yuritish va taʼlim sifatini masofaviy monitoring qilish imkoniyatini yaratish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2023/2024 oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

9.

Institutning professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

1. Nufuzli ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2023-yil iyul

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. Elektron maʼlumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchi va talabalar uchun ulardan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

2023-yili sentabr

10.

Institutning oʻquv jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.

1. Institutni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash hamda zarur telekommunikatsiya jihozlari bilan taʼminlash.

2. Oʻquv auditoriyalarini onlayn veb-kameralar bilan toʻliq jihozlash va har bir fakultetda maʼruza mashgʻulotlari uchun moʻljallangan “SMART” auditoriyalar yaratish.

3. Har bir talabani raqamli texnologiyalarga asoslangan ID-kartalar bilan taʼminlash va shu orqali taʼlim jarayonini nazorat qilish.

4. Taʼlim jarayonida xalqaro miqyosda keng qoʻllaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, grantlar

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni hamda xalqaro hamkorlikni tashkil etish

11.

Iqtidorli talabalar, yosh olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning innovatsion va startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Institut huzurida texnopark tashkil etish.

1. Texnoparkni tashkil etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda zarur yer maydoni, bino yoki inshootni ajratish.

2. Texnoparkni xalqaro tashkilotlarning grantlari va salohiyatli investorlar mablagʻlari hisobiga, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, tashkil etish.

Grantlar, investorlar mablagʻlari, zarur hollarda, Namangan viloyati viloyat budjeti mablagʻlari

2024/2025 oʻquv yiliga qadar

Namangan viloyati hokimligi, Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi

12.

Toʻqimachilik sohasida yuqori texnologik yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni jadallashtirish maqsadida Institut tarkibida Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi, Dizayn studiyasi va Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazini tashkil etish.

1. Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi, Dizayn studiyasi hamda Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazini tashkil etish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash, zarur bino ajratish.

2. Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi, Dizayn studiyasi hamda Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazini jihozlash, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

3. Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi, Dizayn studiyasi hamda Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi faoliyatiga xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2023/2024 oʻquv yili davomida

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

13.

Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish.

1. Institutning professor-oʻqituvchilari va talabalarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish hamda ularning chet tilini bilish darajasini oshirib borish.

2. Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytingida birinchi 1 000 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan eʼlon qilib borilayotgan grantlarda Institut yosh tadqiqotchilarining ishtirok etishini taʼminlash.

3. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini “Web of Science”, “Scopus” kabi xalqaro maʼlumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etish choralarini koʻrish.

Grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2023/2024 oʻquv yildan boshlab doimiy

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

14.

Institutda ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish.

1. Zamonaviy ilgʻor tajribani oʻzlashtirish orqali Institut ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2023-yil mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, Institut

2. Tadqiqotchilarni statistik, texnik va boshqa maʼlumotlar bilan taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish.

2023-yil may

15.

Institut professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarining “Scopus”, “Web of Science” kabi xalqaro maʼlumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda maqolalar chop etish koʻnikmalarini oshirish.

1. Institut professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari uchun xalqaro talablar asosida ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish va konsultatsiya oʻtkazish.

2. Iqtiboslar soni boʻyicha “Xirsh” indeksi 5 dan yuqori boʻlgan respublikadagi va xorijiy professor-oʻqituvchilarni jalb qilgan holda, zarur maslahatlar berib borish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2023 — 2026-yillar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

16.

Institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish koʻlamini kengaytirish.

1. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Ijrochilar mablagʻlari, xoʻjalik shartnomalari asosida jalb qilinadigan mablagʻlar, grantlar

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi

2. Toʻqimachilik sanoati korxonalaridagi mavjud muammolar bankini shakllantirish.

Har yili

3. Shakllangan muammolar banki asosida fundamental, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish.

Doimiy

4. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tarmoq korxonalari orasida tijoratlashtirish chorasini koʻrish.

17.

Institut ilmiy laboratoriyalari faoliyati samaradorligini oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni jalb etish.

1. Institut laboratoriyalarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarini jalb etish.

-

2023/2024 oʻquv yili davomida

Institut

2. Ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan laboratoriyalarga professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarni jalb etish.

2024 — 2026-yillarda

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi

18.

Institutda professor-oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirib borish.

1. Xorijiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladigan kamida 10 nafar professor-oʻqituvchilarni saralab olish.

2. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilotlarda stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

19.

Institutning taʼlim sohalariga mos tegishli yetakchi xorijiy ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Xorijiy ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlarining yetakchi olimlari bilan hamkorlikda xalqaro doiradagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

2. Xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda oʻquv, uslubiy va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash.

3. Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

20.

Institutning oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarning tashqi akkreditatsiyasidan oʻtkazish.

1. Oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarning tashqi akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun hamkor tashkilot bilan aloqalarni oʻrnatish.

Grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2023/2024 oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Institut

2. Institutning kamida 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligini xalqaro tan olingan tashkilotlarning tashqi akkreditatsiyasidan oʻtkazish.

2026/2027 oʻquv yiliga qadar

21.

Institutda xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

1. Institutning targʻibot-maslahat guruhlarini tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2023-yil iyun

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. Institut veb-saytini zamon talablari asosida ishlab chiqish va unda maʼlumotlarni xorijiy tillarda ham joylashtirib borish.

3. Xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash salmogʻini oshirish.

2024 — 2026-yillar

4. Institutning hamkorlik aloqalari doirasida xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari talabalari ishtirokida xalqaro anjumanlar oʻtkazish.

Doimiy

III. Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

22.

Institut uchun yangi oʻquv binolari va talabalar turar joylarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash.

1. Institut taʼlim jarayonini tashkil etish uchun bino va inshootlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Namangan viloyati viloyat budjeti mablagʻlari

2022-yil oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Institut

2. Ishchi guruh tomonidan Institutga istiqboldagi qabul rejalarini hisobga olgan holda yangi oʻquv binolari va talabalar turar joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

3. Dasturda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini belgilash.

4. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taklif taqdim etib borish.

2023 — 2026-yillar

23.

Institutning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish.

1. Institutning moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2023-yil mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Institut

2. Xatlov natijalariga koʻra moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda Institutning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil may

24.

Institutni zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.

1. Namangan muhandislik-texnologiya institutining toʻqimachilik oʻquv laboratoriyasi jihozlarini Institut balansiga oʻtkazish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Namangan viloyati viloyat budjeti mablagʻlari, grantlar

2023-yil avgust

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi

2. Oʻquv-amaliyot mashgʻulotlarini olib borish va tadqiqotlar oʻtkazish uchun Institutga qoʻshimcha yangi laboratoriya jihozlarini xarid qilish.

2023 — 2026-yillar

25.

Institutning axborot-telekommunikatsiya infratuzilmasini zamon talablari asosida jihozlash.

1. Mavjud lokal va optik tolali tarmoqlarni xatlovdan oʻtkazib, yangilash boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.

Davlat budjetidan mazkur maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2023-yil mart

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologi?lari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Xatlov natijalaridan kelib chiqib hamda texnik topshiriq asosida tarmoq jihozlarini xarid qilish va oʻrnatish.

2023-yil may

3. Oʻquv jarayonida foydalanish uchun zarur dasturiy taʼminot mahsulotlarini xarid qilish.

2023-yil avgust

26.

Institut uchun talabalar turar joyini tashkil etish va jihozlash.

1. Institut talabalar turar joyini davlat xususiy sheriklik loyihasi asosida tashkil etish uchun Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qaroriga tegishli qoʻshimcha kiritish.

2022-yil noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Institut

2. Loyihaga tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda talabalar turar joyini barpo etish.

2023-2024-yillar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-oktabrdagi PQ-386-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan toʻqimachilik sanoati institutini 2026-yilga qadar rivojlantirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ustuvor vazifa

Maqsadli koʻrsatkich

Yillar kesimida

Oʻsish koʻrsatkichi,

(2023-yilga nisbatan)

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega professor-oʻqituvchilar va talabalar ulushini oshirish

Asosiy shtatdagi mutaxassislik fanlari professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan, foizda

15

25

35

45

3 barobar

2.

Jami talabalar soniga nisbatan, foizda

17

31

45

51

3 barobar

3.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

53

59

65

71

1,3 barobar

4.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

15

22

28

37

2,5 barobar

5.

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

3

5

7

9

3 barobar

6.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

11

21

29

34

3 barobar

7.

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

3

5

7

9

3 barobar

8.

Mustaqil izlanuvchilar soni

5

7

9

11

2 barobar

9.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni

5

8

12

15

3 barobar

10.

Oʻquv qoʻllanmalar soni

9

14

20

27

3 barobar

11.

Monografiyalar soni

12

19

27

36

3 barobar

12.

Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

10

30

55

90

9 barobar

13.

Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni

70

90

120

140

2 barobar

14.

Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni

0,5

1,0

1,5

2,0

4 barobar

15.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablagʻlar

(mlrd soʻm hisobida)

Xorijiy grantlar va xoʻjalik shartnomalari asosida xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar

0,1

0,3

0,8

1,0

10 barobar

16.

Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablagʻlar

0,1

0,2

0,3

0,5

5 barobar

17.

Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

Institut professor-oʻqituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuborish

10

15

24

30

3 barobar

18.

Institutga xorijiy professor-oʻqituvchilar va olimlarni jalb etish

3

6

8

12

4 barobar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-oktabrdagi PQ-386-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan toʻqimachilik sanoati institutida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Taʼlim yoʻnalishi/magistratura mutaxassisligi

I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari

1.

Toʻqimachilik muhandisligi

2.

Toʻqimachilik mashinalari muhandisligi

3.

Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi

4.

Toʻqimachilik kimyosi, boʻyash va pardozlash muhandisligi

5.

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi

6.

Toʻqimachilik va yengil sanoat dizayni

II. Magistratura mutaxassisliklari

1.

Toʻqimachilik muhandisligi

2.

Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)

3.

Toʻqimachilik mashinalari muhandisligi

4.

Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi

5.

Toʻqimachilik kimyosi, boʻyash va pardozlash muhandisligi

6.

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi

7.

Toʻqimachilik va yengil sanoat dizayni

8.

Toʻqimachilik mahsulotlari marketingi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxatiga kadr buyurtmachilarining va (yoki) hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasasi takliflari asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2022-y., 07/22/386/0894-son)