03.10.2022 yildagi 559-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlim shaklini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan sohada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qatʼi nazar, unga taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlim shakli joriy etish mumkin boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlim boʻyicha qabul parametrlarini davlat oliy taʼlim muassasalarida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik (idora), moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida tegishli oliy taʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida nodavlat oliy taʼlim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash hamda taʼlim jarayonini toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlimni maxsus platforma yordamida yoki mavjud platformalardan foydalangan holda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlimda bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:50 nisbatda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv jarayonini davlat taʼlim standarti, kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari hamda oʻquv dasturlari asosida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlimga talabalarni qabul qilish va oʻquv jarayonini tashkil qilish tartibini belgilash, shuningdek, masofaviy taʼlim sifati monitoringini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) masofaviy taʼlim shakli asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash uchun 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi F-60-son farmoyishiga 1v-ilovada koʻrsatilgan davlat oliy taʼlim muassasalariga, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab qolgan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ruxsat beriladi, faoliyati mazkur qaror qabul qilingunga qadar qonunchilik hujjatlari asosida tashkil etilgan oliy taʼlim tashkilotlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) masofaviy taʼlim shakli boʻyicha kadrlar tayyorlash kunduzgi taʼlim shaklida tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi mavjud boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlarida yoʻlga qoʻyiladi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) masofaviy taʼlim shakli asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul parametrlari 300 nafar talabadan, bir magistratura mutaxassisligiga 30 nafar talabadan ortiq boʻlmasligi lozim. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabalar hisobga olinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) masofaviy taʼlim shakli joriy etilgan davlat oliy taʼlim muassasalariga Masofaviy taʼlimni tashkil etish va rivojlantirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning shtat birligi moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida Kuzatuv kengashlari tomonidan, boshqa oliy taʼlim muassasalarida boʻysinuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz oliy taʼlim muassasalarining yuridik shaxs boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va ular faoliyatini moliyalashtirish oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Masofaviy taʼlim shaklini joriy etgan oliy taʼlim tashkilotlari, zarur hollarda, talabalarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida ular istiqomat qiluvchi hududlarda faoliyat yurituvchi oliy taʼlim tashkilotlari, axborot-resurs markazlari, oʻquv markazlari bilan oʻzaro kelishgan holda ularning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda masofaviy taʼlim shakli joriy etilgan oliy taʼlim muassasalarini taʼlim jarayonini tashkil etish imkoniyatini beradigan yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi bilan belgilangan tartibda taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 3-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
559-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom masofaviy taʼlim shakli orqali oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlash faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtoproktoring — imtihon jarayonida talabaning shaxsini avtomatik ravishda autentifikatsiyalash, uning xatti-harakatlari va nigohi yoʻnalishini nazorat qilish, xonadagi tovushlarni tahlil qilish, videodagi buzilishlarni tuzatish va hisobotlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan dasturiy tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asinxron rejim — oʻquv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmogʻida bir xil boʻlmagan vaqtlardagi oʻzaro aloqa rejimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlim — talaba va taʼlim beruvchining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali maʼlum vaqt orasida oʻzaro muloqotda boʻlishiga, elektron pochta orqali toʻgʻri va teskari aloqa oʻrnatishiga, jumladan xabarlarni yuborishi va qabul qilishiga moʻljallangan, bilim va koʻnikmalarni, oʻquv dasturlarini masofadan turib oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan taʼlim shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlimni boshqarish tizimi — taʼlim jarayonini rejalashtirish, boshqarish, amalga oshirish va baholashda qoʻllaniladigan dasturiy mahsulot (elektron taʼlim platformasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlim jarayonining ishtirokchilari — taʼlim tashkilotining masofaviy taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda masofaviy taʼlimning tashkiliy-texnik va metodik taʼminotini amalga oshirishga masʼul shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlim texnologiyasi — talabalarga oʻquv materiallarining asosiy hajmini yetkazishni, talaba va professor-oʻqituvchining oʻzaro interfaol harakatini taʼminlab beruvchi, oʻquv materialini oʻzlashtirish boʻyicha mustaqil ishlashi uchun talabaga imkoniyat taqdim etuvchi axborot-kommunikatsiya va oʻqitish texnologiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinxron rejim — oʻquv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmogʻida real vaqtdagi oʻzaro aloqa rejimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv kontenti — oʻquv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun moʻljallangan, masofaviy taʼlimni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan oʻquv metodik materiallar (oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, maʼruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, oʻquv adabiyotlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kunduzgi shaklda taʼlim jarayoni olib boriladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi mavjud boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlariga tegishli yoʻnalishlar boʻyicha masofaviy shaklda taʼlim faoliyatini olib borishga yoʻl qoʻyiladi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Taʼlim tashkilotlari taʼlim berishning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻzining masofaviy taʼlim platformasini joriy etishi yoki mavjud platformalardan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Masofaviy taʼlimning maqsadi, tamoyillari va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Masofaviy taʼlimning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qatʼi nazar, unga taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish, talabalarning qiziqishlari, iqtidori va ehtiyojlariga muvofiq kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Masofaviy taʼlim quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarning interfaolligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning identifikatsiya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashning pedagogik maqsadga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar masofaviy taʼlimni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning masofadan turib taʼlim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonini tashkil etishning umumiy, guruh va individual shakllarining uygʻunligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va ularning mustaqil bilim olishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida taʼlim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim xizmatlari eksportini kengaytirish orqali taʼlim tizimining jozibadorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Masofaviy taʼlimni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Masofaviy taʼlimni tashkil etish uchun taʼlim tashkilotida quyidagilar boʻlishi talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot “Learning Management System” (keyingi oʻrinlarda — LMS) platformasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish va undan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydigan axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yili uchun moʻljallangan oʻquv kontenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv reja va dasturlardagi barcha fanlardan masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan, oʻquv kontentini qamrab oladigan elektron oʻquv-metodik majmualar, shuningdek, ilmiy va oʻquv adabiyotlarining elektron bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy taʼlimning texnik va dasturiy komponentlari ishlashini va rivojlanishini taʼminlaydigan tegishli maʼlumot va malakaga ega muhandis-texnik xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklamasi rejadagi talabalar soniga moʻljallangan, taʼlim tashkilotiga mulkiy yoki kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara shartnomasi asosida tegishli boʻlgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi barcha axborot, jumladan, tashkilot nizomi yoki ustavi, oʻquv reja va dasturlar, pedagog kadrlar haqida maʼlumot, akademik kalendar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻquv-metodik resurslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti OʻzDSt 36.2030 — “Elektron taʼlim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa taʼlim resurslariga yagona talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasi SCORM standartlariga mos hamda unda avtoproktoring tizimi mavjud boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasi quyidagi komponentlardan tashkil topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurslari komponenti — oʻquv adabiyotlari, darsliklar, monografiyalar, ilmiy maqolalar hamda tadqiqot natijalari aks etgan ilmiy asarlardan foydalanishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarish komponenti — tizimning xizmat maʼlumotnomasi va foydalanuvchilar reyestrini yuritish, foydalanish huquqlari hamda foydalanuvchilarning tizimga kirishda shaxsiy parametrlarini belgilash hamda foydalanuvchilar harakatlarini qayd etib borish, autentifikatsiya (shaxsni aniqlash) va foydalanuvchilarni boshqarishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davomat va oʻzlashtirishni hisobga olish komponenti — resurslardan foydalanishni hisobga olishga hamda ushbu resurslarni oʻzlashtirishga imkon beradi, talabalarning individual oʻquv rejalarini shakllantiradi va oʻzlashtirish natijalarini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunikatsiya komponenti — foydalanuvchilarga oʻzaro interfaol axborot almashish (forum, chat, xabar, elektron pochta, videokonferensiya tashkil etish), xabarlar olish hamda tizim, kurslar va pedagog kadrlar boʻyicha teskari aloqa orqali maʼlumotlar almashish imkoniyatini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontingentni hisobga olish komponenti — kontingentning yagona reyestrini yuritishga imkon berib, talabalar va pedagog kadrlarga oid maʼlumotlarni kiritish va saqlash, shuningdek ularning shaxsiy kabinetlariga kirish va qidirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurslarni boshqarish komponenti — oʻquv kontenlarini boshqarish, tahrirlash, sinxron va asinxron rejimda oʻtkazilgan mashgʻulotlarning videodarslarini yuklash (import/eksport), test sinovlarini tashkil etish, tashqi taʼlim resurslariga giperhavolalarni kiritish, topshiriq va vazifalarni qoʻyish imkoniyatlariga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishni boshqarish komponenti — talabalarni kursdan kursga oʻtkazish, ularga kreditlar berish va qaytadan oʻqitish jarayonini nazorat qiladi, tashkiliy-metodik vositalarni (mashgʻulotlar jadvali, konsultatsiyalar, konferensiyalar, vazifani topshirish muddati, vebinar, imtihonlar va boshqalar) boshqaradi, talabalarning oʻzlashtirishiga doir maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan holda shakllantiradi, oʻrganiladigan fanlar roʻyxatini shakllantiradi va yangilab boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika komponenti — talabalar kontingenti, oʻzlashtirish koʻrsatkichlari va kurslarning oʻquv kontenti bilan toʻldirilganligi haqidagi maʼlumotlardan iborat axborot olish imkoniyatini beradi, taʼlim jarayoniga oid hisobotlarni shakllantiradi, talabalarning harakati (oʻqishga qabul qilish, koʻchirish, chetlashtirish, qayta tiklash) haqidagi maʼlumotlarni yuritadi, oʻqishni bitirgan, oʻqishini koʻchirgan yoki chetlashtirilganlar haqidagi maʼlumotlarni arxivlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar bilimini nazorat qilish komponenti — oʻquv kontenti mazmuniga mos va testologiya talablari asosida shakllantirilgan nazorat materiallari bazasi va test tizimini, imtihon jarayonini tashkil etish uchun avtoproktoring tizimini oʻzida jamlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Masofaviy taʼlimga talabalarni qabul qilish va oʻquv jarayonini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Masofaviy shaklda oʻqitish uchun talabalarni taʼlim tashkilotiga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boshqa taʼlim shakllari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Masofaviy taʼlim shakli toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Masofaviy taʼlim shakli joriy etish mumkin boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-aprelga qadar eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Masofaviy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari va toʻlov-kontrakt qiymati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasalarida (moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari bundan mustasno) — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalarida — tegishli oliy taʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida — nodavlat oliy taʼlim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻquv jarayoni masofaviy shaklda tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari nodavlat taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda beriladigan litsenziyada qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Masofaviy taʼlim boʻyicha oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi boʻyicha kunduzgi taʼlim shakli uchun belgilangan oʻqish davomiyligi muddatidan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taʼlim kontenti talabaning tahsil olayotgan taʼlim tiliga hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va (yoki) magistratura mutaxassisligiga mos boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv jarayoni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat namunasidagi diplom beradigan oliy taʼlim tashkilotlarida — davlat taʼlim standarti va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan oʻquv reja va oʻquv dasturlar asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat namunasidagi diplom bermaydigan oliy taʼlim tashkilotlarida — kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qaroriga asosan 20-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 7-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Masofaviy taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy taʼlim tashkilotiga shaxsan tashrif buyurishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoni boshlanishidan avval — masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasida roʻyxatdan oʻtish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har semestr yakunida — yakuniy nazorat topshirish oʻtish uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy taʼlim tashkilotida anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan talablar xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabaga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ish faoliyatini masofaviy taʼlim bilan qoʻshib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan oʻtish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda taʼtil beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Masofaviy taʼlim shaklida oʻqiydigan talabalarga amaliyotlar oʻquv rejada belgilangan muddatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan talabaning ish joyida, talabaning ish joyi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (magistratura mutaxassisligiga) mos boʻlmagan yoxud ish bilan taʼminlanmagan holda taʼlim tashkiloti bilan kelishuvga erishgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻquv jarayonida barcha dars mashgʻulotlari, amaliyotlar va mustaqil ishlar hamda ular boʻyicha talabalarni baholash masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasida nazarda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dars mashgʻulotlari, talabalarning bilimini baholash va oʻquv jarayonini nazorat qilish masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv jarayonini amalga oshirish uchun masofadan turib dars mashgʻulotlari olib boradigan xorijiy pedagog kadrlar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Masofaviy taʼlimda bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari 1:50 nisbatda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Masofaviy taʼlim berishga moʻljallangan oʻquv reja va dasturlarda koʻrsatilgan fanlar va amaliyotlarni toʻliq oʻzlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga tegishli akademik daraja va belgilangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Masofaviy taʼlim sifati monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Taʼlim tashkilotlaridagi masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv jarayoni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan monitoring qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oʻquv jarayonini monitoring qilishni masofadan turib amalga oshirish maqsadida oliy taʼlim tashkilotining masofaviy taʼlimni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot — LMS platformasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Taʼlim muassasalari, pedagog xodimlar, taʼlim oluvchilar va boshqa axborotlar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasi axborot tizimiga integratsiya qilinishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻquv jarayonining monitoringi dars mashgʻulotlari va nazorat tadbirlarini kuzatish va tahlil qilish, soʻrovnoma oʻtkazish, fokus-guruhlar tashkil etish, intervyu olish, natijalarni baholash va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Monitoring natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklar oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining taqdimnomasi asosida bartaraf etilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oliy taʼlim tashkilotida masofaviy taʼlim boʻyicha oʻquv-metodik jarayonlarning tashkil etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/559/0884-son; 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)