03.10.2022 yildagi 560-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilarining qishki taʼtilini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning qishki taʼtil vaqtida oʻzlari doimiy ravishda istiqomat qilayotgan joylarga oʻz vaqtida va xavfsiz yetib borishlari va qaytishlarini tashkil etish, ularning qishki taʼtil vaqtini samarali va mazmunli oʻtkazishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtilini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) mavjud sharoitdan kelib chiqib, oʻquvchi va talabalarga taʼtil berish muddatini oʻzgartirish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 1-bandida belgilangan tartib nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tizimida oliy, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, idoralar va davlat ulushi mavjud xoʻjalik birlashmalari qishki taʼtilni tashkil etish yuzasidan zarur choralarni uyushqoqlik bilan amalga oshirsinlar hamda talaba va oʻquvchilarga ularning doimiy yashash joylariga borib kelishida har tomonlama yordam bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram kunlari va qishki taʼtil davrida talabalar turar joylarida qolayotgan talabalarning xavfsizligi va boʻsh vaqtini unumli oʻtkazishi, shuningdek, ovqatlanishi mazkur oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼtil davrida oliy, oʻrta maxsus, professional davlat taʼlim muassasalari va ular filiallarining pedagogika sohasidagi imkoniyatidan samarali foydalanish taʼminlanadi, oʻquvchilar va talabalar bilan ishlashning darsdan tashqari faol usullari, shuningdek, pedagog xodimlar malakasini oshirish, oliy taʼlim muassasasining sohasiga muvofiq turli maslahat yordamini berish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda talaba va oʻquvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda ularning hududlarga harakatlanish imkoniyatini oshirish maqsadida har yili qishki taʼtil kunlari ularning yashash joylariga borishlari va taʼlim muassasasiga oʻz vaqtida qaytib kelishlari uchun vaqtincha koʻpaytirilgan transport vositalari qatnovini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Uzbekistan airways” AJga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining qishki taʼtilni eʼlon qilish haqidagi buyrugʻi va buyurtmanomalari asosida qishki taʼtil boshlanishidan 10 kun avvaldan boshlab chiptaning toʻliq qiymatidan 50 foizli chegirma toʻlovi asosida respublika ichida harakatlanuvchi tezyurar va yoʻlovchi (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yoʻlovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) poyezdlariga hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma toʻlovi asosida sotuvini tashkil etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yildan boshlab qishki taʼtil davrida oʻquvchi va talabalarning yoʻnalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan muddatli imtiyozlar toʻplamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi. Bunda, imtiyozlar talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy muhofazalanishi zaruratidan kelib chiqib, tashuvchilar tomonidan joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishki taʼtil paytida harakatlanish grafigini muvofiqlashtirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi yoʻlovchi tashishni amalga oshiruvchi operatorlarning maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi uch oy muddatda Vazirlik bilan birgalikda oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalarini yoʻlovchi tashishni amalga oshiruvchi operatorlar maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish chorasini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 3-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
560-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/560/0885-son)