30.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1589-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 30.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1589-3
Kuchga kirish sanasi
01.10.2022
Hujjat 01.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1589-3]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2022-yil 22-avgustdagi 468-son “Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari, shuningdek Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 468-son “Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq 2022-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 30-sentabrdagi 19-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-iyundagi 15, 5-son “Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 253-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2011-yil 31-maydagi 23, 3-son “Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1589-1, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 278-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 30-dekabrdagi 7, 42-son “Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1589-2, 2015-yil 8-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 15-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 10/22/1589-3/0883-son)