O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
3. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi uch oy muddatda ayni paytda sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ekspertlarga ushbu qarorga muvofiq yangi shakldagi ekspert guvohnomalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin. Bunda ekspert tashkilotlarida asosiy ish joyi sifatida ishlayotgan ekspertlarga birinchi toifa, qolganlarga ikkinchi toifa ekspert guvohnomasi berilsin.
4. Adliya vazirligi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha uning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Adliya vazirligi ikki oy muddatda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK-2020) Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert kasbi belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i B.F. Islamov va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-sentabr,
550-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 550-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 271-son qarorida:
a) 1-ilovaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi”;
b) 2-ilovaning 11-bandi o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “va attestatsiyadan o‘tkazishning umumiy qoidalarini” so‘zlari “dasturlarini” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega bo‘lgan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda yetakchi ekspert sifatida attestatsiya sohasi ekspertiza obyektiga mos keladigan birinchi toifali ekspert tayinlanadi (agar mavjud bo‘lsa)”;
b) rus tilida qabul qilingan 8-ilova quyidagi mazmundagi 5-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
|
“ |
|||
|
Zaklyucheniye ekspertizi promishlennoy bezopasnosti po identifikatsii opasnix proizvodstvennix obyektov |
Bessrochno |
1. Izmeneniye svedeniy, otrajennix v zaklyuchenii ekspertizi promishlennoy bezopasnosti. 2. V sluchaye obraщeniya za litsenziyey na osuщestvleniye deyatelnosti, svyazannoy s ekspluatatsiyey opasnogo proizvodstvennogo obyekta. 3. V sluchaye izmeneniya trebovaniy zakonodatelstva po identifikatsii opasnix proizvodstvennix obyektov. | |
|
”. |
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/550/0874-son; 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)