28.09.2022 yildagi 540-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga muvofiq aholiga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini oson va qulay sharoitlarda ko‘rsatish, tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd etish, nikoh tuzish va nikohdan ajralganlik holatlarini qayd etishda ovoragarchiliklarning oldini olish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy holatlarni va undagi navbatlarni bartaraf etish hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini yanada takomillashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Davlat xizmatini ko‘rsatish ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
17. Agar FHDY organiga ushbu Reglamentning 12-bandida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi haqida ariza tushgan bo‘lsa, nikohni qayd etish boshqa muddatga qoldiriladi. Bunda arizachiga belgilangan muddatda zarur dalillarni taqdim etish tavsiya qilinadi. FHDY organi manfaatdor shaxsning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan zarur tekshiruv o‘tkazishi mumkin. Nikohni qayd etish vaqti keyinga surilganligi haqida arizachilar xabardor qilinadi. Nikohni qayd etishga to‘siq bo‘luvchi qonuniy holatlar mavjud bo‘lganda FHDY organi uni qayd etishni rad qiladi. Agar mazkur ma’lumotlar tasdiqlanmasa, u holda nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan holatlarni tekshirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
21. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlardan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi so‘rovnomani Markazlar orqali qabul qiladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish ushbu Reglamentning 4-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh FHDY organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab tugatiladi.
34. FHDY organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining Markaz orqali bergan so‘rovnomasiga (7-ilova) binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish ushbu Reglamentning 8-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Nikohni qayd etish _____ yil _________ oyining ___ kuniga tayinlandi.

____________________________________________________
(arizani qabul qilgan xodimning familiyasi va imzosi)

Nikoh qayd etildi d/yo ___________________________________ _________ yil ______________ oyi __________________ kuni ____________________________________________________

(FHDY organi nomi)
____________________________________________________
(d/yo.ni qayd qilgan xodimning familiyasi va imzosi)

Berilgan guvohnoma _____________________________________

(seriyasi, raqami)

Old tomoni

Nikoh tuzilganligini qayd etish haqida
SO‘ROVNOMA

I.

Kuyov

Kelin

1. Familiyasi
2. Ismi
3. Ota ismi
4. Tug‘ilgan vaqti va yoshi

____ yil “__” ________ “___” yoshga to‘lgan

______ yil “__” _________ “___” yoshga to‘lgan

5. Tug‘ilgan joyi (respublika, viloyat, tuman, shahar, qishloq)
6. Millati
7. Oilaviy ahvoli (nikohda bo‘lmagan, beva, ajrashgan)
8. Umumiy bolalari haqida ma’lumot
9. Yashash joyi (manzili to‘liq ko‘rsatilsin)

20__ yildan

20__ yildan

10. Nechanchi nikohi
11. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (seriyasi va raqami)
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasi bilan tanishtirildik.
Nikoh tuzishimizga monelik qiladigan holatlar yo‘q.
Nikoh tuzish tartibi va shartlari bilan tanishmiz.
Nikoh tuzishga monelik q?ladigan holatlarni yashirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirildik.
Nikoh qayd etilgandan so‘ng quyidagi familiyalarda bo‘lishni xohlaymiz:

_________________________
(er)

__________________________
(xotin)

Nikohga kiruvchilarning nikohgacha bo‘lgan familiyasi va imzolari:

Kuyov ______________________________
Kelin _____________________________

___________________________________________
___________________________________________

_______ yil “____” ______________

(ariza topshirilgan sana)

Kirish raqami _______________
Sana _______________________

Orqa tomoni

II. Ellik yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslarning Oila kodeksining 17-moddasiga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi haqidagi munosabati

Kuyov ______________________________

Kelin_________________________

(munosabati va imzosi)

(munosabati va imzosi)

Belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tib, uning natijalari bilan bir-birimizni tanishtirdik. Bir-birimizning sog‘lig‘imiz va oilaviy ahvolimiz to‘g‘risida ma’lumotga egamiz. Bizga kelajakda er-xotin va ota-ona sifatidagi huquq va burchlarimiz tushuntirildi. Nikoh tuzishga o‘zaro roziligimizni bildirib, uni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘raymiz.

Kuyov_______________________________
(nikohgacha familiyasi)
Kelin ______________________________
(nikohgacha familiyasi)

________________
(imzosi)
________________
(imzosi)

______ yil “___” __________

Agar nikohlanuvchilar nikohni joyiga chiqqan holda tantanali qayd etilishini xohlashsa, ulardan birining bu erga __________ imzosi qo‘yilsin.

_____________________________________________________ ga (FHDY organi nomi)

__________________________________________________________(ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismi)

__________________________________________________________(yashash manzili)

__________________________________________________________
(pasport seriyasi, raqami, qachon, kim tomonidan berilgan)

SO‘ROVNOMA

_______________________________ sudining mening erim (xotinim)____________________________________ ni

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

muomalaga layoqatsiz (bedarak yo‘qolgan) deb topish haqidagi ______ yil _________________ dagi ________________ qaroriga asosan nikohdan ajralishimizni qayd etishingizni so‘rayman.
Muomalaga layoqatsiz (bedarak yo‘qolgan) deb topilgan xotinimga (erimga)____________________________________
________________________________________________________________________________________da yashovchi

(yashash manzili to‘liq ko‘rsatilsin)

fuqaro _________________________________________________ vasiy (mol-mulk boshqaruvchisi) etib tayinlangan.

(familiya, ism va ota ismi)

Unga nikohdan ajralish istagimni xabar qilishingizni va rozilik bildirsa, nikohdan ajralishni qayd qilishingizni so‘rayman.
Nikohdan ajralgandan so‘ng, quyidagi familiyada bo‘lishni xohlayman:
Er (xotin): ____________________________________________
Ilova: _________________________________ sudining qonuniy kuchga kirgan qarori va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma.

__________
imzo

_______ yil “___” ______________
Nikohdan ajralishni qayd etish ________ yil _________________ oyi _________ kuniga tayinlandi.

____________________________________________________________________________________ (arizani qabul qilgan FHDY organi xodimining familiyasi va imzosi)

Nikohdan ajralganlik ________ yil ______________ oyi ______ kunida _________-son dalolatnoma yozuvi bilan qayd etildi va ____________________ guvohnoma berildi.

(seriya, raqami)

“1-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmalari va mustaqil bo‘limlari boshliqlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlariga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktoriga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktoriga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktoriga, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga; “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktoriga; Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi direktoriga; Intellektual mulk markazi direktoriga

2-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshliqlarining o‘rinbosarlariga, boshqarmalar bo‘limlari boshliqlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlariga; yuridik texnikumlar direktorlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga;

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining o‘rinbosariga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘rinbosarlariga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktori o‘rinbosariga; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” direktoriga; “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining o‘rinbosarlariga;

3-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bosh maslahatchilariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bo‘lim boshliqlariga; tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlariga; FHDY bo‘limlari va nikoh uylari mudirlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; yuridik texnikum direktorining o‘rinbosariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktorining o‘rinbosariga

1-darajali yurist

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchilariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari boshliqlariga; davlat xizmatlari markazlari direktorlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslari o‘rinbosarlariga; idoraviy notarial arxivlar mudirlariga; FHDY arxivlari mudirlariga

2-darajali yurist

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi katta maslahatchilariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya bo‘limlarining bosh maslahatchilariga, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bosh yuristkonsultlariga, davlat xizmatlari markazlari bo‘lim boshliqlari va bosh maslahatchilariga, davlat notarial idoralarining notariuslariga; FHDY organlarining 1-toifali inspektorlariga”;

164. O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolarining arizalari konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arizaga mazkur Qoidalarning 151-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim. Zarur hollarda konsul arizachining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni va o‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali talab qilib oladi.
a) 15-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
b) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 18-banddagi “ikki” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 25-quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a” va “b” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi yoki dalolatnoma yozuvini qayd etishni mazkur Reglamentning 9-bandiga asosan rad etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi hamda boshqa davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni ta’minlaydi;
“v” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi “Xalq banki tomonidan to‘langandan” degan so‘zlardan keyin “, shu jumladan arizachining bank plastik kartasiga yo‘llangandan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“yo” kichik bandi “Xalq banki” degan so‘zlardan keyin “ariza beruvchining xohishiga ko‘ra uning bank plastik kartasiga bir martalik nafaqa summasini yo‘naltiradi yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
birinchi va ikkinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin hamda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

1. Bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” axborot tizimiga kiritish hamda ushbu tizim orqali FHDY bo‘limiga yuborish;

Bola tug‘ilganidan so‘ng 1 kun mobaynida

2. FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik holatini qayd etish rad etilganda, kamchiliklarni bartaraf etib, so‘rovnomani qayta yuborish

Xabarnoma kelgandan so‘ng 1 ish soati davomida

2-bosqich

FHDY bo‘limi

1. Bola, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan tekshirib, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuborish

Ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida

2. Elektron tizim orqali kelgan ma’lumotlar qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda dalolatnoma yozuvini qayd etishni mazkur Reglamentning 9-bandiga asosan rad etish hamda tibbiyot muassasasiga rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan QR-kod qo‘yilgan xabarnomani yuborish

Ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng 1 ish soati mobaynida

3. So‘rovnoma qayta kelib tushgandan so‘ng, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuborish

4. Bolaga oid ma’lumotlarni kompleks tartibda boshqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi axborot tizimlariga yuborish

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga chop etib berish

Ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng darhol

4-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘lim

Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot almashinuvi tizimi orqali bolani otasi yoki onasi yoxud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish va natijasi bo‘yicha ota yoki onaga SMS xabar yuborish

1 ish kuni ichida

5-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimida so‘rovda ko‘rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish va natijasi bo‘yicha ota yoki onaga SMS xabar yuborish

Avtomatik ravishda

6-bosqich

Sog‘liqni saqlash vazirligi

“Elektron poliklinika” axborot almashinuvi tizimi orqali ona ro‘yxatda turgan poliklinikaga (ro‘yxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatga qo‘yilganligi haqida ota yoki onaga SMS xabar yuborish

1 ish kuni ichida

7-bosqich

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi

1. Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish va natijasi bo‘yicha ota yoki onaga SMS xabar yuborish.

Avtomatik ravishda

2. Har oyning boshida o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni Xalq banki filialining hisobvarag‘iga moliyalashtirish.

Har oyning 5 sanasiga qadar

3. FHDY bo‘limining elektron ma’lumotlariga asosan hududda tug‘ilganlik holati qayd qilingan bolalar soniga muvofiq doimiy ro‘yxatga qo‘yganlik uchun mablag‘larni belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobvarag‘iga moliyalashtirish

Joriy oydan keyingi oyning 5 sanasiga qadar

8-bosqich

Xalq banki

Bir martalik nafaqa to‘lovini olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining nafaqaga bo‘lgan huquqini Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlash hamda nafaqa to‘lovini amalga oshirish, to‘lov amalga oshirilganligi haqida ma’lumotni ota yoki onaga SMS xabar orqali yuborish.

Murojaat qilgan vaqtda

9-bosqich

FHDY bo‘limi

Ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib berish

Murojaat qilgan vaqtda