O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining
Qarori
“Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 21-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2821-2]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori hamda 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh, 55-son “Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2821, 2016-yil 23-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 34-son, 406-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq ta’limi vaziri B. SAIDOV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-avgust,
6-mh-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 23-avgust,
43-son
Maktabgacha ta’lim vaziri A. ShIN
Toshkent sh.,
2022-yil 25-avgust,
7-son
Kelishildi:
Sog‘liqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
2022-yil 18-avgust
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 6-mh-son, Moliya vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 43-son va Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Qarorda:
1) nomi va 1-banddagi “muassasalari” degan so‘zlar “tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddimadan “hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 117-son “Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
1) nomidagi, 1, 3 va 6-bandlardagi “muassasalari” degan so‘zlar “tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarda bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibini belgilaydi.”;
3) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassasalari” va “muassasaning” degan so‘zlar tegishli ravishda “tashkilotlari” va “tashkilotning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “muassasaning” degan so‘z “tashkilotning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 4-banddagi “muassasasiga” va “muassasasidan” degan so‘zlar tegishli ravishda “tashkilotiga” va “tashkilotidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 5-banddagi “muassasalarida” va “aqliy” degan so‘zlar tegishli ravishda “tashkilotlarida” va “psixik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 7-banddagi “muassasalari” va “muassasasiga” degan so‘zlar tegishli ravishda “tashkilotlari” va “tashkilotiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 8 va 11-bandlardagi “muassasasi” degan so‘zlar “tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasasidagi” va “muassasasiga” degan so‘zlar tegishli ravishda “tashkilotidagi” va “tashkilotiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlar tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali, pul o‘tkazish orqali), shuningdek va elektron to‘lov yo‘li bilan to‘lanadi.”;
10) 3-bobning nomidagi “muassasalarida” degan so‘z “tashkilotlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
11) 12-banddagi “muassasasida” degan so‘z “tashkilotida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
12) 13-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “muassasasiga” degan so‘z “tashkilotiga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muassasasiga” va “muassasasi” degan so‘zlar tegishli ravishda “tashkilotiga” va “tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “muassasasida” degan so‘z “tashkilotida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
13) 14-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “muassasasiga” degan so‘zlar “tashkilotiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muassasalarida” degan so‘z “tashkilotlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
14) 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-bob. Kam ta’minlangan oilalarning hamda boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlarini to‘lovlardan ozod qilish”;
15) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi. Bunda, birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek, o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan kvotadan qat’i nazar ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi.”;
16) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida shakllantiriladi:
a) kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali berilgan oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
b) boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari uchun (quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan biri taqdim etilishi mumkin):
boquvchisini yo‘qotgan ayol boquvchisining o‘lim haqidagi guvohnomasi;
boquvchisining bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori;
o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnoma;
davlat xizmatlari markazi orqali berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida o‘lim qayd etilganligi haqida ma’lumotnoma.
Bunda, mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotnoma maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.”.
17) 21-banddagi “To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati” va “muassasasi” degan so‘zlar tegishli ravishda “To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati” va “tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 23-banddagi “muassasasiga” va “19-bandiga” degan so‘zlar tegishli ravishda “tashkilotiga” va “19-bandining birinchi xatboshisiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 24-banddagi “To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati” degan so‘zlar “To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 25-banddagi “muassasalari” va “muassasalarning” degan so‘zlar tegishli ravishda “tashkilotlari” va “tashkilotlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 26-banddagi “Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari” degan so‘zlar “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22) ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
“Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan bolalarning rivojlanishidagi jismoniy yoki psixik nuqsonlar
RO‘YXATI
1. Nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi).
2. Eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik).
3. Ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlik (amovroz); tug‘ma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, to‘r pardaning rivojlanishidagi tug‘ma nuqsonlar; ko‘rish nervining atrofiyasi, ko‘rish nervi disk va makulasining og‘ir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada to‘liq yoki qisman xiralashish, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha), afakiya (ko‘z gavxari yo‘qligi, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha), ko‘z gavxari siljishi (joy o‘zgarishi); glaukoma (tug‘ma, ikkilamchi); to‘r pardaning ko‘chishi).
4. Tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; ko‘krak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar tserebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomiyelit asoratlari; to‘g‘ma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); to‘g‘ma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat).
5. Psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi).
6. Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va o‘rta darajadagi aqliy zaiflik).
7. Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son)