21.09.2022 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida va aholi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish orqali yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 10-iyunda oʻtkazilgan yigʻilishda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va aholi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda tegishli chora-tadbirlar belgilash boʻyicha topshiriq berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 28-29-iyul kunlari Toshkent shahrida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari ishtirokida mahalliy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tashkilotlarni jalb qilgan holda, sanoat yarmarkasi (keyingi oʻrinlarda — sanoat yarmarkasi) oʻtkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat yarmarkasi doirasida bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan mahalliy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan oʻtkazilgan muzokaralar asosida dastlabki kelishuvga erishilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarining elektron tizimida davlat buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi munosabatlarning erkinligini, shartnomalar tuzish shaffofligini hamda raqobat muhitini taʼminlovchi mexanizmlar tatbiq qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Energetika vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligining “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi hududida quyosh suv isitish uskunalari, quyosh fotoelektrik panellari, shamol, biogaz, gidroelektr qurilmalari va inshootlarini, elektr energiyasini saqlovchi akkumulatsiya tizimlari va boshqa yordamchi jihoz hamda uskunalarni ishlab chiqarishni klaster usulida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyosh suv isitish uskunalari va quyosh fotoelektrik panellarini ishlab chiqarishga moʻljallangan “Solar cluster” klasteri (keyingi oʻrinlarda — klaster) ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini klaster usulida ishlab chiqarishni tashkil etish doirasida “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalari Qashqadaryo viloyati hokimligi qarori bilan belgilangan boshlangʻich narxning 10 foizi miqdorida elektron onlayn-auksionga chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va yirik sanoat korxonalari tizimida muqobil energiya manbalarini joriy qilishda loyihalashtirish va tegishli qurilmalarni xarid qilishni davlat xaridlari elektron tizimining alohida sahifasida mahalliy korxonalar orasida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra ishlab chiqaruvchilarga oldindan toʻlov shartisiz “fyuchers” kontraktlari asosida ishlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi 2022-yil 1-noyabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi bilan birgalikda muqobil energetika qurilmalarini sinovdan oʻtkazishga moʻljallangan zamonaviy sinov laboratoriyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish uchun servis korxonalari faoliyatini ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Tarmoqlararo ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tashkil etgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bilan bogʻliq loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish, uskuna va qurilmalarni yetkazib berish hamda oʻrnatish bilan shugʻullanuvchi ishlab chiqaruvchilar va klaster ishtirokchilarning mahsulotlar ishlab chiqarish uchun texnologik imkoniyatlari, quvvatlari, tajribasi, malakali mutaxassislari va kafolatlangan texnik xizmat koʻrsatish tizimi mavjudligi hamda mahsulotlarning sifat talablariga javob berishi yuzasidan tegishli oʻrganishlar oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini oʻrganish natijalariga koʻra mahalliy ishlab chiqaruvchilar va Klaster ishtirokchilarining roʻyxatini shakllantirib, doimiy yangilab borishni tashkil qilsin hamda Moliya vazirligiga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markaziga hamda Tovar-xomashyo birjasiga joylashtirish uchun ushbu roʻyxatni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda davlat buyurtmachilari tomonidan bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bilan bogʻliq loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish, uskuna va qurilmalarni yetkazib berish hamda oʻrnatish bilan shugʻullanuvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni va klaster ishtirokchilarini aniqlash maqsadida davlat xaridlarining elektron tizimida “alohida sahifa” tashkil etsin va unga ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga asosan mahalliy tashkilotlar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “alohida sahifa” orqali mahalliy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va klaster ishtirokchilari tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish hamda davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalariga koʻra gʻolibni aniqlash imkoniyati yaratilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, davlat buyurtmachilari, istisno tariqasida, 2022-yil yakuniga qadar davlat xaridlari elektron tizimining “alohida sahifa”si orqali bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha davlat xaridlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda klaster ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalarni tuzish, eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat xaridlarining elektron tizimining “alohida sahifa”sida ishchi guruh tomonidan tavsiya etilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va klaster ishtirokchilari yetkazib beruvchi sifatida savdo qilishlariga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining birinchi rahbarlari bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bilan bogʻliq barcha ishlarni sifatli tashkil etish va mablagʻlardan oqilona foydalanish boʻyicha shaxsan masʼul ekanliklari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Energetika vazirligiga budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasiga jalb qilinayotgan grantlar va homiylik xayriyalari hisobini yuritish uchun tijorat bankida alohida hisobvaraq ochishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, jamgʻarmaning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar faqatgina aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini bepul oʻrnatish uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi mazkur qaror doirasida bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar sifatini nazoratga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
518-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 518-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“SOLAR CLUSTER” klaster ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyiha nomi

Loyiha tashabbuskori

Yillik quvvati

Loyiha qiymati

(mln doll.)

shundan:

Ish oʻrinlari

(birlik)

Amalga oshirish muddati

tashabbuskor mablagʻlari

bank kreditlari

Jami

38,7

11,6

27,1

500

1.

Quyosh panellarini ishlab chiqarish

“Sun-Nightech” MChJ

150 MVt

10,0

3,0

7,0

150

2022-2023-yillar (bosqichma-bosqich)

Quyosh suv isitkichlarini ishlab chiqarish

15 000 dona

3,0

0,9

2,1

50

2.

Quyosh panellarini ishlab chiqarish (1-bosqich)

“OFTOBNUR SOLAR CLUSTER” MChJ

110,0 MVt

5,7

1,7

4,0

100

2022 — 2024-yillar

3.

Quyosh panellari uchun invertorlarni ishlab chiqarish (2-bosqich)

30,0 MVt

2,0

0,6

1,4

25

2024-2025-yillar

4.

Quyosh panellarini ishlab chiqarish

“MIR SOLAR” MChJ

60,0 MVt

3,5

1,1

2,5

50

2022 — 2024-yillar (bosqichma-bosqich)

5.

Quyosh panellarini ishlab chiqarish

“Nukuselektroapparat” MChJ QK

150,0 MVt

10,5

3,2

7,4

95

2022 — 2024-yillar (bosqichma-bosqich)

6.

Quyosh panellarini uchun metallkonstruksiyalar ishlab chiqarish

“STANTOP ENERGY” MChJ

250 000 dona

4,0

1,2

2,8

30

2022-2023-yillar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 09/22/518/0839-son)