19.09.2022 yildagi O‘RQ-791-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 15-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 13-sentabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati doirasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu islohotlar doirasida pensiya tizimini takomillashtirishga, pensiyalar miqdorini muntazam oshirib borishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, fuqarolarning ovoragarchiligini bartaraf etish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, shuningdek qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida fuqaroning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davr uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanishi, pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanishi va to‘lanishi, uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtidagi qo‘shib hisoblanadigan ish staji davri ikki barobarga, ya’ni uch yildan olti yilga oshirilganligi pensiya tizimi islohotidagi muhim qadamlar bo‘ldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish hamda fuqarolarning pensiya miqdorlari mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga muvofiq izchil oshirib borilishini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng ko‘p miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda taklif etilayotgan yangi normalar pensionerlarning moddiy farovonligini yanada oshirishga va ijtimoiy adolat prinsiplarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda, № 11, 792-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 5, 464-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “o‘n” degan so‘z “o‘n ikki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 31-moddaning oltinchi qismidagi “o‘n” degan so‘z “o‘n ikki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 66-moddaning uchinchi qismidagi “Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasining 1 va 2-bandlari 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-791-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 03/22/791/0832-son)