08.09.2022 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining qarori, 08.09.2022 yildagi 25-son
Kuchga kirish sanasi
14.09.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga karantinli, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0034-22-son SanQvaN)ni tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 109]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi hududiga karantinli, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0034-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi hududini odamlar uchun xavfli bo‘lgan karantinli va boshqa yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari (0161-04-son SanQvaN) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Bosh direktori I. ERGAShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 27-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi A. MAVLONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 29-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi B. NORKOBILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vaziri I. MAXKAMOV

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 8-sentabrdagi 25-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga karantinli, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0034-22-son SanQvaN)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi hududiga karantinli, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi (profilaktik) talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasi — O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-karantin nazorati — o‘tkazish punktlarida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy bo‘linmalari tomonidan Davlat chegarasi orqali kelgan shaxslar, transport vositalari va tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazish punkti — xalqaro aloqalar uchun ochiq bo‘lgan chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil yo‘llari, daryo portlari, aeroportlar (aerodromlar)ning hududi (hududining bir qismi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urug‘lik, ekish materiali, hayvonot va o‘simliklarning boshqa mahsulotlarining chegara, bojxona va nazoratning boshqa turlari amalga oshiriladigan hamda o‘tkaziladigan maxsus jihozlangan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-karantin punktlari — Davlat chegaralarini quruqlikda (avtomobil va temir yo‘llari), havo va suv yo‘llari orqali kesib o‘tish joylaridagi chegara-bojxona majmualarida tashkil etiladigan ixtisoslashgan profilaktik muassasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur sanitariya qoidalari davlat organlari hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan quyidagi holatlarda tatbiq etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyida ko‘rsatilgan insonlar uchun karantinli, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar aniqlanganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chin chechak (V 03);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi turdagi poliovirus keltirib chiqaradigan poliomiyelit (A 80.1, A 80.2);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi turdagi gripp virusi keltirib chiqaradigan odam grippi (J 10; J 11);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
og‘ir o‘tkir respirator sindromi (atipik pnevmoniya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vabo (A 00: A 00.0, A 00.1, A 00.9);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lat (A 20: A 20.0, A 20.1, A 20.2, A 20.3, A 20.7, A 20.8, A 20.9);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sariq isitma (A 95: A 95.0, A 95.1, A 95.9);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontagiozli virusli gemorragik isitmalar (lassa (A 96.2), marburg (A 98.3), ebola (A 98.4) virusli gemorragik isitmalari, g‘arbiy nil isitmasi (A 92.3), qrim-kongo gemorragik isitmasi (A 98.0), denge isitmasi (A 90, A 91), rift-valli isitmasi (A 92.4);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bezgak (V 50, V 51, V 52, V 53.0).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi hududiga insonlar uchun karantinli, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar mavjud bo‘lgan transport vositalari, tovarlar va yuklarning kirishi bilan bog‘liq holatlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. O‘tkazish punktlariga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘tkazish punktlarida sanitariya talablariga javob beradigan ichimlik suvi, ovqatlanish obyektlari hamda jamoat hojatxonalari bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘tkazish punktlarida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining (bundan buyon matnda Sanitariya-epidemiologiya xizmati deb yuritiladi) tuman (shahar) bo‘limlari yoki uning tarkibidagi sanitariya-karantin punktlari (bundan buyon matnda sanitariya-karantin punktlari deb yuritiladi) tomonidan rejali profilaktik yoki epidemik ko‘rsatmalarga asoslangan holda, dezinfeksiya, dezinseksiya hamda deratizatsiya tadbirlari o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘tkazish punktida sanitariya-karantin punktlari tomonidan aholi uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish, shuningdek inson uchun xavf tug‘diruvchi tovarlar, kimyoviy, biologik va radioaktiv moddalar hamda yuklar olib kirilishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-karantin nazorati o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sanitariya-karantin punktlarida navbatchi mutaxassis xonasi, izolyator xonasi, maishiy xona, dezinfeksiyalovchi moddalar va uskunalarni saqlash xonasi hamda sanitariya to‘xtash joyi yoki maydonchasi bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sanitariya-karantin punktlari xodimlari yuqumli kasallikka gumon qilingan bemorlarni tekshirishda yoki epidemiyaga qarshi birlamchi chora-tadbirlar o‘tkazishda kombinizon, rezina etik, tibbiy qalpoq (kapyushon), tibbiy niqob, rezina qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi kabilarda bo‘lishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. O‘zbekiston Respublikasi hududiga karantinli, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda, transport vositalari, tovarlar yoki yuklarda mazkur sanitariya qoidalarida ko‘zda tutilgan tegishli kasallik belgilarining mavjudligi yuqumli kasallikka gumon qilish va epidemiyaga qarshi birlamchi chora-tadbirlar o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda tana haroratining ko‘tarilishi, toshmalar toshishi, qaltirash, bosh og‘rig‘i, holsizlik, bel, ba’zida qorin sohasida qattiq og‘riq va qusish kabi kasallik belgilarining kuzatilishi chin chechak kasalligiga gumon qilish uchun asos bo‘ladi. Bunda, sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan ushbu kasallikning yashirin davri o‘rtacha o‘n to‘rt kunni tashkil etishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i, qusish, bo‘yin muskullarining tirishishi, qo‘l va oyoqlarning quyi qismlarida og‘riq kabi kasallik belgilarining kuzatilishi yovvoyi turdagi poliovirus keltirib chiqaradigan poliomiyelit kasalligiga gumon qilish uchun asos bo‘ladi. Bunda, sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan ushbu kasallikning yashirin davri o‘rtacha yigirma bir kunni tashkil etishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda haroratning birdan ko‘tarilishi, bosh va mushaklarning og‘rishi, kuchli holsizlik, tomoq og‘rig‘i, rinit alomatlari, quruq yo‘tal, kon’yunktiva va shilliq qavatlarning qizarishi kabi kasallik belgilarining kuzatilishi yangi turdagi gripp virusi keltirib chiqaradigan gripp kasalligiga gumon qilish uchun asos bo‘ladi. Bunda, sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan ushbu kasallikning yashirin davri o‘rtacha yetti kunni tashkil etishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, nafas olishining qisqa (yuzaki) bo‘lishi va qiyinlashuvi kabi kasallik belgilarining kuzatilishi og‘ir o‘tkir respirator sindromi kasalligiga gumon qilish uchun asos bo‘ladi. Bunda, sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan ushbu kasallikning yashirin davri o‘rtacha o‘n kunni tashkil etishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda quyidagi kasallik belgilarining kuzatilishi o‘lat kasalligiga gumon qilish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkir respirator sindromlar (kasallikning yo‘tal bilan o‘tkir, to‘satdan boshlanishi, o‘pka yetishmovchiligi, tana haroratining ko‘tarilishi (3800S va undan yuqori) bilan kechadigan isitma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limfadenit sindromlari (regional limfa tugunlarining kattalashuvi (tugunlar kuchli og‘riqli, qizargan, konsistensiyasi qattiqlashgan va harakatsiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan ushbu kasallikning yashirin davri o‘rtacha olti kunni tashkil etishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda o‘lat kasalligining o‘pka yetishmovchiligi turi aniqlanganda, ushbu shaxslar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlar haqidagi tezkor ma’lumot tibbiy-sanitariya nazoratini o‘tkazgan sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan darhol Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparatiga va hududiy bo‘linmalariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘tkazish punkti orqali olib o‘tilayotgan transport vositalari quyidagi hollarda o‘lat kasalligi bilan zararlanmagan deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalari o‘lat kasalligi bo‘yicha noxush mamlakatlardan kelgan bo‘lsa-da, ular yo‘lga chiqqan sanada, keyingi olti kun davomida hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan vaqtida haydovchilar va yo‘lovchilar orasida o‘lat kasalligi aniqlanmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasida o‘lgan kemiruvchilar va ularning ektoparazitlari aniqlanmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan sanitariya nazorati o‘tkazilayotgan vaqtda transport vositalarida o‘lgan kemiruvchilar aniqlansa, ular yig‘ilib, maxsus konteynerlarga joylashtirilgan holda laboratoriya tahlillari o‘tkazilishi uchun Respublika o‘lat profilaktika markaziga, uning filiallariga yoki filiallar bo‘linmalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda o‘tkir diareya sindromlari, o‘tkir diareya belgilarining (qusish, ich ketish) kuchli namoyon bo‘lishi, organizmning suvsizlanishi kabi belgilarning kuzatilishi vabo kasalligiga gumon qilish uchun asos bo‘ladi. Bunda, sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan ushbu kasallikning yashirin davri o‘rtacha besh kunni tashkil etishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘tkazish punktidan o‘tayotgan transport vositasida vabo kasalligi belgilari aniqlansa, undagi suv, oziq-ovqat mahsulotlari (yuklardan tashqari), najas, oqava suvlar kabi zararlangan deb hisoblangan barcha tashqi muhit obyektlari va maishiy chiqindilar zararsizlantirilishi va utilizatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, vabo kasalligi belgilari aniqlangan daryo kemasidagi suv hamda baliq mahsulotlari saqlanadigan idishlar, oziq-ovqatlarni saqlash va qayta ishlashda foydalaniladigan jihozlar dezinfeksiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda quyidagi kasallik belgilarining kuzatilishi sariq isitma kasalligiga gumon qilish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh og‘rig‘i, ensa sohasida va orqa mushaklardagi og‘riq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘ngil aynishi va aksariyat hollarda qon aralash qusish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuz, bo‘yin, ko‘krakning yuqori qismlari terisining qizarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon’yunktiva va shilliq qavatlarning qizarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasallikning 3 va 4 kuni tana haroratining birdaniga ko‘tarilishi (39 °S gacha va undan yuqori);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘z shox pardasining sarg‘ayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milk va burunlardan qon ketishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda quyidagi kasallik belgilarining kuzatilishi kontagiozli virusli gemorragik isitmalar kasalligiga gumon qilish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkir isitma bilan boshlanib, uch haftadan kam davom etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gemorragik toshma yoki gemorragik purpura;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy intoksikatsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balg‘am va najasda qon bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa gemorragik simptomlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan ushbu kasallikning yashirin davri o‘rtacha olti kunni tashkil etishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda quyidagi kasallik belgilarining kuzatilishi chivinlar orqali yuqadigan bezgak va boshqa yuqumli kasalliklarga gumon qilish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bezgak kasalligiga gumon qilinishiga asos bo‘ladigan isitmali sindromlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez ko‘tariladigan isitma xuruji, qaltirash, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq, ularning 5 — 7 soat davom etishi va har kuni yoki kunora (uch kunlik bezgak) yoki har ikki kundan keyin (to‘rt kunlik bezgak) qaytalanib turishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘satdan isitmalash, og‘ir intoksikatsiya, bosh og‘rig‘i, alahsirash, qaltirash, kollaps yoki teri osti gemorragiyasi, o‘pka, oshqozon-ichakdan qon ketishi bilan kechishi (tropik bezgak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorni bezgak kasalligi tarqalgan hududdan kelganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslar bezgak va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan deb gumon qilingan hollarda mazkur sanitariya qoidalarining 25-bandida qayd etilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Zararlangan hududlardan kelgan barcha transport vositalarida chivinning (Aedes aegypti, Aedes-A.Leucocelaceus, Aedes-A.affricanus, Aedes-A.Simpsoni va boshqa turlari) borligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, ushbu transport vositalarida dezinseksiya tadbirlari o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan bezgak kasalligi tarqalgan hududlarda bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelgan yoki o‘sha hududlardan qaytgan transport vositalari bezgak kasalligi qo‘zg‘atuvchisini tashuvchi chivinlar (anofeles) mavjudligiga tekshirilishi, agarda chivinlar aniqlansa, ularning sonidan va turidan qat’i nazar dezinseksiya o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘tkazish punktidan o‘tayotgan yo‘lovchilar oqimida mazkur sanitariya qoidalarining 2-bandida nazarda tutilgan kasalliklar belgilari aniqlanganda quyidagi chora-tadbirlar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomda nazarda tutilgan choralar ko‘riladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-karantin punkti xodimlari kasallikka gumon qilingan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan, zararlanish xavfi kam deb hisoblangan qolgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari haqida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy bo‘linmalariga, hududiy bo‘linmalar esa hududiy davolash-profilaktika muassasalariga xabar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy bo‘linmalari hamda hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan zararlanish xavfi kam deb hisoblangan qolgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari kasalliklarning yashirin davri muddatlarini inobatga olgan holda (kasallik aniqlangan kundan boshlab) tibbiy kuzatuvga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Chegara-bojxona punktidan (posti) o‘tayotgan transport vositalari va yo‘lovchilar oqimida ushbu sanitariya qoidalarida ko‘rsatilmagan boshqa kasallik belgilari bo‘lgan shaxslar aniqlansa, ushbu kasallik shaxslarning hayotiga xavf tug‘dirish xususiyatiga ega, transport vositasida birga kelgan yo‘lovchilarga va boshqa shaxslarga yuqishi mumkin yoki xalqaro ahamiyatga ega kasallik bo‘lsa, bu haqda sanitariya-karantin punktlari xodimlari tomonidan Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy bo‘linmalariga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan darhol kasallik o‘chog‘ini bartaraf etish bo‘yicha epidemiyaga qarshi va profilaktik tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar ro‘yxati ilovada keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga karantinli, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari va normalariga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ishlab chiquvchilar ro‘yxati:

Saidaliyev S.S.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Respublika o‘lat profilaktika markazi direktori, t.f.n.;

Mirzabayev D.S.

Respublika o‘lat profilaktika markazi direktorining epidemiologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, t.f.n.;

Qurbonbekov F.B.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi boshlig‘i, oliy toifali epidemiolog;

Turdiyeva L.R.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Standartlash va metrologiya bo‘limi boshlig‘i;

Taqrizchilar:

Atabekov N.S.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, t.f.d.;

Iskandarova G.T.

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Epidemiologiya” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor.