14.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1024-10
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori, 14.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1024-10
Kuchga kirish sanasi
14.09.2022
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2001-yil 26-martdagi 4-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024, 2001-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son).
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2003-yil 14-fevraldagi 1-son “Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1024-1, 2003-yil 10-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son).