08.09.2022 yildagi PF-216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.09.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyatning turli sohalari isloh qilinib, ular doirasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, biznes muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya va modernizatsiya qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bugungi kunda jahondagi tez oʻzgaruvchan siyosiy-iqtisodiy vaziyat milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va inson kapitalini yuksaltirish boʻyicha yangi yoʻnalishlarda taʼsirchan islohotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishni samarali tashkil etish, islohotlarning uzviyligini taʼminlash orqali ularni amalga oshirishda yagona yondashuvlarni shakllantirish va joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning samaradorligini baholash, rasmiyatchilik, sansalorlik va korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratuvchi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturlarining ijrosini monitoring qilish asosida ularning toʻlaqonli va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, chet el tashkilotlari va xorijiy mutaxassislarni hamda begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish ishlarini tizimli tashkil etish, ular boʻyicha axborot va hisobotlarning maʼlumotlar bazasini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish, jumladan hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish, boshqaruv organlari tarkibiga mustaqil aʼzolarni kiritish va sohaga oid boʻlmagan aktivlardan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini monitoring qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash Agentlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini, samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini, uning faoliyati bilan bogʻliq boshqa qarorlarni, shuningdek, Agentlik tomonidan oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar, “yoʻl xarita”lari va dasturlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislari Kengash raisi yoki uning topshirigʻiga muvofiq rais oʻrinbosari boshchiligida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab soha va tarmoqlarda islohotlarni amalga oshirish, ularni muvofiqlashtirish hamda natijadorligini baholash tartibi joriy etilsin va unga koʻra Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-oktabrga qadar keyingi yil uchun isloh qilinadigan tegishli soha va tarmoqlar boʻyicha ish rejani tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralarning vakillarini (asosiy ish joyidagi ish haqi saqlangan holda) jalb etgan holda Agentlik xodimi rahbarligida loyiha guruhlarini (ofislarini) shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha guruhlari (ofislari) tomonidan joriy holatning chuqur tahlil qilinishi, baholanishi va takliflar ishlab chiqilishi boʻyicha texnik topshiriqni shakllantiradi va konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda tegishli soha va tarmoqlarni isloh qilish boʻyicha “yoʻl xarita”larini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xarita”laridagi konseptual masalalar boʻyicha qaror qabul qilish uchun Kengash majlisini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha va tarmoqlarni isloh qilish boʻyicha “yoʻl xarita”lari, jumladan ularda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi yoki uning ishlab chiqilishi va kelishilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini doimiy monitoring qiladi, ularni amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, bartaraf etish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tegishli vazirlik va idoralar tomonidan islohotlarning amalga oshirilishini baholash boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-noyabrga qadar Agentlikning tegishli soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholash boʻyicha ish rejasini tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda har bir soha va tarmoq boʻyicha ekspertlar guruhlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholab boradi va erishilgan natijalar, kamchilik, muammolar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni koʻrsatgan holda baholash yakunlari toʻgʻrisida Kengashga axborot kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarni amalga oshirish holati boʻyicha vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotini Kengashda koʻrib chiqish uchun uning majlisini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha va tarmoqlarni isloh qilish boʻyicha “yoʻl xarita”larini ishlab chiqish, amalga oshirish hamda ushbu jarayonlarni baholash uchun konsultantlar Agentlik tomonidan yoki u bilan kelishilgan holda jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vazirlik va idoralar loyiha guruhlari (ofislari) va konsalting tashkilotlari faoliyat koʻrsatishi uchun begʻaraz ravishda yetarli sharoitlarni (bino, xona, texnika vositalari va boshqalar) yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha va tarmoqlarni isloh qilish boʻyicha “yoʻl xarita”larini amalga oshirish bevosita masʼul vazirlik va idora tomonidan amalga oshiriladi va ularning birinchi rahbarlari mazkur masalalar yuzasidan javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vazirlik va idoralar soha va tarmoqlarni isloh qilish hamda davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida keyinchalik Kengashga kiritish uchun Agentlikka har oyda maʼlumot taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi har chorakda Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturlarining ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotni Agentlikka kiritib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soha va tarmoqlarni isloh qilish jarayonlariga xalqaro moliya institutlari, chet el tashkilotlari va xorijiy mutaxassislarni hamda begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlar missiyalari tomonidan islohotlar dasturlari, jumladan mamlakatni kompleks baholash Agentlik bilan hamkorlikda oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) har bir vazirlik va idora xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va ekspertlarning rasmiy xulosa va hisobotlarini ular taqdim etilgan kundan keyin bir hafta muddatda Agentlikka taqdim etadi. Bunda, mazkur Farmon qabul qilingunga qadar tayyorlangan hisobot va xulosalar 2022-yil 1-noyabrga qadar Agentlikka taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) har chorak yakuniga koʻra Kengash majlisi oʻtkaziladi va unda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni strategik rivojlantirishning joriy va istiqboldagi rejalari va ularni amalga oshirish boʻyicha takliflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq manzilli chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda ochiq muloqotlar doirasida aholining bildirgan fikr va mulohazalari asosida hududdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy holat, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish boʻyicha choralar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tegishli sohalarda kompleks islohotlarni chuqurlashtirish va liberallashtirish borasidagi strategik masalalar yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining maqsadga muvofiqligi Kengash majlislarida koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan maqsadga muvofiq deb topilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi, bunda mazkur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini boshqa idoralar bilan kelishish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik bosh direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik bosh direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisiga tenglashtiriladi, bosh direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari esa tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlari Agentlik bosh direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Agentlikka oʻtkazilsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta nomlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasarruf etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilab qoʻyilsinki Davlat budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari, Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, Agentlik oʻz vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlar yoʻnalishlari boʻyicha loyiha guruhlarini (ofislarini) tashkil etish, konsalting tashkilotlarini jalb etish hamda malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislarni shartnoma asosida tadqiqot va tahlil olib borish ishlariga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik boʻyicha va boshqa shartnomalarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining elektron axborot tizimlaridan bepul foydalanish hamda ushbu tizimlarni Agentlikning elektron tizimlariga integratsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlikni joylashtirish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni, xarajatlar smetasini, Agentlik xodimlarining mehnatga haq toʻlash shartlarini, shuningdek, Agentlik hamda u tomonidan tashkil etiladigan loyiha ofislari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbar xodimlari, mutaxassislari va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3976-son qaroriga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-216-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi PF-216-son Farmoniga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Kengash raisi

2.

S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

S. Chakrabarti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlantirish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi

4.

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

5.

B.M. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari

6.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri

7.

J.A. Xodjayev

Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

8.

R.K. Davletov

Adliya vaziri

9.

E.T. Aripov

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori

10.

Lavozimiga koʻra

Strategik islohotlar agentligining bosh direktori, Kengash masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi PF-216-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Kengash

Yordamchi

Bosh direktor

Xalqaro konsultantlar

Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari

Bosh direktor oʻrinbosari

Bosh direktor oʻrinbosari

Strategik tashabbuslarni ilgari surish boshqarmasi

5

Davlat dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi

6

Xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi

5

Yuridik boʻlim

3

Raqamli texnologiyalar boʻlimi

2

Soha va tarmoqlarda islohotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi

5

Islohotlarni baholash va tizimli muammolarni aniqlash boshqarmasi

7

Xalqaro, tarmoq va hududiy reytinglar bilan ishlash boʻlimi

2

Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi

2

Davlat boshqaruvini takomillashtirish boshqarmasi

5

Yoʻnalishlar boʻyicha loyiha ofislari

Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Yoʻnalishlar boʻyicha loyiha ofislari

Matbuot kotibi

1

Birinchi boʻlim

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 50 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik bosh direktori Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yordamchi xodimlarning soni davlat boshqaruvi organlari uchun belgilangan tartibga asosan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik boshqarma boshligʻi, boʻlim boshligʻi, bosh mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shuʼba mudiri, bosh konsultanti, yetakchi konsultanti va referentiga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari oʻrinbosarlarining lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlari tegishli rahbar stavkasidan 5 foizgacha kam miqdorda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 06/22/216/0809-son; 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son; 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)