O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Strategik islohotlarni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyatning turli sohalari isloh qilinib, ular doirasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, biznes muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya va modernizatsiya qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda jahondagi tez o‘zgaruvchan siyosiy-iqtisodiy vaziyat milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va inson kapitalini yuksaltirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlarda ta’sirchan islohotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishni samarali tashkil etish, islohotlarning uzviyligini ta’minlash orqali ularni amalga oshirishda yagona yondashuvlarni shakllantirish va joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakatda strategik rejalashtirish tizimini muvofiqlashtirish, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini tartibga solish;
ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarda yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) o‘rganishni tashkil qilish, mamlakatimizdagi ishlarning joriy holatini tahlil qilgan holda ularni O‘zbekiston sharoitida implementatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, mazkur masalalar bo‘yicha forumlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazib borish;
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarda ochiq muloqotlar doirasida aholining, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining bildirgan fikr va mulohazalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish choralari yuzasidan taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun malakali xorijiy konsultant va ekspertlarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarini hamda konsalting kompaniyalarini jalb etish jarayonini muvofiqlashtirish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori maqomi, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktorining o‘rinbosarlari maqomi, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘basi mudiriga tenglashtiriladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik boshqaruv xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bilan kelishilgan holda, Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(9-bandning to‘rtiinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlari va ish haqi miqdorlari tatbiq etiladi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Agentlikka o‘tkazilsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) etib qayta nomlansin.
Belgilansinki:
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasarruf etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi tomonidan belgilanadi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
11. Belgilab qo‘yilsinki Davlat budjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari, Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
12. Belgilansinki, Agentlik o‘z vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlardan foydalanadi:
islohotlar yo‘nalishlari bo‘yicha loyiha guruhlarini (ofislarini) tashkil etish, konsalting tashkilotlarini jalb etish hamda malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida to‘lash;
davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislarni shartnoma asosida tadqiqot va tahlil olib borish ishlariga jalb qilish;
xalqaro moliya institutlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik bo‘yicha va boshqa shartnomalarni tuzish;
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish;
davlat organlari va tashkilotlarining elektron axborot tizimlaridan bepul foydalanish hamda ushbu tizimlarni Agentlikning elektron tizimlariga integratsiya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Agentlik Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43-uydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining binosida joylashtirilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
14. Agentlik:
bir oy muddatda Agentlik to‘g‘risidagi nizomni, xarajatlar smetasini, Agentlik xodimlarining mehnatga haq to‘lash shartlarini, shuningdek, Agentlik hamda u tomonidan tashkil etiladigan loyiha ofislari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga tasdiqlash uchun kiritsin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbar xodimlari, mutaxassislari va xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish va mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3976-son qaroriga 3-ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
*3-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi A.Yu. Magrupov zimmasiga yuklansin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-sentabr,
PF-216-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi PF-216-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining
TUZILMASI
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kengash |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor o‘rinbosari 2 |
Xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar bilan hamkorlik qilish guruhi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilg‘or xorijiy tajriba va reytinglarni o‘rganish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi 4 |
Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash va monitoring qilish guruhi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xalqaro va xorijiy tashkilot va institutlar bilan hamkorlik qilish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Loyiha boshqaruvi guruhlari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Izoh:
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 20 nafar.
2. Agentlik direktori Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
3. Yordamchi xodimlarning soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi uchun belgilangan tartibga asosan aniqlanadi.
4. Guruh rahbari va bosh inspektor tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori va yetakchi inspektoriga tenglashtiriladi.
5. Agentlik direktori o‘rinbosarlarining lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlari Agentlik direktori stavkasidan 5 foizgacha kam miqdorda belgilanadi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 06/22/216/0809-son; 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son; 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)