06.09.2022 yildagi 501-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.09.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlarini litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish, mazkur jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tizimini anʼanaviy shakldan elektron shaklga oʻtkazish orqali qulaylik yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma pasportini tasdiqlash orqali ruxsatnoma olishning aniq tartibi, shu jumladan, taqdim etiluvchi hujjatlar, toʻlanadigan yigʻim miqdori, arizani koʻrib chiqish muddati, ruxsat etishga oid aniq talab va shartlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 6-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
501-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-banddagi “haqidagi maʼlumotlarni” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogi toʻgʻrisidagi nizomda” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Arxivlarga ularning asosiy jamlash manbalari boʻlgan tashkilotlar hamda nodavlat arxivlari tomonidan “Oʻzarxiv” agentligining axborot tizimi orqali oʻzlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har ikki yilda bir marotaba 1-yanvar holati boʻyicha 5-yanvardan kechiktirmay taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9 va 13-bandlardagi “bosh” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“16. Arxiv fondlarini Davlat katalogidan chiqarish “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan, arxiv ishi hududiy boshqarmasining ekspert-tekshiruv komissiyasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivining ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasining arxiv fondlarini davlat katalogidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlariga muvofiq, mazkur qarorlar “Oʻzarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi tomonidan maʼqullangandan soʻng amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-banddagi “hamda ularni olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma berish tartibini, shuningdek hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun maxsus yigʻimning miqdorini va uni toʻlash tartibini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Arxiv hujjatlarini vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma berish, ruxsatnoma berishni rad etish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish va bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizom bilan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-banddagi ““Oʻzarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi (METK) huzurida” soʻzlari ““Oʻzarxiv” agentligi huzurida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻn ish kunidan” soʻzlari “oʻn ikki ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“EGning xulosasi asosida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan uch ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilinadi va arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma tayyorlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V va VI boblar, 36 va 37-bandlar, shuningdek, nizomga 1, 1a va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning beshinchi xatboshidagi “32” raqami “33” raqami bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 33-ilova qoʻshilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
33-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs va yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Ariza. Unda quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun-nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JShShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

olib chiqish maqsadi;

olib chiqiladigan hujjatlar soni (saqlov birligi);

olib chiqilayotgan davlat nomi.

2. Sugʻurta tavakkalchiliklarining barcha holatlari taʼminlangan holda vaqtincha olib chiqilayotgan arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini mulkiy sugʻurtalash shartnomasining sugʻurta polisi.

3. Arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish yoki bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazish shaklini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlganda).

4. Davlat muzeylari, arxivlari, kutubxonalari, davlatning boshqa saqlash joylari hamda boshqa yuridik shaxslar tomonidan qoʻshimcha ravishda arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini vaqtincha olib chiqish maqsadlari, muddatlari va shartlari toʻgʻrisida qabul qiluvchi tomon bilan tuzilgan shartnoma.

5. Qabul qiluvchi tomon rasmiy organlarining vaqtincha olib chiqilayotgan arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining but saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishi xususidagi yozma kafolatlari.

6. Arxiv hujjatlarining roʻyxati, shuningdek, arxiv hujjatlarining oʻzi yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalari (yetkazib beriladi).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari tartibga keltirilgan boʻlishi*;

b) vaqtincha olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlarining mulkdori aniqligi, arxiv hujjatlariga mulkdorlik huquqi toʻgʻrisida nizolar mavjud emasligi;

v) arxiv hujjatlarining qaytib olib kelinishiga shubha tugʻdiradigan holatlar va dalillarning mavjud boʻlmasligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma — 3 oy.

12.

Izoh:

1. Olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “Oʻzarxiv” agentligining vakolatli ekspertlari tomonidan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkaziladi va ularning xulosasiga koʻra ruxsatnoma beriladi.

2. Arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilgan oʻrami qaytarilayotganda, mazkur oʻram “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining ekspert guruhi aʼzolari ishtirokida ochiladi hamda arxiv hujjatlarining tarkibi va miqdori, shuningdek, ular olib chiqilayotgan yoki vaqtincha olib chiqilayotgan vaqtdagi holatiga nisbatan sifati xususiyatlarining mos kelishi yuzasidan qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan oʻtkaziladi.

3. Ruxsatnoma rasmiylashtirilgach, arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilishiga ruxsat etilgan roʻyxatning har bir varagʻi orqasiga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi.

Roʻyxatning birinchi jamlanmasi “Oʻzarxiv” agentligida saqlanadi, ikkinchisi ruxsatnoma bilan bir�alikda bojxona organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchiga topshiriladi.

4. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini (yoki ishonchsizligini) aniqlash “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Taqdim etilgan hujjatlarning yoki maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallarni talab qilish, agar qonunchilik hujjatlarida bunday talab belgilanmagan boʻlsa, taqiqlanadi.

5. Arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkazilayotganda, ularni vaqtincha olib chiqish mumkinligi yoxud mumkin emasligidan qatʼiy nazar, ariza beruvchidan maxsus yigʻim toʻliq miqdorda undiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)