06.09.2022 yildagi 501-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlarini litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish, mazkur jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tizimini an’anaviy shakldan elektron shaklga o‘tkazish orqali qulaylik yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma pasportini tasdiqlash orqali ruxsatnoma olishning aniq tartibi, shu jumladan, taqdim etiluvchi hujjatlar, to‘lanadigan yig‘im miqdori, arizani ko‘rib chiqish muddati, ruxsat etishga oid aniq talab va shartlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 6-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
501-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-banddagi “haqidagi ma’lumotlarni” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogi to‘g‘risidagi nizomda” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Arxivlarga ularning asosiy jamlash manbalari bo‘lgan tashkilotlar hamda nodavlat arxivlari tomonidan “O‘zarxiv” agentligining axborot tizimi orqali o‘zlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har ikki yilda bir marotaba 1-yanvar holati bo‘yicha 5-yanvardan kechiktirmay taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9 va 13-bandlardagi “bosh” so‘zi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“16. Arxiv fondlarini Davlat katalogidan chiqarish “O‘zarxiv” agentligi tomonidan, arxiv ishi hududiy boshqarmasining ekspert-tekshiruv komissiyasi yoki O‘zbekiston milliy arxivining ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasining arxiv fondlarini davlat katalogidan chiqarish to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq, mazkur qarorlar “O‘zarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi tomonidan ma’qullangandan so‘ng amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-banddagi “hamda ularni olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma berish tartibini, shuningdek hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun maxsus yig‘imning miqdorini va uni to‘lash tartibini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Arxiv hujjatlarini vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma berish, ruxsatnoma berishni rad etish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish va bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizom bilan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-banddagi ““O‘zarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi (METK) huzurida” so‘zlari ““O‘zarxiv” agentligi huzurida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“o‘n ish kunidan” so‘zlari “o‘n ikki ish kunidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“EGning xulosasi asosida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan uch ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilinadi va arxiv hujjatlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma tayyorlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V va VI boblar, 36 va 37-bandlar, shuningdek, nizomga 1, 1a va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizom quyidagi mazmundagi 45-ilova bilan to‘ldirilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga
45-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxs va yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Ariza. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun-nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JShShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

olib chiqish maqsadi;

olib chiqiladigan hujjatlar soni (saqlov birligi);

olib chiqilayotgan davlat nomi.

2. Sug‘urta tavakkalchiliklarining barcha holatlari ta’minlangan holda vaqtincha olib chiqilayotgan arxiv hujjatlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini mulkiy sug‘urtalash shartnomasining sug‘urta polisi.

3. Arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish yoki bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish shaklini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lganda).

4. Davlat muzeylari, arxivlari, kutubxonalari, davlatning boshqa saqlash joylari hamda boshqa yuridik shaxslar tomonidan qo‘shimcha ravishda arxiv hujjatlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini vaqtincha olib chiqish maqsadlari, muddatlari va shartlari to‘g‘risida qabul qiluvchi tomon bilan tuzilgan shartnoma.

5. Qabul qiluvchi tomon rasmiy organlarining vaqtincha olib chiqilayotgan arxiv hujjatlarining yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarining but saqlanishi va o‘z vaqtida qaytarilishi xususidagi yozma kafolatlari.

6. Arxiv hujjatlarining ro‘yxati, shuningdek, arxiv hujjatlarining o‘zi yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalari (yetkazib beriladi).

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari tartibga keltirilgan bo‘lishi*;

b) vaqtincha olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlarining mulkdori aniqligi, arxiv hujjatlariga mulkdorlik huquqi to‘g‘risida nizolar mavjud emasligi;

v) arxiv hujjatlarining qaytib olib kelinishiga shubha tug‘diradigan holatlar va dalillarning mavjud bo‘lmasligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma — 3 oy.

12.

Izoh:

1. Olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “O‘zarxiv” agentligining vakolatli ekspertlari tomonidan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi o‘tkaziladi va ularning xulosasiga ko‘ra ruxsatnoma beriladi.

2. Arxiv hujjatlarining yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilgan o‘rami qaytarilayotganda, mazkur o‘ram “O‘zarxiv” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining ekspert guruhi a’zolari ishtirokida ochiladi hamda arxiv hujjatlarining tarkibi va miqdori, shuningdek, ular olib chiqilayotgan yoki vaqtincha olib chiqilayotgan vaqtdagi holatiga nisbatan sifati xususiyatlarining mos kelishi yuzasidan qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan o‘tkaziladi.

3. Ruxsatnoma rasmiylashtirilgach, arxiv hujjatlarining yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilishiga ruxsat etilgan ro‘yxatning har bir varag‘i orqasiga belgilangan namunadagi shtamp qo‘yiladi.

Ro‘yxatning birinchi jamlanmasi “O‘zarxiv” agentligida saqlanadi, ikkinchisi ruxsatnoma bilan bir�alikda bojxona organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchiga topshiriladi.

4. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini (yoki ishonchsizligini) aniqlash “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Taqdim etilgan hujjatlarning yoki ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallarni talab qilish, agar qonunchilik hujjatlarida bunday talab belgilanmagan bo‘lsa, taqiqlanadi.

5. Arxiv hujjatlarining yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasi o‘tkazilayotganda, ularni vaqtincha olib chiqish mumkinligi yoxud mumkin emasligidan qat’iy nazar, ariza beruvchidan maxsus yig‘im to‘liq miqdorda undiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)