ILOVA
ILOVA
|
Subyektlar |
Tadbirlar |
Ijro muddati | ||||
|
1-bosqich |
Qadimiy yozma manbalarning egalari (muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar) |
Qadimiy yozma manbalar egalari Davlat reyestriga kiritish uchun qadimiy yozma manbalar roʻyxati va ular toʻgʻrisidagi elektron va bosma maʼlumotlarni tayyorlaydi va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etadi. Bunda muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari oʻzlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar esa — ixtiyoriy tartibda taqdim etadilar. |
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi soʻrovnomasida koʻrsatilgan muddatlarda | |||
|
2-bosqich |
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi |
Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri elektron va bosma maʼlumotlar bazasi koʻrinishida shakllantiradi. |
Maʼlumotlar kiritilgan vaqtdan boshlab | |||
|
Elektron maʼlumotlar qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish boʻyicha yagona axborot tizimiga joylashtiriladi. |
Maʼlumotlar tayyor boʻlgandan keyin uch kun muddatda | |||||
|
3-bosqich |
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi |
Davlat reyestriga kiritilgan qadimiy yozma manbalar egalariga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi. |
Maʼlumotlar axborot tizimiga kiritilgandan keyin bir oy muddatda | |||
|
4-bosqich |
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi |
Davlat reyestri yuritilishini samarali tashkil etish, uning ilmiy asoslarni oʻrganish hamda targʻib etish tadbirlarini amalga oshiradi. |
Doimiy | |||
|
5-bosqich |
Qadimiy yozma manbalarning egalari |
Davlat reyestriga kiritilgan qadimiy yozma manbalar boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarga kiritilgan har qanday oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar beradi. Muzey, kutubxona va arxiv fondida qadimiy yozma manbalar oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi holatlari aniqlanganda bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar beradi. |
1 ish kunida |