30.08.2022 yildagi PQ-364-son
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy doiralar va keng jamoatchilikning 2-ilovaga muvofiq tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashini (keyingi o‘rinlarda — Jamoatchilik kengashi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

T/r

Chora-tadbirlar va tashabbuslar

Mazmuni

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli ishlash

1.

Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish

1. Tadbirkorlik subyektlarini mikro, kichik va o‘rta toifalarga ajratish mezonlarini va shu asosda ularni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilash. Bunda:

yillik tovar aylanmasi, ishchilar soni va boshqa ko‘rsatkichlar asosida tadbirkorlarni mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari sifatida tasniflash;

tadbirkorlik subyektlari uchun har bosqichda soliqqa tortish va soliq ma’murchiligini yengillashtirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mexanizmlarni belgilash;

yalpi ichki mahsulotda tadbirkorlik subyektlari ulushini aniqlash va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan statistikani yuritish va tahlillar o‘tkazish ko‘zda tutiladi.

2. 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

a) mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning yagona 4 foizli soliq stavkasini joriy etish. Bunda:

olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalarni saqlab qolish;

ixtiyoriy ravishda yiliga 20 — 30 million so‘m miqdorida soliqto‘lashga o‘tgan mikro biznes vakillarini buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga soliq hisobotini taqdim etish majburiyatidan ozod etish;

b) tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan kichik biznes uchun bir yil davomida foyda solig‘i stavkasini 2 baravarga pasaytirish;

v)tovaraylanmasi 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kichik biznes subyektlariga:

xabardor qilish orqali soliq qarzini olti oygacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;

aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini tadbirkorlar bilan kelishilgan holda soliq organlari tomonidan hisoblab chiqish va shakllantirib berish.

3. O‘rta biznes uchun 2023-yil 1-yanvardan:

a) kichik biznes toifasidan o‘rta biznes toifasiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari uchun ikki yil davomida foyda solig‘i stavkasini 50 foizga pasaytirish;

b) mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizini davlat hisobidan qoplab berish;

v) soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlarini joriy etish;

g) davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etish, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan to‘lov miqdorini 50 foiz etib belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi, qonun loyihasi

2022-yil noyabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(I. Norqulov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

2.

O‘rta biznes uchun xalqaro standart va sertifikatlash tizimini joriy etish

O‘rta biznes vakillari tomonidan raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular uchun xalqaro standart va sertifikatlash tizimini joriy etish. Bunda:

“GSP+” imtiyozlari tatbiq etiladigan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida belgilangan talablarni eksport qiluvchilarga yetkazish tartibini belgilash;

akkreditatsiya tizimi belgisini qo‘llaganlik uchun ajratma miqdorini 5 foizdan 3 foizga kamaytirish;

import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun sertifikatlashtirish idoralariga o‘tkaziladigan to‘lovlarni bekor qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov)

3.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini soddalashtirish

1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini soddalashtirish. Bunda, 2022-yil 1-oktabrdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitobi to‘liq yo‘lga qo‘yilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining oshib ketgan summalarini 7 kun ichida qaytarish tizimini joriy etish.

Bunda, mazkur tadbirkorlar ro‘yxatini Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) tomonidan tasdiqlash.

2. Biznes vakillari va ekspertlar bilan birgalikda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha kelib chiqayotgan muammolar bo‘yicha ochiq muhokamalar o‘tkazish va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev,

J. Qo‘chqorov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

4.

Tadbirkorlar uchun soliq yukini kamaytirish

2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foiz etib belgilash.

Qonun loyihasi

2022-yil noyabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

5.

Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hisoblangan soliq qarzdorliklaridan voz kechish

Bo‘sh turgan bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining ta’sirchan chora ko‘rish natijasida oshirilgan stavkalari bo‘yicha hisoblangan soliq qarzdorliklarini hisobdan chiqarish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2022-yil sentyabr

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

6.

Polipropilen granulalarini bojxona bojidan ozod qilish

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatida mavjud muammolarni tahlil qilgan holda, xomashyoni qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xomashyo mahsulotlari, shu jumladan polipropilen granulalari importida bojxona bojlarining “0” stavkasini qo‘llash bo‘yicha taklif kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

7.

Farmatsevtika sohasini ri?ojlantirish

1. Farmatsevtika sohasi vakillari bilan birgalikda ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan hamda respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyolarni bojxona bojlaridan ozod etish.

3. Chetelda savdo vakolatxonasini ochish uchun investitsiya miqdoriga qo‘yilgancheklovni (10 ming dollar) qayta ko‘rib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

II. Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratish

8.

Tadbirkorlarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash

1. Moliya vazirligi tomonidan mikro va kichik biznes loyihalari uchun Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankiga 500 million dollar resurs ajratish.

Bunda ushbu mablag‘larni yangi tashkil qilingan kichik biznes subyektlarining loyihalari uchun 300 million so‘mgacha, 5 yil muddat?a, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan berish.

2. Xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablag‘larni tijorat banklariga resurs sifatida ajratish muddatini 2 baravarga uzaytirish.

Bunda, mablag‘lar milliy valyutada 14 foizdan oshmaydigan stavkada joylashtiriladi, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha marja miqdori 0,25 foiz etibbelgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil dekabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov)

9.

Tijorat banklarining resurs bazasini oshirish

1. Xalqaro moliya institutlarining 1 milliard dollarlik uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish, shundan 300 million dollar miqdoridagi mablag‘larni ayollar va yoshlar loyihalariga yo‘naltirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Sh. Vafayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

Bunda, JICAdan — 400 mln AQSh dollari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan — 150 mln AQSh dollari, Jahon bankidan — 150 mln AQSh dollari, Osiyo taraqqiyot bankidan — 120 mln AQSh dollari, Islom taraqqiyot bankidan — 30 mln AQSh dollari va Islom savdo-moliya korporatsiyasidan — 150 mln AQSh dollarini jalb etish.

Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari

2022-2023-yillarda

2. Davlat banklari sof foydasining 2 trillion so‘mini ular ixtiyorida qoldirish va kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalari uchun yo‘naltirish.

Tijorat banklari kuzatuv kengashlari qarorlari

2022-yil sentyabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

tijorat banklari

3. Tijorat banklari tomonidan o‘rta biznes loyihalari uchun xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan davlat kafolatisiz 700 million dollar mablag‘ jalb qilish.

4. Tijorat banklari tomonidan depozitlar hisobiga 20 trillion so‘m pul mablag‘larinijalb qilish va qo‘shimcha kreditlarni berishga yo‘naltirish.

Boshqaruv qarorlari

2022-yil sentyabr

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

tijorat banklari

10.

O‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish

Milliy bank, Sanoat qurilish banki va Ipoteka bank tomonidan 111 ta yirik loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqan o‘rta biznes subyektlari uchun 2 milliard dollar qiymatida uzoq muddatli kreditlar ajratish bo‘yicha dastur qabul qilish. Bunda:

Vazirlar Mahkamasi tomonidan har bir loyihaga viloyat hokimliklari, Hukumat, vazirlik va idoralardan mas’ullar biriktirish va loyihalarning holatini har 15 kunda muhokama qilish;

har chorak yakunida loyihalarning holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasigaaxborot kiritib borish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

tegishli tijorat banklari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Mikromoliya tashkilotlarini rivojlantirish

1. Nobank kredit tashkilotlariga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish, ularning kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qonunosti hujjatlarini “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish hamda ularning faoliyatiga oid eskirgan normalarni bekor qilish.

2. Qonunchilikdagi yangiliklar va yangi imkoniyatlarni mikromoliya tashkilotlariga yetkazish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil noyabr

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

12.

Tadbirkorlarning kredit ta’minotini mustahkamlash

1. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafillik berish imkoniyatlarini qo‘shimcha 2 baravarga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(I. Norqulov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

2. Kredit berishda aylanmadagi tovarlar, eksport shartnomalari, ochilgan akkreditivlar va kelgusi tushumlardan ham garov ta’minoti sifatida foydalanish tizimini yaratish.

Boshqaruv qarori

2022-yil oktyabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov)

13.

Yangi moliyaviy xizmatlar va texnologiyalarni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

2022-yil 1-oktabrdan moliya tashkilotlari tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalarni, texnologiyalarni va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni — “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish.

Boshqaruv qarori

2022-yil sentyabr

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

14.

Issiqxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash

Joylarga chiqqan holda, muammoli issiqxona ho‘jaliklari faoliyatini o‘rganib, ularni istiqbolli va istiqbolsiz toifalarga ajratish. Jumladan, Buxoro tajribasi asosida:

a) istiqbolli loyihalar bo‘yicha:

mavjud va kelgusida beriladigan kredit muddatlarini 5 — 7 yildan 10 — 13 yilgacha uzaytirish;

tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;

b) istiqbolsiz loyihalarni aniqlashva ularni yangi tashabbuskorlarga berish masalalarini o‘rganish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Teshayev),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Energetika vazirligi

(A. Axmedxadjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Muayyan tajriba va yutuqlarga erishgan tadbirkorlarning “ustoz-shogird” an’analari asosida hududlardagi yosh tadbirkorlarga ko‘maklashishini rag‘batlantirish

Qishloq joylarda o‘n nafar shogird-tadbirkor tarbiyalagan tadbirkorlik subyektlariga soliq yengilliklarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

III. Tadbirkorlar uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish

16.

Hududlar sharoitidan kelib chiqib biznesni alohida yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash

1. Soliq, subsidiya, kredit foizlari uchun kompensatsiya va kafillik berish, infratuzilmaga ulash bo‘yicha hududlarni 5 ta toifaga ajratish yuzasidan asosiy ko‘rsatkichlar va mezonlarni o‘z ichiga olgan konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi

2022-yil 15-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov,

J. Xodjayev),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Alohida ishchi guruhlarni tashkil qilgan holda konsepsiya asosida hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish va ularni toifalarga ajratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil 1-oktabr

3. 2023-yildan boshlab tuman va shaharlarni ularning sharoitidan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil noyabr

17.

O‘rta va yirik loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va zarur infratuzilma yaratish

1. Biznes uchun barcha sharoit va infratuzilmaga ega har bir viloyatda 100 tadan korxonalar uchun yirik maxsus iqtisodiy zonalarini tashkil etish. Jumladan ushbu zonalarda:

tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini davlat tomonidan ta’minlash;

biznes uchun tayyor holda ishlab chiqarish binolarini taklif etish;

ularni boshqarish uchun malakali xorijiy kompaniyalarni jalb qilish;

“Innovatsiyalar va injiniring markazi” hamda zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish;

chekka hudu�larda yerlarni auksionga chiqarishda pasaytirilgan koeffitsiyentlar qo‘llash.

2. 200 milliard so‘mdan yuqori loyihalar bo‘yicha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga o‘z mablag‘larini sarflagan tadbirkorlik subyektlarining hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i summalarini ushbu summaga kamaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov,

J. Xodjayev),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Yerlarni xususiylashtirishni jadallashtirish

1. Xususiylashtirish uchun belgilangan yer solig‘ining 20 baravari miqdoridagi to‘lovni Toshkent shahri va viloyat markazlarida 10 baravarigacha, boshqa hududlarda 5 baravarigacha pasaytirish.

2. Xususiylashtirishning barcha jarayonlarini tahlil qilgan holda, amaliyotda yuzaga kelayotgan byurokratik to‘siqlarni bar�araf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(I. Norqulov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

19.

Yer uchastkalarini va bo‘sh turgan binolarni auksionga chiqarish jarayonlarini soddalashtirish

1. Yer uchastkalarini va bo‘sh turgan binolarni auksionga chiqarish jarayonlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda soddalashtirish:

yer uchastkalarini auksionga chiqarish jarayonlarini qisqartirib, muddati 30 kundan oshmasligini ta’minlash;

bo‘sh turgan obyektlarni auksion orqali ijaraga berish muddatini amaldagi 1 yildan 3 yilgacha uzaytirish.

2. Respublikadagi tabiiy suv havza uchastkalarini tadbirkorlarga “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish amaliyotini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(I. Norqulov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

3. Joriy yilda qo‘shimcha 10 mingdan ortiq yer uchastkalarini savdoga chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov)

20.

Litsenziya, ruxsatnomalar sonini yanada kamaytirish

1. Litsenziya va ruxsatnomalar hamda ular bo‘yicha belgilangan talablarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, natijasi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar sonini kamaytirish, ularni xabardor etish tartibiga o‘tkazish, bir-birini takrorlovchi va byurokratik talablarni bekor qilish orqali litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(I. Norqulov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(A. Qayumov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

2. To‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari va banklardan ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish uchun litsenziya olish talabini bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

21.

Tadbirkorlar uchun biznes jarayonlarida qog‘ozbozlikni qisqartirish

1. Biznes uchun hujjatlarni (shu jumladan arxiv, bank, soliq, statistika sohalarida yuritiladigan yoki tegishli davlat xizmatlarini olishda foydalaniladigan hujjatlarni) qog‘oz shaklida saqlash va davlat idoralariga topshirish amaliyotini tadbirkorlar ishtirokida keng muhokama qilish va to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

Uchrashuv

2022-yil sentyabr

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

“O‘zarxiv” agentligi

(U. Yusupov)

2. Tadbirkorlar takliflari va xatlov natijalari asosida tegishli hujjatlarning qog‘oz shaklidan voz kechgan holda ularni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

22.

Bojxona hududida qayta ishlash tizimini takomillashtirish

1. Bojxona hududida qayta ishlash rejimida ishlaydigan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali ushbu faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Uchrashuv

2022-yil sentyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

2. Tadbirkorlar takliflarini amalga oshirish, shuningdek, xomashyo va materiallarni “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimiga garovsiz olib kirish mexanizmini joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

3. “Yuksalish” kichik sanoat zonasida bojxona punktini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil oktyabr

Davlat bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Namangan viloyat hokimligi

(Sh. Abdurazakov)

23.

Elektromobillar uchun infratuzilmani kengaytirish

Elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari infratuzilmasini kengaytirishni davlat tomonidan qo‘l�ab-quvvatlash. Bunda:

a) tadbirkorlarga elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari orqali aholiga xizmat ko‘rsatishga (iste’molchilarga elektr energiyasini sotishga) ruxsat berish;

b) savdo markazlari, davlat muassasalari, ko‘ngilochar bog‘lar, turar joy massivlari va avtoturargohlarda elektr quvvatlantirish shoxobchalari uchun alohida joylar ajratishni ko‘paytirish;

v) elektr quvvatlantirish shoxobchalarini 3 yil muddatga mol-mulk va er soliqlari hamda foyda solig‘idan, shuningdek, ushbu shoxobchalar tomonidan import qilinadigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalarni bojxona bojidan ozod qilish;

g) 2027-yilga qadar elektr quvvatlantirish shoxobchalarisonini kamida 2 mingtaga yetkazish kabi mexanizmlarni nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(I. Norqulov),

Energetika vazirligi

(A. Axmedxadjayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov),

Qurilish vazirligi

(B. Zakirov)

24.

Xorijga yuk tashish uchun ruxsatnomalarni olish va foydalanish bo‘yicha ochiq-oshkora tizim joriy etish

1. Xorijga yuk tashish uchun ruxsatnomalarni olish va foydalanish tizimini takomillashtirish. Bunda:

ruxsatnomalarni mahalliy tashuvchilarga berish bo‘yicha elektron portalni ishga tushirish;

mahalliy yuk tashuvchilarning reytingini ishlab chiqish va ularning to‘plagan ballariga qarab, ruxsatnomalarni taqsimlash. Bunda, agar ushbu ruxsatnomalardan uch oy foydalanilmasa, ularni portalga qayta qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

2. Temir yo‘llar sohasida:

raqamli texnologiyalarni joriy etish va barcha operatsiyalarni avtomatlashtirish;

63 ta temir yo‘l stansiyasida yuklarni ortish-tushirish uchun usti yopiq va ochiq maydonchalarni qurish, mavjudlarini kengaytirish;

tariflarni har bir xizmat turi bo‘yicha ajratish, xususiy vagonlarda yuk tashuvchilar uchun imkoniyatlar �ratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil oktyabr

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(X. Xasilov)

25.

Ko‘chma savdo faoliyatini tashkil etish tartibini soddalashtirish

Ko‘chma savdo faoliyatini tashkil etish tartibini soddalashtirish. Bunda:

davlat tashkiloti hududida ko‘chma savdo shoxobchasi, umumiy ovqatlanish obyektiga tutash hududda esa, mavsumiy kafelar tashkil etishga ruxsat berish;

ko‘chma savdo faoliyat turlari kengaytirilib, obyekt joylashuvi kelishiladigan idoralar sonini kamida 2 baravarga qisqartirish;

ko‘chma savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil sentyabr

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Chinni-sopol buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash

1. Sopol ishlab chiqarish uchun mos keladigan tuproq olish mumkin bo‘lgan yerlarni aniqlab, ularni auksionga chiqarish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

(Sh. Alimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Chinni ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha taklif kiritish.

3. Sopol idishlarga bezak berish faoliyatini o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov)

27.

Nodavlat professional ta’lim tashkilotlarini tashkil etish tartibini soddalashtirish

Nodavlat professional ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni, xususan, bank hisob raqamida bo‘lishi lozim bo‘lgan mablag‘ miqdorini 2 barobarga (50 ming dollardan 25 mingdollarga) qisqartirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov)

28.

Yosh tadbirkorlikka moliyaviy ko‘mak berish

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida yer maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda boshlang‘ich narxi bo‘yicha to‘lovlarni 12 oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(I. Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

IV. Mulk huquqini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mol-mulkni haqiqiy bozor aktiviga aylantirish

29.

Mulk huquqini himoya qilish

1. Yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilishni faqat sud tartibida amalga oshirish.

Bunda, mulk huquqiga oid qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini belgilash.

2. Yuridik shaxs tugatilganda, uning erga bo‘lgan huquqini ham bekor qilish amaliyotidan voz kechish.

3. Dastlabki tergov jarayonida mol-mulkni asossiz xatlab qo‘yish holatlarining oldini olish maqsadida ushbu amaliyotni faqat sud tartibida amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2022-yil avgust

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

30.

Tadbirkorlar uchun sud xarajatlarini qisqartirish

1. Tadbirkorlarning ma’muriy sudlarga ariza berishida davlat boji stavkasini 2 baravarga kamaytirish.

2. Tadbirkorlarning iqtisodiy sudlarga beriladigan da’vo arizalari bo‘yicha davlat boji miqdorini qayta ko‘rib chiqish.

3. Tadbirkorlar soliq idoralarining qarori ustidan sudga shikoyat kiritish muddatini 3 yilgacha uzaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Oliy Sud

(B. Islamov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

31.

Tadbirkorlarning bank hisobraqamidagi pul mablag‘larining daxlsizligini ta’minlash

Tadbirkorlarning bankdagi hisobraqamidan pul mablag‘larini uning roziligisiz ko‘chirish yoki olib qo‘yish holatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini belgilash.

Qonun loyihasi

2022-yil oktyabr

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

32.

Kichk sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ishtirokchi maqomini berish

Avval hokimliklar huzuridagi tanlov komissiyalari qarorlariga asosan kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan 590 ta tadbirkorga kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini berish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2022-yil sentyabr

Bosh vazir o‘rinbosari

(J. Xodjayev),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov)

V. Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortishni erkinlashtirish

33.

Tadbirkorlarni javobgarlikka tortish tizimini takomillashtirish

1. Tadbirkorlarga nisbatan yangi turdagi jazo choralarini joriy qilishga 3 yillik moratoriy e’lon qilish.

2. Tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun ularga nisbatan 6 oy davomida javobgarlik choralari qo‘llanilmasligini belgilash.

3. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomillarini murakkablashtirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish.

4. Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarinibekor qilish.

5. Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan mikro vakichik biznes subyektlariga javob�arlik choralarini qo‘llamagan holda, kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashishni nazarda tutadigan tizim yaratish hamda jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2022-yil oktyabr

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

34.

Nazorat funksiyalarini maqbullashtirish va tekshiruvlarni muvofiqlashtirish

1. Tadbirkorlik faoliyatida nazorat organlarining takrorlanadigan va zamon talablariga mos kelmaydigan 20 dan ortiq nazorat funksiyalarini maqbullashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2022-yil oktyabr

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

nazorat qiluvchi organlar

2. 2022-yil 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar faoliyatidagibarchaturdagitekshirishlarniBiznes-ombudsman tomonidan muvofiqlashtirgan holda, ularni yangilangan elektron platformada ro‘yxatdan o‘tkazishorqali amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oktyabr

35.

Soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi va ularning muddatlarini qayta ko‘rib chiqish

1. Tadbirkorlarning takliflarini chuqur o‘rganib:

soliq tekshiruvlari muddatlarini qisqartirish;

alohida soliq tekshiruvi talab etilmaydigan moliyaviy xato va kamchiliklarning minimal chegaraviy miqdorini belgilash;

tekshiruv jarayonlaridan tadbirkorlarni xabardor qilish va ularning shikoyatlarini ochiq-oshkora ko‘rib chiqish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2022-yil oktyabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

2. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab soliqqa oid nizolarni hal qilish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining qo‘shma Apellatsiya kengashini tashkil qilish.

Ushbu Kengashga Soliq maslahatchilari palatalari, Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi vakillari va tadbirkorlarni kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil oktyabr

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

36.

Kameral soliq tekshiruvi mu�datini qisqartirish

O‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi muddatini 60 kundan 30 kungacha qisqartirish.

Qonun loyihasi

2022-yil oktyabr

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov)

37.

Debitorlik qarzdorlik uchun jarimani kamaytirish

1. Kelib tushmagan valyuta miqdori eksport shartnomalari doirasida eksportga yuklangan mahsulotning 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik sifatida hisoblamaslik va jarima sanksiyalarini qo‘llamaslik.

2. Kredit nota qoidalarini qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Re�publikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

VI. Tadbirkorlar bilan uchrashuvda bildirilgan tashabbuslar ijrosini tashkil etish hamda “ochiq muloqot” natijalarini keng targ‘ib qilish

38.

Biznes bilan hamkorlikda ishlash uchun qulay muhit shakllantirish

Har bir tuman va shahar markazlarida Tadbirkorlar xiyobonlarini tashkil etish. Bunda:

tadbirkorlar, bank vakillari, investorlar uchun biznes loyihalarini muhokama qiladigan muhit yaratish;

“B2B”, kovorkinglar uchun qulay sharoitlar, Wi-Fi zonalar tashkil qilish;

tuman, shahar faol tadbirkorlarining erishgan natijalari yil davomida “Farovonlik bunyodkorlari” ko‘rgazmalarida namoyish etilishini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

39.

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini takomillashtirish

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini takomillashtirish.

Bunda:

a) Savdo-sanoat palatasiga quyidagi vakolatlarni berish:

Hukumatga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritish;

tadbirkor manfaatini ko‘zlab Oliy sudga ariza berish hamdaiqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish;

b) Savdo-sanoat palatasini Hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqarish;

v) Savdo-sanoat palatasi tizimini tubdan o‘zgartirish, uning amaldagi tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;

g) barcha tadbirkorlarni keng qamrab olish maqsadida, mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlarni Savdo-sanoat palatasiga a’zolik badalini to‘lashdan ozod etish;

d) Savdo-sanoat palatasiga har yili Davlat budjetidan mablag‘lar ajratish;

e) Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalariga �uyidagi vakolatlarni berish:

har bir tuman va shaharda ilg‘or metodikalar asosida biznesga o‘qitish maktablarini tashkil qilish;

hokimlarga va boshqa hududiy organlar rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolatini berish;

xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2022-yil oktyabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

40.

Klinik ordinaturada mutaxassis tayyorlash tizimini takomillashtirish

Yetakchi xususiy klinikalarda ordinaturada mutaxassis tayyorlash tizimini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Tashkulov)

41.

Tadbirkorlar uchun alohida davlat mukofotlarini ta’sis etish

Ish o‘rinlarini yaratish, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, o‘z sohasida innovatsiyalar joriy qilish orqali el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib e’tirof etish uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish.

Qonun loyihasi

2022-yil oktyabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov)

42.

Hududlardagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish va tashabbuslar ijrosini ta’minlash

1. Har bir hududda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etgan holda, “ochiq muloqot” natijalarini muhokama qilish va yangi takliflarni ishlab chiqish.

2. Ochiq muloqotda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash hamda yangicha ish tizimi asosida mahalliy hokimliklar va sektor rahbarlari tomonidan ularning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil avgust-sentyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev,

J. Qo‘chqorov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1.

S.U. Umurzakov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

L.Sh. Kudratov

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari

3.

O.A. Xakimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari

4.

M.P. Olloyorov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari o‘rinbosari

5.

I.I. Norqulov

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

7.

D.S. Kasimov

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

8.

M.M. Yunusov

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi

9.

Y.B. Yusupov

Toshkent shahridagi “Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti direktori

10.

Z.K. Xashimov

Toshkent shahridagi “Anglesey Food” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

11.

A.M. Abdukadirov

Toshkent shahridagi “Double A Solutions”mas’uliyati cheklangan jamiyati ta�sischisi

12.

S.A. Golosova

Toshkent shahridagi “TRI-S-AUDIT” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

13.

S.S. Axadov

Toshkent shahridagi “TEXNOPARK” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

14.

M.T. Nazarov

Toshkent shahridagi “Murad Buildings” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

15.

S.R. Isanboyev

Toshkent shahridagi “Dentafill Plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

16.

Q.B. Panayev

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “UY-Jay Qurilis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

17.

F.N. Sirojiddinov

Toshkent viloyatidagi “UZTEX GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

18.

J.X. Ismatullayev

Namangan viloyatidagi “Chust textile” xususiy korxonasi ta’sischisi

19.

K.T. Abdulloyev

Samarqand viloyatidagi “Sam Antep Gilam” qo‘shma korxonasi direktori

20.

T.M. Rasulov

Surxondaryo viloyatidagi “Rasulov Toji” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

21.

D.X. Aminov

Xorazm viloyatidagi “Red star oxus” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

22.

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi, Jamoatchilik kengashi kotibi