25.08.2022 yildagi 474-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi meʼyorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini soʻzsiz taʼminlash hamda kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi meʼyorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash, atrof muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar ekologik talablar doirasidan oshmasligini tizimli nazorat qilish, shuningdek, kon-metallurgiya sanoati korxonalarida ilgʻor xorij tajribasi asosida ekologik menejment tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 76-bandida Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi meʼyorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash dasturini ishlab chiqish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining kon-metallurgiya sanoati korxonalarida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi meʼyorlarini xalqaro standartlar asosida belgilashning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon-metallurgiya sanoatida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi meʼyorlarni xalqaro “yashil iqtisodiyot” maqsadlariga erishish indeksi asosida (Global Green Growth Index, GGGI) jahondagi oʻnta eng yaxshi mamlakat darajasiga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon-metallurgiya sanoati korxonalarida kam chiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon-metallurgiya sanoati korxonalarida xalqaro standartlar asosida bosqichma-bosqich shaffof va samarali ekologik menejment tizimini joriy etishga qaratilgan eng maqbul tartibga solish siyosatini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi meʼyorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Dasturda belgilangan chora-tadbirlar sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon-metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan Dasturda belgilangan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda kon-metallurgiya sanoatida mahsulotlar (tovarlar) ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ilm-fan va texnik yutuqlar hamda ularni qoʻllashning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlishi sharti bilan atrof muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishishda eng yaxshi maqbul texnologiyalarning tavsiya etiladigan bazasini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan, kon-metallurgiya sanoati korxonalarida atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishni kamaytirish yoki atrof muhit sharoitini yaxshilash evaziga atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishning balanslashgan tizimini joriy etish haqidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Navoiy KMK”, “Olmaliq KMK” va “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlari 2023-yil 1-iyulga qadar ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi meʼyorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash bilan bogʻliq faoliyatni tashkil etish uchun quyidagi ustuvor vazifalar amalga oshirilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Global tashabbuskorlik hisoboti (Global Reporting Initiative, GRI) hamda Atrof muhit, ijtimoiy va boshqaruv (Environmental Social Governance, ESG) tartibi asosida atrof muhitni muhofaza qilish, yerlar ifloslanishi va degradatsiyasining oldini olish, suv resurslarini tejash, atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytirish boʻyicha uzoq muddatli ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar faoliyatida, shu jumladan, ishlab chiqarish faoliyatida ekologik menejment tizimini ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro standartlari asosida joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil mahsulot” ishlab chiqarishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlar, hamkorlik kelishuvlari va innovatsion yechimlar orqali bioxilma-xillikka salbiy taʼsirning oldini olish va kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarida ekologik bilim boʻyicha masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish madaniyatini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qazib olish ishlari olib boriladigan konlarda (maydonlarda) bosqichma-bosqich texnologik va biologik rekultivatsiya chora-tadbirlarini oʻtkazish hamda qabul qilib oluvchi manfaatlarini hisobga olgan holda konlarni yopish ishlari rejasini doimiy yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhit bilan bogʻliq favqulodda holatlar yuz berganda ishchi-xodimlar xavfsizligini taʼminlovchi barcha resurslar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat chiqindilari va ularni sinfiga qarab saqlashni xavfsiz va masʼuliyatli boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvni tejash maqsadida aylanma suvlardan keng foydalanish ishlarini jadallashtirish va u bilan bogʻliq muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishni keskin kamaytirishga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “yashil energetika” tamoyilini eng yaxshi xalqaro tajriba asosida joriy etish haqidagi taklifni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda kon-metallurgiya sanoati korxonalarida kam chiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash haqidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
474-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 474-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof muhit muhofazasi meʼyorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyaviy manbai

Masʼul ijrochilar

I. Atrof muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar ekologik talablar doirasidan oshmasligini taʼminlash

1.

Iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan, kon-metallurgiya sanoatida mahsulotlar (tovarlar) ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ilm-fan va texnik yutuqlar hamda ularni qoʻllashning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlishi sharti bilan atrof muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishishda eng yaxshi qulay texnologiyalarning tavsiya etiladigan bazasini yaratish.

1. Dastlabki bosqichda kon-metallurgiya sanoatida, keyingi bosqichlarda boshqa iqtisodiy tarmoqlarda tavsiya etiladigan bazalarni yaratish grafigini tasdiqlash.

2022-yil noyabr

Talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov)

2. Kon-metallurgiya sanoatida mahsulotlar (tovarlar) ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ilm-fan va texnik yutuqlar hamda ularni qoʻllashning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlishi sharti bilan atrof muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishishda eng yaxshi maqbul texnologiyalarning tavsiya etiladigan bazasini yaratish.

2022-yil dekabr

3. Boshqa iqtisodiyot tarmoqlarida atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishishda eng yaxshi maqbul texnologiyalarning tavsiya etiladigan bazasini yaratish.

2023-yil mart

2.

Iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan, kon-metallurgiya sanoati korxonalarida gaz chiqitlarini kamaytirish yoki atrof muhit sharoitini yaxshilash evaziga gaz chiqitlari chiqarilishining balanslashgan tizimini ishlab chiqish.

1. Atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish yoki atrof muhit sharoitini yaxshilash evaziga atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining balanslashgan tizimini ishlab chiqish boʻyicha eng yaxshi xorijiy tajribani oʻrganish.

2022-yil noyabr

Talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

2. Atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish yoki atrof muhit sharoitini yaxshilash evaziga atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining balanslashgan tizimini ishlab chiqish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil dekabr

3.

Global tashabbuskorlik hisoboti (GRI), Atrof muhit, ijtimoiy va boshqaruv (Environmental Social Governance — ESG) tartibiga asosan atrof muhitni muhofaza qilish siyosatini ishlab chiqish va ekologik menejment tizimini joriy etish.

1. Atrof muhitni muhofaza qilish, yerlar ifloslanishi va degradatsiyasining oldini olish, suv resurslarini tejash, atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytirish boʻyicha uzoq muddatli ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish siyosatini ishlab chiqish.

2023-yil mart

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov)

2. Kon-metallurgiya sanoatida yirik korxonalar “yashil energetika”ni qoʻllashini jahonning TOP-10 kompaniyalari darajasiga yetkazish boʻyicha eng yaxshi xalqaro tajribani oʻrgangan holda takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov)

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

Energetika vazirligi

(Axmedxadjayev)

4.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodiga atrof muhitga taʼsir xavfi yuqori boʻlgan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalardan avtomatlashtirilgan tarzda namunalar olish va tahlil qilish stansiyasini oʻrnatish.

1. Atmosferaga salbiy taʼsir etuvchi va ifloslantiruvchi asosiy manbalarni va ustuvor ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash.

2022-yil noyabr

Talab etilmaydi

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

2. Aniqlangan asosiy manbalardan avtomatlashtirilgan tarzda namunalar olish va tahlil qilish stansiyasini oʻrnatishning texnik shartini ishlab chiqish.

3. Atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari manbalarini avtomatik nazorat qilish tizimlari uchun umumiy va texnik talablarni oʻz ichiga olgan davlat standarti va oʻlchashlarni amalga oshirish metodikalarini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonaning oʻz mablagʻlari), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari, Davlat ekologiya qoʻmitasining jamgʻarmasi mablagʻlari hissa qoʻshish asosida

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

4. Avtomatlashtirilgan tarzda namunalar olish va tahlil qilish stansiyasini yetkazib beruvchi va oʻrnatuvchi tashkilotlarga takliflarni yuborish hamda belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish.

Amaldagi tanlov oʻtkazish tartibiga muvofiq

Talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

5. Atrof muhitga taʼsir xavfi yuqori boʻlgan atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalardan avtomatlashtirilgan tarzda namunalar olish va tahlil qilish stansiyasini oʻrnatish.

Tarmoq jadvaliga asosan

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonaning oʻz mablagʻlari),

xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari,

Davlat ekologiya qoʻmitasining jamgʻarmasi mablagʻlari hissa qoʻshish asosida

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

6. Atrof muhitga taʼsir xavfi yuqori boʻlgan atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalardan avtomatlashtirilgan tarzda namunalar olish va tahlil qilish stansiyasini ishga tushirish hamda yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

Tarmoq jadvaliga asosan

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonaning oʻz mablagʻlari),

xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari,

Davlat ekologiya qoʻmitasining jamgʻarmasi mablagʻlari hissa qoʻshish asosida

“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

5.

Kon-metallurgiya korxonalari tomonidan atmosferaga tashlanayotgan oltingugurt oksidini tabiiy birikmalar asosida xemosorbsion usulida ushlab kelgusida iqtisodiyot tarmoqlari isteʼmoli uchun zarur boʻlgan moddalar sintezi, yaʼni aluminiy sulfat va temir sulfat aralashmasi ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish.

1. Atmosferaga tashlanayotgan oltingugurt oksidini xemosorbsion usulida ushlab qolish va aluminiy sulfat va temir sulfat aralashmasini sintez qilish texnologiyasi asosida ajratib olishni kon-metallurgiya korxonalarida joriy etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov)

2. Oʻrganish natijalariga koʻra tajriba tarzida amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil noyabr

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari,

Davlat ekologiya qoʻmitasining jamgʻarmasi mablagʻlari

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

3. Atmosferaga tashlanayotgan oltingugurt oksidini xemosorbsion usulida ushlab qolish va aluminiy sulfat va temir sulfat aralashmasini sintez qilish texnologiyasi asosida ajratib olishni kon-metallurgiya korxonalarida bosqichma-bosqich joriy etish.

2024 — 2028-yillarda

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov)

6.

Kon-metallurgiya kombinatlari faoliyatida foydalaniladigan togʻ-kon texnikalarining yirik oʻlchamdagi shinalarini qayta ishlab, ular asosida mayda oʻlchamdagi yuqori sifatli rezina qistirmasi (prokladka) ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish.

1. Togʻ-kon texnikalarining yirik oʻlchamdagi shinalarini qayta ishlab, ular asosida mayda oʻlchamdagi yuqori sifatli rezina qistirmasi (prokladka) ishlab chiqarishni kon-metallurgiya korxonalarida joriy etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov),

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

2. Oʻrganish natijalariga koʻra tajriba tarzida amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil noyabr

Davlat ekologiya qoʻmitasining jamgʻarmasi mablagʻlari

3. Togʻ-kon texnikalarining yirik oʻlchamdagi shinalarini qayta ishlash, ular asosida mayda oʻlchamdagi yuqori sifatli rezina qistirmasi (prokladka) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2023-yil sentabr

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

7.

“Navoiy KMK” va “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatlari hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi faoliyati davomida atrof muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning yerga yetkazilgan zararini rekultivatsiya qilish boʻyicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish.

1. Kombinatlar tomonidan atrof muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning yerga yetkazilgan zararini tahlil qilish nuqtalarini belgilash.

2022-yil avgust — dekabr

Talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov),

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Tahlil nuqtalarida atrof muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning yerga yetkazilgan zarari yuzasidan tadqiqot ishlari olib borish.

2022-yil dekabr — 2023-yil iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasining jamgʻarmasi mablagʻlari

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

3. Tadqiqot natijalari asosida kombinatlarning atrof muhitga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalarining yerga yetkazilgan zararini kelgusida kamaytirish va bartaraf etish boʻyicha ilmiy-innovatsion yechimlarni ishlab chiqish.

2024-yil mart

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

4. Kombinatlar tomonidan atrof muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning yerga yetkazilgan zararini kelgusida rekultivatsiya qilish innovatsion yechimlarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish.

2024 — 2030-yillar

8.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining mis eritish jarayonida hosil boʻladigan gaz tarkibidagi changlarni ushlab qoluvchi aspiratsiya tizimlarini hamda elektr chang tozalash uskunalarini rekonstruksiya qilish.

1. Mis eritish jarayonida hosil boʻladigan gaz tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni ushlab qoluvchi aspiratsiya tizimlarini hamda elektr chang-gaz tozalash uskunalarini rekonstruksiya qilish texnik topshirigʻini ishlab chiqish.

2022-yil oktabr

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Texnik topshiriqqa asosan rekonstruksiya qiluvchi tashkilotni belgilash maqsadida belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish.

2022-yil noyabr

3. Tanlov natijalari asosida mis eritish jarayonida hosil boʻladigan gaz tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni ushlab qoluvchi aspiratsiya tizimlarini hamda elektr chang-gaz tozalash uskunalarini rekonstruksiya qilish.

4. Rekonstruksiya qilingan elektr chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligini aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.

2022-yil dekabr — 2023-yil iyun

9.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati Mis eritish zavodining qozonxonalarida hosil boʻladigan gazlarni ushlab qolish va sulfat kislotasi sexiga yoʻnaltirish.

1. Mis eritish zavodining qozonxonalari konverter boʻlimini rekonstruksiya qilish texnik topshirigʻini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Texnik topshiriqqa asosan rekonstruksiya qiluvchi tashkilotni belgilash maqsadida belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish.

2023-yil mart

3. Mis eritish zavodining qozonxonalari konverter boʻlimini rekonstruksiya qilish hisobiga Mis eritish zavodining qozonxonalarida ho?il boʻladigan gazlarni ushlab qolishni va sulfat kislotasi sexiga yoʻnaltirishni ishlab chiqarishda joriy etish.

2024-yil mart

10.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodida yillik 1,8 mln tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish quvvatiga ega sexni (SK-5) qurish.

1. Mis eritish zavodi negizida yillik 1,8 mln tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish quvvatiga ega sexni (SK-5) qurishning texnik-iqtisodiy asoslanishini (biznes rejasini) ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Texnik-iqtisodiy asoslashga (biznes rejaga) asosan pudrat ishlarini bajaruvchi tashkilotni belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish natijalariga koʻra belgilash.

2023-yil aprel

3. Pudratchi tashkilot tomonidan loyiha ishlarini olib borish.

2023-2024-yillar

4. Yillik 1,8 mln tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish quvvatiga ega qurilmalarni sotib olishni boshlash.

2023-yil avgust

5. Mis eritish zavodida yillik 1,8 mln tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish quvvatiga ega sexni (SK-5) ishga tushirish.

2025-yil sentabr

11.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining Rux zavodida yillik 180 ming tonna oltingugurt ikki oksidini qayta ishlash quvvatiga ega yangi sulfat kislotasi sexini (SK-6) qurish.

1. Rux zavodida oltingugurt ikki oksidini qayta ishlashga moʻljallangan yillik quvvati 180 ming tonna yangi sulfat kislotasi sexini (SK-6) qurishning texnik- iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Texnik-iqtisodiy asoslashga (biznes rejaga) asosan pudrat ishlarini bajaruvchi tashkilotni belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish natijalariga koʻra belgilash.

2023-yil may

3. Pudratchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari olib borilishi.

2023-yil iyun — 2024-yil sentabr

4. Yillik ishlab chiqarish quvvati 180 ming tonna sulfat kislota sexi qurish uchun zarur dastgohlarni sotib olishni boshlash.

2024-yil yanvar

5. Rux zavodida yillik ishlab chiqarish quvvati 180 ming tonna boʻlgan yangi sulfat kislotasi sexini (SK-6) ishga tushirish.

2024-yil dekabr

12.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining Markaziy taʼmirlash va mexanika zavodini metall quyish sexining aspiratsiya tizimlarini toʻliq yangilash.

1. Markaziy taʼmirlash va mexanika zavodining quyish sexini aspiratsiya tizimini toʻliq yangilash yuzasidan texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

Texnik-iqtisodiy asoslashga asosan

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Texnik topshiriqqa asosan rekonstruksiya qiluvchi tashkilotni belgilash maqsadida belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish.

2023-yil yanvar

3. Markaziy taʼmirlash va mexanika zavodi metall quyish sexi aspiratsiya tizimlarini toʻliq yangilash.

2023-yil sentabr

13.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati Mis eritish zavodining sulfat kislotasi sexi ishqorli suvlarni tozalash inshootlarini toʻliq taʼmirlash.

1. Mis eritish zavodining sulfat kislotasi sexi ishqorli suvlarni tozalash inshootining quyqa tindirgichlarini toʻliq taʼmirlash reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil sentabr

Hisob-kitoblar asosida

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Tasdiqlangan reja-grafikka asosan 1-son quyka tindirgichni toʻliq taʼmirlash.

2022-yil oktabr

3. Tasdiqlangan reja-grafikka asosan 2-son quyka tindirgichni toʻliq taʼmirlash.

2023-yil yanvar

14.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining Angren kon boshqarmasi “Koʻchbuloq” yer osti (shaxta) konining maʼnan eskirgan kimyoviy suv tozalash inshootini yangilash hisobiga relyefga tushuvchi oqova suvlar tarkibi belgilangan meʼyor koʻrsatkichidan oshmasligini taʼminlash.

1. Angren kon boshqarmasi “Koʻchbuloq” yer osti (shaxta) konining kimyoviy suv tozalash inshootini yangilash texnik topshirigʻini ishlab chiqish.

2022-yil sentabr

Hisob-kitoblar asosida

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Tanlov eʼlon qilish va pudratchi tashkilotni belgilab olish.

2022-yil noyabr

3. “Koʻchbuloq” koni yangi kimyoviy suv tozalash inshootini qurish va ishga tushirish.

2022-yil dekabr — 2023-yil sentabr

15.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining Mis boyitish fabrikalari chiqindi saqlovchi yordamchi xoʻjaliklarida yer osti suvlarining ifloslanishi holatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

1. Mis boyitish fabrikalarining chiqindi saqlovchi yordamchi xoʻjaliklariga tutash hududlar yer osti suvlarining ifloslanishi holatini oʻrganish maqsadida kuzatuv quduqlarini xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil noyabr

Hisob-kitoblar asosida

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Kuzatuv natijalari asosida tahliliy maʼlumotlar bazasini yaratish.

2022-yil dekabr

3. Tahliliy maʼlumotlar asosida yer osti suvlari ifloslanishi darajasining tizimli monitoringini yuritish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023 — 2030-yillar

16.

“Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyati faoliyati doirasida atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash turgʻun manbalariga avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy etish.

1. Kombinatning atmosferaga salbiy taʼsir etuvchi va ifloslantiruvchi turgʻun manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda avtomatlashtirilgan nazorat tizimi oʻrnatiladigan nuqtalarni belgilash.

2022-yil sentabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov)

2. Avtomatlashtirilgan nazorat tizimini yetkazib beruvchi tashkilotlarga takliflar yuborish.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov)

3. Avtomatlashtirilgan nazorat tizimi dastgohlarini yetkazib beruvchi va oʻrnatib beruvchi tashkilotlarning takliflaridan kelib chiqib, belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish va yetkazib beruvchi tashkilot bilan shartnoma imzolash.

2022-yil noyabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov)

4. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalardan avtomatlashtirilgan tarzda namunalar olish va tahlil qilish stansiyasini oʻrnatish.

2023-yil may

Hisob-kitoblar asosida

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov)

5. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalardan avtomatik namunalar olish va tahlil qilish stansiyasini foydalanishga topshirish hamda yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

2023-yil iyul

Davlat ekologiya qoʻmitasining jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov)

17.

“Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyatining samaradorligi past boʻlgan suv tozalash inshootlarini qayta taʼmirlash va rekonstruksiya qilish.

1. Kombinatning samaradorligi past kimyoviy suv tozalash inshootlarini qayta taʼmirlash va rekonstruksiya qilish texnik topshirigʻini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov)

2. Texnik topshiriqqa asosan qayta taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotni belgilash boʻyicha belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish.

2023-yil yanvar

Talab etilmaydi

3. Samaradorligi past boʻlgan suv tozalash inshootlarini qayta taʼmirlash va rekonstruksiya qilish.

2023-yil yanvar — dekabr

Hisob-kitoblar asosida

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

18.

“Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyatining yer osti suvlari ifloslanishi holatini tizimli monitoring qilishni joriy etish.

1. Kombinatning chiqindi saqlovchi yordamchi xoʻjaliklariga tutash hududlardagi yer osti suvlarining kuzatuv quduqlarini xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil oktabr

Hisob-kitoblar asosida

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov)

2. Xatlov natijalari asosida tahliliy maʼlumotlar bazasini yaratish.

2022-yil noyabr

3. Tahliliy maʼlumotlar asosida yer osti suvlari ifloslanishi darajasining tizimli monitoringini yuritish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil dekabr

19.

“Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyatining yer osti shaxta oqova suvlari konsentratsiyasini kamaytirish va ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalanishni joriy etish.

1. Kombinatning yer osti shaxta oqova suvlari konsentratsiyasini kamaytirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish va kelgusida ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalanish dasturini qabul qilish.

2022-yil dekabr

Hisob-kitoblar asosida

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov)

2. Dastur asosida yer osti shaxta oqova suvlari konsentratsiyasini kamaytirish va ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalanish chora-tadbirlarini koʻrish.

2022-yil dekabr — 2023-yil oktabr

3. Tozalangan suvlarga chang bostirish va texnologik jarayonlarda qoʻllashni joriy etish.

2023-yil noyabr

20.

“Navoiyuran” davlat korxonasi geotexnologik konlarida yer osti suvlarining ifloslanishi holatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

1. “Navoiyuran” davlat korxonasining ishlab chiqarishda mavjud texnik suv hamda kuzatuv quduqlarini xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil oktabr

Hisob-kitoblar asosida

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

“Navoiyuran” DK

(Xasanov)

2. Xatlov natijalari asosida geotexnologik konlardagi yer osti suvlari ifloslanish holatining tizimli monitoringini yuritish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil noyabr

3. Dasturda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini sifatli tashkil etish va yer osti suvlarining ifloslanishi holatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish samaradorligiga erishish.

2023-yil mart

21.

Kon-metallurgiya kombinatlari laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida zamonaviy nazorat-oʻlchov asbob-uskunalari bilan jihozlangan mobil laboratoriyalar xarid qilish.

1. Zamonaviy nazorat-oʻlchov asbob-uskunalari bilan jihozlangan mobil laboratoriyalarning xizmat koʻrsatish dislokatsiyasini belgilash.

2022-yil dekabr

Talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Oblomuradov),

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov)

2. Dislokatsiya asosida xizmat koʻrsatiladigan obyektlardagi ish hajmini belgilash va mobil laboratoriyalar faoliyatini samarali tashkil etish dasturini ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

Talab etilmaydi

3. Zamonaviy nazorat-oʻlchov asbob-uskunalari bilan jihozlangan mobil laboratoriyalarni belgilangan tartibda xarid qilish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonaning oʻz mablagʻlari)

4. Mobil laboratoriyalarning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

II. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida ilgʻor xorij tajribadan kelib chiqib ekologik menejment tizimini joriy etish

22.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14001:2019 — Ekologik menejment tizimi. Foydalanish boʻyicha koʻrsatma va talablar”ni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14001:2019 — Ekologik menejment tizimi. Foydalanish boʻyicha koʻrsatma va talablar”ni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirishga doir amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14001:2019 — Ekologik menejment tizimi. Foydalanish boʻyicha koʻrsatma va talablar”ni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

23.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14004:2019 — Ekologik menejment tizimlari. Joriy etish boʻyicha umumiy amal qilinadigan koʻrsatma”ni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14004:2019 — Ekologik menejment tizimlari. Joriy etish boʻyicha umumiy amal qiladigan koʻrsatma”ni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14004:2019 — Ekologik menejment tizimlari. Joriy etish boʻyicha umumiy amal qilinadigan koʻrsatma”ni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

24.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14005:2019 — Ekologik menejment tizimlari. Atrof muhitni baholash natijalarini qoʻllagan holda ekologik menejment tizimini bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar”ni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14005:2019 — Ekologik menejment tizimlari. Atrof muhitni baholash natijalarini qoʻllagan holda ekologik menejment tizimini bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar”ni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14005:2019 — Ekologik menejment tizimlari. Atrof muhitni baholash natijalarini qoʻllagan holda ekologik menejment tizimini bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar”ni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

25.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14006:2019 — Ekologik menejment tizimlari. Loyihalashda ekologik meʼyorlarni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar”ni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14006:2019 — Ekologik menejment tizimlari. Loyihalashda ekologik meʼyorlarni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar”ni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14006:2019 — Ekologik menejment tizimlari. Loyihalashda ekologik meʼyorlarni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar”ni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

26.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14015:2019 — Ekologik menejment tizimi. Uchastkalar va tashkilotlarni ekologik jihatdan baholash”ni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14015:2019 — Ekologik menejment tizimi. Uchastkalar va tashkilotlarni ekologik jihatdan baholash”ni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14015:2019 — Ekologik menejment tizimi. Uchastkalar va tashkilotlarni ekologik jihatdan baholash”ni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

27.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14040:2016 — Ekologik menejment. Hayot siklini baholash prinsiplari va tuzilish sxemasi”ni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14040:2016 — Ekologik menejment. Hayot siklini baholash prinsiplari va tuzilishi sxemasi”ni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14040:2016 — Ekologik menejment. Hayot siklini baholash prinsiplari va tuzilishi sxemasi”ni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

28.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14050:2019 — Atrof muhitni boshqarish menejmenti. Lugʻati”dan foydalanishni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14050:2019 — Atrof muhitni boshqarish menejmenti. Lugʻati”dan foydalanishni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14050:2019 — Atrof muhitni boshqarish menejmenti. Lugʻati”dan foydalanishni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

29.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14034:2019 — Ekologik menejment. Atrof muhitni himoyalash texnologiyalarini verifikatsiyalash”ni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14034:2019 — Ekologik menejment. Atrof muhitni himoyalash texnologiyalarini verifikatsiyalash”ni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14034:2019 — Ekologik menejment. Atrof muhitni himoyalash texnologiyalarini verifikatsiyalash”ni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

30.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14044:2019 — Ekologik menejment. Hayot siklini baholash. Talablar va tavsiyalar” asosida ishlashni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14044:2019 — Ekologik menejment. Hayot siklini baholash. Talablar va tavsiyalar” asosida ishlashni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14044:2019 — Ekologik menejment. Hayot siklini baholash. Talablar va tavsiyalar” asosida ishlashni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

31.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt 3135:2017 — Kimyoviy moddalarning suvdagi maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalari. Ishlab chiqish va ilmiy asoslanishi” asosida ishlashni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt 3135:2017 — Kimyoviy moddalarning suvdagi maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalari. Ishlab chiqish va ilmiy asoslanishi” asosida ishlashni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt 3135:2017 — Kimyoviy moddala?ning suvdagi maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalari. Ishlab chiqish va ilmiy asoslanishi” asosida ishlashni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

32.

Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14041:2019 — Ekologik menejment. Hayot siklini baholash. maqsad, tadqiqot maydoni va inventarizatsiya tahlili” asosida ishlashni joriy etish.

1. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14041:2019 — Ekologik menejment. Hayot siklini baholash. maqsad, tadqiqot maydoni va inventarizatsiya tahlili” asosida ishlashni joriy etish tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Talab etilmaydi

“Navoiy KMK” AJ

(Sanaqulov),

“Navoiyuran” DK

(Xasanov),

“Olmaliq KMK” AJ

(Xursanov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(Pirmatov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Norqulov),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattarov)

2. Tarmoq jadvaliga asosan kon-metallurgiya sanoati korxonalari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish.

2022-yil noyabr — 2023-yil may

3. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarida “Oʻz DSt ISO 14041:2019 — Ekologik menejment. Hayot siklini baholash. maqsad, tadqiqot maydoni va inventarizatsiya tahlili” asosida ishlashni joriy etish.

2023-yil iyun

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2022-y., 09/22/474/0774-son)