25.08.2022 yildagi 472-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlangʻich sinf (1 — 4-sinflar) oʻquvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul ovqat bilan taʼminlash tizimini joriy etish nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 9-fevraldagi 67-son qarorining 3-bandi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 1 — 4-sinf oʻquvchilarini tajriba-sinov tarzida 2021/2022 oʻquv yili yakuniga qadar bepul ovqatlantirish tizimi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlarida mazkur hududlardagi boshlangʻich sinf (1 — 4-sinflar) oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash uchun 100 milliard soʻmdan jami 200 milliard soʻm ajratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 1 — 4-sinflari oʻquvchilarini tajriba-sinov doirasida 2021/2022 oʻquv yili yakuniga qadar bepul ovqatlantirishni tashkil etish uchun tegishli mahalliy budjetlarda nazarda tutilgan mablagʻlardan Xalq taʼlimi vazirligiga 100,6 milliard soʻm yoʻnaltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1 — 4-sinflari oʻquvchilarini ovqatlantirilishiga qoʻyiladigan asosiy talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni keytering usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering tashkiloti tomonidan tayyor taomlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering usulida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni tanlovini tashkil etish hamda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering tashkiloti tomonidan yetkazib berilgan taomlar tarkibi va sifati ustidan doimiy nazoratni taʼminlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda ushbu qaror talablariga rioya etgan holda ochiqlik, shaffoflik va raqobat tamoyillari asosida tanlab olish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering tashkilotlarini tanlab olishda tumanlardagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining hududiy joylashuvini inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1 — 4-sinflari oʻquvchilarini bepul ovqatlantirishni tashkil etish uchun ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish va mazkur jarayonda korrupsiyaviy omillarning oldini olish boʻyicha manzilli choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1 — 4-sinflari oʻquvchilarini keytering usulida bepul ovqatlantirish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 1 — 4-sinflari oʻquvchilariga keytering xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqatlar hisobi, hisoboti hamda kunlik taomnomaning tarkibi Xalq taʼlimi vazirligining “kundalik.com” platformasi orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering tashkiloti umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oshxonasidan foydalanmagan holda oʻz imkoniyatlari doirasida tayyor taomlarni ishlab chiqarish va umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yetkazib berish orqali ovqatlantirishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda oʻrganishlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali xalq taʼlimi muassasalarida oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlantirish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganilgan holda keytering usulida oʻrta taʼlim muassasalari 1 — 4-sinflar oʻquvchilarini sogʻlom ovqatlantirish taomnomasini qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
472-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — maktab) 1 — 4-sinflar oʻquvchilarini (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) keytering usulida sogʻlom ovqatlantirish (keyingi oʻrinlarda — ovqatlantirish) tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering — hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, yetkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish xizmatlarini koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻquvchilarni ovqatlantirish maktablarning oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga mos shart-sharoitlar yaratilgan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buyurtmachi oʻquvchilarni ovqatlantirishni keytering usulida tashkil etishda quyidagilarga rioya qilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering tashkilotini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar) sifati yuqori darajada saqlab qolinishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlarni keytering tashkilotiga oʻtkazishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va xoʻjalik faoliyati xarajatlarini qisqartirish, faoliyatining asosiy boʻlmagan turlarini rivojlantirish hamda keytering tashkilotiga oʻtkazilgan xizmatlarning sifatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Keytering tashkiloti xodimlari maktabning tegishli hududiga oldindan taqdim etilgan va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida belgilangan tartibda kiradi hamda maktab binosida harakatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Keytering faoliyatini tashkil etish mazkur Nizomga ilova sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻquvchilarni ovqatlantirishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻquvchilarni ovqatlantirish keytering tashkiloti tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻquvchilarni ovqatlantirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan namunaviy mavsumiy taomnomalar, taom tayyorlash boʻyicha texnologik kartalar asosida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Keytering tashkiloti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalaniladigan texnologik jihozlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshxona xodimlari tomonidan taom tayyorlash texnologiyasi qoidalariga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshpazlarning har besh yilda bir marta malaka oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshpazlarning tibbiy koʻrikdan oʻtgan holda ishga qoʻyilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻquvchilarni ovqatlantirishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maktablarda oʻquvchilar keytering usulida bir mahal ovqatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Keytering tashkilotini tanlab olish Vazirlik tomonidan tasdiqlangan texnik talablarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xarid qilish tartib-taomillari asosida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov (tender) yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov (tender) oʻtkazish boʻyicha eʼlonlar va qoʻyiladigan umumiy talablar Vazirlik tomonidan buyurtmachiga taqdim qilinadi hamda buyurtmachi tomonidan davlat xaridlari elektron tizimining maxsus platformasiga va ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlovga buyurtmachi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining geografik joylashuvini va ular oʻrtasidagi masofani inobatga olgan holda alohida lotlar joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov (tender) yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan keytering tashkiloti bilan maktablarda keytering usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatini koʻrsatish boʻyicha shartnomalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan joriy oʻquv yili uchun belgilangan tartibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlik Oʻzbekiston Autsorsing xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar uyushmasi bilan birgalikda lozim boʻlgan taqdirda, sohaga oid mutaxassislarni jalb qilgan holda keytering tashkiloti faoliyati ustidan doimiy monitoring olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlik keytering tashkiloti faoliyati ustidan doimiy monitoring olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Keytering tashkiloti sifatida xizmat koʻrsatuvchi talabgorlarga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish xizmati koʻrsatish boʻyicha kamida uch yillik tajribaga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering xizmatlari boʻyicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda (tenderda) ishtirok etish uchun ariza berilgan kundan kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, toʻlovlar, boshqa majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalarning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmagan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga yoʻl qoʻymasligi toʻgʻrisida ariza taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda (tenderda) ishtirok etish uchun Vazirlik tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan texnik topshiriq va tanlov hujjatlari talablariga mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan taomlar tayyorlash texnologiyasi boʻyicha kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislarga (muhandis-texnolog, allergolog, diyetolog, gastroenterolog, terapevt vrach, oshpazlar) ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Keytering tashkiloti tomonidan tayyor taomlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Keytering tashkiloti taomlarni ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tartibda tasdiqlangan taomnoma asosida tayyorlaydi va oʻquvchilarga yetkazib berish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Keytering tashkiloti tayyor taomlarni qadoqlangan, bir marta ishlatiladigan qutilarda sovitkich moslamasi oʻrnatilgan maxsus avtotransport vositalarida maktablarga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Keytering tashkiloti yetkazib berilgan qadoqlangan tayyor taomlarni maktab oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq oʻquvchilarga tarqatishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Keytering tashkiloti yetkazib berilgan maktab oshxonasida isteʼmol qilingan qadoqlangan tayyor taomlarning chiqindilarini oʻz vaqtida utilizatsiya qilish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Keytering tashkiloti tomonidan yetkazib berilgan taomlar tarkibi va sifati ustidan doimiy nazoratni taʼminlash maqsadida har bir maktabda 5 nafar (maktab direktori, hamshira va ota-onalar vakillari) aʼzodan iborat tarkibda maxsus komissiya tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Keytering tashkiloti uzoq va olis hududlardagi maktablarga qadoqlangan tayyor taomlarni oʻz vaqtida, sifati buzilmagan holda yetkazib berish maqsadida oʻsha yerda joylashgan maktablarning birida tayyor mahsulotlarni saqlashni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda keytering tashkiloti yetkazib berilgan qadoqlangan tayyor taomlar ularning sifatiga taʼsir qilmagan holda texnik vositalar orqali (muzlatkich, vaakum moslamalari, ovqat uchun moslangan konteynerlar) saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Keytering faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sanitariya-gigiyena meʼyorlaridan kelib chiqib, bitta oʻquvchini bir mahal oziq-ovqat bilan taʼminlashning oʻrtacha narxi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda har oʻquv yili uchun tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oʻrtacha narx sanitariya-gigiyena meʼyorlarida belgilangan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini tegishli hududdagi mahsulotlarning oʻrtacha bozor narxiga koʻpaytirgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Keytering xizmatlariga haq toʻlash miqdori barcha xarajatlarni (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni taʼmirlash va ulardan foydalanish va boshqalarni) oʻz ichiga olgan holda 20 foizgacha miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻquv yili davomida yangidan sinflar ochilganda (yoki yopilganda), oʻquvchilar soni oʻzgarganda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan kiritilgan oʻzgartirish asosida tasdiqlangan oʻrtacha bozor narxlari keskin oʻzgarganda keytering tashkiloti va maktab tomonidan shartnoma boʻyicha umumiy boshlangʻich summaning 10 foizidan oshmagan miqdorda qoʻshimcha shartnoma tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻquvchilarni ovqatlantirish tashkil etilganda tayyor taomlar taomnomada belgilangan miqdorlarda va sanitariya-gigiyena meʼyorlariga mos ravishda boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Keytering tashkiloti tomonidan sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini, oshxona xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishini nazorat qilish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Taomnomada tayyor taomlar vazni, narxi, sarflangan mahsulotlar turi va ularning miqdorlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Koʻrsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi miqdorida oldindan, 85 foizi haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib, taqdim qilingan hisob-fakturalarga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Keytering tashkiloti bir oyda tasdiqlangan taomnomalar nusxalari va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisobot va hisob-faktura hujjatlarini keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmasdan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari buxgalteriyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering usulida ovqatlantirishni amalga oshirish uchun qoʻyilgan talablar bajarilishini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor taomlar sifatining taomnomaga muvofiqligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor taomlarning miqdori, mazasi, tarkibidagi mahsulotlarning sifati boʻyicha kamchiliklarga yoʻl quymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, ularda foydalaniladigan texnologik sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan doimiy monitoring olib borish, jumladan, oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga maktablarda sifatli va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik Oʻzbekiston Autsorsing xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar uyushmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tegishli hududiy boshqarmasi bilan birgalikda keytering tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish hamda oʻrganish natijalariga koʻra keytering tashkilotini “insofli ijrochi” yoki “insofsiz ijrochi” roʻyxatiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Buyurtmachi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keytering tashkiloti tomonidan yetkazib berilgan tayyor oziq-ovqat mahsulotlarining hisob-faktura hujjatlari “kundalik.com” platformasida shakllangan maʼlumotlarga mosligini tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan keytering xizmatlari uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda toʻlovni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan taomnoma asosida ovqatlantirishni tashkil etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Keytering xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan hisob-kitoblar ular tomonidan taqdim etilgan hisob-faktura hujjatlari asosida ushbu hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan “kundalik.com” platformasida shakllangan maʼlumotlarga mosligi tekshirilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va keytering tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma belgilangan tartibda bekor qilishiga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keytering usulida tashkil etish hamda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Buyurtmachi

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi)

Tanlov (tender) oʻtkazish boʻyicha eʼlonlar va qoʻyiladigan talablarni davlat xaridlari elektron tizimining maxsus platformasiga joylashtiradi. Ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Buyurtmachi tomonidan tuzilgan xarid komissiyasi

1. Tanlov (tender) ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqadi va eng yaxshilarini tanlab oladi.

2. Tanlov (tender) gʻolibini aniqlaydi va bayonnomani rasmiylashtiradi.

Yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi

1. Tanlov (tender) gʻolibi (keytering tashkiloti) bilan shartnoma tuzadi.

2. Keytering tashkiloti xodimlari maktablarning tegishli hududiga oldindan taqdim etilgan hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida belgilangan tartibda kiradi va maktab binosida harakatlanadi.

Tanlov (tender) gʻolibi aniqlangandan soʻng 3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi

Tegishli koʻrsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi miqdoridagi mablagʻni oldindan keytering tashkilotining hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Har oyning 5-kunigacha

5-bosqich

Keytering tashkiloti

Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitob qilish uchun amalda koʻrsatilgan xizmatlar hisob-fakturalar (bajarilgan ishlar dalolatnomalari) xamda boshqa asoslovchi hujjatlarni tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga taqdim etadi.

Shartnomada belgilangan muddatda

6-bosqich

Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari

Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari hisob-fakturalarni “kundalik.com” platformasida shakllangan maʼlumotlar bilan solishtirib, ularni umumlashtirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasiga taqdim etadi.

Har oyning 10-kunigacha

7-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi

1. Asoslovchi hujjatlar (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari) taqqoslanadi.

2. Tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq tasdiqlangan hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomalariga asosan qolgan 85 foiz summa keytering tashkilotiga toʻlanadi.

Tasdiqlangan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2022-y., 09/22/472/0772-son)