Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Qarori
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 24-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3196-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-762-son Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-son qarori (roʻyxat raqami 3196, 2019-yil 12-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2019-y., 10/19/3196/4015-son) bilan tasdiqlangan Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-avgust,
32-QQ-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-iyul,
33-QQ-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-iyul,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 2-avgustdagi 32-QQ-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-iyuldagi 33-QQ-son va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 29-iyuldagi 13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 5-band “haqli” degan soʻzdan keyin “, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo boʻyicha ijro ishini yuritish hollari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2022-y., 10/22/3196-1/0769-son)