1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.09.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy kesilgan daraxt va buta uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup koʻchat ekish majburiyati yuklatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butun mamlakat miqyosida daraxtzorlarni koʻpaytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilning bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika boʻyicha 127 milliondan ortiq daraxt va buta koʻchatlari ekilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) tomonidan “Yashil makon” platformasi ishga tushirilib, ekilgan koʻchatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxt va butalarni kompensatsiya tarzida ekish yuridik va jismoniy shaxslarni daraxt va butalarni kesishga ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yigʻimni yoki ularni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki koʻchirib oʻtkazganlik uchun maʼmuriy jarimalarni toʻlashdan ozod qilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiyaviy ekish joylari, qoida tariqasida, hududlarda tashkil etilgan “Yashil bogʻlar” va “Yashil jamoat parklari”, shuningdek, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan boshqa hududlardan tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash, ularni ekish, sugʻorish, oziqlantirish va butash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlar va butalarni xatlovdan oʻtkazish, biriktirish, koʻchirib oʻtkazish, kesish va kompensatsiyaviy ekish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlash tufayli yetkazilgan zararni undirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2022-yil 31-dekabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekologiya qoʻmitasi shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan qarovsiz qolgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazsin, ularni bino va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilariga tutash hududlardan kelib chiqqan holda biriktirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat ekologiya qoʻmitasining takliflari asosida daraxtlarni parvarish qilish maqsadida ularni tegishli masʼullarga biriktirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2022-yil kuz va 2023-yil bahor mavsumlarida koʻchat ekish ishlarini tizimli tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-sentabrga qadar kuzgi va 1-fevralga qadar bahorgi koʻchat ekish hajmlari boʻyicha manzilli dasturlarni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman va shahar markazlarida arxitektura va landshaft-dizayn talablari asosida shaharga koʻrk beruvchi manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxt va butalarning zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalarining 2 foizigacha miqdordagi mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 22-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
464-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish, shu jumladan, butash, xatlovdan oʻtkazish, biriktirish, koʻchirib oʻtkazish, kompensatsiyaviy ekish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom talablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida oʻsadigan daraxtlar va butalar hamda ularning koʻchat va nihollariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pitomniklar hamda plantatsiyalarda yetishtiriladigan daraxtlar va butalarga, shuningdek, ularning koʻchat va nihollariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining mulki boʻlgan va ular tomonidan yogʻoch hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalar (teraklar va boshqa tez oʻsadigan daraxt turlari, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar)ga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bogʻdorchilik va uzumchilik uchun ajratilgan yer uchastkalaridagi mevali daraxtlar va butalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butash — daraxtlar va butalarning shoxlariga kerakli shakl berish, asosiy shoxning balandligini tekislash, skelet hosil qiluvchi shoxlarning bir tekisda joylashishini taʼminlash maqsadida quriyotgan, shikastlangan, asosiy shoxga qarab ichkariga yoki bir-biriga juda yaqin oʻsayotgan shoxlarni balzamik qismigacha kesib olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish — daraxtlarni muhofaza qilish maqsadida ularning soni, turi, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari boʻyicha hisobga olish hamda daraxtlar reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlar reyestri — daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlarini hisobga olish maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlarni biriktirish — aholi punktlaridagi bino va inshootlarning mulkdorlari yoki ulardan foydalanuvchilarni, shu jumladan, ijaraga oluvchi yuridik shaxslarni bino va inshootlarga tutash hududlardagi daraxt va butalarni parvarish qilish va muhofaza qilishga masʼul etib belgilash maqsadida daraxtlar reyestridan koʻchirma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kesish — daraxtlar va butalar asosiy tanasining tag qismidan yoki oʻsishdan toʻxtatish darajasigacha yuqori qismidan kesib (qirqib) olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kundakov qilish — daraxtlar va butalarni ildizi bilan qoʻporib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchirib oʻtkazish — daraxtlar va butalarning ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan, ularning yashovchanligini saqlab qolgan holda boshqa joyga ekish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiyaviy ekish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kesilgan (yoʻq qilingan) daraxtlar va butalar oʻrniga majburiy ravishda koʻchatlar ekish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parvarish qilish — daraxtlar va butalarni sugʻorish, oziqlantirish, butash, oqlash, shuningdek, turli zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan daraxtlar va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish yoxud bunday holatlarning oldini olish maqsadida kimyoviy va biologik ishlov berish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya maqsadida kesish — tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklari taʼsirida zararlangan, quriyotgan, qurib qolgan hamda insonning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga, turli kommunikatsiyalarga tahdid solayotgan, shoxlari betartib oʻsishi natijasida qoʻshilib ketgan yoki singan, avariya holatidagi daraxtlar va butalarni tag qismidan kesish (qirqish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikastlantirish — daraxtlar va butalar ichini oʻyish, ularning atrofiga ildiz boʻgʻzidan koʻpi bilan 20 sm masofagacha yaqinlikda qattiq qoplama (beton, asfalt) yotqizish, yoqish, taqiqlangan (muddati oʻtgan) kimyoviy va biologik vositalar bilan ishlov berish yoki kimyoviy va biologik vositalarni notoʻgʻri qoʻllash, shuningdek, oʻsishdan toʻxtash va qurib qolish darajasigacha zarar yetkazuvchi har qanday xatti-harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” platformasi — hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, mavjud daraxtlar soni, turi va joylashuvi, shaharlarning koʻkalamzorlashtirilganlik darajasi, daraxtlarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari va ular boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron maʼlumotlar bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar davlat oʻrmon fondiga kirmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzor va butazorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻllarning, avtomobil yoʻllarining, tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek, koʻkalamzorlashtirish uchun ekilgan oʻsimliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomorqalardagi va bogʻ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan joriy etilgan moratoriy davrida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish hamda parvarish qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Daraxtlar va butalarni ekish ularning turlariga, iqlim sharoitiga moslashuvchanligiga, yer osti suvlari yaqinligi, yerning shoʻrlanish darajasi, sugʻorish tizimi mavjudligiga hamda ularning funksional vazifalariga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ekish uchun joy tanlashda daraxtlar va butalarning bioekologik xususiyatlari, tuproqning unumdorligi, qurgʻoqchilikka chidamliligi, shuningdek, quyoshli va soya joylarga moslashuvchanligi eʼtiborga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning koʻkalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan hamda maʼnan eskirgan bino va inshootlarni renovatsiya qilish bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish hamda parvarish qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash hamda ularni ekish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga biriktirilgan yoʻl va koʻchalar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy va sunʼiy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishgan holda suv xoʻjaligi organlari;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi yerlarida hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekish ishlari bahor va kuz oylarida ob-havo sharoiti, daraxtlar va butalarning tutuvchanligi, shuningdek, har bir daraxt va butaning turlariga mos keladigan ekishning agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda olib boriladi. Yilning boshqa fasllarida ham ehtiyojdan kelib chiqib daraxtlar va butalarni ekish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar (shaharlar) markaziy koʻchalarini koʻkalamzorlashtirish uchun ekiladigan daraxt va buta koʻchatlarining koʻkaruvchanligini taʼminlash maqsadida yoshi 5 yildan kam boʻlgan koʻchatlarni hamda sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan yerlarga koʻchatlarni ekish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holda bahor va kuz oylarida, zaruratdan kelib chiqib daraxtlarni koʻchiradigan maxsus texnika mavjud boʻlganida yil davomida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda-biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki koʻchalar, mahallalar hududlari hamda koʻp kvartirali uylar oraligʻi va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — mazkur yer egalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda hamda zaxira yerlarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari;
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butashdan hosil boʻladigan shox-shabbalarni olib chiqib ketish ushbu ishlarni bajargan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Turli zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va boshqa aholi punktlarida hamda zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan hududlarda esa ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yer uchastkalarining mulkdorlari, yer egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari, shuningdek, ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar oʻzlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlardagi daraxt va butalarni parvarish qilish va ularning muhofazasini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish statistik hisobotlarni tuzishda foydalanish uchun maʼlumotlar olish, koʻkalamzorlashtirishni rivojlantirish, yangi obyektlarni qurish va mavjud obyektlarda rekonstruksiya ishlarini rejalashtirish, shaharlar va boshqa aholi punktlarida landshaft-arxitektura obyektlarini qayta tiklash, rekonstruksiya qilish va foydalanish, ularning saqlanishi va holati uchun javobgar shaxslarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xatlov natijasida daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari hisobga olinib, ularning reyestrlari shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xatlov har yili ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida oʻtkaziladi. Bunda yangi ekilgan daraxtlarni biriktirish boʻyicha qoʻshimcha xatlovlar amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xatlovni oʻtkazish uchun har bir hududda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari qabul qilinadi. Ushbu qarorlarda daraxtlar xatlovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tarkibi, xatlovni oʻtkazish vaqti va natijalarini taqdim etish muddatlari belgilanadi. Bunda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari hamda oʻzlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlarda tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ishchi guruh tomonidan shaharlar, tumanlar va boshqa aholi punktlari, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari hamda tabiiy va sunʼiy suv havzalarining xaritalari yoki sxemalari asosida xatlov oʻtkaziladigan uchastkalar va ularga masʼullar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishchi guruhning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarga chiqqan holda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish, hisobga olish va qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlar reyestrini shakllantirish va Davlat ekologiya qoʻmitasiga umumlashtirish uchun taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylar mulkdorlari egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan yoki shaharsozlik faoliyati natijasida shakllangan yangi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalarini, shuningdek, ularda joylashgan daraxt va butalarni aniqlash, tutash yer uchastkalari chegaralarini belgilash, ularni ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq ajratib berish boʻyicha (daraxtlar joylashuvi sxemasi (xaritasi) ilova qilingan holda) takliflar ishlab chiqish va kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xatlov ishlari aholi yashash punktlarida, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, tabiiy va sunʼiy suv havzalari boʻylarida, fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda, zaxira yerlarda hamda tashkilotlar hududlarida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xatlov quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh tomonidan joyiga chiqqan holda daraxtlarni hisobga olish hamda ularni jurnalda yoki raqamlashtirish yoʻli bilan qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayd etilgan maʼlumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan Daraxtlar reyestriga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xatlov ishlari Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha metodik qoʻllanma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yangi (joriy yilda) ekilgan daraxtlar soni va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shakl asosida har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kuniga qadar Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga majburiy tartibda taqdim etib boriladi hamda ekilgan daraxtlar qiymati, turi va soniga qarab buxgalteriya qoidalariga binoan tegishliligicha balansga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xatlov oʻtkazishda yuz yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reyestr yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu daraxtlarni tabiat yodgorligi deb eʼlon qilish “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tabiat yodgorligi deb eʼlon qilingan daraxtlarni tashqi taʼsirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan bir metrdan kam boʻlmagan masofada va balandligi bir metr yigirma santimetr boʻlgan metall panjara bilan oʻralishini taʼminlashi kerak.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ushbu daraxtlar toʻgʻrisidagi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi (daraxtning nomi, uning yoshi, reyestr raqami, joylashgan manzili) maʼlumotni oʻz ichiga olgan yorliq metall panjaraga osib qoʻyilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xatlov yakunlari boʻyicha shakllantirilgan daraxtlar reyestri maʼlumotlari ishchi guruh tomonidan respublikada yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekologiya qoʻmitasi daraxtlar reyestri maʼlumotlarini umumlashtiradi va “Yashil makon” platformasiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Yashil makon” platformasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ekilgan daraxtlarni biriktirish boʻyicha har yili oʻtkaziladigan qoʻshimcha xatlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi xatlov natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kuniga qadar Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga majburiy tartibda taqdim etib boriladigan, yangi ekilgan daraxtlar soni va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish va koʻchirish boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida muntazam ravishda yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” platformasi maʼlumotlaridan kelgusida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun daraxtlar mavjud uchastkalarda loyihalashtirish, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish va boshqa ishlarni olib borish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar bepul foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Daraxtlarni biriktirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari daraxtlarni biriktirish boʻyicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalari xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov natijalariga muvofiq tegishli yer uchastkalarini davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga belgilangan talablar asosida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish yuzasidan taklif ishlab chiqish va mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlaridagi qarovsiz qolgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish, ularni bino va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilariga tutash hududlardan kelib chiqqan holda biriktirish boʻyicha taklif ishlab chiqish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxtlarni biriktirish boʻyicha takliflarga daraxt joylashuvi sxemasi (xaritasi), mahalliy davlat hokimiyati organining daraxtlarni biriktirish toʻgʻrisida tegishli qarori loyihasi hamda foto materiallar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda aholi punktlarida qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, “Yashil bogʻlar” va “Yashil jamoat parklari”ni koʻkalamzorlashtirish, shu jumladan, ular hududlarida daraxtlarni ekish, saqlash va parvarish qilish ishlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda ishsiz shaxslar mavjud boʻlganda har bir mahalladan kamida bittadan fuqaro jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu fuqarolarning mehnatiga haq toʻlash Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Daraxtlarni biriktirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik faoliyati natijasida shakllangan yangi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalarini tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda ajratib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tashkilotlardan boshqa yuridik shaxslar — aholi punktidagi binolar va inshootlarning mulkdorlari yoki ulardan foydalanuvchilar, shu jumladan, ijaraga oluvchilarga yer uchastkalarini ajratmagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining daraxtlarni biriktirish toʻgʻrisidagi tegishli qarorlari bilan amalga oshiriladi. Bunda daraxtlarni biriktirish yuridik shaxslarning roziligi asosida Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan keng targʻibot va tashviqot tadbirlarini tashkil etish doirasida amalga oshiriladi.
(28-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizomning 28-bandiga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkalaridagi mavjud daraxtlar yoki yuridik shaxslarga yer uchastkalarini ajratmagan holda biriktirib berilgan daraxtlar boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylar mulkdorlari va boshqa yuridik shaxslarga daraxtlar reyestridan elektron shaklda koʻchirmalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxtlar reyestridan koʻchirma ikki nusxada tuziladi va Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi hamda daraxtlar reyestridan koʻchirmani qabul qilib oluvchi tashkilot rahbari yoki uning ishonchli vakili tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxtlar reyestridan koʻchirma yangi ekilgan, ruxsatnomalar asosida kesilgan, qonunga xilof ravishda kesilgan, kundakov qilingan, yoʻq qilingan, shuningdek, koʻchirib oʻtkazilgan daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxtlar reyestridan berilgan koʻchirma mazkur daraxtlar va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan hech qanday huquqni keltirib chiqarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi zarur hollarda ushbu Nizomning 28-bandiga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkalaridagi daraxtlarni parvarish qilish hamda sugʻorish yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga majburiy koʻrsatmalar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish, koʻchirib oʻtkazish yoki kompensatsiyaviy ekish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga sanitariya maqsadlarida, shuningdek, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holatlarda yoʻl qoʻyiladi, bundan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxtlar va butalarni kesish toʻlov asosida amalga oshiriladi, bundan sanitariya maqsadida kesish hollari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berish (olish) Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish muddati davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxtlar va butalarni saqlab qolish imkoniyatlarini, shu jumladan, koʻchirib oʻtkazish masalasini koʻrib chiqadi hamda koʻchirib oʻtkaziladigan daraxtlar va butalarning soni, turi, muddatlari va koʻchirish joyini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlab qolishning iloji boʻlmagan taqdirda, kesilishi lozim boʻlgan daraxtlar va butalar sonini belgilaydi hamda kompensatsiyaviy ekiladigan daraxtlar va butalarning soni, turi hamda ekish muddati va joyini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam boʻlmagan yirik oʻlchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) koʻchatni ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish boʻyicha qoʻshimcha majburiyat yuklatiladi. Bunda daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yigʻimni toʻlaganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensatsiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz xodimlari yoki boshqa ekspertlar, shu jumladan, daraxtlarning holatini baholash maqsadida dendrologiya boʻyicha mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruhlar tashkil etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish ishlari Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli yuridik va jismoniy shaxslar Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilariga, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslarga daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazishdan kamida uch kun oldin unda ishtirok etuvchi vakillar ishtirokini taʼminlash yuzasidan yozma ravishda xabar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma xabarnomani olgan manfaatdor shaxslar daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish ishlarida oʻz vakillari ishtirokini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchirib oʻtkazish sanasi, joyi (manzil va joyining konturlari) daraxtlar va butalar soni, turi, koʻchirib oʻtkazishning sababi, ushbu jarayonda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi (F.I.O., tashkilot nomi) maʼlumotlar koʻrsatilgan hamda foto materiallar ilova qilingan holda bir nusxada dalolatnoma tuziladi va ishtirok etuvchilar tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchirib oʻtkazish dalolatnomasining asl nusxasi Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarida uch yilgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish ishlarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, jamoatchilik ekologik nazoratining inspektorlari hamda boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kompensatsiyaviy ekish joylari, qoida tariqasida, hududlarda tashkil etilgan “Yashil bogʻlar” va “Yashil jamoat parklari”, shuningdek, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan boshqa hududlardan tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiyaviy ekish ishlari Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari vakillari, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilari ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari kompensatsiyaviy ekish uchun masʼul shaxslarga, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilariga, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslarga daraxtlar va butalarni kompensatsiyaviy ekishdan kamida uch kun oldin unda ishtirok etuvchi vakillar ishtirokini taʼminlash yuzasidan yozma ravishda xabar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiyaviy ekish uchun masʼul shaxslar va boshqa manfaatdor shaxslar daraxtlar va butalarni kompensatsiyaviy ekish ishlarida oʻz vakillari ishtirokini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompensatsiyaviy ekish sanasi, joyi (manzil va joyining konturlari) daraxtlar va butalar soni, turi, yoshi, kompensatsiyaviy ekish sabablari (asoslari), kompensatsiyaviy ekishda ishtirok etgan jismoniy yoki yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi (F.I.O., tashkilot nomi) maʼlumotlar koʻrsatilgan hamda foto materiallar ilova qilingan holda bir nusxada dalolatnoma tuziladi va ishtirok etuvchilar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada masʼul shaxslarning kompensatsiyaviy ekilgan koʻchatlarni kamida ikki yil davomida parvarish qilish majburiyati qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiyaviy ekish dalolatnomasining asl nusxasi Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarida uch yilgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiyaviy ekish ishlarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, jamoatchilik ekologik nazoratining inspektorlari hamda boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar markazidagi koʻchalarda hamda zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar hududlari hamda koʻp kvartirali uylar oraligʻi va atrofida, shu jumladan, koʻchalar va boshqa aholi punktlarida — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, shuningdek, jismoniy shaxslarning murojaatiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar boʻylarida — tegishliligi boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va suv xoʻjaligi organlari;
(36-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kesish, butash va koʻchirib oʻtkazish ishlarida hosil boʻlgan chiqindilarning (shox-shabba, barglar va boshqa kesish ishlari qoldiqlari) olib chiqib ketilishi, shuningdek, buzilgan yerlarning qayta tiklanishi ushbu ishlarni amalga oshirgan masʼullar tomonidan bir sutka davomida taʼminlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki koʻchirib oʻtkazganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Daraxtlar va butalarning noqonuniy kesilishi, kundakov qilinishi, shikastlantirilishi, yoʻq qilinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki koʻchirib oʻtkazganlik uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 4-ilovada belgilangan miqdorlarda zarar hisoblanib, tegishli tartibda undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy tayyorlangan mahsulotlar (yogʻoch, oʻtin va boshqalar) huquqbuzardan olib qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun 100 tup koʻchatni kompensatsiya tarzida ekish hamda ularni kamida uch yil davomida parvarish qilish majburiyati yuklatiladi. Bunda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslari tomonidan huquqbuzarga kompensatsiyaviy ekish joyi va muddatini belgilagan holda majburiy koʻrsatma beriladi. Kompensatsiyaviy ekish ishlari ushbu Nizomning 34-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslari majburiy koʻrsatmalarini bajarmaslik huquqbuzarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pogʻona pasaytiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darajasi (reyting bahosi) bir pogʻona pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil mobaynida darajasini (reyting bahosini) koʻtarish imkonidan mahrum boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darajasini (reyting bahosini) bir pogʻonaga pasaytirish imkoni boʻlmagan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan toʻliq chiqarib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etganlik holati tasdiqlanganidan soʻng uch kun muddatda Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga ushbu qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasiga (reyting bahosiga) taʼsir koʻrsatish choralarini koʻrish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi.
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi taqdimnoma tushgan kundan boshlab 10 ish kunida tegishli qurilish-pudrat tashkilotining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasiga taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllaydi va bu toʻgʻrisida Davlat ekologiya qoʻmitasiga rasmiy axborot kiritadi.
(39-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Daraxtlar va butalarni noqonuniy kesishdan hosil boʻlgan mahsulotlar (yogʻoch, oʻtin va boshqalar) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish orqali qabul qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mahsulotlar (yogʻoch, oʻtin va boshqalar) tayyorlov va savdo tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlari omborxonalariga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida yoki noqonuniy kesishdan hosil boʻlgan mahsulotlar (yogʻoch, oʻtin va boshqalar) oʻtin sifatida ishlatish uchun “Mehribonlik” uylari, “Muruvvat” internat uylari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, shuningdek, taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlariga hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga koʻra Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga tegishli dalolatnoma asosida beriladi.
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnomalar berish, shuningdek, ularni gʻayriqonuniy kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki koʻchirib oʻtkazganlik uchun undiriladigan mablagʻlar (zarar va jarimalar) Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga tushadi va uning 26 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tut daraxtlarini gʻayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yoʻq qilganlik uchun undirilgan jarimalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Bunda undirilgan jarimalarning 50 foizi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining hisobvaragʻiga, 26 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar, qonunbuzarlik sodir etilgan hududda maqsadli ravishda yangi tut koʻchatlarini ekishga yoʻnaltiriladi. Ushbu mablagʻlarni boshqa maqsadlarga, shu jumladan, qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi boʻyicha davlat nazorati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Daraxtlar va butalarni muhofaza qilish, parvarish qilish, xatlovdan oʻtkazish, biriktirish, kesish, koʻchirib oʻtkazish, ekish yoki kompensatsiyaviy ekish ustidan jamoatchilik nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Tadbirlar
Subyektlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash va ekish
1. Aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari.
2. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga biriktirilgan yoʻl va koʻchalar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
3. Tashkilotlarga tegishli hududlarda — yer egalari.
4. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
5. Tabiiy va sunʼiy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishgan holda suv xoʻjaligi organlari.
6. Fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
7. Zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Daraxtlar va butalarni ekish — bahor va kuz faslida yoki ehtiyojdan kelib chiqqan holda boshqa fasllarda
2-bosqich
Daraxtlar va butalarni sugʻorish va oziqlantirish
1. Shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar.
2. Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki koʻchalar, mahallalar hududlari hamda koʻp qavatli uylar oraligʻi va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqdagi tashkilotlar.
3. Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
5. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari.
6. Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari.
7. Fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
8. Zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Yil davomida
3-bosqich
Daraxtlar va butalarni butash
1. Shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda hamda zaxira yerlarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
2. Boshqa aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari.
3. Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
5. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari.
6. Daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari.
7. Fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
Bahor faslida yoki ehtiyojdan kelib chiqqan holda — yil davomida
4-bosqich
Turli zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan yoki kasallikka chalingan daraxt va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish
1. Aholi punktlarida hamda zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
2. Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
3. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
4. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari.
5. Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari.
6. Fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
Yil davomida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Tadbirlar
Subyektlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
1. Xatlov oʻtkazish toʻgʻrisida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi qarorini qabul qilish.
2. Xatlovni oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruhni shakllantirish.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, yer egalari yoki biriktirilgan hududlardagi tegishli tashkilotlar
Xatlov oʻtkaziladigan yili 10-fevralga qadar
2-bosqich
Xatlov oʻtkaziladigan uchastkalar va masʼullarni belgilash.
Ishchi guruh
Xatlov oʻtkaziladigan yili 1-martga qadar
3-bosqich
1. Joyiga chiqqan holda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish, hisobga olish hamda ularni jurnalda yoki raqamlashtirish yoʻli bilan qayd etish.
2. Qayd etilgan maʼlumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va daraxtlar reyestriga kiritish.
3. Daraxtlar reyestri maʼlumotlarini Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etish.
Ishchi guruh
Xatlov oʻtkaziladigan yili 1-martdan 1-noyabrga qadar
4-bosqich
1. Daraxtlar reyestri maʼlumotlarini “Yashil makon” platformasiga kiritish maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
2. Daraxtlar reyestri maʼlumotlarini Davlat ekologiya qoʻmitasining veb-saytiga joylashtirish.
Davlat ekologiya qoʻmitasi
Xatlov oʻtkaziladigan yil yakuniga qadar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DARAXTLAR REYESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr raqami
Viloyat
Tuman
(shahar)
Tashkilot nomi
Manzili
(MFY, koʻcha va bosh.)
Daraxt turi
(nomlanishi)
Daraxts oni
Daraxt holati
(sogʻlom, kasallangan, qurigan)
Daraxt tanasining aylanma oʻlchami
(1,3 metr balandlikda, sm)
Daraxt ningyoshi
(yil)
Joylashuv lokatsiyasi
(koordinatalari)
Daraxtlarni roʻyxatga olish raqami
Xatlov dalolatnomasi raqami va sanasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish bilan ularga yetkazilgan zararni undirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Qoidabuzarlik turlari
Zarar miqdori (bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
100 yoshdan kichik
100 yosh va undan yuqori
kam qiymatli
qimmatbaho
kam qiymatli
qimmatbaho
1.
Kesilgan, yoʻq qilingan yoki oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikastlangan har bir daraxt va buta uchun, toʻnkasi oldidagi diametri (sm):
4 gacha
1
4
4
8
4,1 — 8
1,5
6
6
12
8,1 — 12
2
10
8
20
12,1 — 16
3
13
12
26
16,1 — 20
5
18
20
36
20,1 — 24
7,5
25
30
50
24,1 — 28
9
35
36
70
28,1 — 32
11,5
45
46
90
32,1 — 36
16,5
55
66
110
36,1 — 40
22
65
88
130
40,1 — 44
26
80
104
160
44,1 — 48
31
95
124
190
48,1 — 52
36
105
144
210
52,1 — 56
41
115
164
230
56,1 — 60
46
135
184
270
60,1 — 64
52,5
145
210
290
64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun toʻlov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi.
2.
Noqonuniy kesilgan:
1 m³ saksovul uchun
14
1 m³ cherkez, qandim, yulgʻun va boshqa yovvoyi holda oʻsuvchi butalar uchun
3
3.
Oʻsishdan toʻxtamaydigan darajasigacha shikast yetkazilgan har bir:
daraxt uchun
3
4
4
4
buta uchun
1
2
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noqonuniy kesilgan daraxtlarning tanasi diametri yer bilan tutashgan joyidan oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butalarning diametri ildiz boʻgʻzidan oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy davrida daraxtlar va butalarga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida” soʻzlari “Davlat oʻrmon fondi yerlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda undirish miqdori” ustuni nomidagi “shuningdek aholi yashash joylari va transport magistrallarining oʻrmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraxt-butazorlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 15-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
a) oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talab va shartlariga rioya qilish;
b) vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda va joylarga ruxsatnoma asosida kesilgan har bir daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchatlarini ekish (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish.
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-dekabrdagi 1044-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qarorining 266-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga 4-ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 557-bandi.