1-ILOVA
1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Masʼullar |
|
1. |
Mahalla hududida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka koʻmaklashish va oʻqitish markazlari kabi infratuzilmani yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni aniqlashda hokim yordamchilari bilan hamkorlik qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgust — dekabr |
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
2. |
Hokim yordamchilariga mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma obyektlarini yaratish faoliyati boʻyicha metodik qoʻllanma tayyorlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 20-sentabr |
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
3. |
Har bir mahalla boʻyicha infratuzilma obyektlarini xatlovdan oʻtkazish. Xatlov natijasiga koʻra mahallaning ehtiyoji va salohiyatini inobatga olgan holda davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga muvofiq keladigan infratuzilma obyektlarining roʻyxatini shakllantirish. Shakllantirilgan roʻyxat hokim yordamchilariga taqdim etilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 10-oktabr |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Hokim yordamchilari uchun davlat-xususiy sheriklikning mazmun-mohiyati boʻyicha masofadan onlayn tarzda oʻquv-seminarlarini tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2022-yil avgust-sentabr |
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Mahallalar hududida infratuzilma obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya, modernizatsiya va ekspluatatsiya qilish uchun tadbirkorlarni jalb qilish maqsadida targʻibot ishlarini olib borish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2022-yil avgust — dekabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
6. |
Mahallalar hududida davlat-xususiy sheriklik boʻyicha infratuzilma yaratishda hokim yordamchilari faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgust — dekabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
Mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgust — dekabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
8. |
Mahallalar hududidagi boʻsh turgan binolar va yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kelgusida mahallaning ehtiyoji va salohiyatini inobatga olgan holda istiqbolli davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish maqsadida hokim yordamchilariga taqdim qilib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgust — dekabr |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |