10.08.2022 yildagi 442-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Zarafshon” milliy tabiat bogʻini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qarori ijrosini taʼminlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni davlat tomonidan boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, “Zarafshon” milliy tabiat bogʻidagi relikt va noyob toʻqayzor oʻrmonlar, tabiiy majmualarni muhofaza qilish, tabiiy obyektlar va majmualardan qonunchilik talablari asosida foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Samarqand viloyati hokimligining Jomboy va Bulungʻur tumanlari hududida joylashgan, umumiy maydoni 2 426,2 gektar boʻlgan “Zarafshon” milliy tabiat bogʻini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Zarafshon” milliy tabiat bogʻini qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasi (Oblomuradov) ikki oy muddatda “Zarafshon” milliy tabiat bogʻining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulklari va asosiy vositalarini hamda boshqa obyektlarini, shuningdek, pitomniklaridagi yovvoyi hayvonlarni xatlovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat ekologiya qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda “Zarafshon” milliy tabiat bogʻining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizomi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari, koʻchmas mulk obyektlarining kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududi, shuningdek, uning qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari chegaralarining belgilanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar joyiga chiqqan holda oʻrganish ishlarini oʻtkazib Buxoro bugʻulari uchun yashash joylarini yaxlit saqlash, Zarafshon daryosi suv sathining pasayishi natijasida qirgʻoqlardagi toʻqayzorlarga boʻlayotgan salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida milliy tabiat bogʻi hududini kengaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) doimiy ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan targʻibot va davlat ekologiya nazorati ishlarini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududida tabiiy obyektlar monitoringi yuritilishi va ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
442-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 442-son qaroriga
1-ILOVA

“Zarafshon” milliy tabiat bogʻini qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

N. Oblomuradov

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi

2.

N. Bakirov

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

B. Ibragimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

4.

A. Shukurov

Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

5.

X. Sherimbetov

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boshqarmasi boshligʻi, Komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 442-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Zarafshon milliy tabiat bogʻi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-fevraldagi 82-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tabiat bogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimiga kiradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Sudochye-akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi 58-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-banddagi “Moʻynoq” soʻzi “Moʻynoq, Taxtakoʻpir” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning II boʻlimi “Hudud nomi” ustunidagi “Moʻynoq” soʻzi “Taxtakoʻpir” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilovaning II boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

II. “Akpetki” uchastkasi

Moʻynoq tumani

335 484

Taxtakoʻpir tumani

53 801

Jami:

389 285

Umumiy yer maydoni

442 223

.

Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-maydagi 275-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 09/26/275/0534-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon fondi yerlari va sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanish hamda yogʻochbop mahsulotlar yetishtirish hajmini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 14-iyuldagi 442-son qaroriga 3-ilovaning “Samarqand viloyati” boʻlimi 5-pozitsiyasi “Ihota daraxtzorlarini barpo etuvchi davlat oʻrmon xoʻjaliklari nomi” ustunidagi “Zarafshon milliy tabiat bogʻi” soʻzlari “Kattaqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/442/0727-son; 26.05.2026-y., 09/26/275/0534-son)