1-ILOVA
|
1. |
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
|
2. |
A.A. Abduvaxitov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari |
|
3. |
X.M. Sultonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi |
|
4. |
A.A. Joʻraboyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari |
|
5. |
A.A. Abduhakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri |
|
6. |
Z.B. Mahkamova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi |
|
7. |
J.A. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari |
|
8. |
O.A. Nazarbekov |
— |
madaniyat vaziri |
|
9. |
T.A. Ishmetov |
— |
moliya vaziri |
|
10. |
V.I. Norov |
— |
tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi |
|
11. |
B.N. Kurbanov |
— |
mudofaa vaziri |
|
12. |
P.R. Bobojonov |
— |
ichki ishlar vaziri |
|
13. |
A.H. Qoʻldoshev |
— |
favqulodda vaziyatlar vaziri |
|
14. |
R.M. Djurayev |
— |
Milliy gvardiya qoʻmondoni |
|
15. |
A.V. Shin |
— |
maktabgacha taʼlim vaziri |
|
16. |
A.X. Toshqulov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
17. |
B.O. Saidov |
— |
xalq taʼlimi vaziri |
|
18. |
B.A. Musayev |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri |
|
19. |
Sh.X. Shermatov |
— |
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
|
20. |
N.B. Sayfullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shuʼba mudiri |
|
21. |
S. Turdiyev |
— |
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
22. |
B.S. Yuldashev |
— |
Fanlar akademiyasining prezidenti |
|
23. |
A.A. Xodjayev |
— |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
|
24. |
R.J. Qurbanov |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi |
|
25. |
A.Z. Saʼdullayev |
— |
Yoshlar ishlari agentligi direktori |
|
26. |
F.F. Abduxoliqov |
— |
Kinematografiya agentligi bosh direktori |
|
27. |
A.V. Nuridinov |
— |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
|
28. |
A. Koʻchimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
29. |
A.J. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
30. |
M.M. Hojimatov |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
|
31. |
S.S. Saidov |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
32. |
R.A. Abdullayev |
— |
Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi |
|
33. |
Sh. Qudratxoʻja |
— |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi |
|
34. |
O.A. Oʻsarov |
— |
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi |
|
35. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |
|
36. |
O.N. Qudratov |
— |
Vazirlar Mahkamasining kotibiyati mudiri, Respublika komissiyasi kotibi |
2-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Masʼul ijrochilar |
| I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | |||||
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalarini tuzish. | 1. Hududiy komissiyalar tarkibini shakllantirish. | 2022-yil 10-avgust | - | Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |
| 2. Mustaqillik bayramini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 3. Chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash. | 2022-yil avgust-sentabr | ||||
| 2. | Tuman va shaharlardagi markaziy koʻchalar, mahallalar, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bogʻlari hududini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining mazmun-mohiyati va ahamiyatini ifoda etuvchi tasviriy targʻibot vositalari va boshqa bezaklar asosida badiiy bezatish. | 1. Hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2022-yil avgust | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, tegishli vazirlik va idoralar |
| 2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish. | Tasdiqlangan reja asosida | ||||
| 3. | Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, “Saxovat” uylarida yashayotganlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, taniqli sanʼatkorlar ishtirokida xayriya tadbirlarini amalga oshirish. | 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2022-yil avgust | Mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlar mablagʻlari | Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2. Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust-sentabr | ||||
| 4. | Mustaqillik bayrami munosabati bilan hududlarda arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil etish. | 1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Fermer xoʻjaliklari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni yarmarkalarga jalb etish. | 2022-yil avgust-sentabr | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| II. Ommaviy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari | |||||
| 5. | Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish. | 1. Taniqli ssenarist va ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram ssenariysi va dasturini ishlab chiqish. | 2022-yil 15-avgust | Respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi |
| 2. Taniqli rejissor, baletmeyster, bastakor, rassom va boshqa ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borish. | 2022-yil avgust | ||||
| 6. | Hududlardagi madaniyat va istirohat bogʻlarida dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari va baxshilar ishtirokida ommaviy bayram tomoshalarini uyushtirish. | 1. Ommaviy bayram tomoshalarining reja-dasturlarini ishlab chiqish. | 2022-yil avgust | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, tashkilotchilar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
| 2. Reja-dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2022-yil avgust-sentabr | ||||
| 7. | Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan xalq saylini oʻtkazish. | 1. Xalq sayli dasturini ishlab chiqish. 2. Xalq saylini yuqori saviyada oʻtkazish. | 2022-yil sentabr | Tashkilotchilar mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi |
| 8. | Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalarning Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan tadbirlarda faol ishtirokini taʼminlash. | Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini taʼminlash. | 2022-yil avgust-sentabr | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari | Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 9. | “Mustaqillik — eng ulugʻ va eng aziz neʼmat” mavzusida davlat va jamoat tashkilotlarida “Maʼrifat soati”ni, taʼlim muassasalarida “Mustaqillik darsi”ni oʻtkazish. | 1. Maʼruzalar matni, taqdimot va roliklarni tayyorlash. 2. “Maʼrifat soati” va “Mustaqillik darsi”ni belgilangan muddatlarda yuqori saviyada tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust-sentabr | - | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, barcha vazirlik va idoralar |
| 10. | Mamlakatimiz hududlarida “Yangi Oʻzbekiston — inson qadri va manfaatlari ulugʻlangan yurt” shiori ostida adabiy-maʼrifiy va konsert dasturlari hamda “Maʼnaviyat festivali”ni oʻtkazish. | 1. Adabiy-maʼrifiy va konsert dasturlari, festival rejasi hamda ssenariysini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil davomida alohida reja asosida | Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |
| 11. | “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovini oʻtkazish. | 1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va taqdim etilgan asarlarni saralash. 2. Gʻoliblarni taqdirlashga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust | Tashkilotchilar mablagʻlari | Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi |
| 12. | Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, konsulliklarida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. | 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil sentabr | Tashkilotchilar mablagʻlari | Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
| 13. | Koʻchalarda joylashgan LED-ekranlar orqali “Mustaqillik bayraming muborak, ona Vatanim!” mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish. | 1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED-ekranlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Mavzuga oid ijtimoiy roliklarni tayyorlash. 3. Ijtimoiy roliklarni LED-ekranlar orqali keng namoyish etish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotchilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 14. | Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan “Vatan uchun yashaylik!” mavzusida eng yaxshi nasriy, sheʼriy va badiiy publitsistik asarlar tanlovini oʻtkazish. | 1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. 2. Tanlovga kelgan asarlarni saralash. 3. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimini oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust | Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari | Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 15. | Isteʼdodli yosh ijodkorlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida anʼanaviy respublika seminarini oʻtkazish. | 1. Seminar dasturi va ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish. 2. Seminarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust | Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari | Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq banki, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 16. | 25 nafar isteʼdodli yosh ijodkorning “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblari taqdimotini oʻtkazish. | 1. Taqdimot dasturini ishlab chiqish. 2. Taqdimotni oʻtkazish va matbuotda keng yoritish. | 2022-yil avgust | Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari | Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
| 17. | Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan “Ranglar jilosida — ona diyor” rasmlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish. | 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Koʻrik-tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust | “Ilhom” jamoat fondi | Badiiy akademiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |
| 18. | Badiiy akademiya markaziy koʻrgazmalar zalida taniqli rassomlarning sanʼat asarlari koʻrgazmasini oʻtkazish. | 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil sentabr | - | Badiiy akademiya |
| 19. | Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan “Milliy kino oyligi”ni oʻtkazish. | 1. Tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish. 2. “Milliy kino oyligi”ni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil sentabr | Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi, boshqa manbalar | Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, tegishli vazirlik va idoralar |
| 20. | Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan “Inson” hujjatli filmini tasvirga olish. | 1. Film ssenariysini tayyorlash. 2. Filmni suratga olish. 3. Film taqdimotini oʻtkazish. | 2022-yil sentabr | Davlat buyurtmasi uchun ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari | Kinematografiya agentligi |
| 21. | Davlat teatrlarida eng sara spektakllar namoyishi va ijodkorlar bilan tomoshabinlar oʻrtasida jonli muloqotlar tashkil etish. | 1. Davlat teatrlarida ochiq eshiklar kunini oʻtkazish. 2. Spektakllar namoyishiga aholi ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish. | 2022-yil 1-sentabr | - | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 22. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan madaniy tadbir oʻtkazish. | 1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish. 2. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust | Mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari | Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 23. | Madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayrami munosabati bilan “Yurtim jilosi” nomli xalq ijodiyoti badiiy havaskorlik jamoalarining konsert-tomosha dasturlarini tashkil etish. | 1. Konsert-tomosha dasturlari ssenariysini tayyorlash. 2. Ijodiy jamoalar repertuarlarini shakllantirish. 3. Tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni badiiy bezash hamda tadbirlarni tashkil etish. | 2022-yil avgust-sentabr | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 24. | “Eng namunali tuman”, “Eng namunali shahar”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali idora” respublika tanlovlarini oʻtkazish. | 1. Tasdiqlangan nizom asosida barcha hududlarda baholash ishlarini tashkil etish. 2. Gʻolib deb topilgan tuman, shahar, vazirlik va idoralarni taqdirlash marosimini oʻtkazish va tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust-sentabr | Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |
| 25. | Ommaviy axborot vositalarida taniqli olimlar, tarixchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, davlat arboblari, xorijiy kompaniya va korxonalar rahbarlari hamda mutaxassislar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”, “Uchinchi Renessans”, “Yangi Oʻzbekiston — inson qadri va manfaatlari ulugʻlangan yurt” mavzularida turkum materiallar tayyorlash, koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish. | Mavzuga bagʻishlangan materiallar, koʻrsatuvlar, eshittirishlar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotchilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
| 26. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan aholining keng qatlamlari oʻrtasida taniqli ijodkorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirokida maʼrifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va davra suhbatlari, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish. | 1. Tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarda taniqli ijodkorlarning ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrish. 3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotchilar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 27. | Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi harbiy orkestrlar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Istiqlol bayraming muborak boʻlsin, ona diyorim!” mavzusida konsert dasturlari namoyishini tashkil etish. | 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Chora-tadbirlar rejasi asosida konsert dasturlarini oʻtkazish. | 2022-yil avgust-sentabr | Vazirlik va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi |
| 28. | Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha xizmat majburiyatini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning koʻrsatgan qahramonliklarini keng targʻib etish maqsadida, ular istiqomat qilgan mahallalarda, harbiy qism va muassasalarda, mehnat jamoalarida taniqli adib va olimlar ishtirokida “Qahramonlar nomi barhayot!” mavzusida davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish. | 1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotchilar mablagʻlari | Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 29. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayrami arafasida hududlarda barpo etilgan maʼnaviyat maskanlarining tantanali ochilish marosimlarini tashkil etish. | Hududlarda qurilishi yakunlangan maʼnaviyat maskanlarining ochilish marosimlarini tantanali ravishda oʻtkazish va ushbu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tegishli hokimliklarning mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 30. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan fuqarolarda istiqlol qadriyatlariga sadoqat ruhini kuchaytirish, ularning ona Vatanimiz tarixiga doir bilimlarini oshirish maqsadida “OYINA.UZ” portalida onlayn viktorina tashkil etish. | 1. Onlayn viktorina oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. 2. Onlayn viktorina savollarini tuzish va texnik tayyorgarlikni amalga oshirish. 3. “OYINA.UZ” portalining telegram kanali orqali onlayn viktorinani oʻtkazish. | 2022-yil avgust | Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
| 4. Onlayn viktorina gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash marosimini tashkil etish. | 2022-yil sentabr | ||||
| 31. | Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan umumxalq marafonini oʻtkazish. | 1. Marafon dasturini ishlab chiqish. 2. Marafonda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash. 3. Marafonni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust-sentabr | Ijrochilar mablagʻlari | Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 32. | Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga “Mustaqillik bayramingiz muborak boʻlsin!” degan matndan iborat SMS-tabriklar joʻnatish. | - | 2022-yil 1-sentabr | - | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| III. Yoshlar uchun moʻljallangan tadbirlar | |||||
| 33. | Yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida folklor sanʼatimizni keng targʻib qilish maqsadida hududlarda Yoshlar festivallarini tashkil etish. | 1. Hududlarda Yoshlar festivallari oʻtkaziladigan joylarni aniqlash va tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2022-yil avgust | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirlik va idoralar |
| 2. Dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | Tasdiqlangan reja asosida | ||||
| 34. | Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini tashkil qilish, shuningdek, isteʼdodli yosh ijodkorlarni kashf etish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida barcha hududlarda “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni”, “Ona yurtim — oltin beshigim”, “Yangi Oʻzbekistonning yangi isteʼdodlari”, “Uygʻonish asri yoshlari” kabi mavzularda sheʼriyat kechalari hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. | 1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotchilar mablagʻlari | Yozuvchilar uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 35. | Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalarida oʻzbekistonlik talabalar hamda ular taʼlim oladigan oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari ishtirokida “Mustaqillik kuni” tadbirlarini uyushtirish. | 1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish. 2. Reja-grafik asosida tadbirlarni tashkil etish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotchilar mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari | Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi |
| 36. | Mustaqillik bayrami doirasida yosh rejissorlar tomonidan mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan spektakllarning “Debyut-2022” respublika koʻrik-festivalini oʻtkazish. | 1. Koʻrik-festival nizomini ishlab chiqish. | 2022-yil avgust | Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi |
| 2. Koʻrik-festivalni oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil sentabr | ||||
| 37. | Yoshlar oʻrtasida velomarafon tashkil qilish. | 1. Velomarafon oʻtkazish rejasini ishlab chiqish. 2. Velomarafon oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash. 3. Velomarafonni yuqori saviyada tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotlar mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari | Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 38. | Yoshlarni keng jalb etgan holda “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish — sharafli burch!” shiori ostida harbiy qismlarda ekskursiyalar tashkil etish. | 1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish. 2. Reja-grafik asosida tadbirlarni tashkil etish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotlar mablagʻlari | Mudofaa vazirligi, DXX Chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi |
| 39. | Mustaqillik tengdoshi boʻlgan isteʼdodli va intiluvchan yoshlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston va men” mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib etish. | 1. Ishtirokchi yoshlarni saralab olish va ijtimoiy roliklar tayyorlash. 2. Saralab olingan ijtimoiy roliklarni Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotlar mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi |
| 40. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan mahallalardagi yoshlar oʻrtasida “Besh bosqichli olimpiada” sport musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Olimpiada bellashuvlarini oʻtkazish boʻyicha hujjatlar loyihasini ishlab chiqish. 2. Bellashuvlar reja-grafigini tasdiqlash. 3. Reja-grafikka asosan bellashuvlarni oʻtkazish. | 2022-yil sentabr — dekabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Sportni rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |
| 41. | Hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish. | 1. Ochiq muloqotlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish. 2. Jadval asosida ochiq muloqotlarni oʻtkazish. | 2022-yil avgust-sentabr | Tashkilotlar mablagʻlari | Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |