01.08.2022 yildagi 420-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga asosan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat aktivlari va qishloq ho‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotilgan davlat aktivlari va yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan berilgan kreditni xaridorga faqat ushbu sotilgan davlat aktivi hisoblangan korxona (obyekt) va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan kreditning maqsadli ishlatilishini tegishli tijorat banki va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan monitoring qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklariga ushbu qaror talabidan kelib chiqib kredit siyosatiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
420-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 420-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom qoidalari ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini ushbu Nizom talablariga muvofiq kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda 4 va 5-toifalarga kiritilgan tumanlarda joylashgan mulk huquqi asosida sotib olingan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish uchun dastlabki to‘lov miqdori 15 foiz miqdorida bo‘lganda amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivi — mulk huquqi asosida davlatga tegishli bo‘lgan mulkiy majmualar, bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, xo‘jalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi (aksiya paketi) bo‘lgan davlat mulki;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkasi) — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor — xususiylashtirilayotgan davlat aktivi va yer uchastkasi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini (birja bitimini) tuzgan tomon (yuridik yoki jismoniy shaxs) va (yoki) uning vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirish — savdo g‘olibi tomonidan pul mablag‘larining qolgan qismini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-auksion” elektron savdo platformasi va birja savdolarida sotib olingan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun savdo yakunlangan kundan boshlab;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarorlariga asosan sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy muddatda sotib olish to‘lovining (zakalat to‘lovini inobatga olgan holda) kamida 35 foizini to‘lash.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kredit ta’minoti sifatida beriladigan davlat aktivi va yer uchastkasini sotish bo‘yicha shartnoma tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat aktivini va (yoki) yer uchastkalari bo‘yicha dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshiradigan xaridorlarga oldi-sotdi shartnomasida qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar va shartlar aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotilgan davlat aktivlari va yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar xaridor sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqidan foydalanmoqchi bo‘lgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomasi imzolanganidan so‘ng xaridorlarning to‘lovga qobiliyatliligini tasdiqlash uchun uning tomonidan kelgusi to‘lovlarni amalga oshirish ta’minoti sifatida to‘lovlarning qolgan qismiga tegishli sug‘urta kompaniyasining to‘lovni amalga oshirmaslik sug‘urta polisi va (yoki) to‘lov majburiyatlari bo‘yicha sotuvchi oldida javob berish majburiyatini olish bo‘yicha uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolatini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotilgan davlat aktivini garovga qo‘ygan holda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditni xaridor faqat aksiyalari (ulushlari) sotilgan korxona, obyekt va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflash hamda olingan kreditni o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizom doirasida xaridor tomonidan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi kredit ta’minoti sifatida tijorat banklarida garovga qo‘yilgan taqdirda, sotuvchi undiruvni garovga qo‘yilgan davlat aktiviga va (yoki) yer uchastkasiga qaratishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sotuvchi sotib olish to‘lovlarining to‘lanishi, agar mavjud bo‘lsa, oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat aktivini sotib olish to‘lovlarini to‘lash muddati savdolar o‘tkazilgan sanadagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdori baravari miqdoridan kelib chiqqan holda oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab uch yildan oshmasligi lozim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qo‘llaniladigan uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddatiga amal qilinadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat aktivi va yer uchastkasiga huquqni belgilovchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi bo‘yicha dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilib, oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) imzolangandan so‘ng xaridor uni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqidan foydalanish uchun sotuvchiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xaridor o‘z murojaatiga mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan sug‘urta polisini va (yoki) sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilishi kerak bo‘lgan tijorat banki tomonidan ma’qullangan uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolatini ilova qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sotuvchi xaridorning murojaatiga asosan besh ish kunidan kechikmay “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi bilan” davlat orderini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat aktivlari va (yoki) yer uchastkalariga mulk huquqi berilmaydi hamda ularni boshqacha tarzda tasarruf etish (sotish, yuridik shaxsning ustav fondiga berish, almashtirish, hadya qilish yoki boshqacha tarzda begonalashtirish) taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xaridor oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) bo‘yicha qolgan sotib olish to‘lovlarini to‘liq to‘lash majburiyatini, xususan, ta’minotni kafolatlashni, shuningdek, agar mavjud bo‘lganda oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sotuvchi davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berishni davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun dastlabki 35 foiz to‘lov bir yo‘la amalga oshirilmaganda hamda mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan sug‘urta polisini va (yoki) uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolati taqdim etilmaganda rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tijorat banklarida davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirish “Garov to‘g‘risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garovga qo‘yishda sotuvchi garovga qo‘yuvchi sifatida ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini tijorat banklarida garovga qo‘yishda, uning garov bahosi sotuvchi tomonidan baholangan qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sanadan boshlab ikki yil muddat o‘tgan taqdirda, sotuvchi tomonidan ushbu davlat aktivi mustaqil baholovchi tashkilotga baholatiladi hamda ushbu baholash qiymati garovga qo‘yishda garov bahosi sifatida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tijorat banklari tomonidan berilgan kredit uning ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) bo‘lgan korxona,bino-inshootlarda va yer uchastkasida xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, texnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) modernizatsiyalash uchun butlovchi qismlarni yaratish hamda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun maqsadli ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tijorat banklari tomonidan ushbu Nizom doirasida xaridorlarga berilgan kreditning maqsadli ishlatilishi tegishli tijorat banki va sotuvchi tomonidan monitoring qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat ko‘chmas mulk obyektini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan va sotib olish to‘lovini to‘liq amalga oshirgunga qadar “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi bilan” davlat orderi berilgan xaridorlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini mazkur obyektlarga nisbatan tasarruf etish huquqi to‘liq o‘tgandan so‘ng to‘laydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Garovga qo‘yilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda realizatsiya qilinganda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit qoplanishidan ortgan qismi sotuvchiga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom qoidalari qo‘llanishi bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Tadbirlar

Mas’ullar

Ijro muddati

1-bosqich

Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun savdo yakunlangan (qaror asosida oldi-sotdi shartnoma tuzilgan) kundan boshlab dastlabki to‘lovni bir yo‘la (zakalat to‘lovini inobatga olgan holda kamida 35 foiz, 4 va 5-toifalarga kiritilgan tumanlarda joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari uchun 15 foiz to‘lovlarni) amalga oshirish.

Xaridor

Bir oy muddatda

2-bosqich

Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi bo‘yicha dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirib, uni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqidan foydalanish uchun sotuvchiga xaridor tomonidan to‘lovlarning qolgan qismiga tegishli sug‘urta kompaniyasining to‘lovni amalga oshirmaslik sug‘urta polisi va (yoki) to‘lov majburiyatlari bo‘yicha sotuvchi oldida javob berish majburiyatini olish bo‘yicha bank kafolati va (yoki) uchinchi (yuridik) shaxs kafilligini taqdim etgan holda murojaat qilish.

Xaridor

Xaridor xohishiga ko‘ra

3-bosqich

Mul huquqini tasdiqlovchi “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi bilan” davlat orderini taqdim etish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Besh ish kunida

4-bosqich

Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirish.

Tijorat banki

Belgilangan muddatda

5-bosqich

Xaridorga berilgan kreditning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish.

Tijorat banki, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Belgilangan muddatda

(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2022-y., 09/22/420/0695-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)