Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan oqilona foydalanishni taʼminlash, biologik xilma-xillikni saqlash, baliqchilikni rivojlantirish, shuningdek, tabiiy suv havzalarida baliqlarni koʻpaytirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, tahlillar Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining boshqaruviga oid qator normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar islohotlar yoʻnalishiga nomuvofiqligini, ayrim normalar esa bugungi kunda oʻz ahamiyatini yoʻqotganligini koʻrsatmoqda.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan samarali foydalanish, ekologik holatni yaxshilash, aholining baliq va baliq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, hududda hayvonot va oʻsimlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, turizm salohiyatidan tizimli foydalanishni tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-fevraldagi PQ-141-son qarorini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish tartibini belgilash;
Baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha tanlov komissiyasi tarkibini belgilash hamda faoliyatini tashkil etish;
baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlovi oʻtkazilishi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ Suv xoʻjaligi vazirligi muassisligida qayta tashkil etilganligi munosabati bilan tegishli tahririy va aniqlashtiruvchi oʻzgartishlar kiritish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-iyul,
404-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 7-martdagi 124-son qarorida:
a) 2-banddagi “Direksiyaga” soʻzi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“4. Belgilansinki, Jizzax viloyatining Arnasoy tumani “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJning joylashish manzili hisoblanadi.
5. Quyidagilar:
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar kompleksi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
d) 10-banddagi “Direksiya” soʻzi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
j) 2-ilovada:
Nizomning nomlanishidagi hamda 1 va 2-bandlaridagi “xoʻjaliklari tasarrufiga” soʻzlari “xoʻjaliklariga ijaraga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ tomonidan taʼminlanadi”;
7-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda DSQ deb ataladi)” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va yettinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Direksiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ baliq ovlash xoʻjaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalarini aniqlagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ular haqida quyidagilardan iborat boʻlgan maʼlumotlarni shakllantiradi:”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish Baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlov Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida oʻtkaziladi.
Komissiyaga Suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari yoki u vakolat bergan masʼul shaxs rahbarlik qiladi;
Jizzax va Navoiy viloyatlarining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari rahbarlarining oʻrinbosarlari komissiya raisining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Komissiya tarkibiga, shuningdek, Jizzax va Navoiy viloyatlari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari, Qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining boshqarmalari boshliqlari, moliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, ichki ishlar boshqarmalari boshligʻining oʻrinbosarlari, Ovchilar va baliq ovlash sporti birlashmasi boʻlinmalari rahbarlari hamda komissiya kotibi hisoblanadigan “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ direktori kiritiladi”;
10, 11-bandlar, 12-bandning “a” kichik bandi, 13-bandning birinchi va sakkizinchi xatboshisi, 14-band, 15-bandning ikkinchi xatboshisi, 16-bandning birinchi va ikkinchi xatboshisi, 17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshisi, 34-band, 36-bandning ikkinchi xatboshisi, 3-bobning nomlanishi, 40-band, 42-bandning oʻninchi xatboshisi hamda 50, 51 va 52-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Direksiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ tanlov oʻtkazilishining taxminiy sanasidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portalida va Suv xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazilishi haqidagi xabarni eʼlon qiladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:”;
33-banddagi “DSQning” soʻzi “Suv xoʻjaligi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
43-banddagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” direksiyasi” DUK” soʻzlari “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
54-banddagi “davlat soliq xizmati organlari, Direksiya” soʻzlari “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1 va 2-ilovalarning ilova belgilaridagi “xoʻjaliklari tasarrufiga” soʻzlari “xoʻjaliklariga ijaraga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandi yettinchi xatboshisidagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” soʻzlari “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-dekabrdagi 1008-son qarori bilan tasdiqlangan Suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandidagi “2018-yil 3-iyuldagi 500-son qarori” soʻzlari “2021-yil 17-sentabrdagi 573-son qarori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-apreldagi 347-son qarorining 3-bandida:
uchinchi xatboshidagi “Direksiya” soʻzi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 32-bandning ikkinchi xatboshidagi va 38-banddagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” soʻzlari “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga ilovaning “Subyektlar” ustunidagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” soʻzlari “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-maydagi 275-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 09/26/275/0534-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 14-iyundagi 368-son qaroriga 2-ilovaning 10, 12 va 21-bandlaridagi “Bajarish uchun masʼullar” ustunidagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” soʻzlari “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son; 26.05.2026-y., 09/26/275/0534-son)