1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga muvofiq hamda taʼlim sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2020 — 2022-yillarda taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash sohalarini raqamli transformatsiya qilish dasturining 16-bandiga muvofiq oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar dublikatini berish davlat xizmatini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan yoki foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan, shuningdek, shaxsning ismi (familiyasi, otasining ismi) oʻzgarganda taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini olish maqsadida davlat xizmatidan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani elektron ravishda toʻldirish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatidan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish asoslarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini rasmiylashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda, ariza beruvchi oʻn besh ish kuni ichida yigʻim toʻlamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilishi tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini talabgorning manziliga yetkazib berish maqsadida “Oʻzbekiston pochtasi” AJ axborot tizimini oʻz platformasi bilan integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar hamda professional taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim, davlat boji va barcha turdagi toʻlovlarning Yagona billing tizimiga ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov qiymati summasining 90 foizi miqdoridagi mablagʻ undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 21-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
395-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 395-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)ga davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat namunasidagi taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni beruvchi Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti)ni tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki foydalanish uchun oʻzining asl holatini yoʻqotgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda, dublikat berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar hamda uning dublikati bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Reglament harbiy oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamda Kasbiy taʼlim agentligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti, Madaniyat vazirligi hamda Badiiy akademiya (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) tomonidan koʻrsatiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasasi va akademik litsey diplomi dublikati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan, davlat va nodavlat kasb-hunar kollejlari va professional taʼlim muassasalari diplomi dublikati Kasbiy taʼlim agentligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti tomonidan, davlat va nodavlat ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar diplomi dublikati oʻz tizimiga kiruvchi taʼlim tashkilotlari boʻyicha Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchi soʻrovnomani YIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi va yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov summasining 90 foizi miqdoridagi mablagʻ undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 9-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Reglamentning 9-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65 foizi — tegishliligi boʻyicha vakolatli organning Budjet muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(10-band “a” kichik bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65 foizi — tegishliligi boʻyicha vakolatli organning Budjet muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(10-band “b” kichik bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmati koʻrsatilishi muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng soʻrovnoma 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishliligi boʻyicha vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni mobaynida tegishli taʼlim muassasalari hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini oʻz imzosi va muhri bilan rasmiylashtiradi hamda bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli organ davlat xizmati natijasi tayyor boʻlganligi haqida “Oʻzbekiston pochtasi” AJni elektron tizim orqali xabardor qilgandan soʻng “Oʻzbekiston pochtasi” AJ taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organ manzilidan ariza beruvchining manziliga besh ish kuni mobaynida yetkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Pochta aloqasi orqali yetkazilgan davlat xizmatlarining natijasi uchun amalga oshiriladigan toʻlovlar ariza beruvchi tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ariza beruvchi taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini rasmiylashtirishda xatoliklar mavjudligini aniqlaganda, ilgari yuborilgan ariza raqamini koʻrsatgan holda takroriy ariza yuborish imkoniyatiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchi oʻn besh ish kuni ichida yigʻim toʻlamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan murojaat etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarni (diplom bergan taʼlim muassasa nomi, yoʻnalish nomi, kvalifikatsiya yoki mutaxassislik (agar berilgan boʻlsa), diplomning seriyasi va raqami, diplom turi, diplomni roʻyxatga olish raqami, diplom berilgan sana, taʼlim davri, oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati va baholari, bitiruv malakaviy ishining mavzusi va reyting bali) arxivdan olish zarurati yuzaga kelgan hollarda, davlat arxivlari besh ish kuni mobaynida belgilangan tartibda arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali vakolatli organga bepul taqdim etadi. Bunda taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni berish muddatiga qoʻshimcha ravishda yana besh ish kuni qoʻshiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ xodimlari tomonidan ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligi taʼminlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.
2. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini olish uchun toʻlovni amalga oshiradi.
3. Ariza beruvchi davlat xizmati natijasi pochta aloqasi orqali yetkazilishini xohlasa, pochta xizmatlari uchun belgilangan toʻlovni amalga oshiradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Ariza beruvchi tomonidan berilgan soʻrovnomani vakolatli organlarga yuboradi.
Vakolatli organlar:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi;
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
Madaniyat vazirligi;
Badiiy akademiya.
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Vakolatli organlar
1. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini rasmiylashtiradi, davlat xizmati natijasi tayyor boʻlganligi haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Toʻldirilgan soʻrovnomada davlat xizmati natijasi ariza beruvchining manziliga yetkazilishi koʻrsatilganda, davlat xizmati natijasi tayyor boʻlganligi haqida “Oʻzbekiston pochtasi” AJni axborot-kommunikatsiya tizim orqali xabardor qiladi.
10 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Ariza beruvchi
1. Tayyor boʻlgan davlat xizmati natijasini vakolatli organlardan olib ketadi.
1. Xohishiga koʻra
2. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ
2. Davlat xizmati natijasi ariza beruvchining manziliga yetkazilishi koʻrsatilgan boʻlganda tayyor boʻlgan hujjat dublikatini vakolatli organlardan olib, soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga (ariza beruvchiga) yetkazib beradi.
2. 5 ish kuni mobaynida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini olish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________________
(sana)
__________________
(raqami)
1. Familiyasi:
1.1. Agar familiyasi oʻzgargan boʻlsa, u haqida maʼlumot:
2. Ismi:
2.1. Agar ismi oʻzgargan boʻlsa, u haqida maʼlumot:
3. Otasining ismi:
3.1. Agar otasining ismi oʻzgargan boʻlsa, u haqida maʼlumot:
4. Pasport (ID — karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) (mavjud boʻlganda):
6. Tugʻilgan sanasi:
7. Tugʻilgan joyi:
8. Yashash manzili:
9. Taʼlim muassasasining nomi, kirgan va tamomlagan yili, taʼlim turi, kasbi, taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislik nomi:
10. Elektron manzili va telefon raqami:
11. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini yetkazib berish joyi (manzil aniq koʻrsatilishi lozim)*:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Davlat xizmatlarining natijasini pochta aloqasi orqali yetkazish uchun toʻlovlar ariza beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan manzilning haqqoniyligiga shaxsan ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ariza beruvchi davlat xizmati natijasini vakolatli organlardan oʻzi kelib olib ketsa, mazkur pozitsiya toʻldirilmaydi.