Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.08.1997 yildagi 402-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOSHKENT SHAHRIDA SUV ARALASHTIRGICHLAR VA JO‘MRAKLAR ISHLAB CHIQARUVCHI QO‘SHMA KORXONA TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish va importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligining “Galfitek Gmbx” (Germaniya), “Smatana”, “Torus-marketing” va “Ekosan” (Slovakiya) kompaniyalari ishtirokida suv aralashtirgichlar va jo‘mraklar, shuningdek, ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasi muassislarining ulushlarini taqsimlashning taqdim etilgan quyidagi sxemasiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston tomonidan — Toshkent shahar hokimligi investitsiyalar bosh boshqarmasining 147,0 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari (49%);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniya tomonidan — “Galfitek Gmbx” firmasining 63,0 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari (21%);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Slovakiya tomonidan — “Smatana” (10%), “Torus-marketing” (10%) va “Ekosan” (10%) kompaniyalarining umumiy summasi 90,0 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning belgilangan qiymati 20,0 mln AQSH dollarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymatining 15 foizi (3,0 mln AQSH dollari) miqdoridagi avans to‘lovi xorijiy muassislarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymatining 85 foizi (17,0 mln AQSH dollari) “Germes” eksport-kredit agentligining sug‘urta qoplamasi ostida “Berliner Bank AG” bankining kredit liniyasini qayta moliyalashtirish doirasidagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatishga oid xarajatlar ilovaga* muvofiq “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasining o‘z mablag‘lari va uning faoliyatidan tushgan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shma korxonaning xorijiy muassislari ishlab chiqarilgan mahsulotning 40—50 foizini eksportga sotish majburiyatini o‘z ustilariga oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda suv aralashtirgichlar va jo‘mraklar ishlab chiqaruvchi loyihani texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda loyihani texnik-iqtisodiy asoslashni belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan o‘tkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyiha ekspertizasi natijalari bo‘yicha u tamomlangan sanadan boshlab bir oy muddatda “Berliner Bank AG” banki bilan kredit bitimi tuzilishini va mablag‘larning “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasiga qayta moliyalanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B. Sayfiddinov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Berliner Bank AG” banki oldidagi va “O‘zsmatana” qo‘shma korxonasining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlarni imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xorijiy bank uchun maqbul bo‘lgan shaklda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlari bo‘yicha tegishli yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining “Maxsustuzatishsozlash” RIB Toshkent shahar, J. Ostonov ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan ishlab chiqarish bazasi binolarini Toshkent shahar hokimligiga bersin, Toshkent shahar hokimligi esa ularni o‘z balansiga olsin va belgilangan tartibda o‘zaro hisob-kitob qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv aralashtirgichlar va jo‘mraklar ishlab chiqarish loyihasini O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishning texnologiya ehtiyojlari uchun har yili 500 tonna hajmdagi mis va 250 tonna rux uchun limitlar ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga ko‘ra loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan qo‘shma korxona muassislari xorijiy xodimlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan ruxsatnomalarning o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga ko‘ra qo‘shma korxonaning xorijiy mutaxassislariga, shuningdek, jalb qilinadigan xorijiy sheriklarga, ularni vizalarni rasmiylashtirganlik uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qo‘shma korxona masalalari bo‘yicha ishga keluvchi xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toshkent shahar hokimligi yiliga 750 ming dona suv aralashtirgichlar va jo‘mraklar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan qo‘shma korxona 1998-yilning IV choragida ishga tushirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 15-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
402-son